Axborot resurslarining arxiv nusxalarini yaratish va ularni davlat saqloviga topshirish tartibi
“Axborot resurslarining arxiv nusxalarini yaratish va ularni davlat saqloviga topshirish tartibi bo’yicha yo’riqnoma”si.Axborot resurslarining tasniflanishi va axborot resurslarining qimmatini ekspertiza qilish.Axborot resurslarining arxiv nusxalarini yaratish tartibi.Arxiv nusxalarini davlat arxiviga topshirish tartibi. Axborot resurslarining arxiv nusxalari mazkur resursni yaratish uchun qo’llaniladigan dastur vositalari, dasturiy ta’minot va EH uchun elektron raqamli imzoning ochiq kaliti bilan birga tegishli markaziy davlat arxivi, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi boshqarmalari ETKsi tomonidan tasdiqlangan ro’yxati.Axborot resurslaridan foydalanish va muhofazasini ta’minlash uchun davlat arxivlarining javobgarligi.
Elektron arxiv ilmiy-ma’lumotnoma apparati tizimi
Elektron arxiv hujjatlariga ilmiy ma’lumotnoma apparatini tuzish tartiblari. Elektron opis tushunchasi. Elektron katalog tushunchasi. Elektron hujjatlarni saqlanish muddati qo’rsatilgan namunaviy ro’yxat. Arxiv hujjatlari elektron katalogini yaratish tartibi: “Elektron katalog tuzish to’g’risidagi Yo’riqnoma”. Elektron arxivlarning qulayliklari va ushbu sohadagi dolzarb muammolar.
Seminar mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar
Seminar mashg’ulotlarida talabalar “Elektron arxiv asoslari” fanidan ma’ruza darslarida olgan nazariy bilimlarini mustahlash bilan birga, seminarlar mavzulari bo’yicha tayyorgarlik ko’rish jarayonida qo’shimcha adabiyotlar va tarixiy manbalar bilan tanishish orqali qo’shimcha bilim oladilar. Natijada ularning bilim doiralari ilmiy jihatdan asoslangan holda kengayadi.
Seminar mashg’ulotlarining taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari:
Elektron arxiv asoslari fanning maqsadlari va vazifalari.
Elektron manba turlari.
Elektron manba klassifikastiyasi.
Idoraviy arxiv va elektron hujjatlar.
Elektron hujjatlarni yuritish tartiblari.
Elektron arxiv fondlari.
Elektron hujjatlar qimmatdorligi ekspertizasi.
Elektron arxiv ilmiy-ma’lumotnoma apparati tizimi.
Arxiv ishini axborotlashtirish bosqichlari.
Elektron arxivlarning qulayliklari va ushbu sohadagi dolzarb muammolar.
Fan uchun ishchi dastur tuzish jarayonida mazkur mavzular ruyxatidan seminar mashg’ulotlari uchun ajratilgan soatlar hajmiga mos holda mavzular tanlab belgilanadi. Shuningdek, ceminar mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ko’rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo’yicha olgan bilim va ko’nikmalarini yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o’quv qo’llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, mavzular bo’yicha ko’rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |