O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLAR MAHKAMASI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI XORIJIY TILLAR FAKULTETI INGLIZ TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI
11-12chi-19- guruh Mahmudova Zarnigorning ”METAFORIK ATAMALARNING XUSUSIYATLARI.“ mavzusidagi
KURS ISHI 5111400-Xorijiy til va adabiyoti(ingliz tili)
Ilmiy rahbar:Abdullayeva G.G.
BUXORO-2022
MUNDARIJA: 1.TERMIN VA UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI………………....3
2.KO’CHMA MA’NO VA UNING A’LOQADORLIGI…………..….……..13
3.METAFORALI ATAMALARNING SHAKLLANISHIDA TERMINALOGIYANING O’RNI………………………………...…………19
4.METAFORIK ATAMALAR HAQIDA UMUMIY TASNIF ……………..26
5.O’XSHATISH VA METAFORA ORASIDA SHAKLIY FARQ …………29
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
1.TERMIN VA UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI O‘zbek tili - boy imkoniyatlarga ega til. Tilimizning o‘ziga xos
xususiyatlari uning qimmatini belgilaydi. Tilimizning tasviriy ifodalarga
boyligi, bo‘yoqdorligi maqollarda ham namoyon bo‘ladi. Dono xalqimiz
milliy madaniyatini, mentalitetini, so‘z boyligini maqollar orqali ham
namoyon qiladi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek:
“…o‘zlikni anglash milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi
ruhiy – ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar
inson qalbiga, avvalo, ona allasi ona tilining betakror jozibasi bilan singadi.
Ona tili bu millatning ruhidir.”
. Termin lotincha “terminus” so‘zidan olingan bo‘lib, “oxiri”, “chek”, “chegara”, “tugash” degan ma’nolarni bildiradi. V.N.Shevchuk terming quyidagicha ta’rif beradi: “Termin” – bu so‘z bo‘lib, o‘rta asrlarda “aniqlash”, “ifodalash” degan ma’nolarni ifodalagan1. Qadimgi fransuz tilida mavjud bo‘lgan “terme” leksemasi “so‘z” degan ma’noni anglatadi”. A.A.Reformatskiy esa buni quyidagicha izohlaydi: “Termin – bu so‘z bo‘lib o‘zining alohida va maxsus belgilari bilan chegaralandi, fan, texnika, iqtisodiyot, siyosat va diplomatiya sohalarida bir ma’noli, aniq so‘zdir2. U ekspressivlikdan holi, muayyan predmet yoki tushunchani ifoda etuvchi, o‘zining qat’iy va aniq mazmuniy chegarasiga hamda izohiga ega bo‘ladi”. V.P.Danilenko termin so‘ziga quyidagicha aniqlik kiritadi: “Termin (lar) – lug’at tarkibining bir qismi hisoblanib, muayyan fan va soha leksik birliklarining aniq nomi, ta’rifidir”3. B.N.Golovin esa termin haqida: kasb-hunar nuqtai nazaridan qaralganida termin o‘zida muayyan kasbiy tushunchalarni ifoda etadi, - deb yozadi.4 Shunga o‘xshash talqinni biz V.M.Leychikning ishlarida ham uchratishimiz mumkin. Uning fikriga ko‘ra, termin muayyan tilning leksik birligi hisoblanib, aniq va maxsus sohalar ilmida va faoliyatida umumiy, aniq yoki mavhum tushunchalarni ifodalaydi.[1]
Filologiya fanlari doktori, G’.Abdurahmonov shunday yozadi: “Atamalarning aniqligi va qat’iylashishi shu millatning fani, maorifi, madaniyati darajasini ko’rsatadi. Atamalarning rivojlanishi, tartibga solinishi fanning har xil sohalarida turlicha bo’lib, ma’lum fanning taraqqiyotiga bog’liq. Bu taraqqiyot to’xtovsiz bo’lgani uchun yangi atamalarning kelib chiqishi, tartibga tushishi ham uzluksiz bo’ladi. Umuman, ona tilida atamalarning puxta ishlanishi, tartibga solinishi darslik va qo’llanmalar tuzish uchun ham, ona tilida dars olib borish uchun ham zarur bo’lgan manbadir. Atamalarning ishlanmaganligi va tartibga solinmaganligi nutq uslubiga ham ta’sir ko’rsatadi”.5 Demak, terminologiyaning tartibga solinishi, muvofiq ravishda tarjima qilinishi nafaqat ilmiy sohada balki ijtimoiy hayotda ham ahamiyati katta bo’lgan masaladir.[1]
AQSHda o‘tgan asrning 70-yillarida yuzaga kelgan “The World Encyclopedia Dictioanry” lug‘atida esa terminga quyidagicha ta’rif beriladi: “Terminology – the special words and terms used in science, art, business and economy”. Ma’nosi: terminolgiya - fanda, san’atda, biznes va iqtisodda ishlatiladigan maxsus so‘zlardir.
Yuqorida keltirilgan tilshunos olimlarning fikridan kelib chiqqan holda, o‘z nuqtayi nazrimizdan “termin” so‘ziga quyidagicha izoh bersak bo‘ladi: “tilning ma’lum sathidagina qo‘llanilib, ma’lum bir so‘z yoki so‘z birikmasining ma’nosini xususiy ma’no bilan ifodalab beruvchi so‘z yoki so‘z birikmasi”.
Atamashunoslikning kelib chiqishi Avstriyalik olim Oygena Vyuster va Dmitriy Semyonovich Lottelarning sharafli nomlari bilan bog‘liq bo‘lib, ular ilk tadqiqot ishlarini 1930-yilda nashr etganlar. Hozirgi vaqtda bir necha milliy maktablar – avstriya-nemis maktabi, frank-kanada maktabi, rus maktabi, Chexiya maktablari atamashunoslikning nazariy masalalariga turli tomondan yondashib, o‘z tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqdalar. Ularning ichida Rossiya atamashunoslik maktabi yetakchilik qilmoqda: 2300 dan ortiq himoya qilingan dissertatsiyalar, 3500 dan ortiq terminlar o‘rganildi.[2]
Hozirgi paytda atamashunoslik bir qancha tadqiqot yo‘nalishlariga bo‘linadi: