Buxoro davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti


KO’CHMA MA’NO VA UNING A’LOQADORLIGI



Download 47,15 Kb.
bet3/8
Sana13.06.2022
Hajmi47,15 Kb.
#664599
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mahmudova ZARNIGOR,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,333333333333333333

2.KO’CHMA MA’NO VA UNING A’LOQADORLIGI
1.Leksikologiya tilshunoslikning mustaqil bo’limi bo’lib, yunoncha lexikos—lug’at, so’z so’zga doir va logos—ta’limot so’zlarinig birikuvidan iborat bo’lib, leksika (so’z) haqidagi ta’limot demakdir. Demak,soz va uning ma’nolarini o’rganuvchi tilshunoslikning bo’limga leksikologiya (ba’zan leksika) deyiladi
2.Bu bo’limda tilning lug’at boyligi, so’z va uning lug’aviy ma’nolari , so’z va uning ko’chma ma’nolari ma’no ko’chish usullari so’zlarning qo’llanish doirasiga ko’ra turlari o’rganiladi.
3.Leksika atamasi 2 ma’noda ishlatiladi. a)tilning lug’at tarkibi , so’zlar yig’indisi b) lug’at tarkibini o’rganuvchi tilshunoslikning alohida bo’limi; leksika atamasining ikkinchi ma’nosi uchun leksikologiya atamasi ham qo’llaniladi.
So’z va uning ma’nolari .
1.Ma’lum ma’no bilan bog’langan va morfologik shakllangan tovush yoki tovushlar birikmasi so’z sanaladi. 2. So’z ikki xil ma’no bildiradi. Bu ikki xil so’zni biz opa so’zi orqali ko’rib chiqaylik. - Opa so’zi aka,uka singil so’zlai bilan qarindoshlik ma’nosi bilan bir guruhga birlashadi . Ayni paytda bir guruhga mansub bo’lgan yuqoridagi so’zlar bir-biriga zidlanganda, ma’lum ma’nolari bilan o’zaro farqlanadi. Xususan ,opa so’zi : -- o’gay opaga zidlanganda ,qarindoshlik (o’gay emaslik ) ma’nosini bildirishi bilan --opa so’ziga zidlanganganda men bilan bir bo’g’inga mansublik ma’nosini bildirishi bilan ; -- aka,uka so’zlariga zidlanganda, ayol jinsiga mansublik ma’nosiga mansubligi bilan singil so’ziga zidlanganda opaning mendan kattalik singilning kichiklik ma’nosiga egaligi bilan farq qiladi. . Opa so’zining boshqa qarindoshlik bildiruvchi so’zlar bilan birlashtirib turadigan va ayni paytda ularni bir-biridan farqlaydigan ma’nolarining jami uning atash ma’nosi yoki leksik ma’nosi deyiladi. [1] Opa so’zi yuqoridagi ma’nodan tashqari predmetlik, bosh kelishik,birlik ma’nolariga ham ega. Bu ma’nolar uning Grammatik ma’nosi sanaladi. . Ko’rinadiki,nutq jarayonida har bir so’z leksik va Grammatik ma’’nolar uyg’unligidan tashkil topadi . 3. So’z shakl va mazmun yaxlitligiga ega bo’lib,ma’no va Grammatik jihatdan shakllangan til birligidir. 4.So’zning 2 tomoni bor: a)so’zning shakli ,ya’ni tashqi tomoni (moddiy tomoni) tovush (harflar)dan iborat bo’lib,bu xususiyatlar fonetikada o’rganiladi b)so’zning ichki tomoni (ma’no,mohiyat tomoni)esa unda ifodalanadigan ma’nolar bilan tavsiflanadi ya’ni so’z bo’lishi uchun tovush va harflar yig’indisi ma’lum ma’no ifodalashi kerak. 5.So’z ikki xil ma’no bildiradi . a)leksik ma’no ; b)Grammatik ma’no 6.Leksik ma’no (atash ma’nosi lug’aviy ma’no) leksikologiyada o’rganiladi. leksikologiyaga doir atama hisoblanadi a) So’zlarning borliqdagi qanday narsa –hodisalar belgi-xususiyatlar,harakat-holatlarni bildirishi ularning atash ma’nolari hisoblanadi. Atash manosiga faqat 5ta so’z turkumi ega .Olmoshlar bundan mustasno. Ular belgi bildiruvchi so’zlarga ishora qiladi. 7.(Grammatik ma’no) deganda esa so’zning qaysi turkumga mansubligi qaysi gap bo’lagi vazifasida kelishi ,shuningdek, tarkibidagi qo’shimchalar orqali yuzaga keladigan ma’nolar tushuniladi.Grammatik ma’no barcha so’z turkumlari uchun xos bo’lib,uni morfologiyada o’rganamiz. lug’aviy ma’nosi –predmet, o’quv quroli Grammatik ma’nosi –ot,bosh kelishikda ,ko’plik sonda,ega vazifasida keltirildi harakat tushunchasini ifoda etyapti bu uning lug’aviy ma’nosi. Grammatik ma’nosi:fe’l, o’tgan zamonda,IIIshaxs majhul nisbatda ,xabar maylida,bo’lishli shaklda,kesim vazifasida. 8.Demak, so’zlar lug’aviy va Grammatik ma’noga ega bo’lib bularning biri leksikologiyada, ikkinchisi morfologiyada o’rganiladi.



Download 47,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish