Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti 70230101- Lingvistika: ingliz tili mutaxassisligi bo`yicha I bosqich magistranti Bozorova Matlubaning shaxsiy kalendar ish rejasi asosida ilmiy-pedagogik faoliyatining bajarilishi bo`yicha 2022-yil fevral oyi uchun
HISOBOTI
Men, I bosqich magistratura talabasi Bozorova Matluba, fevral oyida kalendar ish rejasi bo`yicha rejalashtirilgan quyidagi ishlarni amalga oshirdim:
Dastavval, fevral oyi boshida M.U.Saidova tomonidan o’tkazilgan birinchi kurs magistrlari bilan majlisda qatnashdim. Bu majlisning asosiy masalasi, pedagogik amaliyot va ilmiy tadqiqot hujjatlari, ulardagi kamchiliklarni ko’rib chiqdik.
7- fevral kuni ilmiy tadqiqot va pedagogik amaliyot hujjatlarni topshirdik va baholandik. Kafedra mudiri Z.I.Rasulov har bir magistrdan 2-semestrdagi rejalarni so’rab, kerakli maslahatlarni berdilar.
Fevral oyi o’rtasida yakuniy nazoratlarni topshirdik. 22-fevraldan 2-semestr darslarini boshladik.
Fevral oyi davomida M.U.Saidovaning "How to teach vocabulary" va D.I.Xodjayevaning "Science is a body of knowledge" darslarini kuzatib, ularning metodlari, darsda ishlatilgan materiallarni o’rgandim. Dars tahlilidan so’ng, darsda kuzatilgan yutuqlar, yangiliklar va metodlarni tahlil qildik.
Ilmiy-pedagogik rahbar: PhD, dotsent D.I.Xodjayeva Tadqiqotchi: M.A.Bozorova
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti 70230101- Lingvistika: ingliz tili mutaxassisligi bo`yicha I bosqich magistranti Bozorova Matlubaning shaxsiy kalendar ish rejasi asosida ilmiy-pedagogik faoliyatining bajarilishi bo`yicha 2022-yil mart oyi uchun
HISOBOTI
Men, I bosqich magistratura talabasi Bozorova Matluba, mart oyida kalendar ish rejasi bo`yicha rejalashtirilgan quyidagi ishlarni amalga oshirdim:
Dastavval ilmiy-pedagogik rahbarim bilan kalendar ish reja bo’yicha mart oyi davomida bajarilishi lozim bo’lgan pedagogik topshiriqlarni muhokama qildik va vazifalarni belgilab oldik.
Ilmiy-pedogogik rahbarim tavsiyalari asosida, ingliz tilshunosligi kafedrasi o’qituvchisi Z.I.Rasulovning “Origins of the English language” ma’ruza darslarini, kafedra o’qituvchisi A.B.Qobilovaning “Food scare” seminar mashg’ulotlarini, 2-kurs magistranti Z.T.Saidovaning “Mass media” nomli ochiq darslarini, 1-kurs magistrani N.O.Ibotovaning “Present Perfect” nomli ochiq darslarini kuzatdim.
19-mart ilmiy-pedagogik rahbarim topshiriqlari asosida agronomiya-biotexnika 3- va 4-kurs talabalariga dars o’tdik va darsda kuzatilgan yutuq va kamchiliklarni tahlil qildik.
Ilmiy rahbarim Xodjayeva dars jarayonini muntazam ravishda kuzatishni va yangiliklarni qayt qilishni aytdilar.
Ilmiy-pedagogik rahbar: PhD, dotsent D.I.Xodjayeva Tadqiqotchi: M.A.Bozorova
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti 70230101- Lingvistika: ingliz tili mutaxassisligi bo`yicha I bosqich magistranti Bozorova Matlubaning shaxsiy kalendar ish rejasi asosida ilmiy-tadqiqot faoliyatining bajarilishi bo`yicha 2022-yil fevral oyi uchun
HISOBOTI
Men, I bosqich magistratura talabasi Bozorova Matluba, fevral oyida kalendar ish rejasi bo`yicha rejalashtirilgan quyidagi ishlarni amalga oshirdim:
Ilmiy-tadqiqot rahbarim D.I.Xodjayeva bilan birgalikda fevral oyi uchun bajarishimiz kerak bo’lgan ishlar ro’yxatini ko’zdan kechirdik. Rahbarim menga mavzuga doir ma’lumotlar yig’ishni asosiy vazifa qilib berdilar.
Ingliz tilida uchraydigan noverbal muloqot haqida ma’lumotlar izlandim.
Noverbal muloqot aloqa turlari, noverbal signallar va ularning og'zaki nutqdagi ta’siri haqida ma'lumotlar yig'dim.
Ilmiy-pedagogik rahbar: PhD, dotsent D.I.Xodjayeva Tadqiqotchi: M.A.Bozorova
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti 70230101- Lingvistika: ingliz tili mutaxassisligi bo`yicha I bosqich magistranti Bozorova Matlubaning shaxsiy kalendar ish rejasi asosida ilmiy-tadqiqot faoliyatining bajarilishi bo`yicha 2022-yil mart oyi uchun
HISOBOTI
Men, I bosqich magistratura talabasi Bozorova Matluba, mart oyida kalendar ish rejasi bo`yicha rejalashtirilgan quyidagi ishlarni amalga oshirdim:
Ilmiy-tadqiqot rahbarim D.I.Xodjayeva bilan birgalikda mart oyi uchun bajarishimiz kerak bo’lgan ishlar ro’yxatini ko’zdan kechirdik. Rahbarim menga mavzuga doir ma’lumotlar yig’ishni asosiy vazifa qilib berdilar.
Ilmiy-tadqiqot ishim bo'yicha ma'lumotlar qidirdim.
O'quv jarayonida N.S.Qobilova tomonida o'tkazilgan lingvistik tahlil metod fanidan ilmiy-tadqiqot yozilish tartibi, maqsad va vazifalari bundan tashqari obyekti va predmeti haqida ma'lumotlar oldim.
Bundan tashqari A.A.Haydarov ma'ruzalarida ilmiy-tadqiqot ishimiz haqida ma’lumotlar berdilar va asosnoma yozishda nimalarga e'tibor berish kerakligini tushuntirdilar.
O'quv jarayonida Z.I.Rasulov qanday tartibda lingvomadaniy tadqiq qilish kerakligini tushuntirdilar.
Ilmiy-pedagogik rahbar: PhD, dotsent D.I.Xodjayeva Tadqiqotchi: M.A.Bozorova
Do'stlaringiz bilan baham: |