Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika, psixologiya va texnologik ta’lim kafedrasi2 8-mavzu. Shaxsning o‘z-o‘zini anglashi va Men—
Shaxs psixologiyasi UMK (1)
AMALIY MASHG’ULOTLAR MAZMUNI mavzu: Mavzu: Shaxs rivojlanishining individual xususiyatlari Mavzu rejasi:Shaxs xususiyatlari haqidagi tasavvurlar talqini (B.G.Ananyev). Individuallik xususiyatlari klassifikatsiyasi va ularning shaxs xulq-atvori regulyatsiyasidagi o‘rni. Temperament va ONF tiplari xususida I.P.Pavlov nazariyasi, temperament haqida hozirgi zamon nazariyalari. Psixologiyada xarakter muammosi. Xarakter shakllanishi. Xarakter aksentuatsiyasi. Shaxsning instrumental darajalari: qobiliyatlar haqida tushuncha. DISKUSSIYADISKUSSIYa (lotincha discussio – tadqiq etish, muhokama qilish) – bu munozarali savolni yig’ilish, suhbat yoki bahs-munozara davomida atroflicha muhokama qilishdir. Boshqacha aytganda, diskussiya qandaydir savol, muammo yoki solishtirilgan axborotlar, g’oyalar, fikr va takliflarni jamoa bo’lib muhokama qilishdan iboratdir. Diskussiya o’tkazishning maqsadlari turli xil bo’lishi mumkin: o’rganish, trening, diagnostika, qayta ishlab chiqish, yo’l-yo’riqni o’zgartirish, ijodkorlikni rag’batlantirish va boshqalar. Mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rish:Diskussiya vaqtida tinglovchilar bir-birlarini to’ldirishlari yoki bir-birlariga qarshi turishlari mumkin. Birinchi holatdagi diskussiyada dialog elementlari mavjud bo’lsa, ikkinchi holatda diskussiya bahs-munozara xususiyatiga ega bo’ladi. Qoidagi ko’ra, diskussiyada ushbu ikki element ham mavjud bo’ladi va shuning uchun diskussiyaga faqat bahs-munozara sifatida qarash to’g’ri bo’lmaydi. Bir-birini inkor etuvchi, bir-birini to’ldiruvchi bahslar va o’zaro rivojlantiruvchi suhbat ham muhim rol o’ynaydi, chunki bitta masala bo’yicha turli fikrlarni taqqoslash fakti muhim ahamiyat kasb etadi. Diskussiyaga tayyorgarlik ko’rish uchun o’qituvchi: diskussiya xulosasi bo’yicha muhokamaga qo’yilishi mumkin bo’lgan savollarni oldindan tayyorlash lozim; muhokama qilinayotgan muammo chegarasidan chetga chiqilishiga yo’l qo’ymaslik; tinglovchilarning ko’pchiligini, imkon darajada barchasini suhbatga jalb qilinishini ta’minlash; hech bir noto’g’ri fikrni e’tibordan chetda qoldirmaslik bilan birga to’g’ri javobni ham darhol bermaslik lozim, shuningdek bu jarayonga o’z vaqtida tinglovchilarning tanqidiy yondashuvlarini tashkil etgan holda jalb qilish maqsadga muvofiq; diskussiya materiallariga taalluqli bo’lgan savollarga o’zi javob berishga shoshilmaslik: bunday savollarni auditoriyaga yo’naltirib yuborish lozim; tanqid obyekti fikr bildirgan tinglovchi emas, balki u bil-dirgan fikr bo’lishini nazorat qilish; tinglovchilarni jamoaviy tahlil va muhokamaga jalb qilgan holda turli nuqtai nazarlarni taqqoslash. Diskussiya o’tkazishda turli xil tashkiliy usullardan foyda-laniladi. «Savol–javob» usuli. Mazkur usul – bu oddiy suhbatlashish-ning turi bo’lib, undan diskussiya-dialog qatnashchilari bilan suh-bat o’tkazish uchun savollarni qo’yishning muayyan shaklini qo’llash bilan farqlanadi. Funktsional nuqtai nazardan barcha savollarni quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin: aniqlashtiruvchi (yopiq) – fikrlarning to’g’riligi yoki xatoli-gini aniqlashtirishga yo’naltirilgan savollar. Bu savollarning grammatik belgisi bo’lib, odatda, gapda «mi» kabi bo’lakning mav-judligi bilan ifodalanadi, masalan: «To’g’rimi?», «Men to’g’ri tushundimmi?». Bunday savollarga faqatgina «ha» yoki «yo’q» deb javob berilishi mumkin; to’ldiruvchi (ochiq) – qiziqtiradigan hodisa va obyektlarning yangi xususiyatlari va sifatlarini aniqlashtirishga yo’naltirilgan savollar. Bu savollarning grammatik belgisi bo’lib, nima, qachon, qaerda, qanday, nima uchun va shu kabi so’rov so’zlarning mavjudligi hisoblanadi. «Past ovoz bilan muhokama qilish» tartibi. Mazkur metodika kichik guruhlarda yopiq diskussiya o’tkazishni nazarda tutadi. So’ng kichik guruh etakchisi tomonidan guruh fikri bayon etiladi va bu fikrlar barcha qatnashchilar tomonidan muhokama qilinib, umumiy diskussiya amalga oshiriladi. «Labirint» usuli. Diskussiyaning bu turini izchil muhokama metodi deb ham ataydilar. Bu metod o’ziga xos bosqichma-bosqich tartibini ifodalab, har bir keyingi bosqich boshqa ishtirokchi tomonidan amalga oshirilishini nazarda tutadi. Bu holatda barcha fikrlar, shu jumladan noto’g’ri fikrlar ham muhokama qilinadi. «Estafeta» usuli. O’z chiqishini yakunlayotgan ishtirokchi so’z navbatini o’zi lozim topgan tinglovchiga berishi mumkin. Diskussiya o’tkazishning samaradorligi quyidagi omillarga bog’liq: tinglovchilarning muammo yuzasidan tayyorgarligi (xabardor-lik va bilimga egalik); semantik birxillik (barcha atamalar, ta’riflar, tushuncha va boshqalar barcha ishtirokchilar tomonidan bir xil tushunilgan bo’lishi shart); ishtirokchilarning odob saqlashi; o’qituvchining diskussiyani amalga oshirish mahorati. Download 0,98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |