Buxoro davlat universiteti tarjimashunoslik va lingvodidaktika kafedrasi



Download 100,2 Kb.
bet4/7
Sana09.07.2022
Hajmi100,2 Kb.
#764631
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi[1]

Kurs ishining hajmi. Ish kirish ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan iborat.

Yordamchi so’z turkumlari
A.A.Shaxmatov so‘z turkumlarini sintaksisga ko‘chirib, morfologiyaga so‘z formalarinigina qoldiradi
Hozirga qadar so‘z turkumlarining soni haqida olimlar o‘rtasida hamon turli fikrlar mavjud. Masalan, hozirgi zamon rus tilida o‘rta, un ikkita, hatto o‘n beshta so‘z turkumi bor, degan fikrlar o‘rtaga tashlangan.
Agar ruscha so‘zini biz ot desak:
a) ma’no nuqtai nazaridan u narsani anglatadi;
b) grammatik forma nuqtai nazaridan birlik va ko‘plik ko‘rsatkichiga ega, kelishiklar bilan turlanadi, jins ko‘rsatkichi bor;
v) ma’lum sintaktik vazifalarni bajaradi;
g) sifat, fe’l va boshqa so‘z turkumlari bilan aloqaga kirishadi, bu nuqtai nazardan vozmojno, veroyatno so‘zlarini hozirda amalda bo‘lgan 10 turkumdan birortasiga kiritib bo‘lmaydi. Shuning uchun ba’zi olimlar ularni alohida turkum deb bilishni tavsiya qiladilar. Bu so‘zlar morfologik nuqtai nazardan ravishga o‘xshasa ham, gapda ravishlar bajargan vazifani bajarmaydi, ya’ni hol bo‘lib kelmaydi. Ular so‘zlovchining gapdan anglatilgan majmuiga munosabatini ko‘rsatadi. Bu xususiyatiga ko‘ra mazkur so‘zlar modal so‘zlar nomini olgan. Stыdno, jal kabi so‘zlar ham o‘ziga xos xususiyatga ega. Ular ravishni eslatsa-da, gapdagi vazifalariga ko‘ra, ravishdan tubdan farq qiladi, ikkinchidan, gapda kesim vazifasini o‘taydi va bu xususiyati bilan fe’lga o‘xshaydi. Ammo fe’lning boshqa xususiyatlarini aks ettirmaydi. Ana shu sabablarga ko‘ra ularni holat kategoriyasi deyilishi turkumga kiritishadi.
Hozirgi zamon ingliz tilidagi so‘z turkumlarining soni olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Ayrim olimlar hozirda amalda bo‘lgan 10 ta so‘z turkumiga ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish, predlog, bog‘lovchi, artikl va yuklamalar, yana to‘rtta qo‘shib, modal so‘zlar, holat kategoriyasi, undovlar, javob so‘zlar, so‘z turkumlari sonini 14 taga yetkazadilar. Bu olimlarning so‘z turkumlarini farqlashda qanday va nechta mezonlardan foydalanishlariga bog‘liqdir
Umuman olganda, so‘z turkumlari masalasi yuqorida ta’kidlanganidek, doimo tilshunos olimlarning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Xususan, so‘z turkumlari rus tilshunosligida ham keng ravishda tahlil qilinib ular an’anaviy ravishda muataqil va yordamchi so‘z turkumlariga ajratiladi. So‘zlarni turkumlarga ajratishda Moskva tilshunoslik maktabining asoschisi F.F.Fortunatovning xizmati alohida o‘rin egallaydi. U so‘zlarni formal-grammatik jihatdan turkumlarga ajratib. Tildagi barcha so‘zlarni «to‘la» -polnыye, «qisman» yoki so‘z hissalar (chastichnыye) va undovlarga ajaratadi. Ushbu tasnifda «so‘z hissalar», «to‘la» mustaqil ma’noli so‘zlarga xid qo‘tilib, ularsiz ma’no ifodalamasligi, ularning ma’nosi birga kelgan mustaqil so‘z ma’nosiga aloqador maxmunni yoki shu so‘z qatnashgan gap mazmuniga tegishli ma’noni anglatish orqali ro‘yobga chiqishi aytiladi38.
Ushbu tasnifda mustaqil so‘zlarsiz yordamchi so‘zlarning mavjud bo‘lmasligi e’tirof etiladi. Rus tilshunosligida so‘z turkumlarini maxsus o‘rgangan olimlardan biri L.V.Shcherbadir. L.V.Shcherba so‘zni turkumga ajratishda quyidagicha yondashadi: «Har qanday so‘zda u mansub bo‘lgan kategoriyaning qandaydir tashqi belgilari mavjud bo‘lib, bular old va so‘ng qo‘shimcha, ohang, so‘z tartibi va hokazo bo‘lishi mumkin. Hatto o‘zgarmaydigan so‘zlarning mazkur xususiyati ham o‘zgaruvchilarga nisbatan belgi sifatida olinishi mumkin
L.V.Shcherba so‘zlarni turkumlarga ajratishda uch guruhga ajratadi:
a) mustaqil so‘zlar;
b) yordamchi so‘zlar;
d) undovlar.
Olim mustaqil va yordamchi so‘zlar orasidagi farqni shunday izohlaydi: mustaqil so‘zlar mustaqil ma’noga egaligi bilan. Yordamchi so‘zlar esa tasavvuriy fikrlar orasidagi munosabatlarni ifodalashida deb biladi. Yuqorida e’tirof etilganidek, so‘z turkumlari nazariyasining mukammal variantini yaratgan olimlardan biri V.V.Vinogradovdir. Olim so‘z turkumlari va yordamchi so‘zlar haqidagi o‘zidan oldingi olimlarning fikrlarini atroflicha tahlil etib, ularni sintezlashtirib. So‘zlarni turkumlashda ularning struktural-semantik tiliga tayanish lozim, degan xulosaga keladi40. «So‘zni leksik tavsiflashda undagi ham lug‘aviy, ham grammatik holatni hisoga olish lozim, deb o‘qtiradi. V.V.Vinogrvdov so‘z turkumlarini «so‘z kategoriyalari» deb nomlab, umumiy sonini 14 taga yetkazadi. (ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish, holat kategoriyasi, modal, so‘zlar, yuklama, predlog, bog‘lovchi, undov). U so‘zlarning ma’naviy-strukturasini tahlil etishi natijasida to‘rt asosiy tuzilmaviy-semantik kategoriyani ajratadi:
1) nomlovchi so‘zlar, ularning sirasiga olmoshlar ham kiradi. Bu so‘zlar «nutqning predmet-ma’naviy, leksik va grammatik asosini yaratib, so‘z turkumlari sirasiga kiradi;

2)nutq bo‘laklari – yordamchi va bog‘lovchi so‘zlar, nominativ ma’noga ega emas va til texnikasi bilan bevosita bog‘liq, V.V.Vinogradov fikricha, yordamchi va bog‘lovchi so‘zlar grammatik ma’no bilan aynan bir xil;


modal so‘zlar va yuklamalar yordamchi va bog‘lovchi so‘zlarga qaraganda birmuncha leksik ma’noga ega bo‘lsa-da, nominativ funksiyaga ega emas;
undovlar-semantik jihatdan boshqa so‘zlar bilan bog‘lana olmaydi va affektiv buyoqdirlikka ega
V.V.Vinogradov fikricha, nominativ funksiyaga ega bo‘lgan so‘zlar xos bo‘lib, zamonaviy tillarning ko‘pchilik qismida mustaqil so‘z turkmlari toifasidagi so‘zlar kiradi. Olim nomlovchi so‘zlarning ajralishi besh turdagi farqlanishga asoslanishini aytadi:
a: nutq jarayonida, gap strukturasida so‘zlarning sintaktik funksiyasidagi farq;
so‘z shakllari va morfologik tuzilishidagi farq;
so‘zlarning lug‘aviy ma’nosidagi farq;
borliqni tasavvur etish usulidagi farq;
u yoki bu so‘z turkumiga bog‘liq grammatik kategoriyalarning o‘zaro munosabati va teng ergashishi tabiatidagi farq42.
V.V.Vinogradovning so‘z turkumiga ajratish ta’limotida semantik, morfologik va sintaktik tamoyillar bir-biri bilan uxviy bog‘langan, ya’ni ma’lum bir ma’no xususiyatga ega so‘zlarga morfologik shakl va sintktik vazifa yuklatilgan. U modal so‘zlar bilan yuklamalarini bir kategoriyaga birlashtiradi va ularning farqi sifatida modal so‘zning to‘lig‘icha gapga, yuklamaning esa so‘zga tegishli ekanligini keltiradi. XX asrning 70-yillarida tilshunos olim A.N.Tixonovning yozishicha «albatta» so‘z turkumlari morfologik hodisadir va ularning morfologiya jihatidan tadqiq etilishi an’anaga aylanib bo‘ldi. Ammo ularning morflogik xususiyatlarini tasvirlashda ma’lum bo‘ladiki, ular faqatgina morfologiya bilan bog‘liq emas. A.N.Tixonov to‘g‘ri ta’kidlaganidek, semantik va sintaktik fiktorlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularni e’tiborga olmasdan turib, morfologik xususiyatlarni alohida tushuntirib bo‘lmaydi43.
Xulosa sifatida shuni ta’kidlash lozimki, G‘arb tilshunoslarining, xususan, rus tilshunoslarining xizmatlari natijasida so‘z turkumlari nazariyasi maxsus soha sifatida shakllandi va so‘z turkumlari tasnifining bir qancha tamoyillari ishlab chiqildi. Ayniqsa, so‘z turkumlarini ajratishda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan grammatik kategoriyalar tadqiqiga e’tibor kuchaydi. Ammo qanchalik ko‘p tadqiq etilganiga qaramay so‘z turkumlari borasida g‘arb tilshunosligida ham, rus tilshunosligida ham o‘z yechimini topmagan masalalar yetarlidir.

Shuni alohida urg‘u bilan aytish lozimki, biz xohlaymizmi yoki yo‘qmi o‘zbek tilshunosligining fan sifatida mukammalashuviga rus tilshunosligining ta’siri bo‘lgan, albatta. Tilshunoslarimiz tomonidan keyingi paytlarda o‘zbek tilshunosligiga rus tili ta’sirining salbiy tomonlari sifatida qolipiga solish yoki ulardan andozalar olish holatini e’tirof etilgani ayni haqiqatdir.

Bizningcha, buning asosiy sababi bir tomondan o‘zbek tilshunosligining o‘sha davrdagi, ya’ni XX asr boshlaridagi nazariy jihatdan holati bo‘lsa, ikkinchi tomondan rus tuzimining makkor o‘yinlaridir. Aslini olganda, u davr tilshunos olimlarga ham tanqidiy munosabatda bo‘lish adolatdan emas, chunki ularning ulkan xizmati, o‘zbek tilshunosligi fanining vujudga kelishi, shakllanishi uchun poydevor yaratishgani bilan belgilanadi.

Zero, zaminimizda asrlar mobaynida arab tili grammatikasidan voz kechish va yangicha lingvistik nazariyalarni hamda zamonaviy tajribalarni tadbiq qilish uchun g‘arb tilshunosligi yagona manba edi. Olimlarimiz uchun jahon tilshunosligiga ko‘prik rus tilshunosligi edi. Shuning uchun o‘z davrida ilmiy yangilik deb hisoblangan nazariyalarning bugungi kunda rus tili grammatikasiga taqlid ekanligi ayon bo‘lib qoldi. Bu nazariyalarning emklitik ekanligini anglashimizga o‘zbek tilshunosligining istiqlol yillarida to‘plagan boy ilmiy tajribasi va yuksak tafakkuri sabab bo‘ldi. Zero, akademik A.N.Kononov to‘g‘ri ta’kidlaganidek: «Na arab, na rus grammatik sxemalari turkiy tillarning morfologiya va sintaksisdagi asosiy qonuniyatlar bilan hech qanday umumiylikka ega emas. Kollektiv tomonidan bunyodga keltirilib, ko‘p vaqtlardan beri qat’iylashib qolgan xato fikrlarni tubdan qayta ko‘rib chiqish va kollektiv bo‘lib bartaraf qilish kerak44. Shu nuqtai nazardan. Istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab tilshunoslarimiz bu kamchiliklarni tuzatishga kirishda tilimizning turkona tabiatini yaratish borasida ulkan ishlarni amalga oshirmoqda.

Tilshunos tadqiqotchi A.Pardayev so‘zlarni to‘rt struktural-semantik tipga bo‘linish tamoyillariga asoslangan F.G‘.Isxokovning qarashlarini e’tirof etib, uning tasnifini keltiriladi

Mustaqil so‘zlar.

Yordamchi so‘zlar.

Modal so‘zlar va yuklamalar.

Undov va taqlidiy so‘zlar

Qanday tasnif etilishidan qat’iy nazar tasnif paytida ulardan faqat bittasi qo‘llaniladi. Ba’zi olimlar, har bir so‘z turkumi klassifikasion belgisini differensial holda tadqiq etishadi. Bir xillari asosiy sifatida e’tiborga olishsa, boshqalari qo‘shimcha, yordamchi sifatida tadqiq etishadi. Misol uchun turkiy tilshunoslikda, shu jumladan o‘zbek tilshunosligida ham, asosiy e’tibor semantik mezonga qaratilib, qolganlariga ikkilamchi o‘rin ajratilgan.


Turkologiyada shu davrga qadar hukm surib kelgan uch yoqlama mezon-semantik, morfologik va sintaktik mezonlar turkiy tillardagi so‘z turkumini to‘liq tasnif etish va ta’riflashda o‘zaro ziddiyatga kirishishni, demak bu «triada»dan turkiy tillar so‘z turkumini tekshirishda yalpi. Bir tekis foydalanish kutilgan natijani bermaydi. Har bir mezon qo‘llanganda differensial yondashuv talab etiladi
Yuqorida ta’kidlanganidek, o‘zbek tilshunosligida so‘z va uni turkumlarga tasniflash masalasi o‘zining uzoq evolyutsion tarixga ega. Buyuk qomusiy allomalarimiz Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Mahmud Koshg‘ariy, Mahmud Zamaxshariy, Alisher Navoiy, Bobur.Keyinchalik A.Zohiriy, Ye.D.Polivanov, Fitrat va boshqa olimlarning xizmatlari beqiyosdir.Keyingi paytlarda o‘zbek tilshunosligida so‘zlarni turkumlarga ajratishda uch mezonli morfologik, sintaktik, semantik tasnifi ayrim tilshunoslar tomonidan tanqid qilinmoqda.
Tilshunos olim H.Ne’matov so‘z turkumlarining semantik, morfologik va sintaktik jihatlari bir-biridan kelib chiqmasligini va birlik hosil qilmasligni ta’kidlab, bu xususiyatlarning har biri alohida olingandagina so‘z turkumining tekshiruv asosi bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydi
Prof. H.Ne’matovning ushbu tavsiyasi garchi so‘zlarni qoldiqsiz tamoyilga asoslangan bo‘lsa-da, bu o‘zbek tilshunosligida o‘z aksini to‘lasincha qoplamaganligi e’tirof etilmoqda.
So‘z turkumlarini semantik, sintaktik, morfologik tamoyilga ko‘ra tasnif qilishda ayrim o‘rinlarda zo‘rma-zo‘rakilik bilan ajratilgani yoki so‘zlar majburan bir turkum doirasiga kiritilgani nafaqat o‘zbek tilshunosligida, balki jahon tilshunosligida ham uchrashini kuzatish mumkin. Bu holatni V.G.Gyotening quyidagi fikri bilan izohlaydi: «Tasnifning qaysi turi qanday tasnif etilmasin, birorta ham turkumga kirmaydigan elementlar doimo topilib turadi. Masalan, voice va voila so‘zlari o‘z belgi-xossalariga ko‘ra, birorta so‘z turkumiga ham kiritilmasligi mumkin. Ammo ikki so‘z uchun alohida turkum yasash amaliy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmaganligi sababli ularni boshqa-boshqa turkumlarga kiritadilar49.
An’anaga kirib qolgan uchta semantik, sintaktik, morfologik tasnif mezonlarini tahlil etish shuni ko‘rsatadiki, ularni ayrim-ayrim holda ham, birgalikda ham qo‘llash yetarlicha natija bermaydi va so‘z turkumlarining ontologiyasini ochib berishda yetarli emas», deydi Z.Isoqov50.
XX asrning 70-yillariga kelib o‘zbek tilshunosligida sistem-struktur tilshunoslik g‘oyalari keng targ‘ib qilina boshlandi. Til faktlariga sistemaviy-struktural tahlil metodlari asosida yondashila boshlagandan so‘ng so‘z va uni turkumlash borasida ham yangicha qarashlar yuzaga keldi.
Sistem tilshunoslik metod va usullari so‘z turkumlarini tasnif etish mezonlarini, belgilashda yangi imkoniyatlarni vujudga keltirdi. So‘z turkumlarining sistem-paradigmatik xarakteri, ularning til sathlari «chorrahasi»da joylashgan kategoriya ekanligidan kelib chiqib o‘rganila boshlandi.
Sistem-struktur yo‘nalish so‘z turkumlari nazariyasi mohiyatini yana chuqurlashtirdi. U oraliq uchinchi qonuni asosida so‘z turkumlarini ikki a’zoli emas, balki uch a’zo bilan tasnif qilishga o‘tdi. Bu so‘z turkumlari sistemasining yaxlitligini isbotlashga asos bo‘ldi. Natijada o‘zbek tilshunosligida so‘z turkumlari tasnifiga dialektik mantiq nuqtai nazaridan substansial yondashilib, uni xilma-xil va belgi xususiyatlar majmui sifatida talqin etish ommalashdi. So‘z serqirra hodisa sifatida qaralib, so‘z turkumi tasnifining mantiqiy lisoniy mezonlarini aniqlshga imkon yaratadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, o‘zbek tilshunosligida so‘z turkumlarini sistem tahlil qilishga oid dastlabki asosli fikrlar A.Nurmonov, R.Rasulovlar tomonidan amalga oshirildi. A.Nurmonov «O‘zbek tilining nazariy grammatikasida» … Adabiyotlarda so‘zlarning mustaqil va yordamchilarga ajratilishi asosiy tamoyillari sifatida tushuncha ifodalash, shakliy yaxlitlik, fonetik bir butunlik belgilari ko‘rsatiladi. Agar bu belgilarga jiddiy e’tibor beradigan bo‘lsak, ularning hammasi mustaqil so‘zlarni ajratishga yordam beradi. Morfologik so‘z sifatida mustaqil so‘zlargina e’tirof etiladi va ular obyektiv borliq uzvlarini ong orqali ifodalash nuqtai nazaridan otlar va fe’llarga bo‘linadi. Otlar borliqdagi narsa va hodisalarning nomlari, fe’llar esa harakat holatlarning nomlaridir
Yordamchi so‘zlar kamdan – kam yoki umuman gap bo‘la olmaydi. Ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, mustaqil so‘z turkumlaridan farqlanganda, qiyoslaganda predloglar, bog‘lovchilar, artikillar va yuklamalar yordamchi so‘z turkumi sanaladi. Tabiiyki biz yuqorida sanab o‘tgan 14 ta so‘z turkumlari doimiy deb ayta olmaymiz.
H. Svit zamonaviy ingliz tilidan ot, sifat, son, fe’l va yuklamalarni so‘z turkumlari sifatida ta’kidlagan bo‘lsa, O. Jesperson5 esa ot, sifat, son, fe’l, olmosh va yuklamalarni sanab o‘tadi.
Yuqoridagi olimlarimizning fikrlarini ko‘rib chiqar ekanmiz, tilda nechta so‘z turkumi bo‘lishidan qat’iy nazar grammatika ularni bir nechta leksika-grammatik sinflarga – mustaqil va yordamchi so‘z turkumlariga ajratadi.
So‘zlarni turkumlarga ajratilishida quyidagi 3 ta hususiyat asos bo‘ladi.
1. ma’no (meaning). 2. tuzilishi (form). 3. vazifa (function)
Co‘zlar ifodalaydigan lug‘aviy ma’no turkumlarga ajratishdagi muhim belgilardir.
Masalan: house(uy), yard (xovli), table (stol), stone (tosh) so‘zlari borliqdagi predmetlarni anglatadi. Ularning nomi ekanligi bilan harakterlanadi. Bir qator so‘zlar ularning belgisini, rangini, shaklini, hajm-o‘lchovini ifodalaydi.
Masalan white (oq), blue (ko`k), round (yumaloq). Shuningdek, bir qator so`zlar predmetning ish – harakatini anglatsa, went (bordi) wrote (yozdi)… ayrim so`zlar ish – harakatning belgisini bildiradi. Fast (tez) slowly (sekin), hard (ko`p)…
So`z ma`nolariga mavjud bo`lgan bu xususiyatlar ularni turkumlarga ajratishdagi asosiy belgidir.
Turkumlarga ajratishdagi ikkinchi va uchinchi xususiyat so`zning shu ma`no tomoni bilan bog`liq ravishda yuzaga keladi.
Bitiruv malakaviy ishim mavzuvsini o`rganish jarayonida darsliklar, adabiyotlar bilan tanishar ekanman, so`z turkumlari olimlari o`rtasida baxsga sabab mavzu bo`lib kelayotganini kuzatdim.
Masalan; Akademik A.A.Shaxmatov so`z turkumlari grammatikaning sintaksis bo`limiga kiritishni ta`kidlaydi6.
Shunday ko`rinadiki, so`z turkumlari sintaktik muommolari bilan marfologiya bo`limida o`rganiladi. So`z turkumlarini ajratishda marfologik belgi muhimdir. Bu xususiyat so`z turkumlariga maxsus qo`shimchalar tizimi mavjudligini, ularni asosan shu turkumga asoslanganligini ko`rsatadi.
Masalan ot so`z turkumi ko`plik kishilik qo`shimchalariga ega bo`ganidek,boshqa turkumlardan farqli ravishda ularda kichraytirish – erkalash shakllari ham bor.
Shunga ko`ra otlar ko`plikda keladi predmetning kimga qarashligini bildiradi.
Fe`l turkumida morfologik ko`rsatgichlar boshqacha zamon, mayl, nisbat, shaxs – son kabi shakllar fe`lning o`ziga xosligini ta`milaydi. Fe`llar tuslanadi, uch shaxsni ifodalaydi.
So`z turkumlari ajratishdagi belgilardan biri so`zning gapdagi sintaktik vazifasi bilan bog`liq .
Masalan ot o`z manosidan kelib chiqqan holda gapda asosan ega bo`lib keladi. Sifat esa belgini ifodalab, gapda aniqlovchi bo`lib keladi.
Sintaktik jixatdan biror gap bo‘lagi vazifasida kelishi muayyan so‘z turkumi uchun qotib qolgan emas. Deylik sifat gapda aniqlovchi vazifasida kelar ekan, bu sifatlarning boshqa sintaktik vazifa bajarmasligini ko‘rsatmaydi. Sifatlar gapda to‘ldiruvchi otlashganda esa ega bo‘lib ham keladi. Ko‘rinadiki, so‘z turkumlarining sintaktik mos holda asosan qaysi bo‘lak kelishi bilan bog‘lanadi.
So‘zlarni turkumlab, morfologik va sintaktik xususiyatlarini o‘rganar ekanmiz, ingliz tilida so‘zlar yuqorida sanab o‘tilgan 3 belgisiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin.
1. Mustaqil so‘zlar
2. Yordamchi so‘zlar
3. Oraliq so‘zlar

Lug‘aviy ma’noga ega bo‘lmagan so‘z va gaplarni o‘zaro bog‘lash, ularga qo‘shimcha ma’no berish uchun ishlatilib, gapda biror gap bo‘lagi vazifasida qo‘llanilmaydigavn so‘zlar yordamchi so‘zlar deyiladi. Yordamchi so‘zlarga predloglar, bog‘lovchilar, yuklamalar kiradi yordamchi so‘zlar lug‘aviy ma’no anglatmaydi.


Masalan: across (orqali), for (uchun)? But (lekin) da hech narsa tushunmaymiz. Biroq til tizimida bu so‘zlarning ham o‘ziga xos o‘rni bor. Ular so‘z va gaplarning o‘zaro munosabatlarini uyushtiradi, so‘z va gaplarni o‘zaro bog‘laydi, so‘zlarga ba’zan qo‘shimcha ma’no bo‘yog‘i beradi. Shunga ko‘ra, yordamchi so‘zlar ham til tizimida o‘ziga xos xususiyatlari bor bo‘lgan so‘zlardir.
Uchinchi so‘zlar guruhini oraliq turkum deb nomlashda bu so‘zlardagi ayrim mustaqil, ayrim yordamchi so‘zlarga xos xususiyatlari mavjudligi hisoblanadi. Modal so‘zlar, undov va his-hayajon, takliq so‘zlar shu guruhga kiradi.


Download 100,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish