2. O’BEKISTON RESPUBLIKASIDA OZIQ- OVQAT SANOATINING O’RNI.
Oziq-ovqat maxsulotlari xillari va asartimentlarini tayorlashda va isteʼmolga yo‘naltirishda asosiy xom-ashyo va resurslar bazasi qishloq xo‘jaligida yetishtiriladigan turli xil o‘simlik va xayvon xom-ashyolari va resurslari xisoblanadi.
Keyingi yillarda jaxonda shu qatori O‘zbekistonda xam oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish va uning sifati va xavfsizligiga katta axamiyat berilmoqda.Bu borada dunyodagi nufuzli ilmiy-tadqiqot institutlarini labaratoriyalarida xamma oliy taʼlim tasarrufidagi kafedralarni professor-o‘qituvchilari tomonidan xar-xil yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha nazariy va amaliy ishlar bajarilmoqda. Olingan ijobiy natijalar xalq xo‘jaligida ishlab chiqarishga yo‘naltirilmoqda.
Oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan o‘simlik (qishloq xo‘jaligi yerlarida yetishtirilgan yoki tabiatda o‘sadigan o‘simliklar va xayvonot organizmlaridan tayyorlangan xom-ashyo va resurslari xamda kimyoviy sintez orqali olingan o‘simlik xayvonot xom-ashyolaridan va minerallardan olinadigan kimyoviy moddalarni analoglari ( o‘xshashliklari ) xisoblanadi. Bulardan tashqari oziq-ovqat maxsulotlarini tayyorlashda foydalaniladigan resurslarga suv xayvonlari , suv o‘tlari , mikroorganizmlar (achitqilar, mikroorganizmlar, fermentlar) foydalaniladi. Oziq-ovqat maxsulotlari klassifikatsiyasi bo‘yicha quyidagi guruxlarga bo‘linadi va xalq xo‘jaligida maxsus talablar asosida ishlab chiqariladi.
1. Don, un, non, makaron maxsulotlari;
2. Meva va sabzavot maxsulotlari;
3. Qandolat maxsulotlari;
4. Maza beruvchi maxsulotlar;
5. Go‘sht va go‘sht maxsulotlari;
6. Baliq va baliq maxsulotlari;
7. Sut va sut maxsulotlari;
8. Oziq-ovqat yog‘lari;
9. Tuxum va tuxum maxsulotlari;
Bu maxsulotlarni tayyoorlashda qishloq xo‘jaliklarida yetishtirilgan xom-ashyo resurslariga, ularni tayyorlashga, saqlashga, jo‘natishga, qabul qilib olishga, kalibrlashga, joylashga, va boshqa talablarga qo‘yiladigan standart-normativ davlat tashkilotlari tomonidan reyestrga kiritilgan va tasdiqlangan xujjatlar bo‘yicha xom-ashyolarni sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi muvofiqlik va sanitar-gigiyenik sertifikatlarni talablari bo‘yicha qabul qilinadi va ularni ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi. Bu ishlarni bajarishda qishloq xo‘jalik universitetini va institutini tamomlagan shu soxaga ixtisoslashga oliy maʼlumotli agranom mutaxasislar maʼsul xisoblanadi. Keyingi etap oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish. Oziq-ovqat maxsulotlarini klasifikatsiya bo‘yicha ular asosan 9 guruxga bo‘lingan. Xar bir guruxga oid oziq-ovqat maxsulotlarini tayyorlash uchun shu soxani bitirgan injener mutaxasislar masʼul bo‘ladi. Soxa mutaxasislari shu yo‘nalishda bo‘ladigan texnologik ishlarni bajaruvchi asbob , uskuna va mexanizmlarni ishlash usullarini, texnik talablarini, sozlash, ulardan unumli foydalanish va tayyorlanadigan maxsulotlarni davlat tomonidan tasdiqlangan normativ-mexanik talablarga mosligini taʼminlash bo‘yicha ishlab chiqarilgan tovarga masʼul xisoblanadilar. Ular ishlab chiqarilgan tovarlarni sifati va xavfsizliktalablari bo‘yicha, saqlash va tashish davridagi uni joylash, (upakovka) , saqlash (xroneniya) va isteʼmolchiga yetkazib berishdagi talablarga maʼsul bo‘ladilar.
O‘zbekistonda bu soxa mutaxasislarni tayyorlovchi oliy dargox Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Buxoro kimyo-texnika instituti va Forg‘ona politexnika instituti “Oziq-ovqat maxsulotlari texnologiyasi”fakultetlari va kafedrasi. Lekin bu oliygoxlarda yuqorida keltirilgan klassifikatiyadagi mutaxasisliklarni faqat baʼzilari tayyorlanadi.(menimchya don, meva, o‘simlik moylari va ichimliklar bo‘yicha mutaxasislar tayyorlanadi, qolgan mutaxasisliklarni men yaxshi bilmayman! Oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar ularni isteʼmolchilarga yo‘llashlari ishlab chiqarilgan maxsulotlarni assortiment guruxlari va navlari bo‘yicha davlat tomonidan reyestrga kirgazilgan va tasdiqlangan normativ-texnik standart talablarga mosligi bo‘yicha labaratoriyalarida fizik-kimyoviy va organolentik tekshiruvlarini o‘tkazib, ularni sertifikatlarini taqdim etish lozim. O‘zbekiston Respublikasi Qonun xujjatlarida xar bir isteʼmolchi xarid qilinayotgan tovarlarni sifati va xavfsizligi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni bilishlari lozimligi O‘zbekiston Respublikasini “Isteʼmolchilarni xuquqlarni ximoya qilish “ Qonunida takidlanganidek xar bir isteʼmolchi sifatli tovarlar va maxsulotlar bilan taʼminlanishi zarur. Xar qanday tovarlar guruxlari bo‘yicha standart talablari asosida markirovkalanadi (ishlab chiqarilgan vaqti va saqlash muddati ), shartli belgilar, shtrix kodlar, ishlab chiqarilgan tashkilotni rekvizitlari tashish usullari, shartalari va ishlab chiqarilgan tashkilot isteʼmolchilar oldidagi majburiyatlari (brak yoki sifatsiz maxsulotni xarid qilganlarga summasi qaytariladi yoki tovarni almashtiriladi va hokazolar).
Do'stlaringiz bilan baham: |