Buxoro don mahsulotlari


II. Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi korxonalaridan don xarid qilishni rasmiylashtirish



Download 120,85 Kb.
bet3/6
Sana25.06.2023
Hajmi120,85 Kb.
#953325
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hisobotim Numonov.2023-yil uchun

II. Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi korxonalaridan don xarid qilishni rasmiylashtirish
9. Don mahsulotlari korxonalari tomonidan davlat ehtiyojlari uchun don kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq preyskurant xarid va shartnomaviy xarid narxlari bo‘yicha bevosita qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan xarid qilinadi.
10. Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi korxonalaridan xarid qilinadigan donga o‘rtacha sutkalik yoki bir martalik namuna bo‘yicha sifat aniqlangan holda yuk xati reyestri tuziladi, keyinchalik PK-10-shakl bo‘yicha qabul qilish kvitansiyasi, navli urug‘liklar xarid qilishda esa PK-10a-shakl bo‘yicha qabul kvitansiyasi yoziladi.
11. PK-10 va PK-10a-shakl bo‘yicha qabul kvitansiyalari qat’iy hisobot beriladigan blankalar hisoblanadi, kvitansiyalar seriyasi va tartib raqami ma’muriy-hududiy birliklar bo‘yicha belgilanadi.
12. Qabul kvitansiyalari nusxalarining zarur sonida, biroq har bir turkum va o‘simlikka kamida 5 nusxadan qo‘lda rasmiylashtiriladi.
13. Qabul kvitansiyalari shakllari belgilangan tartibda tasdiqlanadi va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan davlat ehtiyojlari uchun don sotilganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi.

III. Temir yo‘l va avtomobil transportida ichki tashish tartibida keltirilayotgan don va don mahsulotlarini rasmiylashtirish
14. Temir yo‘l transporti bilan boshqa korxonalardan keltirilgan don va mahsulotlarning barcha turkumi qabul qilib oluvchi korxonaning moddiy javobgar shaxsi yoki taroziboni tomonidan temir yo‘l stansiyasining qabul qilib oluvchi-topshiruvchisi bilan birgalikda, avtomobil transportida keltirilganda esa yukni yetkazib kelgan va shu yukning saqlanishiga javobgar bo‘lgan haydovchi ishtirokida aniqlanadi.
Don mahsulotlari ortilgan vagonlarni temir yo‘l chetida mavjud bo‘lgan stansiyalar tarozilarida tortish, vagonlarni bir-biridan ajratmasdan tortish hamda katta yuk ortilgan vagonlarni (ikkiga bo‘lib) kichik hajmli yukni tortishga mo‘ljallangan tarozilarda tortish taqiqlanadi.
Yuklarni tortish natijalari tegishli tarozi jurnallariga (28 va 29-shakl) yozib qo‘yiladi.
15. Standart og‘irlikdagi qoplarga solingan mahsulotlar tortmasdan qabul qilinadi va beriladi. Turkumning og‘irligi joylarning soni va standart og‘irlikka qarab vakolatli shaxslar ishtirokida aniqlanadi.
Yuk vagondan tushirilish vaqtida ayrim qoplar yirtilganligi (yorilganligi, tikilgan joyidan so‘kilganligi va hokazolar) aniqlangan taqdirda mazkur qoplardagi mahsulot tijorat dalolatnomasida (reklamatsiya dalolatnomasida) qayd etilgan haqiqiy og‘irlikdan kelib chiqib kirim qilinadi..
Vagon ichida to‘kilgan mahsulotlar qoldig‘i mavjud bo‘lsa, ushbu qoldiqlar yig‘ilib tortiladi hamda haqiqiy og‘irlikdan kelib chiqib yuk qabul qiluvchi tomonidan kirim qilinadi.
16. Temir yo‘l transportida keltirilgan don mahsulotlarini qabul qilish moddiy javobgar shaxs tomonidan bir necha vagonda keltirilganda (14-shakl), bitta vagon uchun 15-shakl bo‘yicha qabul qilish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
17. Qabul qilish dalolatnomalari temir yo‘l yuk xatlari bilan birgalikda buxgalteriyaga taqdim etiladi.
18. Avtomobil transportida keltirilgan don mahsulotlarini qabul qilish yukni qabul qilib olgan moddiy javobgar shaxs tomonidan yuk jo‘natuvchining ilova qilingan yuk xatiga imzo chekilib, qabul qilish paytida aniqlangan undagi haqiqiy og‘irlik ko‘rsatilib rasmiylashtiriladi.
19. Import bo‘yicha keltirilgan don import qiluvchi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda qabul qilinadi, ularning bundan keyingi tashilishi mazkur Nizomga muvofiq rasmiylashtiriladi.
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Portlardan import don mahsulotlari (un, yorma)ni o‘rtacha konosament og‘irlik bo‘yicha jo‘natish taqiqlanadi.
20. Don va don mahsulotlarining ombor hisobi ularning amaldagi miqdor va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuritiladi.
21. Amalda qabul qilingan og‘irlik (qoplar soni)ning jo‘natish stansiyasi (bandargoh, port, korxona) yuk xatida ko‘rsatilgan og‘irlikdan farq qilishi don yoki mahsulotni topshiruvchi yoki qabul qiluvchi shaxslar tomonidan rasmiylashtirilgan dalolatnoma bilan tasdiqlanadi.
22. Temir yo‘lda tashishda don va don mahsulotlari og‘irligining tabiiy kamayish normasidan ortiqcha kamomadi va massa nettoni aniqlash natijalaridagi cheklangan tavofut, shuningdek standart og‘irlikdagi qoplarga joylangan un, yorma va makkajo‘xori urug‘idagi kamomad yoki ular sifatining yomonlashishi mazkur Nizomga 1-ilovada nazarda tutilgan tartibda boriladigan temir yo‘l stansiyasi tomonidan tuzilgan tijorat dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
To‘kilgan holda va idishda (qopda) tashiladigan don va dukkakli don, moyli o‘simliklar, barcha navdagi un, barcha turdagi yorma, kepak, omixta yem avtomobil tarozilarida tortishning aniqlik normasi yuk og‘irligining +0,1 foizidan oshmasligi kerak.
Ichki yo‘llarda temir yo‘lda tashiladigan don va don mahsulotlari bo‘yicha hisob-kitob qilishda tabiiy kamayish va tarozi nuqsoni normasi kamomadi mazkur Nizomga 1-ilovada nazarda tutilgan tartibda hisobga olinadi.
23. Don va don mahsulotlari kamomadini aniqlashda hamda ayni bir yukni jo‘natuvchi va oluvchining bir tipdagi tarozilarda tortishda aniqlangan kamomaddan tortishning mazkur diapazoni uchun avtomobil tarozilarning yo‘l qo‘yiladigan nuqsoniga tegishli og‘irlikni chiqarib tashlash zarur. Vagonlardan yukni tushirishda, agar mahsulotni sifatsiz idishda tashish oqibatida sochilgan va ko‘karib chiqqan mahsulot bo‘lsa, bu tijorat dalolatnomasi bilan tasdiqlanishi kerak. Korxonalar ushbu hollarda zararni qoplash uchun e’tiroz jo‘natuvchiga bildirishlari kerak.
24. Tabiiy kamayish normasidan ortiq bo‘lgan kamomad hajmi va netto og‘irlikni aniqlash natijasidagi cheklangan farq uchun belgilangan tartibda aybdor shaxslarga nisbatan e’tiroz bildiriladi.
Yuk jo‘natuvchilarning e’tirozlari bo‘yicha don mahsulotlari to‘liq ortilmaganligi va ortiqcha yuklanganligining moddiy hisobi bo‘yicha tiklovchi yozuvlar daftarning xarajat qismida (36-shakl), ortiqcha yuklash — xarajat ko‘payishiga qora rangda, to‘liq yuklamaslik esa — xarajat kamayishiga qizil rangda yoziladi.
25. Nosoz vagonlarda yoki plombasi buzilgan vagonlarda kelgan don mahsulotlarining kamomadi yoki buzilishi uchun e’tiroz belgilangan tartibda temir yo‘l yoki transport ekspeditorlik kompaniyalariga bildiriladi.
Don va don mahsulotlari kamomadi (buzilishi) uchun transport tashkilotlari va yukni jo‘natuvchilarga e’tiroz bildirish mazkur Nizomga 1-ilovada nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
26. Keltirishda aniqlangan ortiqcha don va don mahsulotlari belgilangan tartibda yukni oluvchi tomonidan kirim qilinadi, ularning qiymati esa yukni jo‘natuvchining hisob raqamiga o‘tkaziladi.
27. Avtotransport tashkiloti tomonidan yetkazib berilgan don kamomadining aniqlangan hajmiga avtotransport tashkilotlariga e’tirozni rasmiylashtirish va taqdim etish uchun haydovchilar tomonidan imzolangan yuk xatlari asosida har bir korxona bo‘yicha o‘simliklar bo‘yicha kamomad vedomosti tuziladi.
28. Kamomadni ortiqcha mahsulot bilan qoplash taqiqlanadi.
29. Don (bug‘doy, arpa, suli, qora bug‘doy, makkajo‘xori, guruch va hokazo donlar) va donni qayta ishlash mahsulotlarini tashish va saqlashdagi tabiiy yo‘qotishlar normasi mazkur Yo‘riqnomaga 2 va 2a-ilovalarda nazarda tutilgan tartibda qo‘llaniladi.
30. Namligi, begona o‘tlar aralashganligi va sifatning boshqa tovar ko‘rsatkichlari bo‘yicha don va don mahsulotlari sifatida tavofutlar mavjud bo‘lganda mazkur Nizomga
3-ilovada nazarda tutilgan tartibda reklamatsiya dalolatnomalari tuziladi.
Dunyoning xar bir mamlakati o‘zining saloxiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqqan xolda o‘z xalqini turli tuman xildagi va assortimentdagi oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqaradi va taʼminlaydi.O‘zbekistonda xam qadim-qadimdan zamon va makon talablaridan kelib chiqqan xolda oziq-ovqat maxsulotlari ishlab chiqarilgan xamda xalqimizga uning isteʼmoli uchun tuxfa qilingan.


Download 120,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish