38
Bu yerdan VII asr oxiri VIII asr 1-yarmiga oid sopol parchalari
topilib, ularda Qur’on oyatlari bitilgan. E.V.Rtveladzening fikricha,
Kattatepa o‘rnida ilk o‘rta asrlarda Xushvarog‘ shahri joylashgan.
Xushvarog‘ atrofi 3 qator mudofaa devorlari bilan o‘ralgan yirik
shahar bo‘lib, arablar istilosidan avval Sheroboddaryo havzasidagi
Kufton rustoqining markazi hisoblangan. V-VIII asrlarda shaharning
o‘z zarbxonasi bo‘lib, faqat Sheroboddaryo havzasida muomalada
bo‘lgan kumush va mis tangalar zarb etilgan. VIII asrning 1-yarmida
Xushvarog‘ shahri arablar tomonidan vayron
qilingan, lekin bir oz
vaqtdan so‘ng, Abu Muslim davrida Hoshimgird nomi bilan qayta
tiklangan. XI-XII asr manbalarida Hoshimgird qayd etilmagan.
Kattatepadagi hayot bu davrga kelib so‘ngan, uning aholisi esa
Sherobod atrofidagi kushonlar davriga oid Kofirqal’a shahar xarobasi
arki o‘rnida vujudga kelgan yangi qishloqqa ko‘chgan.
Mirzaqultepa
ilk kushonlar davriga oid qo‘rg‘on bo‘lib
miloddan avvalgi 1 - asr oxiri - milodiy I asr boshi. Termiz shahri
aeroporti
hududida, qadimgi Termiz shahrini suv bilan ta’minlovchi
Surxondaryodan chiqarilgan kanalning o‘rta oqimida joylashgan.
Yodgorlikning kvadrat shaklda saqlanib qolgan qismi 1 ga
maydonini egallab, balandligi 3 m ni tashkil qiladi. 1973 – 1976 va
1974 – 1980-yillarda O‘zbekiston FA Arxeologiya institutining
Baqtriya ekspeditsiyasi Sh. Pidaev tomonidan Mirzaqultepaning
janubiy qismida arxeologik tadqiqot ishlari olib borilgan. 2 me’moriy
bosqich qayd etilgan. Qazishma ishlari yuqori me’moriy bosqich
sathida olib borilgan va qo‘rg‘onning mudofaa devorlari va yuzga
yaqin turli hajmdagi to‘g‘ri to‘rtburchak
va kvadrat shakldagi
xonalar, ko‘cha va yo‘laklar ochib o‘rganilgan.
Qo‘rg‘on va uy devorlari kvadrat shakldagi xom g‘ishtdan
qurilgan va bular o‘zlarining simmetrik ko‘rinishlari bilan ajralib
turadi. Har bir uy 3 - 5 xonadan iborat. Don mahsulotlarini xumlarda
saqlaydigan maxsus omborxonalar ochilgan. Mirzaqultepadan yuqori
sifatli sopol idishlar, temir va jezdan tayyorlangan ko‘zgu,
paykonlar, pichoq va o‘roqlar, tosh yorg‘uchoqlar, tegirmontoshlar,
urchuqlar,
bezak buyumlar, suyakdan ishlangan tugmalar, erkak
va ayol ma’budlarning terrakota haykalchalari, aholi tomonidan
ilohiylashtirilgan suvoriy, xo‘kiz, fil, maymun, yo‘lbars
kabilarning
haykalchalari, sopolga bitilgan baqtr yozuvi va Yunon-Baqtriya
podshosi Geliokl tangalariga taqlid qilib zarb qilingan jez tangalar va
39
boshqalar topilgan. Aholi, asosan, dehqonchilik bilan mashg‘ul
bo‘lgan. Milodiy II asrda Mirzaqultepa xarobalarida bir necha qabr
paydo bo‘lgan. Mirzaqultepadan 300 - 350 m shimoliy-sharqda
qabriston joylashgan, unda 10 ga yaqin qabrlar saqlanib qolgan.
Ayritom
Termiz shahridan 18 km sharqda, Amudaryo qirg‘og‘ida
joylashgan. Dastlab Ayritom yaqinida Amudaryo tubidan odam
haykalchalari ishlangan friz(piramon) parchalari topilgan (1932), 1933
-yil M.V.Masson rahbarligidagi
Termiz arxeologik kompleks
ekspeditsiyasi Ayritomda qazish ishlari olib borib, yana 7 ta friz
bo‘laklari hamda budda ibodatxonasi xarobasini topgan. Frizlar 1-II
asrlarga oid bo‘lib, ularda qo‘shnay, chiltor, ud, nog‘ora chalayotgan
sozandalar va gulchambarlar, meva solingan idishlar ko‘tarib
olgan
yigit-qizlar ifodalangan. Bundan tashqari Ayritomdan miloddan
avvalgi II asr oxiri va milodiy IV asrlarga oid ikkita qabr topilib,
ularning biridan qurol-yarog‘lari bilan birga dafn qilingan
jangchining, ikkinchisidan idish-tovoqlar hamda zeb-ziynatlar bilan
ko‘milgan ayolning skeletlari chiqqan.
B.Turg‘unov 1963-1966 -yillarda Ayritomda O‘zbekiston
san’atshunoslik ekspeditsiyasi ham qazish ishlari olib borgan.
Devorlarining qalinligi 1,5 m, balandligi. 2-2,5 m bo‘lgan 15 ga yaqin
eshik va derazasiz xonalar diniy marosimlar o‘tkazilgan
xonalar
topilgan. Xonalarga yuqoridan maxsus zinalar orqali tushilgan. 1978 -
yilda olib borilgan qazilmada yunon alifbosida 6 qator qilib bitilgan
yozuvi bor haykal tagkursisi topilgan. Ayritom moddiy-madaniy
yodgorliklari o‘zbek xalqining kushonlar davridagi tarixini, madaniy
merosini, urf-odatlarini va boshqalarni o‘rganishda
katta ahamiyatga
ega.
Do'stlaringiz bilan baham: