24
qaramay, Govurqal’ada kulolchilar mahallasida hayot yana ancha -
yillar davom etgan. Govurqal’adan VIII-IX asrlarga mansub masjid
xarobasi ham topilgan.
2.3. XI-XIII asrlarda Marvning ravnaqi
Bartoldning yozishicha, IX asrda sharqiy Yevropadagi Tohiriylar
sulolasi davrida kambag‘al dehqon bolalari o‘qish
uchun shaharlarga
yuborilgan. Arab geografi Yoqut Al-Xamaviy (1179-1229) Marvdagi
12 ta kutubxonada o‘zining uch - yil vaqtini o‘tkazgan. Ushbu
kutubxonalarning har birida 12 000 ta kitob saqlangan. O‘z navbatida,
Markaziy Osiyo shaharlari o‘zlarining kitob kvartallari bilan ham
mashhur bo‘lganlar.
Mo‘g‘ul istilosidan biroz oldin bu yerdan chiqib ketgan Yoqut
Hamaviy shaharda o‘sha vaqtda o‘nta kutubxona bo‘lganligi
to‘g‘risida yozgan edi. Jome masjidi kutubxonasida 12 ming jild kitob
bo‘lgan. Shahardagi barcha kutubxonalardan foydalangani va shu
tufayligina asarlarini yoza olganini e’tirof etgan. Yoqut Hamaviy
Marvda lozim bo‘lgan asar nusxalari ham ko‘p bo‘lganligini,
asosiy
e’tibori bilan dunyoning biror shahardagi kutubxona ham Marv bilan
bellasha olmasligini qayd qilgan edi. Bu Xorazmshohlar davrida
Mavrning buyuk bir madaniyat markaziga aylanganligidan dalolat. U
yerda Aristotel va Platonning kitoblarini ham topish mumkin bo‘lgan.
Turkmanistonda joylashgan qadimiy Marv shahri XII asrda
Xitoyning Xanchjou shahrini ortda qoldirgan holda, dunyodagi eng
ulkan shahar hisoblangan. Tertius Chandler o‘zining “Shaharlar
rivojining to‘rt ming -yili” nomli tadqiqotida, 1150-yilda Marv shahri
200 000 aholisi bilan dunyoning eng yirik shahri bo‘lgani haqida
yozgan XI asrda Marvning raqibi bo‘lmish (Shimoliy Erondagi)
Nishopur shahrini
London bilan taqqoslab, o‘sha paytda Nishopur
aholisi 200 000 dan 500 000 gacha bo‘lgan bir paytda, London aholisi
soni 10 000 nafar kishini tashkil etgan. Djordj Kerzon Sistan hududi
(Sharqiy Eron)dan o‘tayotib, dunyoning hech bir yerida bu qadar ko‘p
sonli xarobalar bo‘lmagan, deb yozadi. Shaharlar qurilishida
ishlatilgan qum vaqt ta’siriga shunchalik tez emirilganidan, ilgarigi
me’morchilik merosining kam qismigina
asrlar osha bizgacha etib
kelgan.
Markaziy Osiyo o‘rta asr shaharlarining suv ta’minoti tizimi yana
bir mo‘jizaning o‘zi Marv shahrida gidravlika tizimining ishlashini
ta’minlash uchun 12 000 nafar kishi, ushbu tizimga qarab turish uchun
25
300 nafar suvga sho‘ng‘uvchilar mehnat qilgan. Shaharlar dambalar,
sopol yer osti quvurlari, yomg‘ir suvlarini yig‘ish va tozalash
markazlari kabi murakkab hamda texnik jihatdan a’lo darajadagi suv
ta’minoti tizimlariga ega bo‘lgan.
Markaziy Osiyo savdogarlari ipakni o‘zlarida
ishlab chiqarish
afzalligini X asrdayoq bilganlar. Marv shoyi ishlab chiqarish va uni
G‘arbga yetkazib beruvchi yagona yirik markaz bo‘lgan. Shu
jumladan ipakchilik sanoatini ta’minlab turuvchi o‘z tarmoqlariga ega
bo‘lgan. Somoniylar dinori xalqaro savdoda eng keng tarqalgan
tangalardan bo‘lgan. Xalqaro savdoda islom olamining asosiy
hunarmandchilik markazlari bo‘lgan Toshkent, Buxoro, Samarqand,
Balx, Hirot (Afg‘oniston), Nishopur (Shimoliy Eron), Marv
(Turkmaniston)
zarbxonalarida
zarb
etilgan
tangalardan
foydalanilgan.
Marv moddiy jihatdan nihoyatda
gullab-yashnagani singari, ilm-
fan va san’at markazi sifatida ham Xurosonning buyuk shaharlarini
ancha ortda qoldirib ketdi. Marv Sulton Sanjarning poytaxti bo‘lgan
davrda gullab-yashnagan o‘z mavqeini saqlab qolgan. Biroq, mo‘g‘ul
istilosi oqibatida bu shahar tanazzulga yuz tutib, orqada qoldi.
Mo‘g‘ullar katta talafotlarni keltirgan. Balx, Nishopur, Tus, Gurgandj,
Hirot odam yashamaydigan sahrolarga aylantirilgan. Mo‘g‘ul
bosqiniga qadar taxminan 200 000 kishi aholisi bo‘lgan Marvning
o‘zida aholining 90 % o‘ldirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: