Asliyatda:
‘That’s made a-purpose,’ said the Djinn5
Tarjimada:
1 www.kiplingsociety.co.uk
2 Miraziz A’zam Jahon bolalar adabiyoti.-Toshkent: G`afur G`ulom nomidagi nashriyot matbaa-ijodiyot uyi, 2016.-B.50.
3 www.kiplingsociety.co.uk
4 Miraziz A’zam Jahon bolalar adabiyoti.-Toshkent: G`afur G`ulom nomidagi nashriyot matbaa-ijodiyot uyi, 2016.-B.50.
5 www.kiplingsociety.co.uk
-Bu senga jazo!- deb javob berdi Jin.1
“Purpose” so`zining ma’nosi “maqsad, niyat” bo`lib, ammo matnning yanada tushunarli bo`lishi uchun tarjimon kontekstdan kelib chiqqan holda ushbu so`zni “jazo” so`zi orqali ifodalagan va bu hikoyaning umumiy ma’nosini kitobxonga yetkazish uchun xizmat qilgan.
Asliyatda:
The Djinn sat down, with his chin in his hand, and began to think a Great Magic2
Tarjimada:
Jin qumga o`tirib qo`lini iyagiga tiragancha, uni avrashga kirishdi3
“Began to think a Great Magic” gap qismini “Buyuk Sehrni o`ylashni boshladi” tarzida so`zma-so`z tarjima qilinganda kitobxonda “Buyuk Sehr” jumlasi qanday sehrligini o`ylashga, tushunmovchilikka olib kelishi mumkin edi. Shu sababli tarjimon bu so`z birikmalarini tushurib qoldirgan va leksik transformatsiyaning kompensatsiya usulidan foydalanib, hikoyaning ma’nosini saqlagan holda boshqa so`zlar bilan ya’ni uni avrashga kirishdi deb berishni afzal ko`rgan.
Mazkur muallifning “Kitbaliqqa xartum qayerdan kelgan?” (“How the Whale got his throat?”) hikoyasini lisoniy-uslubiy jihatdan tahlil qilarkanmiz, leksik transformatsiyaning bir necha turiga duch kelamiz. Masalan, quyidagi gapda tushurib qoldirish va kompensatsiya kabi leksik transformatsiya turidan foydalanilgan:
Asliyatda:
In the sea, once upon a time, O my Best Beloved, there was a Whale4
Tarjimada:
Bu voqea yuz berganiga ko`p bo`lgan, o`g`iljonim. Bir Kitbaliq bor edi1
1 Miraziz A’zam Jahon bolalar adabiyoti.-Toshkent: G`afur G`ulom nomidagi nashriyot matbaa-ijodiyot uyi, 2016.-B.52.
2 www.kiplingsociety.co.uk
3 Miraziz A’zam Jahon bolalar adabiyoti.-Toshkent: G`afur G`ulom nomidagi nashriyot matbaa-ijodiyot uyi, 2016.-B.51.
4 www.kiplingsociety.co.uk
Asliyatdagi “in the sea” so`z brikmasi tarjimada tushurib qoldirilgan. Hikoya muallifi “O my Best Beloved” deb kitobxonga murojaat qilgan. Ushbu so`z birikmasi so`zma-so`z tarjima qilinganda “o, mening eng sevikligim” tarzida bo`lardi. Ammo mutarjim mazkur jumlani tarjima qilishda hikoya mo`ljallangan yosh vakillari, ya’ni bolalarni hisobga olgan holda kompensatsiya usulidan mohirona foydalangan va “o`g`iljonim” so`zi bilan almashtirgan, ya’ni tushurib qoldirilgan so`z o`rnini boshqa so`z bilan to`ldirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |