Manba va adabiyotlar
1. Ahmedov B. Amir Temurni yod etib, Toshkent, O‘zbekiston,
1996.
2. Маршак Б.И. Самый ранний сюжет согдийской живописи.
// Тўплам:
Зарафшон воҳаси ва унинг тарихдаги ўрни. Ўзбекистон
Республикасини 10
йиллигига бағишланган илмий-назарий анжуман
материаллари. 2001 йил 18-19 май, I қисм, Самарқанд, 2001.
3. Алимова Д.А., Буряков Ю.Ф., Рахматуллаев Ш.М.
Самарқанд тарихи. (қадимги даврдан бугунги кунгача) Тошкент,
2009
4. Самарқанд тарихи 1-том,Тошкент, 1971
6-mavzu:Buxoro vohasi shaharlari urbanizatsiyasi
Reja:
84
6.1. Buxoro shahri tarixi va shahar
urbanizatsiyasi
6.2. Varaxsha,
Poykent- qadimiy shaharlar
6.3. Romitan va Vobkent haqida tarixiy manbalar
6.4. Buxoro Somoniylar davlati poytaxti
6.5. Amir Temur va temuriylar davrida Buxoro
6.6. XVI-XVII asrlarda Buxoro
shaharlari urbanizatsiyasi
Tayanch so‘z va iboralar:
Mis shahar, Buxoroxudotlar, Poykand,
Romitan, YUNESKO, Varaxsha, Vobkent, Romitan, “Qubbat ul-
Islom”- “Islom dinining gumbazi”, Chashmayi Ayub, “Bilim olish har
bir musulmon ayol va erkakning burchidir”, Hunarmandchilik,
“Zafarnoma”.
6.1 Buxoro shahri tarixi va shahar urbanizatsiyasi
Buxoro o‘zining 25 asrlik tarixi davomida jahon fani va
madaniyatini rivojlantirishga, ayniqsa, Sharq madaniyatini taraqqiy
ettirishga salmoqli hissa qo‘shgan qo‘hna shahardir. Shaharning
tarixiy qismi 1993 - yilda YUNESKO tomonidan insoniyatning
butundunyo tarixiy merosi shaharlari ro‘yxatiga kiritilgan. Buxoro
o‘zining 400 dan ortiq me’moriy obidalari bilan Markaziy Osiyodagi
eng katta muzey-shahar hisoblanadi.
Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, Buxoroga miloddan avvalgi 1-
ming yillik o‘rtalarida asos solingan. Ilk o‘rta asr Xitoy manbalarida
shaharning nomi An, Ansi, Ango, Buxo, buku, Buxe, Buxaer, Buxola,
Fuxo, Puxuala deb atalgan. Mutaxassislarning fikricha, bu
atamalarning avvalgi uchtasi Buxoroning Xitoycha nomlari bo‘lib,
qolgani “Buxoro” so‘zining Xitoy tilidagi talaffuzidir.
O‘rta asr arab manbalarida Buxoro Numijkat, Navmijkat,
Bumichkat (Yangi Qo‘rg‘on), Al-Madina as-sufriya (Mis shahar),
Madinat ut-tujjor (Savdogarlar shahri). Foxira (Faxr shahri) kabi
nomlar bilan tilga olingan. Buxoro atamasi sanskritcha “vixara”
so‘zining turk-mo‘g‘ulcha shakli - “buxor” ( “ibodatxona”) dan kelib
chiqqan deb tahlil qilingan. Keyingi tadqiqotlarda bu atama
so‘g‘diycha “bug‘” yoki “bag‘”(“tangri”) hamda “oro” (“jamol”)
so‘zlaridan iborat bo‘lib, “tangri jamoli”degan ma’noni anglatadi,
degan fikrlar ham mavjud.
Narshaxiyning yozishicha - “Samarqand tomonida bir katta daryo
borki, uni “Rudi mosaf” - “Mosaf daryosi”( Hozirgi Zarafshon
daryosi) deb aytaydilar. Bu daryoga ko‘p suv yig‘ilgan, u bir talay
85
yerlarni yuvib-o‘pirib, ko‘p loyqalarni surib kelgan va natijada, bu
botqoqliklar to‘lib qolgan. Suv ko‘p oqib kela berdi, loyqalarni Bitik
(Chorjo‘y ro‘parasidagi Amudaryo bo‘yida joylashgan qishloq) va
Forobgacha (Chorjo‘y yaqinidagi, Amudaryo sohilidagi shahar) surib
keltira berdi. So‘ng suv toshib kelishi to‘xtadi. Buxoro o‘rnashgan joy
asta-sekin to‘lib tekis yerga aylandi va shunday qilib, u katta daryo
So‘g‘d va bu loyqalar bilan to‘lgan mavze Buxoro bo‘lib qoldi, har
tomonidan odamlar yig‘ilib, u joy obod bo‘ldi”.
Buxoro shahrining barpo bo‘lishi Zarafshon vodiysining
o‘zlashtirib obod etilishi hamda voha bo‘ylab urbanizastiyalashgan
dehqonchilik, qishloqlar va istehkomsiz turar joylar, keyinroq esa
ko‘plab qasrlarning qad ko‘tarishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan.
Milodgacha bo‘lgan V asr oxiri va IV asrlarda, ayniqsa III va II
asrlarda bu jarayon keskin jadallashgan. Buxoro shahri yaqinidagi
Taxtmachittepa va Talimurda partav yodgorliklaridan topilgan,
miloddan av. IV - II asrlarga mansub Yunon-Baktriya podshohi
Evtidemning kumush tangalari hamda ularga taqlidan yasalgan va old
tomoniga tojdor hukmdor, orqa tomonida esa otashkada tasviri
tushirilgan kumush tangalarda ma’lum darajada o‘z ifodasini topgan.
Hatto qadimgi Buxoro tojdorlari miloddan avvalgi II asrdayoq o‘z
kumush tangalarini zarb etib chiqara boshlaganlar.
Er.av. II asrdan boshlab Buxoro vohasida boy dehqonlarga
qarashli mustahkam uy joylar paydo bo‘la boshlagan. Bu davrda
vohada qishloq jamoasiga tegishli “dehqon”lar tomonidan
sug‘oriladigan yerlar va o‘tloqlar egallanib boshlagan. Kichik-kichik
davlatlar paydo bo‘lib, o‘zlarini turli nomlar bilan atagan podshohlar
tomonidan boshqarilgan. Masalan, Buxoroda-buxoroxudotlar, Buxoro
vohasining shimolida joylashgan Vardonzeda -vardonxudatlar,
so‘g‘dda - ixshidlar, Ustrushonada - afshinlar deb atashgan.
Buxoroxudot - (Buxoro va fors “xudo” - tangri, ega, hokim
ma’nolarini anglatadi. Buxoroga islom kirib kelgach arablar uni
Buxorxudat deb o‘z tillariga moslab olganlar. Buxorxudat atamasi
dastlab Buxorxudo shaklida bo‘lgan.
Buxoroxudotlar VI-VIII asrlar mobaynida Buxoroni idora qilib,
hududi hozirgi Buxoro, Vobkent, Kogon, Romitan, Jondor va
Qorako‘l tumani yerlaridan iborat bo‘lgan.
Arablarning Buxoro muzofotiga kirib kelishi 673 - yilning kuzida
Xalifa Muoviya (661-680 y.y.) farmoni bilan Ubaydulloh ibn
86
Ziyodning Amudaryodan kechib o‘tishidan boshlandi. Dastlab
Poykand va Romitanni egallab, Buxoro shahrini qamalga oladi.
707 - yilda Qutayba katta qo‘shin bilan Amudaryodan o‘tib,
Buxoro vohasiga bostirib keladi. Arab qo‘shinlari dastlab eng qadimiy
va obod shaharlardan bo‘lgan Poykandni qamalga oldilar.
Somoniylar xonadonining vakili Samarqand hukmdori somoniy
Nasr ibn Ahmad 874 -yilda ukasi Ismoilni Buxoroga noib qilib
yuboradi. Buxoro IX-X asrlarda Somoniylar, X asr oxirida
Qoraxoniylar boshqaruvida bo‘lgan.
1220 - yil fevralida mo‘g‘ullar Buxoroni egalladilar. Go‘rxon
boshchiligida 12 kun davomida mo‘g‘ullarga qarshilik ko‘rsatdi. Qal’a
ichidagi chuqurlar odam va hayvon mayitlariga to‘lib, qahramonlar
o‘z jonlarini fido qilgandan keyingina Ark zabt etildi. Nayob
qo‘lyozma asarlar, muqaddas kitoblar yirtildi. Ulamo va shayxlar
e’tiborli mo‘g‘ul jangchilariga xizmatkor qilib berilgan. Maschitlarda
sharobxo‘rlik qilinib, mo‘g‘ullar ashula aytayotgan paytda ulamolar
va shayxlarni otxonalarda otlarni qo‘riqlash uchun qo‘ydilar.
Xullas san’ati, ilm-ma’rifati yuksak bo‘lgan Buxoro aholisi
xo‘rlandi va masxara qilindi. Istilochilar Buxorodan g‘oyatda ko‘p
asir olib qaytdilar. Asirlarning ko‘pchiligi hunarmandlar bo‘lib,
mo‘g‘ullar ulardan turli xil hunarmandchilik buyumlari, qurol-yarog‘,
asbob-uskunalar, zeb-ziynatlar yasab beradigan ishchi kuchi sifatida
foydalanganlar.
1238 -yilda Buxorodan 3 farsax (18-20 km) narida Torob
qishlog‘ida (hozirgi Jondor tumani hududi) boshlanadi. Qo‘zg‘olonga
Toroblik g‘alvir yasovchi Mahmud boshchilik qiladi va tarixda u
Maxmud Torobiy qo‘zg‘oloni nomi bilan mashhur. Tarixchi
Juvayniyning yozishicha, M.Torobiy ularni kurashga chaqirdi.
Qo‘zg‘olon shiddad bilan avjiga chiqdiki, M.Torobiy qo‘shinlarining
Karmana atrofida mo‘g‘ullar va Buxorodan qochib ketgan amaldorlar
qo‘shinlaridan engilib, M.Torobiy va Shamsuddin Maxbubiylar halok
bo‘lgandan so‘nggina qo‘zg‘olon bostiriladi.
1316 - yilning sentyabr-oktabr oylarida Erondan kelgan
mo‘g‘ullar Chig‘atoy shahzodasi Yasovur bilan birgalikda Buxoro va
boshqa shaharlarni yana talab, aholisini zo‘rlab olib ketdilar.
Arab Sayyohi ibn Batutta 1333 - yilda Buxoroda bo‘lib, ko‘pgina
bozor va maschitlar xaroba holda turganligini bayon etgan.
87
Mo‘g‘ullar
istibdodiga,
chingiziy
shahzodalarning
o‘zaro
urushlari, mo‘g‘ullarning Movaunnahrga tinimsiz bosqinlari, shahar
va
qishloqlarni
talon-taroj
qilib,
aholiga
cheksiz
qilingan
shafqatsizliklarga sohibqiron Amir Temur chek qo‘ygan.
Do'stlaringiz bilan baham: |