O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
|
«TASDIQLAYMAN»
Buxoro davlat universiteti
ilmiy ishlar va innovatsiyalar
bo‘yicha prorektor
______________ O.S.Qahhorov
«___» ___________2022-yil
|
FILOLOGIYA FAKULTETI
O‘ZBEK tili va ADABIYOTI KAFEDRASI
10.00.02 – “O‘ZBEK ADABIYOTI” IXTISOSLIGI BO‘YICHA
mustaqil izlanuvchilar UCHUN
NAZARIY-METODOLOGIK dastur
DISSERTATSIYA MAVZUSI:
“Ahmad Yassaviy ijodining XV-XIX asr o‘zbek adabiyotiga ta’siri”
Ilmiy rahbar:
|
f.f.d., dotsent. Amonova Z.Q.
|
|
|
Mustaqil izlanuvchi:
|
Murodova G.A.
|
Buxoro-2022
10.00.02 – O‘ZBEK ADABIYOTI IXTISOSLIGI BO‘YICHA
“NAZARIY-METODOLOGIK KURS”NING UMUMIY TAVSIFI
I. “Nazariy-metodologik dastur”ning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
1) Nazariy metodologik dastur metodologiyaning umumiy konsepsiyasi va masalalarini, poetika (badiiy so‘z san’ati va badiiy asar haqidagi fan)ning nazariy asoslari ilmiy tadqiqot usullarini o‘z ichiga oladi. Aynan shu nuqtayi nazardan ulardan har birining ahamiyatini va xususiyatlarini hamda ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganish;
2) Bu tushunchalarning turli davrlardagi turlicha badiiy matnlarni tahlil qila olishdagi amaliy qimmatini namoyon etish;
3) Katta ilmiy xodim-izlanuvchilarni (bundan keyin KIXI) ilmiy an’analar bilan yaqindan tanishitirish: poetika tarixi bo‘yicha manbalarni, yordamchi adabiyotlarni, umumiy masalalarga bag‘ishlangan ishlar va maxsus tadqiqotlarni o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalarning birinchisi kursning muayyan tarkibiy qismlari orqali hal etiladi. Ikkinchi va uchinchi vazifalar esa, ilmiy maslahatchi va katta ilmiy xodim-izlanuvchining kundalik muloqotlari, tadqiqot metodlarini belgilash va uni yozish borasidagi mulohazalari orqali – nazariy munozara shaklidagi kurs orqali hal etiladi. Ayni shu kurs mobaynida badiiy matnlar tahlilga tortiladi va poetikaning muhim masala va muammolarining tarixi yoritiladi. Kurs dasturining oxirida umumiy adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi.
II. Nazariy kurs mobaynida metodologik masalalar yechimida asosan N.D.Tamarchenko muharrirligi ostida nashrdan chiqqan ikki tomlik “Teoriya literaturi” (-M.: Akademiya, 2004, 2007, 2008.) darsligi va B.Karimovning “Adabiyotshunoslik metodologiyasi” (-T.: Muharrir, 2011.) o‘quv qo‘llanmasidan foydalaniladi.
III. Nazariy-metodik kurs so‘ngida KIXI nazariy poetikaning tushunchalar tizimida erkin ilmiy mo‘ljalni ola bilishi, ularning har biri bo‘yicha ishonchli qarashlarga ega bo‘lishi va o‘z tanlovini asoslab bera olishi, kursning umumiy masalalari bo‘yicha adabiyotlarni bilishi, o‘z bilimlarini har qanday badiiy matn tahlilida qo‘llay olishi shart.
Kursning hajmi – 100 soat, ulardan 44 soati – bahs-munozara, 56 soati mavzuga oid matn tahlili shaklida o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |