Bog'liq Mahmudova ZARNIGOR,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,333333333333333333
So’z va leksema .
1.So’z va leksema atamalarini ham farqlash kerak,ya’ni -so’z leksik va Grammatik ma’nolarni ifodalaydigan butunlik -- leksema atamasi esa so’zning grammatik ma’nolarisiz, faqat leksik ma’no ifodalovchi qismi uchun ishlatiladi --bunday vaqtda so’z morfologiya birligi sifatida ,leksema esa leksikologiya birligi sifatida farqlanadi 2.Demak tahlil jarayonida gap tarkibidan so’zlarni ajratamiz. So’zlar esa leksema va Grammatik qo’shimchalarga ajraladi . So’zning Grammatik shakllarsiz qismi leksema sanaladi Lug’atlarda bosh so’z sifatida leksema beriladi. [6] Bir ma’noli so’zlar
1.So’zlar anglatadigan ma’nolariga ko’ra 2ga bo’linadi a)bir ma’noli so’zlar (monosemantik so’zlar; gr.mono—bir ,semiya—ma’no) b)ko’p ma’noli so’zlar (polesemantik so’zlar gr.poli—ko’p,semiya—ma’no) 2.Aniq bir ma’noni ifodalash uchun qo’llanilgan so’zlar bir ma’noli so’zlar sanaladi. 3.Bir ma’noli so’zlar gap tashqarisida ham gap ichida ham faqat bitta ma’no ifoda etadi. M: men; sen; Toshkent;Mirzacho’l,cho’pon 4.Bir ma’noli so’zlar tilimazda kam sonni tashkil qiladi,va ilmiy ,kasb-hunarga doir atamalarni,shuningdek,yangi paydo bo’lgan so’zlarni o’z ichiga oladi.Yani so’zlar (neologizmlar)ham davr o’tishi bilan qo’shimcha ma’nolarni anglatadi. . Ko’p ma’noli so’zlar 1 Nutq jarayonida ikki va undan ortiq ma’noda qo’llanuvchi so’zlarga ko’p ma’noli so’zlar deyiladi 2.Polisemiya yunoncha poli— ko’p, semia ma’no so’zlaridan olingan bolib, ko’p ma’noli demakdir Polisemiya monosemiyaga zidlanadi 3.Ko’p ma’noli so’zlar gapdan tashqarida bir ma’noni gap ichida yana boshqa bir ma’noni bildiradi. 4.Ko’p ma’noli so’zlar konteksda ,ya’ni ma’lum bir gapning ichida faqat bitta ma’nosi bilan keladi. 5.Tilimizdagi so’zlarning juda kata qismi ko’p ma’nolidir. Chunki kishilar kundalik hayotda yangi paydo bo’lgan tushunchalarning har biri uchun alohida alohida so’zlar qo’llayveradigan bo’lsa,so’zlarning soni o’ta ko’payib ketib ,ularni xotirada saqlash mumkin bo’lmay qoladi ,Shuning uchun tilda mavjud bo’lgan so’zlarga yangi-yangi ma’nolar yuklanadi. Natijada ko’p ma’noli yuzaga keladi. M: tosh so’zi dastlab qattiq sovuq jism ma’nosida qo’llangan M:Yo’l chetida yumalab yotgan toshni tepdim (M.Yusuf Osmonning oxiri dostonidan) Keyinchalik ,”qattiqlik”ma’nosini faollashtirib tosh bag’ir,bag’ri tosh birikmalarida bag’irning sifatlovchisi vazifasida ko’chma ma’noda qo’llaniladi. Yoki : ko’z so’zi dastlab faqat tirik organizmning qabariq shaklga ega bo’lgan bo’lgan ko’rish a’zosi ma’nosida qo’llangan bo’lsa keyinchalik qabariqlik ma’nosini faollashtirish maqsadida “daraxtning ko’zi”ma’nosida ; Yorug’lik bilan ta’minlash ma’nosini faollashtirish orqali “derazaning ko’zi”ma’nolarida qo’llanila boshladi 6.Ko’p ma’noli so’zlarda ma’no qanchalik ko’p bo’lsa ham lekin u bir so’z hisoblanaveradi. Shuning uchun kop ma’noli so’zlargda ma’nolardan biri to’g’ri ma’no (yoki o’z ma’no) qolganlari esa ko’chma ma’no hisoblanadi 7.Ko’chma ma’nolar nutq tarkibida boshqa so’zlar bilan bog’langanda nomoyon bo’ladi,nutq tarkibidan ajratilganda esa to’gri ma’nosi asosiy ma’no bo’lib qoladi. M: tosh so’zi nutq qurshovidan ajratib olinsa,”qattiq jism” ma’nosini anglatadi . 8.Demak, o’z va ko’chma ma’no birikib,ko’p ma’noli so’zni hosil qiladi. 9.Ko’p ma’noli so’zlarning ma’nosini bilish va undan nutq jarayonida o’rinli foydalanish nutqning ta’sirchan, ifodali bo’lishiga yordam beradi.
Bosh va ko’chma ma’no
1.Bosh ma’no (o’z ma’no) deganda so’zning asl ma’nosi tushuniladi so’zlarning nutq jarayoniga bog’liq bo’lmagan atash ma’nosi tushuniladi. 2.Ana shu lug’aviy ma’no asosida boshqa ma’nolar ham ifodalansa,u yasama (ko’chma) hisoblanadi 3 Ko’chma ma’no deganda bosh ma’no zaminida hosil qilingan yangi ma’no,so’zning nutqqa boshqa so’zlarga bog’lanib hosil qiladigan yondash ma’nosi tushuniladi.
M: tulki so’zi aslida yovvoyi hayvonning bir turi ma’nosini anglatadi. Mirzakarimboy—tulki odam gapida tulki so’zi ayyor quv kabi ko’chma ma’noda qo’llanilgan. Yoki kumush-nutq tarkibidan tashqarida oq rangdagi qimmatbaho metal ma’nosini ifoda etadi bu uning bosh ma’nosi .Kumush so’zi qish va qor kabi so’zlar bilan bog’langanda ko’chma ma’no kasb etadi. 4.Odatda so’zning o’z va ko’chma ma’nolari bir so’z turkumi doirasida bo’ladi. M:ko’z: odamning ko’zi (o’z ma’no) Ignaning ko’zi, uzukning ko’zi ,buloqning ko’zi, yog’ochning ko’zi, tizzaning ko’zi, xurjunning ko’zi (ko’chma ma’nolari) Ba’zan so’z o’zining ko’chma ma’nolari bilan boshqa so’z turkumlariga teng kelishi mumkin. M:oltin;kumush;temir—bular asli ot oltin yaproq, kumush qish,temir intizom kabi misollarda ko’chma ma’nosi bilan sifatga ko’chgan 5.Polisemantik so’zlargda so’z ma’nolari orasida ma’no zanjiri bog’liqlik bo’ladi Agar bunday ma’no zanjiri uzilsa,ko’p ma’noli so’z omonim so’zga aylanadi. M: ko’k (rang)—ko’k (osmon) Yoki: 1)dam 2)gap 3)salla 4)tepki 5)chechak 6)qavs 7)changal 8)nozik 9)tutash 10)to’y 11)ko’ch 12)atala kabi omonim so’zlar ko’p ma’noli so’zlar o’rtasidagi ma’no zanjiri uzilishidan hosil bo’lgan. Ko’p ma’noli so’zlar o’rtasidagi ma’no zanjiri uzilib omonim so’zlar yuzaga kelar ekan bu so’z yasalishning leksik-semantik usuli sanaladi. 6. So’zning o’z ma’nosidan ko’chishi,uslubiy mazmun olishi ko’proq badiiy uslub; ba’zan ommaviy uslub va o’rni bilan og’zaki so’zlashuv tilida uchraydi.[3]