Axborot resurslarining arxiv nusxalarini yaratish tartibi Axborot resurslarining arxiv nusxalari quyidagi hollarda yaratiladi:
doimiy saqlanishi lozim bo’lgan axborot resurslariga avvalgi ma’lumotlarni o’chirishga olib keladigan o’zgartishlar kiritish;
axborot resursini yangi (zamonaviyroq) axborot tashuvchilarga o’tkazilayotganda.
Kiritilayotgan o’zgartishlar (qo’shimchalar) mavjud ma’lumotlarning o’chirilishiga yoki o’zgarishiga olib kelmasa, yoki o’chirilayotgan ma’lumot qimmatlilik ekspertizasi natijalari bo’yicha amaliy va/yoki ilmiy-tarixiy qimmatlikka ega emas deb topilgan hollarda arxiv nusxasining yaratilishi talab qilinmaydi.
Axborot resurslarining arxiv nusxalari tashuvchilari sifatida magnitooptik disklar yoki ma’lumotlarni ishonchli va uzoq muddat saqlovchi boshqa elektron ma’lumot tashuvchilardan (flesh-xotira, tashqi disklar va boshq.) foydalanish lozim.Axborot resurslarining arxiv nusxalari yaratilayotganda tashkilotlar quyidagilarni ta’minlashi lozim:
taqdim etilayotgan ma’lumotning ishonchliligi va to’liqligini;
axborot resurslarining axborot va texnologik moslashuvchanligini.
Arxiv nusxalarining yaratilishi va ishonchliligi uchun axborot resursiga o’zgarishlar kiritishga mas’ul bo’lgan shaxs mas’ul etib tayinlanishi lozim.
Har bir arxiv nusxasi umumiy talablarga muvofiq rasmiylashtirilgan va tasdiqlangan alohida EH hisoblanadi. EHning nomida uning qaysi axborot resursining arxiv nusxasi ekanligi ko’rsatilgan bo’lishi lozim. Tashkilotning MEK yoki EK axborot resursi mazmunining to’liq nusxasi yoki o’chirilayotgan ma’lumot mazmunining nusxasini yaratilishini qaror qilgan hollarda, EH rekvizitlari axborot resursining umumiy tuzilishida o’zgartirilayotgan qismning o’rnini ko’rsatishi shart.
Arxiv nusxalari hisobi va saqlanishi arxivga topshirilgunga qadar tashkilotda EHni hisobga olish va saqlashning umumiy talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hozirgi paytda davlat arxivlarida saqlanayotgan O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlari 6,0 mln. saqlov birligini tashkil etadi, shu jumladan
mingdan ortiq ilmiy-texnikaviy hujjatlar, 16,0 mingdan ortiq kinohujjatlar,
ming surat hujjatlari, 14,0 ming ovozli hujjatlar.
Idoraviy arxivlarda 1,6 mln. saqlov birligida doimiy saqlanadigan hujjatlar mavjud. 6 mln. negativ kadrdan iborat sug’urta fondi yaratilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2008 yil 21 avgustda “Koreya Respublikasi hukumatining grant mablag’larini jalb etgan holda O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivlarini rekonstruktsiya qilish hamda ularni texnik modernizatsiyalash chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qaror imzolandi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsadlardan biri - respublika markaziy davlat arxivlarida elektron arxivlarni yaratish. Natijada KOICA agentligi tomonidan 2009 yil mart oyida MDAlarga 50 dona kompyuterlar, skanerlar va bsohqa texnika uskunalari taqdim etildi. “ABC Solution Inc” kompaniyasi tomonidan СУАД (Система управления архивными документами - arxiv hujjatlarini boshqarish tizimi) dasturiy ta’minoti ishlab chiqildi va foydalanishga topshirildi. Malaka oshirish maqsadida Bir qancha mutaxassasislar Koreyada bo’lib qaytdilar.