Buxoro davlat universiteti utayeva feruza xolmamatovna



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/102
Sana25.05.2023
Hajmi2,15 Mb.
#943371
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   102
Bog'liq
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC

Manba va adabyotlar
1. Алламберганов М. Қадимий мудофа деворлари. Тошкент, 
2007. 
2. Виноградов А. Неолитические памятники Хорезма. 
Материалы Хорезмской археолого-этнографической экспедиции. 
Вып. 8. Москва, 1962. 
3. Исо Жабборов. Буюк Хоразмшоҳлар давлати. Ташкент, 
1999. 
4. Polatov X. Shaharsozlik tarixi.- O‘quv qo‘llanma - T., “Fan 
va texnologiya” Ташкент 1992 
5. Эшов Б. Ўзбекистон давлатчилиги ва бошқарув тарихи. 
Тошкент, 2012. 


30 
6. Ўзбек совет энциклопедияси “Ўзбекистон Давлат 
энциклопедияси Бош
Редакцияси”. Тошкент, 1971.
Internet resurslar: 
1. www.ziyonet.uz 
2. www.history.ru 
 
3-Mavzu: Amudaryo va Surxondaryo vohasi shaharlari 
urbanizatsiyasi
Reja: 
3.1. Qadimgi davr shaharlarini tiplarga bo‘lish shaharni 
joylashish o‘rni va turi 
3.2. Chag‘oniyon, Budrochtepa qadimiy shahar
3.3. O‘zbek xalqining qadimiy tarixi va madaniyatidan guvohlik 
beruvchi ko‘hna shahlar 
3.4. Termiz shahri manbalarda 
3.5. Termiz shahri ilk va o‘rta asrlar davrida 
3.6. Amir Temur va temuriylar davrida Termiz shahri 
Tayanch so‘z va iboralar:
Chag‘oniyon, Yunon - Baqtriya, 
kushonlar davri madaniyati, mudofaa istehkomlari, Xolchayondagi 
tangalar, Budrochtepa, Termiz, Jayhun daryosi, Temiz Arxeologik 
Kompleks Ekspeditsiyasi 
3.1. Qadimgi davr shaharlarini tiplarga bo‘lish shaharni 
joylashish 
o‘rni 
va 
turi
Termiz shahri haqida ma’lumotlar va qadimgi davr shaharlarini 
tiplarga bo‘lish shaharni joylashish o‘rni va turini aniqlashda 
arxeologik ma’lumotlarning o‘rni muhim. Termiz shahri va atrofining 
tarixiy davrlarini belgilash hamda arxeologik materiallar to‘plash 
maqsadida O‘rta Osiyoda birinchi marta tashkil etilgan ilmiy 
ekspedistiya Temiz Arxeologik Kompleks Ekspeditsiyasi (TAKE), 1936-
1938-yillarda o‘z faoliyatini boshlagan. Ilmiy tadqiqot ishlariga 
M.E.Masson
 
rahbarlik qilgan. Ekspeditsiyaga O‘zbekiston qadimgi 
va san’at yodgorliklarini muhofaza qilish qo‘mitasi (Uzkomstaris), 
Leningrad davlat ermitaji, Moskva dinga qarshi kurash Markaziy 
muzeyi, Samarqand va Termiz tarix muzeylari xodimlaridan iborat bir 
necha guruh tuzilgan. A.P.Okladniko

rahbarligidagi guruh Teshiktosh 


31 
g‘oridan
 
muste davriga oid bolaning skeleti qoldiqlarini topib, dunyo 
ahamiyatiga molik kashfiyot qildi. Termiz shahrining tarixiy 
topografiyasi tuzildi. Chingiztepa va Qoratepa qadimgi budda 
ibodatxonasi ochilib, antik davr frizlari topildi; Ayritom xarobasida 
arxeologik tadqiqotlar olib borildi.
Termizshohlar saroyining
 
xarobalarini o‘rganish ishlari keng 
yo‘lga qo‘yildi. Termiz va uning atrof rayonlarining sug‘orish 
tarixi bilan bog‘liq holda o‘rta asr me’moriy yodgorliklari ham 
o‘rganildi. Miloddan avvalgi 1-asr va milodning 1-asrga oid sopol 
buyumlarning kompleks san’at namunalari topildi va Kushon 
podsholigi
 
tarixini 
o‘rganishga 
jiddiy 
qadam 
qo‘yildi. 
O‘zbekistonda birinchi marta tosh idishga bitilgan kxaroshti hind 
yozuvining namunasi topildi. Bu arxeologik topilmalar, asosan, O‘rta 
Osiyoda quldorlik jamiyatining paydo bo‘lish, rivoji va 
tushkunlikka yuz tutish davrlarini belgilab berishda katta rol o‘ynadi. 
Umuman ekspeditsiyaning faoliyati Termiz va uning atrof 
rayonlarini o‘rganish bilan cheklanibgina qolmay,balki O‘rta Osiyo 
tarixini arxeologik jihatdan tadqiq etish hamda davrlashtirishda 
ilmiy ahamiyatga ega bo‘ldi. 
1970 -yillarda Shimoli-g‘arbiy Baqtriya yodgorliklari, shu 
jumladan Kushon davri yodgorliklarini o‘rganish natijalariga asosan 
E. V. Rtveladze ularni ilk bor turlarga ajratdi: 
- Birinchi guruh. Yirik shaharlar, eng qadimgi shaharlarga to‘g‘ri 
keladi 
- Ikkinchi guruh. Yarim shahar, yarim qishloq tipidagi 
yodgorliklar 
- Uchinchi guruh. Qishloq tipidagi yodgorliklar 
- To‘rtinchi guruh. Tog‘li qishloqlar 
- Birinchi tip: arki-a’loli katta maydonni egallagan, mudofaa 
istehkomi bilan mustahkamlangan shaharlar (Eski Termiz)
- Ikkinchi tip: Ko‘plab qishloq va boshqa turdagi inshootlarni 
o‘ziga qamrab olgan arki-aloli va maydoni yagona mudofaa 
istehkomlari bilan o‘rab olinmagan shaharlar
- Uchinchi tip ikki shakldan iborat:
- Birinchi shakli - o‘rta kattalikdagi shaharlar, arki-a’loli, tarhi 
to‘g‘riburchak yoki to‘rtburchak shakldagi mudofaa istehkomlari va 
xandak-g‘ov bilan o‘rab olingan shaharlar. Umumiy maydoni 10 


32 
gektardan 30 gektargacha. Bularga Dalvarzintepa, Zartepa kabi 
shaharlar kiradi.
- Ikkinchi shakli - umumiy maydoni 5 gektardan 10 gektargacha, 
shaharning bir burchagida yoki undan alohida joylashgan arki-aloli, 
ularning tarhi to‘g‘ri burchak yoki ko‘p burchakli ko‘rinishda bo‘lib, 
mustahkam mudofaa inshootlari bilan muhofazalangan. Mudofaa 
devorlari burjlar bilan mustahkamlangan. Bularga Hayitobodtepa, 
Jondavlattepa, Beshkapa, Degriztepa kabilar kiradi.
- To‘rtinchi tip: Umumiy maydoni 1 gektardan 3 gektargacha 
bo‘lgan shaharlar. Bular tarhi ko‘pincha to‘g‘ri to‘rtburchak yoki 
o‘g‘riburchak shaklida bo‘lib, arki - a’lo ularning ma’lum burchagida 
joylashgan. Burjlar bilan muhofazalangan istehkomlari bilan o‘rab 
olingan. Asosiy qismdan tashqarida tashqi shahar singari inshootlar 
mavjud. Bu turdagi inshootlar Shimoli-g‘arbiy Baqtriya hududida juda 
keng tarqalgan. Bularga Oqtepa, Ismoiltepa, Karvontushdi, Bobotepa, 
Hayrabodtepa kabilar kiradi.
Yarim shahar yarim qishloq turkumidagi yodgorliklar: bu turdagi 
inshootlar o‘zining tuzilishi, xususiyatlari bilan birinchi va uchinchi 
turdagi inshootlarga o‘xshamaydi. Bularning arki-a’losi va mudofaa 
istehkomlari yo‘q. Bularning umumiy maydoni bir necha gektar, 
ba’zida 10 gektardan ko‘proq maydonni tashkil etadi. Bu turdagi 
inshootlarga Xotinrabod, Kultepa, Oqtepa va Ayritomlar kiradi.

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish