Buxoro davlat universiteti tarix va madananiy meros fakulteti



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana24.01.2021
Hajmi0,96 Mb.
#56594
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
alisher navoiy ijodi barkamol avlod qalbiga milliy istiqlol goyasini singdirishda bebaho tarixiy manba

Jondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz, 

Sondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz. 

Har nekiki sevmak andin ortuq bo’lmas, 

Ondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz

1

 

Zeroki,  voqelikni,  tabiatni  idrok  qilish  Allohni  bilishni  anglatadi.  Shuning 

uchun  mutafakkir  odamlarni  tabiat  sirlarini,  voqea  va  hodisalarni  o’rganishga 

da’vat etadi. 

Butun  mavjudotda  “Yaratganning,  Allohning  ruhi”  mujassamlangandir. 

Inson  yer  yuzida  boshqa  mavjudotlar  bilan  o’zaro  aloqada  yashasa-da,  u  boshqa 

tirik  va  notirik  mavjudotlardan  o’zining  bilimi,  aqli,  fikr  yuritishi  bilan  ajralib 

turadi.  Insonning  nabobat,  hayvonot    va  minerallar  dunyosidan  afzalligi  shundan 

                                                           

1

 Alisher Navoiy. “Xazoyinul maoniy”. G’aroyib us-sig’ar. Asarlar. 1-tom. –t.: “Fan”, 1998. –B.489. 




32 

 

iboratki,  u  ma’lum  narsalarni  noma’lumdan  ajrata  oladi,  unga  ongli  harakat,  nutq 



xos  bo’lib,  umumiylikni  idrok  qila  oladi.  U  haqiqatni  bilishi  bilan  hayvonlardan 

ajralib turadi: 



Dedi nuqta pardozi oliy sifot 

Ki: “Inson erur mudriki kulliyot 

Eurur o’zga hayvon bu ishtin bari 

Ki inson erur barchaning sarvari” 

Dedi: “Bilmasa ulcha maqsad erur, 

Ki maxfiydur o’zida ne sud erur” 

Dedi: Ulcha bordur o’zida nihon, 

Bilurdin fuzunroqdur ahli jahon. 

Vale munga bilmishki, bilmaydurur, 

Bu maqsad darkini qilmaydurur. 

O’zi bilmasi anglag’on so’zu dard 

Ani barcha maxluqdin qildi fard

1

Darhaqiqat,  Navoiy  dunyoqarashida  gnoseologiya,  dunyoni  bilish,  borliq, 

jism va ashyolarni idrok qilish muhim o’rinni egallaydi. 

Ma’lumki,  tasavvufda,  shu  jumladan  naqshbandiylik  ta’limotida  bilimlar 

zohiriy va botiniy, ya’ni ma’rifatga bo’linadi. Zohiriy yoki dunyoviy bilimlar inson 

sezgilari  va  aql  yordamida  amalga  oshadi.  Alloh  vasliga  etishish,  haqiqatga 

erishish uchun bitta aql va idrokning o’zi kamlik qiladi. Buning uchun inson butun 

umr  poklanishi,  ma’naviy-axloqiy  fazilatlarni  egallab  borishi,  xayrli  ishlar  bilan 

mashg’ul  bo’lishi,  qalbi  va  dili  doimo  Allohda  bo’lishi  va  tinmay  komillikka 

intilishi  zarur.  Lekin,  ikkinchi  tomondan,  inson  bu  dunyoning  sirru-asrorlarini 

bilmay,  dunyoviy  ilmlarni  egallamay,  yuksak  xislatlarni  kasb  qilmay  turib 

haqiqatga erisha olmaydi. 

                                                           

1

 Alisher  Navoiy.  “Saddi  Iskandariy”.  Asarlar.10-tom.  “G’afur  G’ulom  nomidagi  Adabiyot  va  san’at  nashriyoti”, 



1978. –B.306-307. 


33 

 

Modomiki  shunday  ekan,  inson  dunyoni  sezgilar  va  aql  kuchi  orqali 



voqelikni,  tabiat  sirlarini,  olamda  bo’layotgan  murakkab  jarayonlar  va 

o’zgarishlarni uqib olishi kerak. Navoiy hid, ta’m, eshitish, ko’rish va sezish orqali 

atrofdagi  narsalarni  bilish  mumkinligiga  ishongan  bo’lsa-da,  ular  yordamida 

murakkab  narsalar  va  ularning  mohiyatini  to’la  idrok  qilishi  mumkin  emasligini 

aytadi. Inson sezgilar orqali zohiriy ashyolar va hodisalarni biladi, xolos: 

Buki seni xoliqi kavnu fasod, 

Qilmadi hayvonu nabotu jamod. 


Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish