Alkogol haqidagi noto'g’ri fikrlarimiz!
Xalqimiz orasida odatda shifokorlar ham tavsiya qiladi degan ma'noda orqa qiladiganlar bor, mana shifokor sifatida qalin harflar bilan tagiga chizgan holda aytyapman: Spirtli ichimliklarni 1 grammi ham zararli!!!
1. Spirtli ichimilik – oziq ovqat maxsuloti. Bu xozirgi kunda spirtli ichimiliklarni barcha oziq-ovqat do'konlarida sotilgani uchun shunday tushuncha bor. Aslidachi?! O'tgan asrning 70- yillar o'rtasida BJSST (butun jaxon sog’liqni saqlash tashkiloti) spirtli ichimliklarni (pivoni xam) NARKOTIK moddalar qatoriga qo'shgan.
2. Ozgina ichsang ziyoni yo'q – bu ba'zi “shifokorlar” o'ylab topgan "maslaxat”. Xozirgacha spirtli ichimlikni oz miqdorini ziyoni yo'qligi yoki foydasini isbotlaydigan biror ilmiy tadqiqot mavjud emas. Aslida xammasi oz-ozdan ichishdan boshlanadi va vaqt o'tishi bilan doza oshishini talab qiladi. Akademik Pavlov oz miqdorda spirtli ichimlik ichgandan so'ng, inson reflekslari 7-14 kundan so'ng me'yorga kelishini aytgan. Oz miqdorda spirtli ichimlik ichuvchilarning 85% ini miyasi 4 yilda "qurishi” mumkinligi aniqlangan. Bo'kib ichilgandan keyin jigar o'z funktsiyasiga to'la qonli qaytishiga 40 kun kerak bo'ladi ekan.
3. Spirtli ichimliklar tumovga yordam beradi va tanani qizdiradi. Frantsiya fanlar akademiyasi o'tkazgan tekshiruviga ko'ra spirtli ichimliklar gripp virusini xech qaysi turiga ta'sir qilmas ekan. Immun tizimni susaytirib, kasallikni og’irroq kechishiga olib keladi. Tanani qizdirishi xaqida bir narsani aytib o'tmoqchiman: xatto oddiy suv xam tanani qizdiradi! Spirtli ichimlik va kofening qizdirishini solishtirma tekshiruv qilingan. Kofe kuchliroq va uzoqroq qizdirishi ma'lum bo'lgan.
4. Spirtli ichimlik insonni kayfiyatini ko'taradi va stressda yordam beradi. Bu xususiyatlari miya to'qimasini tormozlanishi va paralichi xisobiga kelib chiqadi. Ammo uning ta'sirida inson qilayotgan ishi va so'zlari boshqalarda STRESS chaqiradi. Uning ta'siri ketgandan so'ng eski xissiyotlari ikki barobar bo'lib aziyat beradi.
5. Spirtli ichimlik ishtaxani ochadi. Alkogol xazm tizimiga tushgandan so'ng xazm bezlari ko'p miqdorda shira ajratadi. Buning xisobiga insonda "soxta” ochlik paydo bo'ladi. Bu xolat doimiy bo'lsa xazm tizimi bezlari atrofiyaga uchraydi, oshqozon devorida yaralar paydo bo'ladi.
6. Qizil vino(kagor)da foydali moddalar ko'p. O'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, vino tayyorlash jarayonida uzumdagi deyarli barcha foydali moddalar parchalanib ketadi.
7. Spirtli ichimliklar ish qobiliyatini oshiradi. Avstraliyada o'tkazilgan tadqiqotda, inson fikrini jamlay olmasligi xisobiga, xatoliklar juda xam ko'p bo'lishi aniqlangan. Shuning uchun xamma mashxur tashkilotlarda spirtli ichimlik qabul qilib, ishga kelishi ta'qiqlangan.
8. Spirtli ichimliklar qon bosimini pasaytiradi. Spirtli ichimlik yurak urish sonini oshiradi va buning xisobiga qon bosimi oshadi.
9. Sifatli spirtli ichimlikni ziyoni yo'q. Xar qanday etil spirtidan organizmda o'ta zaxarli sirka aldegidi paydo bo'ladi. Sifatsiz ichimliklarda uksus aldegidini yana xam zararliroq qiluvchi zararli moylari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |