Buxoro davlat universiteti tarix fakulteti tarix kafedrasi


Rasmli va elektron arxiv asoslari fanining predmeti, obyekti, maqsad va vazifalari



Download 1,34 Mb.
bet3/60
Sana26.03.2022
Hajmi1,34 Mb.
#511625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Bog'liq
elektron arxiv o\'quv-uslubiy qo\'llanma

Rasmli va elektron arxiv asoslari fanining predmeti, obyekti, maqsad va vazifalari
Mamlakatamizda elektron arxiv yaratishga chet el ilg’or tashkilot va muassasalari tajribalarini chuqur o’rgangan holda yondashish, mavjud standart va hujjatlarning har bir jihatlarini sinchkovlik bilan tadqiq etish maqsadga erishishni ta’minlaydi.
Elektron arxiv hujjatlarni an’anaviy usullarga qaraganda ancha tez qidirib topish va foydalanuvchilarga qulay, ya’ni istalgan vaqt va joyda taqdim etish imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga, elektron arxivda hujjatlarni uzoq muddatli saqlash va ularning xavfsizligini samarali ta’minlash mumkin. Ushbu omillarni ko’zda tutgan holda elektron arxivlarni shakllantirish va axborot qidirish dasturini yaratish metodologiyasini ishlab chiqish vazifasi o’ziga xos dolzarb ahamiyatga ega.
Jahonda elektron arxiv yaratish va uni rivojlantirish, arxivlarda standartlarni tadqiq qilish, metama’lumotlar tizimini ishlab chiqiash va qidirish algoritmi modellarini yaratish bo’yicha ilmiy izlanishlar, Fanninglar ko’pgina olimlar tomonidan o’rganilgan. Jumladan, chet el olimlaridan L. Bountouri va M. Gergatsoulis, M. Combs, R. Tansley, M. Bass, D. Stuve, M. Branchofskiy, O.N. Jlobinskaya, A.V. Bocharov, Ye.A. Solovyova, M.Yu. Frolov, L.M. Volkov, D. V. Yanko, A.N. Avdeyev, A.Ye. Kurser, O.A. Nesterova, S.V. Shtukova va mamlakatimizda A.X. Abdullayev, M.S. Isakova, M. Nam, O.U. Xasanova, M. Zuxriddinov va boshqa olimlar o’zlarining ilmiy ishlari bilan soha rivojlanishiga katta hissa qo’shganlar.
Shunga qaramasdan, arxiv tizimini ishlab chiqish, arxiv hujjatlari qidirish tizimlarini yaratish, respublikamiz arxiv muassasalarida elektron arxivlarni shakllantirish ishlari to’laligicha o’rganilmaganligini hisobga olib, mazkur Fanning ishi elektron arxivlarni shakllantirish va axborot qidirish tizimini ishlab chiqishning nazariy va amaliy asoslariga bag’ishlandi.
Fanning obyekti - O’zbekiston Respublikasi Davlat arxivlari va boshqa arxiv muassasalarida olib boriladigan axborot jarayonlari.
Fanning predmeti: arxiv muassasalarida mavjud arxiv hujjatlari, jumladan, elektron hujjatlar, ularning ro’yxat va yig’majildlari, elektron arxivga oid qonunlar va standartlar, elektron arxivni yaratishda qo’llaniladigan dasturiy ta’minotlar va dasturlash tillari, shuningdek, metama’lumotlar strukturalari.
Fanning maqsadi va vazifalari: Elektron arxivlarni shakllantirish va axborot qidirish dasturini yaratishning nazariy asoslari va amaliy yechimlarini ishlab chiqqan holda hujjatlarni uzoq muddatli saqlash va foydalanuvchilarga axborot taqdim etish tezligi hamda sifatini yangi darajaga ko’tarish.
Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalar belgilandi:

  • elektron arxivlarni boshqarish va arxiv ishini avtomatlashtirish tizimlarini tahlil qilish;

  • elektron arxiv ma’lumotlar bazasining metama’lumotlar tizimi tahlil qilish;

  • elektron arxivni yaratish modellari va algoritmlarini ishlab chiqish;

  • elektron arxiv tizimining dasturiy ta’minotini yaratish.

Agar arxivlarda axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanilsa va elektron arxiv shakllantirilsa hujjatlarni saqlash, tizimlashtirish, qidirish va ulardan foydalanish yengillashadi va samarali bo’ladi.
Fanning natijalaridan elektron arxivlarni shakllantirish va axborot qidirishga mo’ljallangan dasturiy ta’minotlarni yaratishda hamda arxiv ishiga axborot-kommunikatsion texnologiyalarni samarali tatbiq etishda foydalanish mumkin. Yaratilgan elektron arxiv yordamida xizmat ko’rsatish sifatini oshirish va arxiv hujjatlarini uzoq muddatli saqlash mumkin. Fanning natijasida yaratilgan elektron arxiv tizimi Milliy davlat arxivida tadbiq qilindi. Fanning ilmiy yangiligi arxiv hujjatlarining ma’lumotlar bazasini yaratishda qo’llaniladigan metama’lumotlar tizimini tadqiq qilish va ularni asoslash, raqamli repozitoriylarni tahlil qilish, elektron arxiv ma’lumotlar bazasini yaratish va hujjatlarni qidirish algoritmlarini ishlab chiqishda namoyon bo’ladi.



Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish