Alisher Navoiy. “Mahbubul qulub”. Asarlar. 13-tom. -T.: “G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at
39
Ko’zi olinda bo’ldi osmon past.
Rasadkim bog’lamish-zebi jahondur
Jahon ichra yana bir osmondur.
Bilib bu nav’ ilmi osmoniy,
Ki andin yozdi “Zichi Ko’ragoniy”.
Qiyomatg’a dekincha ahli ayyom
Yozarlar oning ahkomidin ahkom
1
.
Alloma, bulardan tashqari, ijtimoiy-gumanitar fanlarning ahamiyati, ularni
inson ma’naviyati, axloqiy va tarbiyaviy kamolotida tutgan o’rni haqida ham so’z
yuritdi. Navoiy tarix fanini o’rganishning afzalligi haqida fikr qilib, u dunyoda ne-
ne saltanat va podshohliklar o’tganini, davlat boshliqlarining ba’zilari xalqqa zulm
qilganliklari, boshqalari esa xayrli va adolat ishlari bilan dong taratgani,
mamlakatlarning obod bo’lishi yoki inqirozga yuz tutishi haqida xabar berishini
aytadi.
Navoiy o’z asarlarida bilimsizlik, aqlsizlik va jaholatparastlik, nodonlikni
qattiq qoralaydi. Shoirning o’ylashicha, ayniqsa, johil davlat boshliqlari
mamlakatga katta ziyon keltirishi mumkin. Buning natijasida shaharu qishloqlar
xarob
bo’ladi,
jamiyatda
qarama-qarshilik,
fisqu
fasod,
adolatsizlik,
o’zboshimchalik ko’payadi. Navoiy nodon va johillardan uzoqda yurishga, ularga
yaqinlashmaslikka da’vat etadi. “Ishi g’urur va takabbur, xayolida yuz buzuq
tasavvur, har bir mujmal ishi o’ziga ma’qul, barcha jirkanch qilig’i o’ziga maqbul,
ko’nglida kishilarga yuz ozor, xayoli va joxilligidan xalqqa ming zarar ehtimoli”
2
.
Alisher Navoiy Uyg’onish davrining boshqa mutafakkirlari singari insonni
yuksaklikka ko’tardi, asarlarida odamiylikni, eng yaxshi fazilatlarni kuyladi.
Allomaning barcha asarlarining markazida inson shaxsi turadi. Uning talqinida
inson Xudo tomonidan yaratilgan bo’lib, butun tirik mavjudotlar ichida eng
yuksagi hisoblanadi. U o’zining fikrlash qobiliyati, nutqi va ongli hatti-harakati
bilan ajralib turadi.
1
Alisher Navoiy. “Farhod va Shirin”. 7-tom. .-T.: “Fan”, 1968. –B. 404.
2
Alisher Navoiy. “Mahbubul qulub”. Asarlar. 13-tom. -T.: “G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at
nashriyoti”, 1966. –B.226-227.
40
Dedi nukta pardozi oliy sifot
Ki “inson erur mudriki kulliyot.
Erur o’zga hayvon bu ishtin bari,
Ki inson erur barchaning sarvari”
1
.
Mutafakkir haqiqiy insonparvar shoir edi. Zeroki, u butun umr odamiylikni
kuyladi, insonning g’am-tashvishlari, orzu umidlari, baxt-saodatini tasvirladi,
insonlarga yaxshilik qilish, mehr-shafqat va muruvvat ko’rsatish, beva-bechora va
muhtojlarga yordam berish, komil insonni tarbiyalash haqida so’z yuritdi.
Uningcha,xalq to’g’risida qayg’urmaydigan, unga yordam bermaydigan, g’amiga
sherik bo’lmaydigan, jamiyatga naf keltirmaydigan odamlarni aslo inson qatoriga
qo’shib bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: