Buxoro davlat universiteti tarix fakulteti tarix kafedrasi


ALANDSKIY KONGRESS (1718-1719- yil )



Download 85,44 Kb.
bet6/12
Sana19.07.2021
Hajmi85,44 Kb.
#123365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Xviii asr birinchi choragida rossiyaning tashqi siyosati

1. 3. ALANDSKIY KONGRESS (1718-1719- yil )

Pyotr bir necha bor Shvetsiyaga yarash sulhini taklif etgan bo’lsa-da, Rossiyaning ketme-ket zafarli yurishlari sabab,1717-yil Karl XII Rossiya bilan Tinchlik sulhini imzolashga rozi bo’ldi.

1717-yil yozida Gerts ( shved qirolining birinchi ministri), Karlning Tinchlik sulhini imzolashga roziligi haqidagi xabarni Kurakinga yetkazdi.Pyotr ham ushbu fikrni ma’qullab, Gertsga Shvetsiyaga rus yerlari orqali ketishga ruxsat berdi.Gerts Shafirovga (shved elchisi) muzokaralarning Aland orolida o’tishini aytdi.1718-yil yanvarda Ya.Bryus hamda A.Osterman Peterburgdan yo’lga chiqdi.1718-yil 10-mayda Alandskiy kongress o’z ishini boshladi.Ushbu muzokaralar haqida butun Yevropa bo’ylab, turli xil mish-mishlar tarqaldi.Ayniqsa bundan Rus-shved yarashuv Sulhi imzolanib, Karl XII ning Yakov Styuartni hokimyatga kelishiga ko’maklashishidan Georg I xavfsirardi.Georg I ushbu muzokaralar ingliz va Gannover ishtirokisiz amalga oshishidan qattiq qo’rquvga tushdi. 1717-yil noyabrda ( Veselovskiy xabariga ko’ra)Gerts tomonidan Tinchlik sulhi Pyotrga yuborilgani va u tomonidan tasdiqlangani haqida mish-mishlar tarqalgan.37

suzishi uchun yordam berishi, shuningdek Angliya shvedlarning hech bir raqiblari bilan savdo munosabatlarini olib bormasligini belgilab qo’ydi .38

Rus hamda shved vakillarining yo’lga chiqqani haqidagi xabar Londonga yetib borgach, Georg I ham Shreder, general Duker va polkovnik Bassevichni Alandskiy kongressda ishtirok etish uchun yubordi.Shuningdek,Karl XII ning qo’ygan shartlari inglizlar manfaatlariga to’g’ri kelmas, bu talablarni GeorgI bajarishni istamas edi. Shu sababdan ham ingliz-shved Separat Sulhi imzolanmay, Georg Ining Alandskiy Kongressni to’xtatishga urinishi samarasiz bo’ldi.39

Karl XII bilan uchrashuvdan Fabritsiyning quruq qo’l bilan qaytishi, Veselovskiyning fikricha Georg I ning Rossiya bilan aloqalarining yaxshilanishiga imkon tug’diradi degan fikrda edi. 40

Rossiya og’ir bir vaziyatda ekanida, uning ittifoqchilari Shvetsiyadan qancha miqdorda yer olish o’ylari bilan band edi.1716- 1717- yillarga kelib Rossiyaning ittifoqchilar bilan ham munosabalari o’zaro keskinlashdi.Alandskiy kongressda Rossiya faqatgina Prussiya hamda Polsha manfaatlarini himoya qilishini aytib, Daniya va Angliya masalarida betaraf ekanligini ma’lum qildi.Gerts Ostermanga murojaat etib, Daniyaga o’tgan hududlarini qaytarib olishi, Rossiya shvedlarni qo’llab-quvvatlashi, shuningdek, Georg I tomonidan tortib olingan Bremen hamda Verdenni qaytarib olishi, buning uchun inglizlardan tovon puli undirishini ham talab qildi.Osterman 1718-yil 18-avgustda, Gerts tomonidan tasdiqlangan, shvedlar bilan Yarash sulhi loyihasini Pyotrga yubordi.Shvedlarning Rossiyaga ko’p imkoniyatlar berishini kutmasak ham bo’ladi.Ushbu loyihaga ko’ra:Liflandiya, Estlandiya, Ingriya hamda Karellining bir qismi Viborg bilan birga Rossiya tarkibiga o’tdi.Finlandiya hamdaKarelining katta qismi Shvetsiyaga qaytarildi.41

Bundan tashqari, Polsha taxtiga Stanislav Leshinskiy ham qaytishi lozim edi.Ushbu loyihaning 3-qismi Georg I ga tegishli bo’lib, Angliya Bremen va Verdenni qaytarib berishi hamda buning uchun tovon puli to’lashiham kerakligi qayd etilgan edi. Shuningdek, Bremen va Verdenni inglizlardan qaytarib olish uchun nemis yerlariga 20 ming qo’shin yuborishi , shvedlarning barcha harbiy harakatlarining xarajatini Rossiya o’z bo’yniga olishini ma’lum qildi. Pyotr I shvedlarning Gannoverga qarshi harakatlariga ham yordam berishiga rozi edi.Pyotr zaruriy holatlarda “bor kuchi bilan” shvedlarni qo’llab-quvvatlash majburiyatini ham oldi.Daniya esa Norvegiyadan tashqari qolgan hududlarni shvedlarga qaytarishga majbur edi.Loyihaning ushbu qismiga Pyotr hech qanday norozilik bildirmadi.

Pyotr Shvetsiya bilan kelishuv shartnomasiga tayanib,Fransiyaning ham uning tarafdori bo’lishiga ishondi. Bu orada butun Yevropa bo’ylab, Rossiya hamdaShvetsiya birlashib, Angliya va Gannoverga qarshi harbiy harakatlarni olib borishi haqidagi gap-so’z tarqaladi. Ingliz hukumati shvedlar Rossiyani o’z tarafiga og’dirish uchun Alandskiy muzokaralardan foydalanmoqda degan fikrda edi.Angliya doimgidek rus-shved Yarashuv Sulhini imzolanishidan qo’rquvda edi.Shu sabab ham, 1718-yil 19-avgustda admiral Norris boshchiligidagi ingliz eskadrasi Boltiq dengizida paydo bo’ldi.Admiral Norris, shved-rus floti birlashib, Zund hududidan o’tishga harakat qilsa hujumga o’tishi lozim edi.

Xuddi shu davrda Alberoni (kardinal, ispan ministri), Angliya, Gannover,Avstriyaga qarshi Rossiya, Shvetsiya, imkon bo’lsa Prussiya ishtirokidagi kaolitsiya rejasini ishlab chiqdi. 1718-yil avgustda Gaagadagi ispan elchisi Beretti ispan qiroli Rossiya tarafdori ekanini Kurakinga ma’lum qildi.Ispan qiroli 30 ming qo’shin hamda 30 ta harbiy kema bilan Rossiyaning dushmanlariga qarshi kurashda yordam qilishini ham vada qildi .Alberoni nafaqat Rossiyani balki Shvetsiya hamda Prussiyani o’z tarafiga og’dirmoqchi edi. Shvetsiya oldindan subsidiya to’lovini so’raganda, Shved-rus Yarashuv Sulhi imzolangach, amalga oshirilishini Beretti ma’lum qildi.42

Alberoni fikricha eng avvalo, kaolitsiya Angliyadan Georg I ni haydashi hamda ingliz taxtiga Styuartlar sulolasini kelishini ta’minlashi zarur edi. Pyotr ispanlar taklifiga aytarli javob qilmasa-da, ularning xizmatidan Shvetsiya bilan Yarashuv Sulhini imzolashda foydalanishga qaror qildi.Alberonining Shved-rus Yarashuv Sulhi imzolagachgina, subsidiya berilishi haqidagi talabi ayniqsa Rossiya uchun foydali edi.Ushbu imkoniyatdan Pyotr unumli foydalanishga intilsa-da, shved ministri Miller gannoverliklarga yon bosgani sabab (katta pul evaziga), vaziyat biroz yanada chigallashdi.Shu sababdan ham Pyotrning1718-yil 27-sentabrdagi buyrug’iga ko’ra Gerts Karl XII huzuriga yuboriladi.

Shuningdek, rus-shved shartnomasi imzolanib,Ispaniya boshchiligidagi ittifoqqa ikki davlatning kirishidan manfaatdor ispan hukumati tomonidan Shvetsiyaga elchi yuborildi.

Bu orada 1718-yil 11-avgust Sitsiliya orolida admiral Binga boshchiligidagi ingliz eskadrasi tomonidan ispan floti portlatildi.Inglizlarning ushbu xatti-harakatidan cho’chigan shvedlar Angliya bilan tinchlik sulhini imzolashidan Pyotr havotirga tushdi.Biroq, inglizlarning Ispaniya masalalari bilan bandligi, Rus-shved shartnomasini imzolash uchun qulay imkoniyat tug’dirdi.

Ispan floti hujumga uchraganiga qaramay, inglizlar Ispaniya hududiga bostirib kirishga jazm qila olmasligini Pyotr buyrug’i bilan 19-sentabrda Kurakin ispan qiroliga yetkazdi.Shuningdek, ispan hukumati Angliya bilan muzokaralarni olib borishda vaqtni biroz cho’zishi ,shved-rus shartnomasini imzolanishi uchun qulay imkoniyat bo’lishini , ushbu shartnoma imzolanishi bilan rus hukumati Ispaniyaga yordam qilishini va’da berdi.Shu sababdan ham ispan hukumati bor e’tiborini Rossiya hamda Shvetsiya munosabatlariga qaratdi.Biroq 1718-yilga kelib, Alandskiy muzokaralarni olib borishda ziddayatlar paydo bo’ldi.1718-yil avgust oxiriga kelib,Pyotr Shvetsiya bilan tinchlik muzokaralarini olib borayotgan bir vaqtda, Gannoverni faqatgina Imperiya hamda Angliya qo’llashiga ishonib, Fransiyani o’z tarafiga og’dirish orqali Avstriya va Angliyaning harakatlarini cheklashga imkoniyat deb bilgan edi. Biroq vaziyat Pyotr o’ylaganidek kechmadi.43

Kutilmaganda, 1718 –yil avgustda Fransiyaning muvaqqqat hukmdori Filipp Orleanskiy boshchiligida Angliya, Gollandiya, Avstriya hamda Fransiya o’rtasida Ispaniyaga qarshi “To’rtlar ittifoq”i tuzilgani Pyotr va KarlXII ga ma’lum bo’ldi.Endi Fransiyaga tayanish ahmoqlik edi.Gannover masalasida butun Yevropaga harbiy harakatlarni olib borish ham mushkul vazifa edi. Fransiya raqib tarafdori ekani ayon bo’lgach, Shvetsiya bilan butun Yevropaga qarshi harbiy harakatlarni olib borish muvafaqqiyatsiz yakunlanishi aniq edi.Ushbu vaziyatdaPyotr Alandskiy muzokaralarni 1718-yil noyabrga qadar cho’zdi.Shvetsiya esa Rossiyadan Daniyaga qarshi to’g’ridan-to’g’ri harbiy harakatlarni olib borishga undadi.Biroq avvalgidek uning bu talabi Pyotr tomonidan qayta rad etildi.Bunga javoban , Shvetsiya ham muzokaralar masalasida aniq so’z aytmadi.

1718-yil 16-noyabrda Pyotrning Ostermanga yo’llagan yorlig’ida Shvetsiyaning ingliz yako kurfyuristi Braunvsk-Lyuneburgskga qarshi harbiy harakatlarni olib borish hamda Bremen va Verdenni qaytarib olish masalasidagi o’zaro kelishuvning 3-punkitiga (ushbu masala yuzasidan) o’zgartirish kiritish haqida ma’lum qildi.Ushbu yorliqda Fransiyaning tashqi diplomatiyasi Lyudovik XV ning ulg’ayib hokimyatga kelishi bilan o’zgarishini, bu uchun ikki davlat ham biroz kutishi kerakligini Pyotr aytib o’tgan edi.Vaziyatni munosib izohlaganda, 3 yil davomida Fransiya inglizlarning ortidan harakatlanishni to’xtatib, fransuzlarning dushmanlari Angliya hamda Imperiyaga qarshi kurashga qayta otlanishi mumkin edi .Pyotr ushbu jihatga e’tibor qaratib, Shvetsiyaga o’z majburiyatlarini bajarishi uchun biroz vaqt ( 3 yil ) berishini so’radi. Shvedlarni bunga ishontirish oson emasdi.44Bu shvedlarda ruslarga qarshi ishonchsizlik hamda gumon paydo qilishi mumkin edi.Shu sababdan rus hukumatidan Karl XII majburiyatlarni bajarishini muntazam ravishda talab qilsa Pyotr o’z qo’shini bilan Gannoverga qarshi harbiy harakatlarni olib borishga ham rozi edi. Pyotr faqatgina rus-shved shartnomasi imzolan-sa kifoya deb hisobladi. Biroq, Fransiyaning inglizlar tarafdori ekani, Prussiyaning ham ushbu masala yuzasidan ham aniq so’z aytmasligi Pyotrni Shvetsiyaga harbiy yordam masalasida o’ylantirib qo’ydi. Pyotr ushbu sulh shartnomasi uchun shvedlarga 20 ming harbiy otryad bilan yordam qilishga ham tayyor edi, biroq bu butun Yevropaga qarshi harbiy harakatlarni olib borish edi.45

Rus hukumati Karl XII bilan tinchlik sulhi imzolanishi uchun Georg I ga qarshi harbiy harakatlarni olib borishi zarur edi.Bu ,ushbu sulh shartnomasining imzolanishi uchun yagona yo’l edi. Karl harchand Rossiyani harbiy harakatlarga undamasin,Pyotrning Yevropaga qarshi harbiy harakatlarni boshlashga xohishi yo’q edi.Karlning doimiy tahdidlari sabab, rus hukumati Shvetsiyaga minimum miqdorda harbiy yordam berishga rozi bo’ldi.Osterman shved elchilari bilan uchrashuvda rus-shved flotini birlashib harakat qilsh taklifini rad etib, faqatgina rus floti Imperiyaga hujumga otlangan shved flotini maxfiy tarzda g’arbiy Dansiga qadar kuzatib qo’yishini ma’lum qildi.Keyingi harakatlarni olib borishga rus flotining tajribasizligi bahona qilindi. “Shimoliy urush”ning uzoq muddat davom etishi hamda Angliyaning muntazam hiyla-nayranglari Rosssiyani tezroq shvedlar bilan bitmni imzolashga undayotgan asosiy sabab edi.

1717-yil noyabrda Veselovskiy xabariga ko’ra Londonda ingliz taxtiga da’vogarlik qilayotganlarning aksariyati Kurlandiyada bo’lib, ularning biriga Kurlandiya qirolichasi unashtirilibdi degan gap-so’zlar tarqalgan.Shu sababdan ham ingliz hukumatining Veselovskiyga (rus elchisi) munosabati tubdan o’zgaradi.1718-yil 10-mayda Gannover vakili Veber (Georg I ning Rossiyadagi yagona vakili) kansler Golovkin bilan suhbatda ingliz taxtiga da’vogarning vakili Streling , shohning leyb-mediki Erskinni hamda Pyotrning beva jiyani Anna Kurlandskiy va Yakov Styuartlarning nikohi masalalari bilan shug’ullanayotgan yakobit D’Ormondoni ham Rossiyadan chiqib ketishini talab qildi.Bundan tashqari, stats -sekretar Kreggs 1718-yil sentabrda ingliz taxtiga da’vogarlarning aksariyati bugungi kunda Rossiyada ekani hamda ular Pyotr tomonidan qo’llab-quvvatlanayotganligini Veselovskiyga ma’lum qildi. Bunga javoban, Veselovskiy Kurlandiya Rossiya tarkibidagi hudud emasligi, shuningdek u yerda faqatgina vaqtinchalik rus harbiylari saqlanayotgani hattoki D’Ormondoni Kurlandiyada ekanida Pyotr bexabar ekanini aytib,o’tkan gaplarni unutib rus hukumati Angliya bilan shvedlarga qarshi harbiy harakatlarni olib borishga rozi ekanini bildirdi.Veber tomonidan tilga olingan shaxslar esa Rossiyadan zudlik bilan chiqib ketishini ma’lum qildi. 46

Ingliz taxtiga da’vogarlarning muntazam Rossiyaga tashrifi va Pyotrdan yordam so’ragani haqida arxiv hujjatlarida hech qanday ma’lumotlar uchramaydi. Biroq ingliz taxtiga da’vogarlar 1716-1725-yillarda yordam so’rab Pyotrga murojaat etishgan.Yakov Styuart elchilari Mitavdagina bo’lmay,Pyotrning beva jiyanining qo’lini so’rash maqsadida Peterburgga ham tashrif buyurishgan.1716-1721-yillarda Pyotrning Yakobitlar bilan aloqasi - Georg hamda ingliz hukumatiga tahdid qilish uchun asosiy qurol edi.

1719-yil 1-yanvarda Djeyms-Djefferson boshchiligidagi ingliz Peterburgga tashrif buyurdi. Shafiriv bilan dastalabki suhbatlardayoq ingliz delegatsiyasi hech qanday taklif kiritmasligi hamda ularning tashrifi biror ahamiyatli masala yuzasidan emasligi ma’lum bo’ldi. Butun uchrashuv davomida ungliz elchilari Rossiya vakillarining takliflarini tingladi, xolos.Aniq bir so’z aytmadi.Bundan tashqari, 1717-yil Noris hamda Vitvortlarning Rossiyaga tashrifi xuddi shunday ahamiyatsiz bo’ldi. Haqiqatan ham Rossiya bilan muzokaralarni olib borishni Georg I istasa, ushbu tashriflar davrida buni yozma ma’lum qilishi kerak edi.

Karl XII ning o’limi xabari butun ingliz saroyini mamnun qildi.Chunki shvedlarning aksariyati Angliya hamda Gannover tarafdori bo’lib, yolg’iz Karl XII va uning bu fikrini ma’qullovchi kichik guruhi , Gerts orqali Daniya hamda Gannover masalasida Rossiyadan yordam olishni ma’qullar edi.Karl XII esa Shotalandiyaga o’z qo’shinlarini kiritishni, Georg Ining Angliyadan quvg’in qilinishini, shuningdek Ispan-Rus- Shved ittifoqining tarafdori ham edi.Shunday qilib, Karl XII ( tasodifiy yoki uyushtirilgani ma’lum emas)ning o’limi-Angliyaning asosiy dushmanidan mahrum etdi. Endi inglizlarning Ispaniya- yagona dushmani bo’lib, Avstriya va Fransiya ham ispanlar tarafdori edi.1719-yil boshlarida Rossiya bilan muzokaralarni olib borish inglizlar uchun foydasiz edi. Shu sababdan ham Karl XII ning o’limi haqidagi xabarni eshitgan Stengopning Veselovskiyga munosabati tubdan o’zgardi.Angliya Shvedlar bilan munosabatlarni tiklashga urinishi aniq edi.

1719-yil 18-aprelda Veselovskiy, Angliya hamda Shvetsiya bilan savdo munosabatlari qayta tiklangani haqidagi xabarni yetkazdi.Veselovskiyning ingliz qirolichasi bilan ham uchrashuvi ,Stengopning “ yodimdan ko’tarildi ” bahonasi bilan rad etildi.47

1719-yil 14-aprelda Djefferson Stengopga maktub yo’llab 5 ta eng yaxshi, mohir ingliz kemasozlari ruslar xizmatida ekani, ularning 3 tasi o’ta mahoratli bo’lib, Angliyaning o’zida ham bunday mutaxassislar yetishmasligini ma’lum qiladi.Shuningdek, ularning Pyotrga o’ta sadoqatli ekanini aytib, osonlikcha Rossiyani tark etmasligini , ularga ingliz hukumati tomonidan qaytishi evaziga katta miqdorda pul berilishini taklif qiladi. Djefferson qaytishni rad etgan ingliz kemasozlarini qonuniy jazolanishini ham taklif etadi.1719-yil 26-mayda Djefferis Stengopga maktub yo’llab, rus flotining kuchayishiga qarshi biror bir chora qo’llanma-sa, keyin Angliya uchun kech bo’lishini ma’lum qiladi. “Shoh ochiqchasiga aytib o’tdiki dunyoda eng qudratli flot mavjud.Bular : ingliz hamda rus floti deya o’z qudratini rus podshosi e’tirof etdi. Shuningdek, rus kemalari istagan Yevropa mamalakatlari bilan raqobat qila oladi”-deya rus kemasozligini munosib baholaydi. 1719-yil may oxiri- iyun boshlarida Djefferson ingliz kemasozlarining o’z yurtiga qaytishi hamda rus talabalarining Angliyada ta’lim olishini ta’qiqlovchi haqidagi buyruqni oladi.Bunga javoban, Pyotr Angliyaning mashhur savdogari Godkins va uning xizmatchilarini ham mamalakatni tark etishni ta’qiqladi.Angliyadagi rus talabalarini so’nggi o’quv yilini ham tamomlashi evaziga bu buyruqni bekor qilishini ma’lum qildi.Biroq,Angliyadagi rus talabalariga sifatli ta’lim berilmadi.Chunki, Angliyadan hunarmandchilikning bir qator turlari Rossiyaga yoyilishini istashmasdi.

1705-yil ingliz elchisi ishtirokida birinchi tamaki ishlab chiqaruvchi fabrika ham buzib tashlandi.

1719-yil ingliz parlamentiga ingliz hunarmandlari tomonidan rus hunarmandlari ingliz hunarmandchiligini o’rganib, Rossiyada yoygani tufayli ingliz tovarlari sotuvi kamaygani haqida shikoyat tushadi. Bu rus talabalarining Angliyada ta’lim olishini ta’qiqlovchi akt tuzilishi uchun ingliz parlamentiga qulay imkoniyat bo’ldi.Rus talabalarining Angliyada ta’lim olishini cheklanishi, rus manfakturasini G’arbiy Yevropadan ortda qoldirish yo’li edi.48

Rossiya- Karl XII ning vafoti haqidagi xabarni eshitgach, Shvetsiyaga qarshi zudlik bilan harbiy tayyorgarlikni boshladi.

Daniyada ham Karl o’limi bayram sifatida kutib olindi.Qirolga Karlning o’limi xabarini yetkazgan 27-yoshli dengiz ofitserini kontr-admiral darajasiga tayinlanadi.

Karl XII ning o’limi- xalqaro harbiy hamda diplomatik vaziyatni o’zgartirdi.Shved qo’shinlari 1718-yil 9-dekabr (Karl XII 30-noyabrda vafot etdi) da Norvegiyadan chiqib ketdi hamda ingliz hukumati va Georg Ini shvedlarning Shotlandiyaga hujumi qo’rquvidan ham halos etdi.

Karl XIIning o’limi, shvedlarni Angliya bilan yaqinlashishi uchun qulay vaziyat tug’dirdi. Endi Shvetsiyadan Daniya va Gannover evaziga sulh shartnomasining imzolanishiga umid qilish mushkul edi. Aksincha, endi rus hukumati Daniya va Gannover - Angliya yordamida Rossiyaga qarshi Shvetsiya bilan birlashuvidan havotirga tushdi.Alandskiy muzokaralar vaqtincha to’xtatilishi, inglizlar uchun Shvetsiya va uning raqiblari Gannover, Daniya, Polsha va Prussiya o’rtasida yarashuv Sulhini imzolashi uchun qulay vaziyat edi.

Karlning o’limi haqidagi xabar yetib kelgach, Gerts zudlik bilan qamoqqa olindi va qatl etildi.Gerts yordamchisi hamda tarafdori Shtamken rus vakillarining yordami bilan Abo oroliga qochirib yuborildi.49

Pyotrning Alandskiy muzokaralar hamda Shvetsiyaga munosabati Karl o’limidan so’ng ham deyarli o’zgarmadi.1719-yil 15-martda Osterman kongressda Karl hamda Gerts tomonidan tasdiqlangan takliflarni aytib o’tdi. Shvetsiyaning harbiy harakatlariga Pyotr harbiy yordam ko’rsatish majburiyatini olgan edi.Shvedlar Rossiyani harbiy yordamini qabul qilmagan vaqtda, ruslar tomonidan tortib olingan hududlarning qaytarilmasligi evaziga 1mln kontributsiya to’lanishi kerak edi.

Avvalgi shartlar orqali Shvetsiya bilan Yarash sulhini imzolanishi Rossiya uchun qulay edi. Alandskiy muzokaralar Rossiya uchun ahamiyatli bo’lib, Prussiyaning ruslarga Liflandiyani berilishiga qarshi chiqishini bilsa-da, Pyotr Prussiyaning ham vakili Mardefeldni ishtirokiga qarshilik qilmadi.

Daniya va ingliz qiroli, Rossiya hamda Prussiya ishtirokisiz shvedlar bilan muzokaralarni olib borish uchun Stokgolmga ingliz elchisi Kartret yuborilgani haqidagi xabar 1719-yil aprelda Pyotrga yo’llagan pruss qirolining maktubida ma’lum bo’ladi.Shuningdek, pruss qiroli Rossiyani shvedlar bilan muzokaralar olib borishga undaydi.

Karl o’limiga qadar, Georg I boshchiligida Rossiyaga qarshi blok tuzilgan bo’lib, 1719-yil 5-yanvarda Georg I ( Gannoverskiy kurfyurist sifatida), imperator hamda Avgust II (Saksoniya kurfyuristi) o’tasida Vena shartnomasi imzolangan edi.Ushbu shartnoma o’zaro yordam ko’rsatish hamda asosiy maqsad Rossiyaga qarshi qaratilgan edi.Shartnomaning asosiy sharti Imperiya tomon harakatlanayotgan rus qo’shinlarini Polsha hududidan o’tkazmaslik edi. Ushbu shartnoma Prussiyaga ham qarshi qaratilgan bo’lib, Rossiya tomonidan harbiy yordam olishga urinsa, rus armiyasining Polsha hududidan harakatlanishiga yo’l qo’ymaslik ham qayd etilgan edi.Shuningdek, ushbu shartnomaga Rossiya Elbingu yoki Dansiga tahdid qilganda, Georg Boltiq dengiziga ingliz eskadrasini yuborishi haqidagi Deklaratsiya ham ilova qilingandi. Ushbu shartnoma imzolangach, Polsha yoki Litvadagi rus qo’shinlari harbiy harakatlarni boshlasa, ittifoq harbiylari korpusini Polshaga yuborishga kelishildi.50

Shuningdek, Georg I, Avgust II hamda imperator tomonidan shimolda tinchlikni o’rnatish maqsadida loyiha ishlab chiqilgandi.Unga ko’ra Rossiya faqatgina Peterburg, Kronshtad hamda Narva bilan kifoyalanishi, Gannover, Daniya va Polshaning manfaatlari ham inobatga olinishi kerak edi.Agarda Rossiya ushbu shartlarni bajarishdan bosh tortsa, Pyotr shvedlardan olgan barcha hududlarini qaytarib berishga hamda Smolensk va Kiyev ham Polshaga o’tishiga ittifoqchilar harbiy kuch orqali ushbu shartlarga Rossiyani majburan ko’ndirishga kelishdilar.Ushbu loyiha, Rossiyani butunlay Boltiq dengizidan siqib chiqarardi.

Biroq, ushbu shartnoma shartlarini amalga oshishi ham murakkab masala edi.Chunki Yevropada hech kim Rossiyaga qarshi chiqishga botina olmasdi.Shvetsiya hamda harbiy sarkarda Karl XII ning ayanchli ahvoli hamon hech kimning yodidan ko’tarilmagan edi. Pyotr esa ushbu shartlarni osonlikcha amalga oshishiga qarab turmasdi.Bundan tashqari, ushbu shartnoma faqatgina Georg I hamda Avgust II ni qanoatlantirardi, xolos. Daniyaliklar urushni oxiriga qadar olib borish hamda Norvegiyani qaytarib olishni ko’zlayotgan edi.Prussiyaga esa Shtetgin (shvedlardan tortib olingan hudud)ni Rossiya tortiq qilgani sabab, u bilan munosabatlarni yaxshilashga urindi.Fransiya esa Avstriyaga qarshi bo’lgani sabab, Prussiyani qo’llab-quvvatladi. Shuning uchun ham ingliz hukumati Fransiyaga suyana olmasdi.51

Biroq Georg I tomonidan 1719-yil 5-yanvarda tuzilgan Vena shartnomasi o’z mudofaasini mustahkamlash maqsadida tuzilgan bo’lishi mumkin degan taxminlar ham mavjud. Chunki 1718-yil 6-sentabrda Karl hamda Pyotr o’rtasida “Germaniyaga qarshi birgalikda harakat qilish to’g’risida”gi shartnoma tuzilgan. Biroq bu sharatnoma shunchaki loyiha bo’lib, Pyotr tomonidan o’zgartirishlar kiritilishi lozim edi.Ikkinchidan, Vena shartnomasi- Karlning o’limidan 36 kun o’tgach tuzilgan.Demak, Georg I Vena shartnomasini o’zining mudofaasini mustahkamlash maqsadi-da tuzgani, biroz haqiqatdan yiroqdir.52

Karl XII ning o’limi - Georg I , Avgust II va Karl VI o’rtasida ushbu shartnomani imzolash uchun imkon tug’dirgandi.Karl XII ning vafoti bilan Rossiya - Shvetsiya ittifoqi ham tugatilgandi.Endi Vena shartnomasining ishtirokchilari Rossiyani Shvetsiya ustidan erishgan g’alabalaridan mahrum etish , ruslarni butunlay Boltiq dengizidan uzoqlashtirishni ko’zlagan edi.

1719-yil Rossiya hamda Angliya o’rtasidagi munosabatlar tubdan keskinlashdi.Endi ochiqchasiga Angliya - Rossiyaga qarshi siyosatini yashirmadi . Angliya ham Rossiyaning birinchi raqamli dushmaniga aylandi.Angliya Rossiyani ittifoqchilari bilan ham qarshi qo’yishga urindi. Shu sababdan Rossiya rus bozori bilan bog’langan ingliz savdogarlaridan foydalangan holda, ingliz jamoatchilik fikrini o’gartirishga harakat qildi. Rus Savdo Kompaniyasiga Veselovskiy ingliz kemalarining Rossiyaga yuborilishida hech qanday xavf yo’qligi haqidagi gaplarning bari yolg’onligi, hozirda ingliz vakillari Stokgolmda muzokaralar olib borayotgani va Vitvort (ingliz elchisi) Prussiya-Rossiya ittifoqini buzishga urinayotgani, bularning bari Angliya va Rosssiya o’rtasidagi urushning keltirib chiqarishi, shuningdek bu urush ingliz savdogarlariga katta ziyon keltirishi mumkinligini aytib o’tadi. muntazam ravishda parlament a’zolari hamda Rus savdo kompaniyasiga ingliz-rus munosabatlari haqida ma’lumot berib turadi.Ushbu harakatlar o’z natijasini berdi.Veselovskiy Rus savdo kompaniyasiga ingliz eskadrasi Boltiq dengiziga Rossiyaga qarshi harbiy harakatlar uchun yo’lga chiqqani haqidagi xabarni yetkazadi . Ingliz savdogarlari Davlat kotibidan ushbu ishlarga izoh talab qiladilar. 1719-yil kuzida Shvetsiya va Gannover shuningdek, Angliya va Shvetsiya o’rtasidagi bitmlarning imzolangani haqida rus hukumati xabar topgach, Rossiya ingliz jamoatchilik fikrini o’zgartirish yo’lidagi harakatlarini yanada kuchaytirdi. Karl XII ning o’limi bilan Rossiyaning siyosiy vaziyati( Vena kelishuvi, ingliz hukumatining antirus blokini tuzishga urinayotgani) keskinlashdi.Shu sababdan ham Rossiya Angliyaga biroz yon bosishga urindi.1719-yil 28-aprelda Pyotr Boltiq dengizida barcha buyuk davlatlarga hamda erkin shaharlarga rus hamda shved portlari bilan savdo qilishga ruxsat beradi. Ushbu kemalarning rus gavannalariga kelishi uchun shvedalardan ruxsat olinishi, ular ruxsat bergan tovarlargina rus gavannalariga kiritilishini ma’lum qiladi.53

Bundan tashqari,1719-yil 8-iyulda ingliz hamda golland savdogarlariga shvedlar bilan erkin savdo ( kontraband tovarlardan tashqari) munosabatlarini olib borishga ruxsat berildi.Bu bilan ingliz eskadrasini Boltiq dengizida Rossiyaga qarshi suzishini oldini oladi deb hisoblardi.

Shuningdek, rus hukumati tomonidan kontraband tovarlar ( non va tuz ) savdosi ham ta’qiqlangan bo’lsa-da, ularga qarshi qat’iy choralar qo’llanmagan.1711-1718-yillarda Karl XII tomonidan kontraband tovarlar savdosi qattiq qoralaninb,kontraband tovarlar bilan qo’lga tushgan kemalarning barcha tovarlari musodara qilingan edi. Iyul deklaratsiyasiga ko’ra, non hamda tuz yuklangan ingliz kemlari Shvetsiyaga ketayotgan bir vaqtda qo’lga tushsa, rus portlariga qaytib, tovarlarni sotib yuborishga ruxsat berilgan.Rossiya –Boltiq dengizida erkin savdoni yo’lga qo’yuvchi davlatga aylandi.

Rus hukumati ingliz diplomatiyasining ayni vaqtda asosiy vazifasi Shvetsiyani raqiblari bilan munosabatlarini tiklashiga undashi hamda ularning barini Rossiyaga qarshi yo’naltirish ekanini yaxshi anglardi.1719-yil Veselovskiy Kartret (ingliz elchisi)ning Stokgolmga tashrifi haqida xabar beradi.Shuningdek, 1719- yil yozida Kartret hamda Gannover vakillari- shved hukumatini Georg I Antishved kaolitsiyasidan chiqishini, Shvetsiyaga ruslardan tortib olingan hududlarni qaytarib olishida yordam berishini aytib , Angliya bilan tinchlik muzokaralarini olib borishiga ko’ndirishi lozim edi.54

Ingliz hukumati Rossiyani Boltiq dengizidagi erkin savdo siyosatidan qoniqsa-da, ruslarning Boltiq dengizida hukmronlik qilishiga jim qarab tura olmasdi. Inglizlar o’zining Shimoliy urushdan avvalgi qudratini tiklashi, Rossiyani Boltiq dengizida mustahkam o’rnashishini istamasdi.Go’yoki shimolda tinchlik rejasini ishlab chiqqan, ingliz hukumati Gannover, Daniya , Prussiya, Shvetsiya, Polsha, Saksoniya va Avstriya davaltalarini Shvetsiya bilan o’zaro do’stona aloqalarini tiklab, Rossiyani butunlay Boltiq dengizidan siqib chiqarmoqchi edi.Shvetsiyaga Bremen va Verden shaharlarini qaytarilishi va’da qilindi. Ushbu nemis hududlari shvedlar qo’liga o’tsa, qudratli davlat maqomini qayta tiklashiga imkon berib, German imperiyasi a’zosiga aylanardi.Ushbu hududlarning shvedlar qo’lidan ketishi, siyosiy mavqeiga ziyon keltirgan edi. Bu Angliya hamda Gannover uchun juda foydali bo’lib, Fransiya esa Shvetsiyaga o’zining ittifoqchisi sifatida qaragani sabab, Shvetsiyaning Yevropada qudratli davlat maqomini yo’qotishidan manfaatdor emasdi. Chunki Shvetsiya Fransiya uchun kontinentadagi plastdarm vazifasini bajargan edi.

Pyotr buyrug’iga ko’ra, Alanadskiy kongressda (1719-yil 30-iyulda ) rus elchilari Shvetsiyaga harbiyalarning kiritilishi shvedlarni biroz o’ylab ko’rishga undash maqsadida ekanini uqtirishi kerak edi. Shuningdek, Pyotr shvedlarga yon berish maqsadida , Liflandiyaga berilgan imkoniyatlar uchun pul to’lovini va ushbu hududni 20-30 yil muddatga vaqtinchalik foydalanishga olishini taklif etadi. Rus hukumatining sa’y-harakatlari samarasiz bo’ldi. Angliya yordamiga tayangan Shvetsiya, Rossiya bilan Tinchlik sulhini imzolashni rad etdi.




Download 85,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish