120
o‘rganadigan
sohasi
semasiologiya
deb yuritiladi. Unda so‘z va
iboralarning nutqda ma’no ifodalash xususiyati o‘rganiladi. Har
qanday so‘z tilda paydo bo‘lishi bilan o‘zining shakli va ma’nosiga
ega bo‘ladi, borliqdagi predmet, hodisa, belgi, harakatlarni ifodalaydi.
So‘zdagi ma’no turli ta’sir va talablar asosida taraqqiy etib boradi.
Demak, semasiologiya so‘z hamda turg‘un iboralarning ma’no
xususiyatlarini tekshiradi.
Leksikologiyaning yana bir sohasi
etimologiya
deb yuritiladi. U
tilning lug‘at tarkibidagi so‘z va iboralarning tarixan kelib chiqishini,
yasama so‘zlarning va boshqa tillardan kirgan so‘zlarning ma’noli
qismlarini izohlaydi. Demak, etimologiya so‘zning ikki tomonini ham,
ya’ni ichki – ma’no tomonini hamda tashqi – tovush tomonini ham
tahlil qiladi.
Leksikologiya tashqi tomondan lug‘at
tarkibining hozirgi
ahvolini, tilning lug‘at tarkibida sodir bo‘layotgan turli o‘zgarishlarni:
so‘zlarning qo‘llanish darajasini, ba’zi so‘zlarning eskirib iste’moldan
chiqib ketishini (
sekretar, oblast
kabi), fan, madaniyat va texnikaning
uzluksiz rivojlanishi bilan tilning yangi so‘zlar hisobiga boyishini,
ba’zi so‘zlar ma’nosida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni (ma’no
ko‘chish hodisasini) o‘rganadi.
Leksikologiyaning yana bir sohasi
leksikografiya
deb yuritiladi.
Leksikografiyaning vazifasi tildagi so‘zlarni
yozma ravishda
to‘plashdir. Leksikografiya so‘z va iboralarni ma’lum bir sohalar
bo‘yicha to‘plab, muayyan tartibga keltiradi (alifbo tartibiga soladi) va
lug‘at kitoblari shaklida nashr etadi.
Leksikologiya tilning fonetika va grammatika bo‘limlari bilan
bevosita bog‘liq. Fonetika nutq tovushlarini o‘rgansa,
leksika shu
tovushlar asosida shakllanadigan so‘zni, grammatika o‘z qonun-
qoidalari asosida so‘zlarni o‘zaro bog‘laydi va tilni fikr ifodalash
uchun tayyorlaydi. Demak, tovush bo‘lmasa, so‘z bo‘lmaydi, so‘z
bo‘lmasa grammatikaning ham bo‘lishi mumkin emas.
Ma’lumki, so‘zlovchi tilning lug‘at
tarkibidan maqsadiga
muvofiq tarzda foydalanadi. Bu leksikologiyaning uslubiyat bilan
o‘zaro bog‘liq ekanini bildiradi.
Lug‘at tarkibi shu tilda so‘zlashuvchi xalqlarning moddiy va
ma’naviy madaniyat tarixi bilan bog‘liq. Shuning uchun leksikologiya
121
tarix,
arxeologiya, adabiyot, falsafa kabi ijtimoiy fanlar bilan ham
yaqindan aloqadadir.
Tilning lug‘at tarkibi va uni tashkil etuvchi so‘zlar
bir qator
umumiy xususiyatlarga egaligi bilan xarakterlanadi. Leksikologiya
leksikani xuddi shu umumiy xususiyatlari nuqtayi nazaridan
o‘rganadi. Bu xususiyatlar quyidagilar:
1. Avvalo, lug‘at tarkibini tashkil qiluvchi har qanday so‘z
ma’noga ega bo‘ladi. Ana shu ma’nosi nuqtayi nazaridan so‘zlar
o‘ziga xosliklarga ega. So‘zning ma’nosi (semantikasi)
va u bilan
bog‘liq masalalar leksikologiyadagi asosiy masalalardan biri
hisoblanadi. Leksikaga oid bu masala bilan leksikologiyaning
semasiologiya bo‘limi shug‘ullanadi.
2. Har qanday tilning taraqqiyotida uning eng o‘zgaruvchan, eng
tez harakatdagi qismi leksikasidir. Til taraqqiyoti jarayonida lug‘at
tarkibi yangi-yangi so‘zlar hisobiga
boyib borish bilan birga, undagi
ayrim so‘zlar eskiradi,
shuningdek, iste’moldan chiqib boradi.
Leksikologiyada leksikaning ana shu tomoni ham o‘rganiladi.
3. Lug‘at tarkibidagi so‘zlar iste’mol darajasiga ko‘ra
umumiylikka yoki chegaralanganlikka egaligi bilan ham o‘zaro
farqlanadi. Ma’lum so‘zlar umumxalq iste’molida bo‘lsa ( masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: