Takrorlash uchun savollar:
Motiv nima?
Motivatsiya va motivlarning nazariy muammolarini tahlil qiling. Motiv muammosi va uning yechimiga doir mulohazalarni izohlang. Shaxs shakllanishida motivlarning roli haqida ma’lumot bering.
O’quv faoliyati motivlari to’g’risida tushuncha bering.
11-mavzu. Sotsiogenezda shaxs Reja:
Shaxsda ijtimoiy tipik muammo, milliy xarakter va ijtimoiy xarakter.
Shaxsning rolli nazariyalari va ularning tahlili.
Shaxs taraqqiyotiga ijtimoiy muhitning ta’siri.
Shaxs va ijtimoiy guruh. «Ijtimoiy rol», «Ijtimoiy guruh», «Ijtimoiy status» tushunchalarining umumiy tavsifi.
Shaxs ijtimoiylashuvi. Axloqiy xulq-atvor regulyatsiyasining takomillashuvi. Xulq-atvor shakllarining ijtimoiylashuvi (L.S.Vigotskiy).
Tayanch tushunchalar: ijtimoiylashuv, milliy xarakter, ijtimoiy xarakter, rolli nazariyalar, ijtimoiy muhit, ijtimoiy guruh, ijtimoiy status, ijtimoiy rol, xulq- atvor.
Xarakter ta’lim-tarbiya va ijtimoiy muhit ta’sirida tarkib topib kishining amaliy faoliyatida namoyon bo‘ladi. U insonning turli xususiy fazilatlari majmuasi. Shu sababli odamning, millatning xarakterini o‘rganib, uning kelajakda qanday vaziyatlarda qay usulda ish tutishini aytib berish mumkin. Xarakterni tarbiyalash, shakllantirish, o‘zgartirish mumkin. Har bir individ muayyan milliy xarakterning sohibi, uni ifoda etuvchi, namoyon qiluvchi hisoblanadi. Ammo, ayni paytda, milliy xarakter muayyan millat vakillari xarakterlarining oddiy mexanik yig‘indisi emas. Milliy xarakter individual xarakterlardan namoyon bo‘lish shakllari, qonuniyatlari, funksianal burch- vazifalari, maqsadlari va shakllanish tamoyillari bilan sifatan farq qiladi. Individual va milliy xarakterlar o‘zaro dialektik bog‘liq tarzda mavjuddir. Milliy xarakter shaxs va millatga xos xususiyatlarning, bir milliy guruhni ikkinchi milliy guruhdan ajratuvchi tashqi ijtimoiy xatti-harakatlarda namoѐn bo‘lishidir. Buning asosida milliy o‘zlikni belgilovchi ijtimoiy-psixologik voqelik asosiy rol o‘ynaydi. Milliy xarakter inson tug‘ilishidan boshlab, uning o‘z ona tilini o‘zlashtirib, milliy muhitda voyaga etib, milliy-ma’naviy qadriyatlar qurshovida o‘sishi asosida shakllanadi va ijtimoiy haѐtga moslashishiga asos bo‘ladi. Shu o‘rinda hozirgi zamon ijtimoiy-psixologik fanlarda murakkab, ko‘pqirrali va bahsli-munozarali milliy xarakter muammosi haqida fikr yuritish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Milliy xarakter atamasi XVIII asrning ikkinchi yarmi XIX asrning boshlarida g‘arbiy Yevropa falsafiy-sotsiologik fanlarida ilk bor fanga kiritildi va o‘sha davrning mashhur faylasuflarining ishlarida tadqiqot obyektiga aylandi. Bu muammoni tadqiq qilishga, xususan uning shakllanishiga ѐrdam beradigan milliy xarakter omillarining mavjudlik sabablari haqidagi masalaga katta qiziqish bilan qaragan olimlar I.Kant, D.Yum, Gegel, Fixte, shuningdek Gelvetsiy, Gerder va
boshqalar edi. Xarakter haqidagi izchil sistemali ta’limotni nemis klassik falsafasining asoschisi I.Kant ishlab chiqgan.
I.Kant fikricha, milliy xarakter tug‘ma, tarixiy taraqqiyot davomida kasb etilishi ham yoki sun’iy ham bo‘lishi mumkin. Ammo milliy xarakterni tug‘ma xususiyat sifatida yoki u yoki bu xalq tomonidan qo‘lga kiritilgan uzoq odat (odatlanish) natijasi sifatida asoslash juda qaltis va empirik isbotlab bo‘lmaydi. Shuningdek, milliy xarakterning xususiyatlarini boshqaruv shakllaridan keltirib chiqarish yoki tabiiy sharoitlar (iqlim va zamin) bilan izohlash ham asossiz. Masalan, tarixiy faktlarning dalolat berishicha, bir butun xalqlarning yangi joyga ko‘chib borishida ularning xarakteri o‘zgarmagan, faqat uni yangi sharoitga moslashtirishga harakat qilgan va bunda tilda, mashg‘ulot turida, hatto kiyim- kechaklarida ham ularning kelib chiqishi ko‘zga tashlanib turgan, bu jihat ularning xarakterida ham namoyon bo‘lgan.
Milliy xarakter masalasidagi izlanishlar o‘tgan asrning 40-yillaridan boshlab keng jamoatchilik tomonidan yana o‘rganila boshlangan. Bu masalani alohida o‘rganuvchi “Milliy xarakter” degan konsepsiya AQSHda paydo bo‘lgan. Konsepsiyaning asoschilari har bir xalq xarakterining o‘rtacha modelini tuzish mumkinligini amalda isbotlaganlar. A.Kordiner buni bazaviy shaxs deb atadi. U “bazaviy shaxs”da u mansub millat xuddi bir tomchi suvda butun bir okeanning xususiyati jo bo‘lgandek aks etishini ta’kidlaydi. “Bazaviy shaxs” milliy oila, muhit va atrofdagilarning ta’sir ko‘rsatishi natijasida shakllanishini isbotlagan edi. Milliy xarakterni ayrim olingan kishilarga xos xususiyat deb qarash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Garchi har bir milliy xarakter shaxslar orqali namoyon bo‘lsa-da, lekin bu holat shu shaxsning o‘zini yoki shaxslar ruhiy xossalarining oddiy yig‘indisi ham emas. U avvalo mavjud millatga xos bo‘lgan jamoaning ko‘pchilik a’zolariga xos belgilar bo‘lgandagina milliy xarakterni belgilaydi. “Milliy xarakter” tushunchasini izohlashda ham olimlar o‘rtasida goh bir-birini takrorlaydigan va ayrim holatlarda bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ta’riflar ham kuzatiladi.
Pedagogika fanlari doktori M.Quronov milliy xarakter masalasini tahlil qilib, unga “Milliy xarakter – qadriyatlar tizimi, me’yorlar mantig‘i, tashqi ritual va milliy birlikning e’tirof etilgan ko‘rsatmalari majmuidir” deb ta’rif beradi. Falsafa fanlari doktori I.Xudoyberdiyev – fikricha, “milliy xarakter muayyan millatga xos xususiyat bo‘lib, u aynan xalq yoki millatning ma’naviy qadriyatini, urfodati, an’analari, dini, san’ati aks etishda namoyon bo‘ladigan munosabatlardan iboratdir”. Yuqoridagi fikrlarni to‘ldirgan xolda tushunchaga quyidagicha ta’rif berishni o‘rinli deb hisoblaymiz. “Milliy xarakter – millat bosib o‘tgan uzoq tarixiy tajriba, uni o‘rab turgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy muhit ta’sirida shakllangan, millatning qalbi, ruhiga singan va uning
mentalitetini, tafakkur tarzini, o‘ziga xosligini, urf-odatini, did va orzularini ifoda etuvchi va zamon ruhiga hamohang takomillashib boruvchi tipik xususiyatlar majmuasidir”. Darhaqiqat, hozirgi davrda sotsial-psixologik fanlarda milliy xarakter muammosi murakkab, ko‘pqirrali va bahs-munozarali muammo ekanligi yanada yaqqolroq namoyon bo‘lmoqda. Mazkur muammo nafaqat psixolog, sotsiolog va faylasuf olimlarning tadqiqot obe’kti bo‘lib qolmasdan, ayni paytda tarixchilar, adabiyotshunoslar, etnograflar, san’atshunoslarning ham tadqiqot obe’ktiga aylangan. Bundan tashqari, psixologiya va etnografiya fanlari o‘rtasida ularni bir-biriga tutashturuvchi mustaqil fan – etnopsixologiya shakllandiki, u bevosita etnik birliklar xarakteri muammosi bilan shug‘ullanmoqda.
O‘tgan asrning 30-50 yillarida milliy xarakter masalasini tadqiq etish xorij etnograflari oldida eng dolzarb vazifalardan biriga aylangan edi. Aynan shu masala 80- yillarda sobiq ittifoq etnograf va faylasuflarining ham e’tiborini tortdi. Bu haqda mashhur rus faylasufi I.S.Kon hozirgi zamon jamiyatshunosligida milliy xarakter tushunchasidek murakkab va shu bilan birga, muhim bir muammo bo‘lmasa kerak, deb yozgan edi. Milliy xarakter an’anaviy tarzda etnopsixologiya doirasida o‘rganib kelinganki, unda asosiy obe’kt milliy-psixologik o‘ziga xoslik hisoblangan. Sotsialmadaniy darajada bu muammo bilan keyin etnosotsiologiya shug‘ulana boshlagan. Uning asosiy muammolari milliy xarakterning shaxslararo, guruhlararo va guruhning ichki tarkiblariaro munosabatlar, shunungdek xulq- atvor tarzlari, qadriyatiy yo‘l-yo‘riqlar, sotsial dasturlar, yo‘l tutishlar sanalgan. Milliy xarakterning mohiyati psixik sotsialmadaniy hodisa sifatida namoyon bo‘ladigan, ikki tamonni o‘zida mujassam etgan subyektiv-obyektiv reallik sifatida qaralgan. Hozirgi zamon etnologiyasida etnik psixologiyaning strukturaviy tuzilishida asosan ikkita katta guruhlar – statik (uzoq vaqtli) va dinamik (qisqa vaqtli) komponentlar e’tirof etiladi. Etnoslarning etnogenez jarayonida shunday psixik xususiyatlar shakllanadiki, ular mazkur etnos vakillarida, sohiblarida saqlanadi va mustahkamlanadi, keyinchalik esa ularning turg‘un, barqaror statik komponentlariga aylanadi. Dinamik komponentlarga shunday xususiyatlar kiradiki, ular bir yoki bir necha avlodlarning hayot faoliyati bilan o‘lchanadigan muayyan davr davomida etnik psixologiyaga xos bo‘ladi, xalos. Statik komponentlar tarkibiga etnosning psixik xususiyati kiradi va u o‘zida atrof-muhit voqeligining turli tamonlarini etnik guruh vakillari tamonidan idrok etilishi hamda tushunilishining o‘ziga xos uslubini ifodalaydi. U tarixiy taraqqiyot mahsuli hisoblanadi, avlod-ajdodlar hayoti davomida shakllanadi va etnik xarakter, etnik o‘z-o‘zini anglash, etnik his-tuygu hamda kayfiyat, an’ana, urf-odatlarning o‘ziga xos sifati tarzida mavjud bo‘ladi, u yoki bu etnik birlik vakillarining psixik jarayoni va holati kechishining etnik o‘ziga xosligi shaklida, shuningdek odatda etnopsixologik xususiyat deb ataladigan hamda kishilarning
o‘zaro ta’sirlari, munosabatlari va aloqalarida namoyon bo‘ladi.
Milliy xarakterning tuzilishi va uning tarkib topishi murakkab jarayon hisoblanadi. Ayrim holatlarda olimlar tomonidan milliy xarakterning borligiga shubha ham qilinadi (Kaltaxchyan S.T., Tokarev S. A. va boshqalar) boshqalar esa (Sverdlin M.A., Kon S.A.) uni psixologik voqelik deb hisoblaydilar. Chunki, tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, har qanday millatda va uning milliy psixologiyasida milliy xarakter shakllanadi va uning hayotiy faoliyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Milliy xarakterning shakllanishi har bir alohida kishilar uchun xos bo‘lgan xususiyatdir. U milliy psixologiya asosida vujudga keladi. Milliy xarakter har bir alohida olingan shaxs xususiyati ijtimoiy, iqtisodiy, tarixiy jarayonda shakllangan va avloddan-avlodga o‘tadigan, boshqa guruhda takrorlanmaydigan sifatdir. Haqiqatdan ham har bir kishi o‘ziga xos milliy xarakterga ega bo‘ladi. Bunga odat, xulq-atvor, narsa va hodisalarga munosabat, ehtiyoj, did va umuminsoniy qadriyatlarga rioya qilish kabilar kiradi. Milliy xarakterni milliy psixologiyaning tarkibiy elementi sifatida ko‘pchilik olimlar e’tirof etishadi. Bu masala XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ilmiy nashrlarda yoritila boshlandi. Bir guruh olimlar milliy psixologiya va milliy xarakterni bir-biriga tenglashtirib talqin qilsalar, ikkinchi guruh olimlar milliy psixologiya tushunchasi milliy xarakterga nisbatan kengroqdir degan fikrni oldinga suradilar. Qizig‘i shundaki, ba’zi olimlar milliy xarakterni to‘g‘ridan- to‘g‘ri milliy psixologiyaning mahsuli, deb hisoblaydilar. O‘z davrining mafkurasi talablaridan kelib chiqib A.T.Tobildiyev “Milliy xarakter tushunchasi ko‘lami va mazmuni jihatidan milliy psixologik qiyofa tushunchasidan tor bo‘lsa ham, ko‘p hollarda uni millatning muhim belgilarini ifodalash uchun qo‘llashgan. Shuning uchun ham so‘z bu tushunchani inkor etish haqida emas, balki uning ko‘lam va mazmunini atroflicha o‘rganish haqida borishi kerak” deb yozadi. Ammo milliy xarakter bilan milliy ruhiyatni (psixologiyani) aynanlashtirish, milliy xarakterni milliy psixologiyaning tarkibiy qismi yoki uning mahsuli, deb qarash, bizningcha, nazariy jihatdan ham, ilmiy-uslubiy ma’noda ham xato qarash hisoblanadi. Chunki, milliy psixologiya muayyan shaxs yoki millatning ruhiy kechinmalari, hissiyoti va emotsional holatlarini o‘zida mujassam etganligi bois, u milliy xarakterning faqat botiniy (ichki) inson fitrati, fiziologik xususiyatiga daxldor komponentlarini tashkil etadi. Binobarin, milliy xarakterning tarkib topishi faqat ichki omillar yig‘indisidan iborat emas. Uning obyektiv jarayonlardagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-mafkuraviy omillar bilan bog‘liq tomonlari ham mavjud. Etnik xarakter etnik psixologiyaning mustaqil komponenti sifatida u yoki bu etnos vakillarining odat tusini olgan xulq-atvor tarzi va tipik xatti-harakatlari ko‘rinishlarini belgilaydigan hamda ularning sotsial-turmushi muhitiga, atrof voqelikka, o‘z etnik guruhi va boshqa etnik
birliklarga munosabatida namoyon bo‘ladigan tarixan shakllanadigan barqaror psixologik xususiyat sifatida tasavvur qilinadi. U bir etnosni boshqa etnoslardan farq qildiradigan tarixan shakllangan psixikaning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi va etnos vakillarining aksariyat shaxslari strukturasida ustunlik qiluvchi idrok etish, his qilish va xulq-atvor stereotiplari shaklida mavjud bo‘ladi.
Turli-tuman milliy birliklarning o‘ziga xos milliy psixologiyasi va milliy xarakterining mavjudligi e’tirof etilar ekan, ayni paytda ularni mutloqlashtirish va fetishlashtirish yaramaydi. Shunungdek, milliy va etnomilliy munosabatlarni tadqiq qilishda millatning milliy qiyofasini baholashda bir tomonlama yondashmaslik lozim. Uni milliy hayotning turli-tuman tomonlarini, avvalo milliy tarix, madaniyat, kundalik turmush tarzi, til, urf-odatlar, an’analar, geografik muhit, shunungdek sotsial-iqtisodiy rivojlanishning erishilgan darajasini aks ettiruvchi ko‘pqirrali tuzulma sifatida qarash lozim. Milliy psixologiya fenomenini anglash u yoki bu etnosning ijtimoiy hayoti, urfodatlari, an’analari, ijtimoiylashish va atrof-muhitga moslashish uslublari, shunungdek tarixiy xotiraning va tarixiy taraqqiyot yo‘lining o‘ziga xos xususiyatlari spetsifikasi darajalariga asoslanishni taqozo etadi. Tadqiqotchilarning fikricha, milliy xarakter individlarning o‘zaro maxsus har tomonlama aloqalarining sifati va obyektiv umumiyligidir. SHu o‘rinda individ xususiyatlarini ijtimoiy tarixiy faoliyat jarayonida avloddan-avlodga o‘tadigan, boshqa guruhlarda takrorlanmaydigan xususiyatlar yig‘indisidan iborat deb qarash lozim. Ko‘pincha olimlar milliy xarakterning tuzulmasiga: a) odatlar va xulq-atvor, b) odatiy va noodatiy muhit va hodisalarga munosabat, v) umuminsoniy qadriyatlarga yo‘nalishi, g) ehtiyoj va did kabilar kiradi deb hisoblaydilar. M.Quronov fikricha, milliy xarakterni milliy tarbiya etishtiradi. Buning uchun milliy-tarbiya dasturi ishlab chiqilishi lozim. Dastur uch qismdan iborat bo‘lishi kerak. 1. Ijobiy fazilatlarni takomillashtirish. 2. Yangi fazilatlarni shakllantirishni, kiritishni urf qila bilish. 3. Salbiy fazilatlarga qarshi kurash. SHu o‘rinda milliy xarakter tuzulmasiga kiritilayotgan elementlarni biz milliy tarbiyamizga asos sifatida olib, M.Quronov tavsiya qilgan dastur bilan omuxtalashtirishni maqsadga muvofiq bo‘ladi deb hisoblaymiz. Dasturda ko‘rsatilayotgan ijobiy fazilatlarga odatlar va xulq atvorni, odatdagi va odatdan tashqari muhit va hodisalarni umuminsoniy qadriyatlarga yo‘llash, ehtiyoj va didni rivojlantirish kabi milliy xarakter tuzulmasini tashkil qiluvchi elementlarni kiritish mumkin. Yangi fazilatlarni shakllantirishni urf qila bilishga umuminsoniy qadriyatlarga muhabbat tuyg‘usini va odat bo‘lgan muhit hodisalariga munosabatni kiritish joiz.
Ma’lumki, umuminsoniy qadriyatlarga mehnatsevarlilik, insonparvarlilik, tabiatni sevish va uni asrash fan va texnika yutuqlariga befarq bo‘lmaslik va tinchliksevarlik kabilar kiradi. Bu qadriyatlar bag‘rida kamol topgan avlod
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “Harakatlar strategiyasi”da ko‘zda tutilgan jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega bo‘lib voyaga etadi. Salbiy harakatlarga qarshi kurashishga yuqorida Djandildin tomonidan keltirilgan milliy xarakter tuzulmasi elementlarining barchasiga zid ya’ni salbiy tomonini ifodolovchi tushunchalar bo‘lib, ularni illatlar deb atash mumkin. Bu illatlarga qarshi ma’rifiy kurashish orqali millat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan mahalliychilik, urug-aymoqchilik, poraxo‘rlik, so‘z va amal boshqaligi kabilarni kishilar ongidan siqib chiqarib uni ezgulik g‘oyalari bilan to‘ldirish lozim. Shunda millat oldida turgan ko‘plab muammolar o‘z yechimini topadi.
M.Quronov milliy tarbiya dasturida milliy xarakterning tarkib topish jarayonini quyidagi ketma-ketlikda ifodalaydi: - milliy g‘oya – milliy mafkura – milliy tarbiya – milliy xarakter – milliy birlik – milliy taraqqiyot. Bizningcha, milliy tarbiya dasturiga bir muncha o‘zgartirish kiritgan holda hayotga qo‘llash lozim. Ma’lumki, go‘dak oila bag‘rida voyaga etadi u olam haqidagi ilk tasavvurlarni otaonadan va keyinchalik ko‘cha-ko‘ydan ola boshlaydi. Bu jarayonda unga ilk asos yoki dastlabki tasavvurlar tarbiya orqali singdiriladi. SHu bois milliy tarbiyani dasturning birinchi bo‘g‘iniga qo‘yish lozim va quyidagi tartibda ifodalash joiz: milliy tarbiya – milliy g‘oya – milliy mafkura – milliy xarakter – milliy birlik – milliy taraqqiyot. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohatlarda ham eng asosiy bo‘g‘in sifatida tarbiya masalasiga e’tibor qaratilmoqda. Zero, “... intelektual va madaniy salohiyatning qanday noyob boylik ekani, nodir talant egalarini tarbiyalab kamolga yetkazish hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini unitishga haqqimiz yo‘q. Rivojlangan mamlakatlar bugungi yuksak taraqqiyot darajasiga aynan shuning hisobidan etgani – bu ham haqiqat”. Murakkab etnosotsiologik hodisa sifatida milliy xarakterni tadqiq qilishda uning ko‘pqirraligini hisobga olingan holda, hozirgi ilmiy adabiyotlar va darsliklarda “milliy xarakter” kategoriyasiga uch xil ta’rif berilgan. Xususan, sotsiopsixologik yondashuv nuqtai nazardan milliy xarakter etnik birliklarning etnik stereotiplarda, xarakter, xususiyat va sifatlarning shaxs tamonidan o‘z-o‘zini belgilashlarda, fazilat va illatlar haqidagi tasavvurlar majmuasida o‘z-o‘zicha anglanadigan xulq-atvor va munosabatlarning tipik uslublarida namoyon bo‘ladigan barqaror o‘ziga xos xususiyatlar majmuasi.
Sotsial hodisa sifatida milliy xarakter – etnosdan ishlab chiqarish usulining energiya sig‘imini minimallashtirishga yo‘naltirilgan alohida, barqaror energo- informatik psixosotsial shakldagi tuzilma. Etnologik nuqtai nazardan milliy xarakter konkret tarixiy-madaniy muhitda xulqatvor va munosabatlarda mavjud bo‘lgan sotsial energiyaning zichlashish shaklidir. B.C.Kukushkin va
L.D.Stolyarekolarning fikrlariga ko‘ra, milliy xarakter strukturasi shaxsning o‘z- o‘zini belgilashi, etnik stereotiplar, etnosning oliy insoniy fazilatlar va illatlar haqidagi tasavvurlari, an’ana, urf-odatlarning emotsionalpsixik tomonlarini, ehtiyojlar va did- ishtiyoqlar tuzulmasini, adabiyot va san’at asarlarida, timsollarda ifodalangan onglilik va noonglilik psixik energiyasining namoyon bo‘lishini o‘z ichiga oladi.
“Milliy xarakter” tushunchasi borasida xali ham yagona qarash mavjud bo‘lmasa-da, lekin ko‘pchilik tadqiqotchilar milliy xarakterga mehnatsevarlik, dovyuraklik, vatanparvarlik, erksevarlik va muomaladagi o‘ziga xoslik va boshqa shu kabi xislatlarni kiritadi. Bizningcha, milliy xarakterga oila va xotin-qizlarga, urf-odat va an’analarga munosabatlarni ham kiritish lozim. Bundan tashqari milliy ongda ijobiy va salbiy xususiyatlarning borligini ham unutmaslik lozim. Aslini olganda inson tabiatan yovuz mavjudot bo‘lib, unda ijobiy fazilatlarga nisbatan salbiy illatlarga beriluvchanlik kuchlilik qiladi. Shunday ekan, insonlardan tashkil topgan millat xarakterida ham ijobiy va salbiy xususiyatlar mavjud. Milliy xarakter masalasini tahlil qilish jarayonida uni milliy g‘urur tushunchasi bilan yonma-yon va hamoxang tushuncha sifatida qo‘llash mumkin. Har bir xalqning milliy xarakteri asosida uning milliy g‘ururi shakllanadi. Bu ijtimoiyiqtisodiy va ma’naviy hayotning barcha jabhalarida namoyon bo‘ladi.
Shunday qilib, milliy xarakter milliy va umumbashariy qadriyatlar ta’sirida tarkib topib, millatni o‘rab turgan ijtimoiy-iqtisodiy muhit ta’sirida shakllanadi. Milliy xarakterni o‘rganishda va uni tadqiq etishda biror-bir millat xarakterini mutlaqlashtirish noto‘g‘ri xulosalar chiqarishga olib keladi. Boshqa millatlarda uchramaydigan sof milliy xarakter mavjud emas. Shunday ekan qaysidir millatda o‘z tabiiy sharoiti va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdan kelib chiqib millatning yuksak belgisi sifatida qadrlanuvchi fazilatlar boshqa xalqlar uchun ahamiyatli bo‘lmasligi mumkin. Milliy xarakterning u yoki bu xislatini o‘rganishda nisbatan olib ko‘rsatish kerak.
Ijtimoiy rol - bu jamiyat maqomi egasi uchun munosib deb tan oladigan inson xulq -atvorining modeli. Ijtimoiy rol - bu ma'lum bir maqomga ega bo'lgan shaxs bajarishi kerak bo'lgan harakatlar majmui. Inson ijtimoiy tizimda ma'lum moddiy qadriyatlarni bajarishi kerak.
Bu shaxsning ijtimoiy, ijtimoiy va shaxsiy munosabatlar tizimidagi ijtimoiy mavqei bilan obyektiv ravishda belgilanadigan odam xulq -atvorining modelidir. Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy rol - bu "muayyan maqomga ega bo'lgan odamdan kutiladigan xatti -harakatlar" [1]. Zamonaviy jamiyat har bir kishidan muayyan rollarni bajarish uchun o'z xatti-harakat modelini doimiy ravishda o'zgartirishni talab qiladi. Shu nuqtai nazardan, T. Adorno, K. Xorni va boshqalar kabi neo-marksistlar va neofreydchilar o'z asarlarida paradoksal xulosaga
kelishdi: zamonaviy jamiyatning "normal" shaxsiyati nevrotikdir. Bundan tashqari, zamonaviy jamiyatda rol ziddiyatlari keng tarqalgan bo'lib, ular bir vaqtning o'zida bir-biriga qarama-qarshi talablar bilan bir nechta rollarni bajarishi kerak bo'lgan hollarda yuzaga keladi.
"Ijtimoiy rol" kontseptsiyasi 1930-yillarda amerikalik sotsiologlar R.Linton va J.Mid tomonidan bir-biridan mustaqil ravishda taklif qilingan. Odamlarning to'g'ridan-to'g'ri o'zaro ta'sir rejasi, "rolli o'yinlar", uning davomida insonning o'zini boshqasining rolida namoyon qiladi, ijtimoiy me'yorlarning assimilyatsiyasi sodir bo'ladi va ijtimoiy shaxsiyatda shakllanadi. Lintonning "rolning dinamik tomoni" sifatida ijtimoiy rolni ta'rifi tizimli funktsionalizmda mustahkam o'rnashgan va uni T. Parsons, A. Radklif-Braun, R. Merton ishlab chiqqan. Meadning g'oyalari interaktiv sotsiologiya va psixologiyada ishlab chiqilgan. Hamma farqlar bilan, bu yondashuvlarning ikkalasi ham shaxs va jamiyatning birlashishi, individual xulq -atvori ijtimoiyga aylanishi, odamlarning individual xususiyatlari va moyilligi bilan taqqoslanadigan tugun nuqtasi sifatida ijtimoiy rol g'oyasi bilan birlashtirilgan. Bundan tashqari, odam har xil rollari bir -biriga mos kelmasa, tez -tez rollar ziddiyatiga tushib qoladi.
Ijtimoiy guruhlar - muntazam ravishda bir-birlari bilan oʻzaro munosabatga kirishadigan shaxslar guruhi. Turli sinflar, qatlamlar muhim ijtimoiy guruh hisoblanadi. Kasbga oid, diniy, etnik, turli demografik guruhlar (nuroniylar, ayollar, yoshlar va h. k.) ham ijtimoiy guruhga kiradi, chunki ularning jamiyatdagi mavqei hukmron ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan bogʻliqdir. Bir xil faoliyat bilan shugʻullanuvchi, ijtimoiy-psixologik xususiyatlari oʻxshash, maqsad va qadriyatlari umumiy boʻlgan kishilar ham alohida ijtimoiy guruhni tashkil etadi. Ijtimoiy guruh katta va kichik (soni boʻyicha), boshlangʻich (guruh aʼzolarining bevosita shaxsiy aloqalari va munosabatlariga asoslangan) va ikkilamchi (guruh aʼzolari oʻrtasida bevosita shaxsiy aloqalar boʻlmagan), rasmiy (tadqiqotchi tomonidan muayyan belgi asosida tashkil qilingan) va norasmiy (obʼyektiv holda mavjud) guruhlarga boʻlinadi. Ijtimoiy guruhning hajmi, shakli, xususiyatidan qatʼi nazar, ularning muhim belgisi — aʼzolarning bir umumiy guruhga mansub ekanliklarini anglashidir. Odamlar o’z hayotining koʻp qismini guruhlardagi muloqotlarda oʻtkazadi. Hozirgi jamiyatdagi odamlarning aksariyati koʻpdan-koʻp turli guruhlarga mansubdir.
Ijtimoiy mavqе (status) tushunchasi -- alohida olingan inson yoki ijtimoiy guruhning jamiyatda, mavjud ijtimoiy tizimda tutgan, egallab turgan mavqеini ifodalaydi. Bu tushuncha orqali kishilarning ijtimoiy kеlib chiqishi, ichki yoki o’zining harakati (ma’lumoti. Ko’rsatilgan xizmati) orqali erishgan darajasi o’rganiladi.
Jamiyat hayotini ilmiy tahlil qilish jarayonida sotsiologiyada ijtimoiy
sanktsiyalar tushunchasi muhim ahamiyatga ega. Sanktsiya so’zi lotinchadan olingan bo’lib, qat’iy qaror ma’nosini anglatadi.
Ijtimoiy sanktsiyalar dеb, ijtimoiy guruh yoki tizimning individ xulqiga ijtimoiy normada ijobiy yoki salbiy tomonga o’zgarishiga nisbatan rеaktsiyasi tushuniladi. Ijtimoiy sanktsiyalar jamiyat hayotini boshqarishda muhim ahamiyatga ega bo’lib, shaxsning ijobiy xatti-harakati uchun rag’batlantirsh yoki yomon salbiy hatti-harakati uchun jazo bеlgilashi bilan ijtimoiy nazorat vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Rol nazariyasini sotsiologiya va ijtimoiy psixologiya kundalik faoliyatning aksariyatini ijtimoiy jihatdan aniqlangan toifalarga (masalan, ona, menejer, o'qituvchi) taalluqli deb hisoblaydi. Har biri rol bu inson duch kelishi va bajarishi kerak bo'lgan huquqlar, burchlar, kutishlar, me'yorlar va xatti-harakatlar to'plamidir. Model odamlarning o'zini oldindan taxmin qilinadigan tarzda tutishi va shaxsning xulq-atvori kontekstga xos, ijtimoiy mavqei va boshqa omillarga asoslanganligini kuzatishga asoslangan. Teatr - bu rollar nazariyasini tavsiflash uchun tez-tez ishlatiladigan metafora.
So'z bo'lsa-da rol (yoki rulon) Yevropa tillarida asrlar davomida mavjud bo'lib, sotsiologik tushuncha sifatida bu atama faqat 1920 va 30-yillardan beri mavjud. Nazariy asarlari orqali sotsiologik nutqda yanada mashhur bo'ldi Jorj Herbert Mead, Jeykob L. Moreno, Talkot Parsonsova, Ralf Linton, Georg Simmel. Meadning ikkita tushunchasi- aql va o'zlik - rol nazariyasining kashshoflari.
Nazariya ijtimoiy xulq-atvorga oid quyidagi takliflarni keltirib chiqaradi: Mehnat taqsimoti jamiyatda o'zaro ta'sir shaklini oladi
Ijtimoiy rollarga ijtimoiy yo'naltirilgan "muvofiq" va "ruxsat berilgan" xatti- harakatlar shakllari kiritilgan normalar odatda ma'lum bo'lgan va shuning uchun taxminlarni aniqlaydigan;
Rollarni shaxslar egallaydi yoki "aktyorlar";
Shaxslar ijtimoiy rolni ma'qullashganda (ya'ni, ular rolni hisobga olishadi "qonuniy" va "konstruktiv"), ular rol me'yorlariga mos kelish uchun xarajatlarni, shuningdek, rol me'yorlarini buzganlarni jazolash uchun xarajatlarni o'z ichiga oladi;
O'zgargan sharoitlar ijtimoiy rolni eskirgan yoki noqonuniy holatga keltirishi mumkin, bu holda ijtimoiy bosimlar rol o'zgarishiga olib kelishi mumkin;
Rol nazariyasi o'rtasidagi farqlar nuqtai nazaridan, bir tomonda ko'proq funktsional istiqbol mavjud bo'lib, uni ko'proq bilan taqqoslash mumkin mikro darajadagi yondashuvning ramziy interfaol an'ana. Ushbu turdagi rollar nazariyasi shaxslarning xatti-harakatlari jamiyat bilan qanchalik chambarchas bog'liqligini, shuningdek qanday bo'lishini belgilaydi. Empirik tarzda sinovdan o'tkazilishi
mumkin muayyan rol nazariyasi istiqbollari bo'lishi mumkin.
Nazariy an'analarning umumiy istiqbollariga qarab, rol nazariyasining ko'p turlari mavjud, ammo ularni ikkita asosiy turga bo'lish mumkin, xususan: tarkibiy funktsionalizm rol nazariyasi va dramaturgik rol nazariyasi. Strukturaviy funktsionalizm rollari nazariyasi mohiyatiga ko'ra ijtimoiy tuzilishda o'z o'rnini egallagan har bir kishi kutilgan va xulq-atvorning teng to'plamiga ega bo'lgan tegishli rolga ega bo'lgan har bir kishi sifatida belgilanadi. Hayot ko'proq tuzilgan va hamma narsa uchun o'ziga xos joy bor. Aksincha, Dramaturgik rol nazariyasi hayotni abadiy o'yin sifatida belgilaydi, unda biz hammamiz aktyormiz. Ushbu rol nazariyasining mohiyati shundan iborat rol oy'namoq jamiyatda maqbul tarzda.
Ushbu nazariyaning asosiy tushunchasi shundan iborat rol to'qnashuvi odam bir vaqtning o'zida qarama-qarshi kutishlarga olib keladigan bir nechta rollarni bajarishi kutilganida paydo bo'ladi.
Ushbu sohada muhim munozaralar mavjud rol rol nazariyasida. A rol deb belgilash mumkin ijtimoiy mavqei, ijtimoiy pozitsiya bilan bog'liq xatti- harakatlar yoki odatdagi xatti-harakatlar. Ba'zi nazariyotchilar rollar asosan shaxsning o'ziga xos vaziyatda o'zini qanday tutishi kerakligi haqidagi taxminlardan iborat, degan fikrni ilgari surishgan, boshqalari buni shaxslarning ma'lum bir ijtimoiy pozitsiyada o'zini qanday tutishini anglatadi. Ba'zilar rolni xarakterli xatti-harakatlar yoki kutilgan xatti-harakatlar, ijro etiladigan qism yoki ijtimoiy xulq-atvor uchun ssenariy deb ta'kidlashdi.
Rol nazariyasi xulq-atvorni xulq-atvor namunalari sifatida modellashtiradi muvofiq, shunga muvofiqligi asosida taxminlar boshqalar.
Ta'kidlanishicha, roli ma'lum ma'noda boshqalarga nisbatan belgilanishi kerak. Amaliyot va daraja sotsiologlar tomonidan muhokama qilinadi. Tyorner "boshqa rol" tushunchasidan foydalangan, rolni aniqlash jarayonini o'z rolini boshqa rollar bilan muzokara qilishdir.
Rollarning konstruktsiyasi. Tyornerning ta'kidlashicha, rolni tavsiflash jarayoni, shuningdek, aks holda bu jarayonga nisbatan yashirin bo'lishi mumkin bo'lgan rolni o'zgartiradi rol yaratish armiyadagi kabi juda rasmiy rollar rollarning vakili emas, deb ta'kidlaydilar.
Maxsus ma'lum bir ijtimoiy vaziyatda vaziyatga xos rollar rivojlanadi. Shu bilan birga, ushbu maxsus rolni belgilaydigan taxminlar va me'yorlar ijtimoiy rol bilan belgilanadi, deb ta'kidlash mumkin.
Ba'zi nazariyotchilar xatti-harakatni majburan bajarilgan deb hisoblashadi ijtimoiy normalar. Tyorner aksincha, izchillik normasi borligini va rolga mos kelmaslik normani buzadi, chunki u izchillikni buzadi.
Ijtimoiy farqlash. Turli xil ish rollari rivojlanishi tufayli ijtimoiy farqlash
katta e'tibor talab qildi. Robert K.Merton shaxslararo va shaxslararo rol ziddiyatlari farqlanadi. Masalan, usta jamoat a'zolari va uning rahbarining umidlari oldida o'zining ijtimoiy rolini ishlab chiqishi kerak - bu shaxslararo rol to'qnashuvi. U shuningdek, ota, er, klub a'zosi kabi turli xil ijtimoiy rollarini tartibga solishi kerak - bu shaxsiy intellektual rol to'qnashuvi.
Ralf Dahrendorf majburiy kutishlar orasidagi sanktsiyalar bilan farqlanadi; sanktsiyalar va mukofotlar bilan kutish. Usta korruptsiyadan qochishi kerak; u o'zining ma'lumot guruhlarini qondirishi kerak (masalan, jamoa a'zolari va rahbarlari); va u hamdard bo'lishi mumkin. Uning ta'kidlashicha, rol nazariyasining yana bir tarkibiy qismi shundaki, odamlar jamiyatdagi o'z rollarini qabul qilishadi va ularni jamiyat majburlamaydi.
Rol harakati
O'z hayotlarida odamlar turli xil ijtimoiy rollarga duch kelishlari kerak, ba'zan ular turli xil ijtimoiy vaziyatlarda bir vaqtning o'zida turli xil rollarga duch kelishlari kerak. Ijtimoiy rollarning evolyutsiyasi mavjud: ba'zilari yo'q bo'lib ketadi, ba'zilari esa yangi rivojlanadi. Rol xatti-harakatlariga quyidagilar ta'sir qiladi.
Ijtimoiy vaziyatni belgilaydigan me'yorlar.
Ichki va tashqi kutishlar ijtimoiy rol bilan bog'liq.
Ijtimoiy sanktsiyalar (jazo va mukofot) rollarning xatti-harakatlariga ta'sir qilish uchun ishlatiladi.
Ushbu uchta jihat o'z xatti-harakatini va boshqa odamlarning xatti- harakatlarini baholash uchun ishlatiladi. Geynrix Popits ijtimoiy rollarni maxsus ijtimoiy guruh amal qilishi kerak bo'lgan xulq-atvor normalari sifatida belgilaydi. Xulq-atvor me'yorlari - bu guruh a'zolari orasida odatiy holga aylangan xatti- harakatlar majmui; og'ish holatlarida salbiy sanktsiyalar qo'llaniladi.
Rol nazariyasi - bu kundalik faoliyatni ijtimoiy jihatdan aniqlangan toifalarga mos keladigan deb hisoblaydigan istiqbol. Ikki tor ta'rifga bo'ling: holat bu kishining ijtimoiy tizim yoki guruh ichidagi mavqei;[6] va rol bu maqom bilan bog'liq bo'lgan kishining xulq-atvori.
Tashkiliy rol "bashorat qilinadigan natijani berish uchun shaxsning takrorlanadigan faoliyati bilan o'zaro bog'liq ravishda takrorlanadigan harakatlar" deb ta'riflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |