Buxoro davlat universiteti tarix fakulteti tarix kafedrasi


Poltava g’alabasi- Yevropada kuchlar muvozanatini o’zgartirdi.Utrextskiy tinchlik muzokarasining borishi



Download 85,44 Kb.
bet5/12
Sana19.07.2021
Hajmi85,44 Kb.
#123365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Xviii asr birinchi choragida rossiyaning tashqi siyosati

1.2.Poltava g’alabasi- Yevropada kuchlar muvozanatini o’zgartirdi.Utrextskiy tinchlik muzokarasining borishi.

Poltava g’alabasi Rossiya xalqaro mavqeini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi. G’arbda yengilmas harbiy zobit Karl XII nomi Pyotr I ismi bilan almashdi. Poltava g’alabasiga qadar Kiyev, Serpuxov, Mojaysk, Tver va hattoki Moskva shaharlarining mudofaasi mustahkamlangan bo’lsa, Poltava g’alabasidan so’ng Pyotr I ning o’z kuchiga ishonch hamda azaliy orzularini ro’yobga chiqarish imkoniyatiga ega bo’ldi.Poltava g’alabasi bilan urush yakunlanib qolmay, Pyotr I oldida urushni muvafaqqiyatli davom ettirish uchun “ Shimoliy ittifoq” ni qayta tiklash, Boltiq dengizda qudratli flot tuzish vazifasi turardi. Poltava g’alabasi - G’arbiy Yevropa mamlakatlarining Rossiyaga nisbatan munosabatini tubdan o’zgartirdi. Alekseyning Sharlotta Volfenbyutellskiy german imperatorining opasiga uylaninshi bilan, rus-german munosabatini mustahkamladi. Angliyaning bo’lajak qiroli, Gannoverskiy kurfyurist Georg I ham Rossiya bilan yaqinlashish taklifini bildirdi. Muzokaralar 1710-yil yakunlanib, 12 yil muddatga ittifoq konvensiyasi tuzildi.14



Fridrix I Prusskiy ham Pyotr Ini g’alaba bilan tabriklab, o’z ministiri Fon Kemkenani uning huzuriga yuborib, rasmiy uchrashuvga taklif qildi. Shvedlarning yordami bilan Stanislav Leshinskiy Pomeraniyaga qochishi zahotiyoq, Polsha prestoli Avgust II o’z taxtini qayta egalladi.Taxtga qaytgan Avgust II Polshaning ozod etilishidan minnatdorligini bildirib , Tornda Pyot I bilan uchrashdi. Torndagi ushbu uchrashuvga ko’ra, eski ittifoq shartlari saqlangan holda, Rossiyaga Ingriyadan tashqari, Revel shahri bilan Estlandiyani berilishi haqidagi yangi punkt kiritilgan holda Ittifoq qayta tiklandi.

Daniya bilan 1699-yil Ittifoq shartnomasi imzolangan edi. Poltava g’alabasiga qadar (1708-1709 yil) Kopengagenda bo’lgan rus elchisi V.L. Dolgorukiy Daniya bilan shartnomani qayta tiklashga harchan urinsada, uning bu harakatlari ijobiy yakunlanmadi. Daniya hukumati Karl XII ning Rossiyaga yurishi nima bilan yakunlanishini kuzatishni ma’qul ko’rdi.Daniya hukumati ochiqdan-ochiq V.L. Dolgorukiygashved armiyasi hamda uning ittifoqchilari ingliz va gollandlardan qo’rqishini ma’lum qildi. Rus armiyasining Lesnoydagi g’alabasi ham Daniyaliklar fikrini o’zgartira olmadi. Lesnoydagi g’alabadan so’ng V. L.Dolgorukiy ittifoqning qayta tiklanishi evaziga Daniya hukumatiga birinchi yili 300 ming yefim hamda urush yakunlangunga qadar har yili 100 ming yefim subsidiya to’lanishini taklif qildi.1709-yil Poltava g’alabasi haqidagi xabar yetib kelgunga qadar, yana subsidiyalar miqdori oshirildi.Dolgorukiy subsidiya to’lovidan tashqari, flot qurilishi uchun zarur materiallar, shuningdek 2-3 ming matros hamda 10 ming harbiy askar berilishini ham ma’lum qildi.Dolgorukiy yana subsidiyalar miqdorini oshirib, birinchi yili 500 ming yefim subsidiya , 10 ming harbiy askar o’rniga 20 ming askar berishni taklif qilishi arafasida Poltava g’alabasi haqidagi xabar yetib keldi. Poltava g’alabasi, Rossiya uchun Daniya bilan ittifoqni hech qanday subsidiyalarsiz imzolanishi uchun imkon yaratdi.15 Biroq biroz muddat , daniyaliklar qat’iyat bilan harbiy qo’shin va moliyaviy yordamni Rossiyadan talab etsada, Dolgorukiy muzokaralar oxiriga qadar o’z fikrini o’zgartirmadi.Kopengagendagi ingliz va golland elchilari Daniyani Rossiyaga qarshiurushda shvedlarni qo’llab- quvvatalshni, buning evaziga ispan merosidan so’ng ingliz va golland hukumati uni quruq qo’ymasligini aytib,ochiqchasiga tahdid ham qilishdi.Kopengagendagi ingliz va golland hukumati Daniyaning Rossiya bilan ittifoqiga oshkora rad javobini bildirdi. V.L.Dolgorukiy 1709-yil 29- oktabrda Golovkinga yo’llagan maktubi : “ Uchinchi kuni meni xonadonimdagi tushlik vaqtida ingliz va golland elchilari Rossiya va Daniyaning ittifoqiga qarshi ekanini e’tirof etishdi.” deya yuqoridagi fikrimizni tasdiqlaydi.Muzokaralar davomida Gaagadagi rus elchisi Matveev qa’tiyat bilan qarshilik qilayotgan ingliz va golland elchilariga qarata “ Bizning ittifoqimiz masalalari sizlarni qiziqtirmasin , agar yana bizning munosabatlarimizga qarshilik ko’rsatsangiz , buyuk shohimiz bunga munosib javob beradi” deya ogohlantirish bildirdi, L.V.Dolgorukiy uni so’zlardan foydalanish jarayonida ehtiyot bo’lishini aytdi. Oxir- oqibat Daniya ingliz va golland elchilarining tahdidiga qaramay ,hech qanday subsidiyalarsiz shartnomani qayta tiklashga rozi bo’ldi. Pyotr I buyrug’i bilan V.L.Dolgorukiy hech qanday subsidiyalari to’lovisiz, 1709-yil 11-oktabrda Daniya bilan ittifoq shartnomasini tuzdi. 16 Ushbu shartnomaga ko’ra, Daniya Norvegiya orqali Skoniyga yurishi, Rossiya esa Finlandiya orqali Polshaga hujum qilishga kelishib olindi. Ingliz diplomatiyasi qarshiligiga qaramay, Poltaviy g’alabasi - Rossiya, Polsha, Saksoniya hamda Daniya o’rtasidagi “Shimoliy ittifoq” ni qayta tiklash imkoniyatini berdi.Shuningdek, ittifoq tarkibini kengaytirish imkoniyati ham yuzaga keldi.Rus diplomatiyasi Gannover hamda Prussiyani ittifoq tarkibiga kiritish harakatini qildi.

Poltaviy g’alabasi- shvedlar mag’lubiyati, Turkiyaning ham Rossiyaga munosabatini tubdan o’zgartirdi. 17 Konstantinopoldagi rus elchisi P.A. Tolstomni shaxsan sultonning o’zi taklif qilib, Pyotr I kelishuv shartnomasini buzmasa , Sultonning o’zi ham shartnoma shartalariga rioya etishini aytdi.Noodatiy tarzda Buyuk vazirning o’zi ham P.A Tolstom bilan suhbat qurdi.Mazepa va Karl XII qochoqlarni rus hukumati talab qilgan vaqtda , Karl XII , Rossiya hamda Polsha Turkiyaga qarshi yurishga tayyorgarlik ko’rayotganini aytdi. Karl XII ning xabariga ko’ra, Turkiyaga urushga tayyorgarlik ko’ra boshladi.Bu tayyorgarlik haqida rus hukumati so’raganda, “ har ehtimolga qarshi” harakat, Rossiya va uning ko’p sonli ittifoqchilari biz uchun biroz xavfli deya o’z niyatlarini sir tutadilar. Karl XII ning birlashib Rossiyaga qarshi harakat qilish taklifini, sultonning rad etishi, Turkiyani Rossiyaga qarshi urush harakatlarini boshlash niyati yo’qligini bildirardi.

Rossiyaga nisbatan Fransuz imperiyasining pozitsiyasi ham o’zgardi.Lyudovik XIV ham Pyotr I bilan yaqinlashish yo’llarini qidira boshladi.Fransiyaning “Shimoliy ittifoq” hamda uning a’zolari bilan ittifoq tuzish taklifini Angliya va Gollandiya rad etgach, uning bu taklifi o’z ahmiyatini yo’qotdi. Biroq, Fransiya Rossiyaga ( 1703-1704 –yil ham tashrif buyurgan) De Balyuzani elchi sifatida yubordi.Balyuzaga Shvetsiya hamda Rossiya o’rtasidagi muzokaralarga, Fransiyaning vositachilik qilish taklifiga Pyotrni rozi qilish vazifasi yuklatilgan edi.18 Fransiya qiroli Lyudovik XIV fikriga ko’ra, agar Rossiya va Shvetsiya o’rtasida tinchlik sulhi imzolansa, Fransiya uchun ancha foydali bo’lar edi. Chunki ushbu yarash bitmining imzolanishi, Fransiyaga qarshi guruhning o’z pozitsiyasini o’zgartirishga majbur eta olar edi. Balyuzi so’zi bilan aytkanda, “SHimoliy ittifoq” a’zolari qurolsiz ham xalqaro maydonda o’z so’zini o’tkaza oladigan kuchga aylangandi.Balyuz PyotrI ni Shvetsiya bilan yarash bitmini imzolashga , shuningdek fransuz imperatoriga qarshi kurashayotgan venger qo’zg’olonchilariga qarshi kurashda Rossiyani qo’llab- quvvatlashiga rozi qilishi lozim edi.19 Endi Fransiya Shvetsiyani qo’llab- quvvatlashdan hech qanday manfaatdor emasdi, uning ustiga urush boshlangan bir davdrda Shvetsiya Fransiya bilan ittifoq shartnomasiga qaramay, Angliya va Gollandiya bilan ittifoqqa kirgandi.Yevropada qudratli dengiz flotiga ega Rossiyaning qudrati mislsiz darajada oshishi, unga qarshi ingliz va gollandalarni g’ashini keltirdi. Chunki shu kunga qadar Yevropaning butun savdo sistemasi ingliz va gollandlar qo’lida edi.Endi Rossiya butun Yevropani kema qurilishida kerak bo’ladigan zaruriy materiallar hamda asal, qaymoq, smola, qatron, ipak, jun shuningdek Eron tovarlari bilan ta’minlashi mumkin edi.Lyudovik XIV Rossiyaga o’zaro ittifoqqa birlashishi evaziga, Qora dengiz orqali Sharq yerlariga chiqish imkoniyatini (turk sultoni roziligi evaziga) olib berishini, shuningdek Boltiq dengizida mustahkam o’rnashib olib, hukmronlikni gollandlardan tortib olishida qo’llab quvvatlashini va’da qildi.20

Rossiyaning Shvetsiya ustidan g’alabasi Angliya tashqi siyosatining katta mag’lubiyati bo’ldi.Chunki ushbu urushda Shvetsiyani qo’llab quvvatlagan ingliz hukumati Rossiyaning g’alaba qozonishini kutmagan edi.Shvetsiya va Rossiya o’rtasidagi yarash bitmiga vositachilik qilmaganidan ham afsusda edi.Angliya eng avvalo Fransiyani shuningdek “Shimloliy ittifoq” ni butunlay yo’q qilishni o’z tashqi siyosatining asosiy masalasi qilib belgiladi. Shu maqsadda Angliya, Daniya va Rossiya o’rtasidagi shartnomani imzolashga qarshilik ko’rsatdi. Biroq shartnoma imzolanib rus armiyasi yordami bilan Daniya bir necha hududlarni qo’lga kiritdi.Pyotr Germaniyaga bostirib kirmoqchi degan gap so’zlar bilan nemis hukumatini Rossiyaga qarshi qayradi.Shved va rus hukumati yarash bitmini imzolashi haqidagi xabarning butun Yevropaga tarqalishi, Angliya va Gollandiyani cho’chitib qo’ydi.Angliya Shved- rus yarash bitmini buzish maqsadida, Shvetsiyaga urushni davom ettirishi uchun bajarishni istamasada, quruq vadalar berdi.Ingliz va golland hukumatining yordamiga tayangan Shvetsiya urushni davom ettirib, Polsha va Daniyani urushga kirishi esa Shvetsiyani butunlay vayron etdi.Rossiyaning g’alaba qilishi Angliyaning unga nisbatan munosabatini tubdan o’zgartirdi. Endi Angliya, Fransiya bilan munosabatlariga Rossiya vositachilik qilishini istadi. Biroq Angliya bu niyatini amalga oshirishi uchun, qulay vaziyatini boy bergandi.Chunki Poltaviy g’alabasidan avval Rossiya ushbu masalada vositachilik qilish uchun, siyosiy hamda iqtisodiy to’lovlarni to’lashga rozi bo’lgan bo’lsa, endi Rossiya ma’lum bir foyda hamda mamlakat xavfsizligi ta’minlanishi evazigagina shunchaki vositachilik qilishdan ko’ra Buyuk ittifoqga kirish foydaliroq ekanini aytdi.Aniqroq qilib aytkanda, ingliz elchisi Vitvortning taklifiga Pyotr shu tarzda javob qildi.21



Ispan merosi uchun kurash dengiz hukmdorlari ( ayniqsa Angliya)ning qo’lini boylab qo’ygani sabab, Boltiq dengizidagi kurashga halaqit qila olmayotgan edi. Angliya Fransiya bilan yarash bitmini imzolab, Boltiq dengiziga munosub o’rnashib olayotgan Rossiyaga zarba berishga shoshildi. Xuddi shu davrda,Poltaviy jangidan so’ng shvedlar Polsha hamda Liflandiyadan Shvedlar Pomeraniyasi tomon chekindi.Shvedlar qarshiligini butunlay sindirish uchun rus armiyasi Pomeraniyaga hujum qilishi kerak edi.Biroq rus armiyasining Pomeraniyaga hujumi, urushning Germaniya hududlarida olib borilishiga Buyuk ittifoq davlatlari butunlay qarshi edi.Daniya, prusskiy, saksonskiy va golshinskiy otryadlari Niderlandiyada Fransiyaga qarshi Buyuk ittifoq tarafidan kurashayotgan edi.Angliya asosan bu davrda begona qo’llar yordami bilan ya’ni nemis knyazlari qo’shini orqali fransuzlarga qarshi kurashayotgan edi. Shu sabab ham Angliya va Gollandiya, 1709 – yil, dekabrdayoq Avgust IIga urush harakatlarini Germaniya ya’ni Polsha va Daniya tomon yoyilishiga yo’l qo’ymaslik majburiyatini yukladi. 1710- yil, 31-mart Gaagada,Buyuk Britaniya elchilari, avstiriskiy imperator, Birlashgan provinsiyalar Imperiyaning betarafligi to’g’risidagi Konvensiyani imzoladi. 1710-yil 3-iyulda Shved Germaniyasining betarafligini saqlash to’g’risidagi Rus-Gannover shartnomasi imzolandi. Betaraflik to’g’risidagi Konvensiya nafaqat, Germaniyada tinchlikni saqlash, rus armiyasini Nemis hududlariga kirib kelishini ta’qiqlaydi, shuningdek birlashgan “shimoliy ittifoq” a’zolarining Shvetsiyaga beradigan qashqatqich zarbasidan ham himoyalagan edi.22 Ushbu konvensiya Shvetsiya manfaatlari uchun xizmat qilsada, Shved hukumati tomonidan tasdiqlanganiga qaramay, Karl XII uni rad etdi. Betaraflik Konvensiyasi Karl XII ni ishtirokisiz qabul qilingani sabab ham , uning qarshiligiga uchragan bo’lishi mumkin. Xuddi shu davrda,Rossiya- Daniya va Avgust II ham Imperiya hududidagi shved qo’shinlarini“Shimoliy ittifoq” ga hujum qilmaslik sharti bilan, betaraflik konvensiyasini ma’qulladi.1710-yilgi Betaraflik Konvensiyasi Rossiyani Boltiq dengizidagi muvaffaqiyatlarini to’xtatish uchun bir urinish edi.Betaraflik Konvensiyasi Karl XII tomonidan rad etilgach, ingliz hukumati“Shved ministiri bizdan yordam so’rasa-da, biz ularga Betaraflik konvensiyasi orqali yordam berishga intildik , biroq ular buni rad etib imkoniyatlarimizni cheklab qo’ymoqda” deya yuqoridagi fikrimizni tasdiqlaydi.1710-yil mayda Angliya, Fransiya, Avstriya hamda Gollandiya mamlakatlari o’rtasida tinchlik sulhi uchun dastlabki muzokaralar boshlandi. Rus elchisi V.L.Dolgorukiy guvohlik berishicha ushbu muzokaralarning ilk yeg’ilishi 1710-yil 19-mayda bo’lib o’tgan. Ushbu muzokaralar Rossiyani G’arbiy Yevropadagi vaziyatga yanada sergak bo’lishga undadi. Muzokaralarda Rossiya nomidan ish ko’rgan elchilar A.A. Matvev, B.I.Kurakin, V. L.Dolgorukiylar Angliyaning Rossiyaga nisbatan adovatini Fransiya bilan urush sabab yashirib turganiga aniq iqror bo’ldilar. Rossiyaga munosib zarba berishni niyat qilgan Angliya , 1711-yil o’z elchilarini yuborish orqali Daniyaga Shvetsiya bilan yarash bitmini imzolashi uchun vositachilik qilishini taklif etdi.Stats-sekretar Sen-Djon Daniyalik elchiga Londonda bir necha oy ichida shvedlar bilan yarash bitmini imzolashini, keyinchalik esa “Shimoliy ittifoq” dan chiqish haqida ma’lum qilishini taklif etadi. Londondagi daniyalik elchi Rozenkrats Kurakinga xabar berishicha, ingliz elchisi Kopengagenda Daniya qiroliga ittifoqdan chiqish haqidagi sulh muzokaralarida Angliya vositachilik qilishini taklif qilayotganini bildirgan. Ingliz hukumatining “Shimoliy ittifoq”ni bo’lib tashlash haqidagi 1709-1711-yillardagi xatti-harakatlari foydasiz bo’ldi.Daniya, Saksoniya va Polsha, rus armiyasi bilan birga harakat qilsa , albattta urushda g’alaba qilishlarini juda yaxshi bilardi.23

Rus armiyasining zaiflashuvi uchun harakat qilgan inglizlarning xizmati bilan 1711-yil Rossiya va Turkiya o’rtasida urush boshlandi. Ushbu urush boshlanishi bilan, V.L.Dolgorukiy Golovkinga bergan xabariga ko’ra, inglizlar Daniya - Shvetsiya o’rtasidagi yarashuv muzokaralarida vositachilikni taklif qildi. B.I.Kurakin Londondan xabar berishicha, “ Angliya- bugungi kundagi Rosiyaning eng asosiy raqibi ” deya o’sha davrdagi ingliz-rus munosabatlariga munosib baho beradi. Shvetsiya bilan urush harakatlarini olib borayotgan Rossiya uchun Turkiyaning urush e’lon qilishi , Rus armiyasini butunlay noqulay vaziyatga qo’ydi. Turkiya Rossiyaga qarshi urush e’lon qilishi bilan, harbiy harakatlar boshlanmasa-da, Pyotr Turkiya bilan tinchlik sulhini imzolashi uchun ko’mak berishlarini so’rab Yevropaning qudratli davlatlariga murojaat qildi. Ushbu maqsadda Rossiya Fransiyaga hamda 1711-yil fevralda Kurakin Londonda, Matveyev Gaagada ingliz va gollandlarga Pyotr buyrug’iga ko’ra,Turkiya bilan yarashuv sulhini imzolashiga ko’mak berolmasa, hech bo’lmaganda Karl XII bilan muzokaralar olib borishida qo’llab - quvvatlashini so’rab murojaat qilishadi.24 Shu yilning 18-fevralida Kurakin ingliz hukumatiga Rossiyani qo’llab quvvatlashi evaziga, Fransiyaga qarshi kelajakda birgalikda harakat qilishni, shuningdek 30 ming soldat bilan ko’mak berishini taklif qiladi. Rus hukumati Ingriya, Kareliya, Narva, Estlandiya (Revel bilan birga) va Viborg, Finlandiyadan Gelsingforgacha hududlar Rossiya qo’l ostida qolishi,Riga bilan birga Liflandiyani esa Polshaga berilishi, Daniya qirolini ham quruq qo’ymaslik haqidagi shartlar evaziga Shvetsiya bilan yarashuv sulhini imzolashini ma’lum qildi. Biroq, Rossiyaning Turkiya bilan urush harakatlari boshlangani haqidagi xabarni eshitgan Karl XII bu taklifni rad etdi. Kurakin ingliz hamda gollandlardan yordam so’rash foydasiz ekanini, bu faqat Rossiyaning xalqaro maydondagi mavqeini obro’sizlantirishini aytadi.Rus- turk urushida Angliyaning roli borligi shak- shubhasiz edi.1710-yil oxirida Rossiyaga qarshi Turkiya urush e’lon qilgan bo’lsa, harbiy harakatlar esa 1711-yil bahorida boshlandi. Prut qirg’og’idagi jangdan so’ng, 9-iyuldan o’zaro muzokaralar boshlandi. Shvetsiya bilan ham harbiy harakatlarni olib borayotgan Rossiya, og’ir shartlar evaziga bo’lsa ham yarashuv sulhini imzolashga majbur edi . Karl XII ni Turkiyadan chiqib ketishi evaziga, Rossiya Azov hamda Azov dengizidagi qal’alaridan mahrum bo’ldi. 1711-yil 12-iyulda, Rus- turk yarashuv sulhining imzolanishi, ingliz hukumatining norozilik kayfiyatini uyg’otdi. Endi inglizlar Rossiya bilan munosabatlarga ehtiyotkorona yondashish hamda yaqinlashish yo’llarini qidira boshladi.25

Betaraflik Konvensiyasi Buyuk ittifoq hamda Shvetsiya manfaatlari uchun xizmat qilgan bo’lsa,1710- yil oxiri va 1711-yil Turkiya Rossiyaga urush e’lon qilgach, Rossiya foydasiga ham xizmat qilgan bo’lsa, shuningdek ( Rossiya ittifoqchisi)Polshani ham g’arbiy hujumdan himoyaladi. Xuddi shu vaqtda 10 ming qo’shinga ega Krassau boshchiligidagi shved armiyasi Polshadan Saksoniyaga ko’chirilib, askarlar soni 18 mingga yetkan edi.Turkiya Rossiyaga urush e’lon qilgach, ushbu shved qo’shini Polsha uchun xavf sola boshladi.Betaraflik Konvensiyasiga ko’ra ittifoqchilar (Angliya, Avstriya va Gollandiya) ushbu shved korpusini imperiyadan chiqarib tashlashi yoki qurolsizlantirishi zarur edi.

Betaraflik Konvensiyasidan Rus diplomatiyasi foydalanib qolishga urindi.1710-yil 27- oktabrdan 1711-yil 24 -iyunga qadar Londonda bo’lgan Kurakin, Betaraflik Konvensiyasi shartlarini bajarilishini nazorat qiluvchi ingliz, golland hamda avstriyalik harbiylardan iborat 15 ming qo’shin tuzishini talab qildi.Biroq ingliz hukumati ushbu Konvevsiya shartlarini bajarishga shoshilmadi. Betarflik Konvensiyasi Rossiya manfaatlariga xizmat qilayotgani sabab ham, ingliz hukumati ushbu konvensiya shartlarini bajarishni istamadi. Rossiya va Turkiya o’rtasida yarash sulhi imzolangach, Vitvort ( Korobaldda edi) Kurakinga ingliz hukumati, urushning Imperiya hamda Elbaga qadar kengayishiga yo’l qoymasligini bildirdi.



Betarflik Konvensiyasi masalasiga Gollandiya o’zining ijobiy munosabatini bildirdi. Chunki Gollandiya Shved qo’shinlarining birlashuvidan hadiksirasa, boshqa tarafdan golland hukumatining Rossiya bilan munosabatlari yaxshi emas edi.26

Gertsog Malboro ingliz hukumatida munosib o’ringa ega bo’lgani sabab, uning hukumatga kelishi bilan, Angliya- Rossiya munosabatlari yanada keskinlashdi. Betarflikni saqlash uchun ittifoq armiyasining tuzilishiga shved hamda turk hukumati ham qarshi ekanligi sabab Angliya ham ushbu armiyaning tuzilishiga yo’l qo’yolmas edi.Malboroning fikrlariga e’tibor bermay, ingliz hukumati bilan muzokaralarni davom ettirishni Matveyev Kurakinga tavsiya etdi. Ingliz hukumati Krassau boshchiligidagi shved armiyasini qurolsizlantirish haqida hech qanday choralarni qo’llamadi, chunki Karl XII ni Betarflik Konvensiyasi shartlari qoniqtirmas edi. Shu sabadan ham shved qiroli Karl XII Betaraflik Konvensiyasini ta’n olmadi.1711- yil mayda Kurakin qirolicha Annaga shved qiroli Betaraflik Konvensiyasini ta’n olmayotgani, uning Pomeraniyadagi qo’shinlari Polsha tomon harakatlanish uchun qulay sharoit kutayotgani, shu sabab ham Betarflik Konvensiyasi shartlarini bajarilishi, shuningdek imperiyada tinchlikni saqlash uchun Ingliz, golland, hamda rus harbiy kuchlarining birlashgan armiyasini tuzish taklifini bildirdi. Biroq Pyotr ingliz va gollandlarni shvedlarga qarshi birlashuviga ishonmas edi. Pyotrning bu taklifi shvedlarga tegishli Germaniya hududlariga qarshi harbiy harakatlarni boshlash uchun ilk qadam bo’ldi. Kurakinning qirolicha Annaga yo’llagan memorialida qirolicha va uning tarafdorlari rus armiyasi bilan birlashuvni istamasa, Rossiya Pomeraniyadagi shved armiyasiga qarshi harbiy harakatlarni boshlashini ma’lum qildi. Ushbu mazmundagi memorial ilk bor 1771- yil yanvarda qirolicha Annaga yo’llangan bo’lib,ingliz hukumati tomonidan hech qanday javob berilmagan edi.Ingliz hukumati bu davrda go’yoki betaraf siyosat yuritdi. Angliyaning“ ayyorona” bunday harakati Rossiyani ajablantirmasdi. Betaraflikni saqlash korpusini tuzishga Angliya muvaffaq bo’lmagani sabab, Rossiyani Pomeraniyaga hujumini to’xtatishga ham qodir emasdi. Ingliz hamda gollandlar Rossiyaning Pomeraniyaga hujumiga qarshi hech qanday choralar qo’llamadi. Oqibatda Pyotr uchun qulay sharoit yuzaga keldi.27 1711-yil 30-may, Yaroslavda Polsha qiroli Avgust II Pomeraniyaga qarshi harbiy harakatlarga qo’shilishini ma’lum qildi. Unga ko’ra, Pyotr Polshadagi 6 mingdan ortiq rus harbiylari oldiga yana 8-10 ming qo’shin yuborishi majburiy edi.Karl XIIni Betarflik Konvensiyasini ta’n olmagani, Rus diplomatiyasining yutug’i edi.Shu sabab ham, Yevropaning qudratli davlatlari Rossiyaning Pomeraniyaga hujumiga qarshilik qilolmadi. 1711-yil 3-avgust Gaagada Rossiyaning ushbu harakatiga Yevropaning qudratli davlatlari rasmiy roziligini bildirdi. Sen- Djon ularning bu xatti- harakatida Karl XII ning qaysarligini sabab qilib ko’rsatdi. Ingliz hukumati Rossiyaning bu harakatlariga qarshilik qilmasdan, rus armiyasi miqdori qancha ko’p bo’lmasin, Prut yurishi bilan band bo’lgani sabab Pomeraniyada harbiy harakatlarni olib borishiga ishonmas edi. Gaagadagi Matveyev (rus elchisi): “Ingliz hukumati Rossiyaning Pomeraniyaga qarshi harbiy harakatlarni olib borishiga ijobiy yondashsa-da, Turkiya bilan urushning qayta boshlanishini hamda bizning armiyamiz Pomeraniyadan chekinishini istashmoqda” deya ingliz diplomatoyasining faoliyatini izohlaydi.1711-yil 16-oktabrda Matveyev Buyuk ittifoq hamda Fransiya o’rtasida kelishuv sulhini imzolanishi haqida xabarni eshitgach, “ Agar ingliz hukumati Fransiya bilan yarashuv sulhini imzolasa, hech ikkilanmay shvedlarni qo’llab-quvvatlaydi” deya xabar bergan. 30- noyabrda yo’llagan maktubida Matveyev Fransiya bilan yarashuv sulhini imzolanishi bilan, Rossiya uchun ayanchli kelajakni bashorat qiladi. “Jangdan qo’li bo’shaganAngliya hamda Gollandiya, endi Polsha va Daniyani ittifoqdan chiqishga undaydi. Shuningdek Shvetsiyaniqo’llash orqali Rossiyaga munosib zarba berishni ko’zlaydi.”

Bu davrda Angliya - antishved kaolitsiyasidan Daniyani chiqarish, shu bilan “ Shimoliy ittioq” ni harbiy flotidan mahrum etishni ko’zladi.Shu davrning o’zida Angliya- Rossiya mu nosabatlari yanada keskinlashdi.28

1712-yil 1-dekabrda Rossiyadagi ingliz elchisi Vitvort 8 yillik faoliyatini yakunladi. 2 yil davomida ingliz hukumati ushbu lavozimga hech kimni tayinlamadi.Vaziyat shu qadar keskinlashdiki, Angliya ochiqchasiga Shvetsiyani qo’llay boshladi.

Daniyadagi rus elchisining 1712-yil 3-avgustda V.L.Dolgorukiyga yo’llagan maktubida Rossiya, Buyuk ittifoq hamda Fransiya o’rtasida Tinchlik Sulhi tuzilgunga qadar Germaniyaga hujum qilishini ta’kidlab, ingliz qirolichasining muntazam ravishda Daniya qiroliga tahdidi to’xtamayotganini aytib, ogohlantiradi.

Shuningdek, Angliya va Gollandiyaning o’zaro munosabatlari ham keskinlashdi. Bu vaziyatdan unumli foydalanishga uringan, Rossiya Angliyani “ Shimoliy urush” ga betaraf munosabatda bo’lishiga undadi. Biroq, harbiy harakatlar Golshtinga ko’chgach ya’ni rus armiyasi Shteynbek boshchiligidagi shvedlarni ta’qib qilayotgan bir vaqtda, ingliz hukumati Gollandiyani birgalikdagi eskadrasini Boltiq dengiziga yo’llab, Daniyani ittifoqdan chiqishiga majbur qilib, uning qo’shinini ham rus armiyasiga qarshi Golshtinga jo’natishga ko’ndirishni reja qildi. Eskadra 15 qatordan iborat kemalar , Boltiq dengizida Rossiyaga qarshi harbiy harakatlar uchun saf tortdi. Bu xabarni eshitgan Pyotr 1713-yil 12-fevralda rus elchisi Fon Der Lituni Londonga qirolicha huzuriga yubordi. Unga ko’ra “ Eski do’stligimiz haqqi- hurmati Rossiya, Angliyaning shvedlarni qo’llab-quvvatlashiga ishonmayapti. Men ishonaman, qirolicha bu urushga aralashishni istamaydi. Ahir Rossiya ham ingliz hukumatining Fransiyaga qarshi harbiy harakatlariga hech qanday to’sqinlik qilmagan.” Bundan tashqari, Angliya Shvetsiyani qo’llab- quvvatlasa, Rossiya va uning tarafdorlari unga bor kuch- qudrati bilan qarshilik qilishini ham aytib o’tadi.Biroq ushbu maktub ingliz qirolichasi qo’liga yetib bormadi.

Utrextskiy Kongressda ishtirok etgan Kurakin ingliz elchilariga Angliya, Rossiyaga qarshi harbiy harakatlarni boshlasa, ikki tomonlama savdo aloqalari uchun moliyaviy zarar bo’lishini aytib, tahdid qiladi. Butun Kongress ochiqchasiga tahdidlar bilan murojaat shaklda o’tdi.29

GollandiyaAngliyaniqo’llab-quvvatlamasada, inglizeskadrasirusarmiyasigaqarshiBoltiqdengizidasuzdi.Shuningdek,Qirolicha Annaga, Rossiya Boltiq dengizida o’z gavannalariga ega bo’lsa, ingliz va golland kemalaridan foydalanmay, rus kemalari orqali Boltiq dengizida savdo qilishi haqidagi Petitsiya bilan ingliz savdogarlari murojaat qildi. 1713-yil 11-aprel Utrextda Fransiya va uning raqiblari o’rtasida Tinchlik Sulhi imzolandi. Ingliz hukumati uzoq kutgan damlar yetib keldi, endi hech ikkilanmay Angliya “Shimoliy urush ” masalalari bilan shug’ullanish imkoniyatiga ega bo’ldi. Inglizlar Gollandiyaga Shimoliy urushni butun shimoliy Yevropaga yoyilmasligi uchun ingliz-golland eskadrasini tushirishni taklif etdi.Biroq gollandlar 1711-yildayoq Fransiya bilan tinchlik sulhini imzolagan edi.Muzokaralar davomida gollandlar Shimoliy urush masalasida inglizlarni qo’llab-quvvatlamasligi ko’zga tashlandi.Kurakin muzokaralar davomida gollandlar Rossiyani Boltiq dengiziga chiqish uchun harakatiga qarshilik qilmasligini yaqqol sezdi.Aksincha Gollandiya, Rossiya bilan savdo aloqalarini kengaytirish maqsadida edi, chunki gollandlar bundan manfaatdor edi.Utrext kongressi davomida fransuz va shvedlarning butun Yevropani Rossiyaga qarshi undashi samarasiz bo’ldi.Shved elchisi 1713-yil fevralida Palkimivist Utrext kongressi vakillariga Yevropada urushni to’xtatish, shvedlarga avvalgi hududlarini qaytarish (Pomeraniya, Bremen , Verden) evaziga amalga oshirish mumkinligi haqidagi takliflari bilan Memorandum orqali murojaat etdi.Kongress davomida umuman Rossiya masalasi ko’rilmadi, norasmiy tashriflari orqali Kurakin bundan xabardor bo’lib turdi.1713-yil sentabrda Kurakin xabariga ko’ra, gollandlar shimoliy urush masalalariga aralashmasligini, imkon bo’lsa yordam qilishlarini inglizlar elchisi milord Stafford orqali ma’lum qildilar.Endi Angliya Rossiyaga qarshi yolg’izlikda harakat qilolmas edi.Gollandiya esa Rossiya Boltiq dengiziga kirib borishi bilan, ruslarning yordamiga tayanagan gollandlar inglizlarni Boltiq dengizidan siqib chiqarmoqchi edilar. 30

Ushbu davrda rus-ingliz munosabatlari yomonlashgan bo’lsa-da, ular o’rtasidagi savdo aloqalari yanada mustahkamlandi.Rus tovarlarining 5 yil davomida (1697-1701 y) Angliyaga olib ketilganligi 494 ming f.st tashkil etgan bo’lsa,keyingi 1702-1706-yillar davomida 543 ming, 1707-1711-yillarda 758 minnga o’sdi.1712-1716-yillarda 823 ming f.strga yetdi. Ko’rinib turibdiki, ushbu savdo aloqalari ikki tomonga ham manfaatli bo’lib, ikki davlat ehtiyojlarini qondirgan .31

Ingliz-rus savdo aloqalari Arxangelsk shahri orqali amalga oshirilgan.1711-yilning o’zida inglizlarning Arxangelsk shahriga savdo boji to’lovi 53.636yefim yoki 26.818 rublni tashkil etgan.Bu butun chet savdogarlarining Arxangelsk shahriga to’lagan 1711-yilgi savdo bojini yarmini (58.989) tashkil etgan .32Arxangelsk shuningdek, Boltiq dengizi bilan olib borilgan savdo munosabatlari yanada samarali bo’ldi. 1713-1714-yillarda Angliya va Gollandiya bunday daromadli savdo munosabatlari sabab, Shvetsiyaning Boltiq dengizidagi blokadasiga e’tiroz bidirisha boshladi.Karl XII Benderada ekanida kapitan Djeyms Djefferis, shuningdek 1711- yil mayda Stokogolmdagi ingliz vakili Robert Djekson hamda golland elchilari bilan birga shved hukumatiga Boltiq dengizida ruslar bilan savdoni ta’qiqlash haqidagi Ediktni rad etish haqidagi taklif bilan murojaat etishdi. Biroq ingliz hamda gollandlarni bu sa’y- harakatlari foydasiz bo’ldi. Karl XII toki Boltiq dengizida ruslar bor ekan , bu edikt o’z kuchini yo’qotmasligini aytib, qarorida qat’iy turdi.33

Boltiq dengizida gollandlarni ruslar yordami bilan hukmron bo’lishidan cho’chigan Angliya, Shvedlarga yordam eskadrasini yuborishdan cho’chidi. Angliya shvedlarga, Rossiyaga qarshi harbiy eskadrasini yuborishi mumkin edi, qachonki Fransiya hamda Gollandiya ham inglizlarni qo’llb-quvvatlasa.Lekin Lyudovik XIVning ko’magi shunchaki quruq gap bo’lib, Gollandiya esa inglizlarni Utrext kelishuviga aralashuvidan norozi bo’lishidan tashqari, gollandlarning moliyaviy ahvoli ham yaxshi emas edi. Oqibatda ingliz qirolichasi Anna Rossiya bilan urushga kirishni ham, Shvetsiyaga ko’mak berishni ham ma’qul ko’rmadi.

1713-yil 15-dekabrda Rossiyadagi savdo kompaniyalari Angliya hamda General Shtatlardan o’zlarini xavfsizligini ta’minlashini talab qilib murojaat etishgani haqidagi xabarni Kurakin Pyotrga yetkazdi. Kurakin birlashgan ingliz-golland eskadrasi Boltiq dengizida savdogarlar xavfsizligini ta’minlash uchun yuborilsa ham Rossiyaga qarshi harbiy harakatlar olib borishidan cho’chdi.Pyotr ham bu xabarni eshitgach, Kurakinga ingliz-golland eskadrasini aslo Boltiq dengizida suzishiga yo’l qo’ymaslik haqidagi buyruqni berdi. 1714-yil 24-yanvarda Pyotr qirolicha Annaga yo’llagan grammotasida Boltiq dengizida ingliz eskadrasi paydo bo’lsa, zudlik bilan munosib javob bo’lishini ma’lum qildi.Rus hukumatining ogohlantirilishlariga qaramay, inglizlar Boltiq dengizga ingliz-golland eskadrasini yuborishni ko’zladi.

Boltiq dengizi - Rossiyaning ham asosiy qiziqishlari qaratilgan hudud edi. Shu sabab, Pyotr ingliz hamda golland savdogarlarining butun e’tiborini Peterburgga qaratishni istadi.1713-yilning oxirida Pyotr “asosiy tovarlar”, (kanoptola, qo’y yog’i,qatron)ning olib ketilishi ya’ni savdosi faqat Peterburg orqaligina amalga oshirilishi haqidagi buyruqni chiqardi.Ajnabiy savdogarlar faqatgina tovarlarni Peterburgadan olib ketishi yoki boshqa hududlar orqali bu tovarlarni umuman sotib olishi mumkin emasdi.Ushbu buyruqdan so’ng, Angliya va Gollandiya vaziyatdan chiqish yo’lini izladi.1714-yil fevralda Gaagada Stafford Shvetsiyadan ingliz kemalarining


Peterburgga tomon erkin harakatlanishi uchun ruxsat berishini so’radi. Biroq inglizlarning bu harakati zoya ketdi.Boltiq dengizida shvedlarning doimiy tahdidi inglizlarning iqtisodiy qiziqishlarini kamaytirishga majbur etdi.Endi Angliya va Gollandiya, Peterburgga boradigan yo’l xavfsizligi Rossiya tomonidan ta’minlanmasa ingliz-golland kemalari uchun xavfli ekanini yaxshi bilardi.34

Pyotr buyrug’idan so’ng, 1714-yil Boltiq dengizida shvedlarning qaroqchilik harakatlari avj oldi, ayniqsa golland kemalariga nisbatan`. 1714-yil 30-mayda shvedlarning talonchilik harakatlari sabab,20 ta golland kemalari talangan . Ushbu yilning 20-iyuliga qadar,talangan golland kemalari soni 130 taga yetdi.Muntazam shvedlarning qaroqchilik harakatlari sabab, miqdori 400 ta kemaga yetarli tovarlar Rigada qolib ketdi. Boltiq dengizida shvedlarning muntazam hujumidan charchagan General Shtatlar, o’z eskadrasini yuborishga qaror qildi.

Rossiyadan olinadigan asosiy tovarlarsiz ingliz kemalari o’z qudratini yo’qotardi.Shu sabab ham ingliz kemalari Boltiq dengiziga chiqishga intildi.Shvetsiya shu qadar og’ir vaziyatda ediki, ingliz hukumati uning halokatiga jim qarab turmadi.1714-yil mayda Rossiyaga yuborilgan Londondan vakil Djorj Makkenziga rus-shved munosabatlarini yaxshilash ya’ni ikki o’rtada tinchlik sulhini imzolashga Rossiyani ko’ndirishi, shuningdek, ingliz—rus savdo munosabatlarini kengaytirish (Boltiq dengizida savdo qilish hamda ingliz kemalarini jihozlash , qurollantirish uchun zarur buyumlar savdosi juda foydaliligi sabab) vazifasi ham yuklatilgan edi. 1714-yil kuzida Peterburgga yetib kelgan bo’lsa, D. Makkenzi qirolicha Anna tomonidan yozilgan gramotani topshirishga ulgurmay 1715-yil Georg I tomonidan chaqirib olindi.35

1714-yil rus armiyasi katta zafarlarni qo’lga kiritdi:Ingriya,Estlandiya , Liflandiya hamda Shvetsiya qaramog’idagi hududlardan janubga tomon Boltiq dengizi qirg’oqlariga qadar o’lkalarni qo’lga kiritdi. Yosh rus floti 1714-yil iyulida Gagnut yaqinida shvedlar flotiga kuchli zarba berdi.Biroq Rossiyaning tashqi diplomatiyasi hali hamon ziddiyatli edi. Ya’ni rus hukumati Fransiya va Angliya birlashib, Shvetsiyaga yordam ko’rsatishidan qo’rqayotgan edi.

1714-yilga qadar Yevropaning qudratli mamlakatlari Fransiya masalalari bilan band bo’lgan bo’lsa, keyinchalik o’zining ichki siyosiy ahvoli sabab, “Shimoliy urush”ga aralashishga imkoni yo’q edi. Biroq 1714-yilga kelib,Yevropa asosiy e’tiborini shimolga qaratdi.Kurakin fikricha,Yevropani asosan Rossiya bilan savdo munosabatlariga jalb etish zarur edi.Shu sabab ham Kurakin Golovkinga ajnabiy savdogarlar bilan olib boriladigan savdoda imkoniyatlar berilishi haqidagi savdo shartnomasining nusxasini (Gollandiya, Shvetsiya) Golovkinga yubordi. Uning fikricha , ushbu savdo shartnomasi nafaqat o’zaro do’stlikni mustahkamlashda balki harbiy harakatlarni muvaffaqiyatli olib borishda, shuningdek zabt etilgan hududlarni saqlab qolish uchun munosib yo’l edi.

Utrext tinchlik sulhini imzolashda buyuk davlatlar bilan o’zaro sovuqchilik tushgani sabab, Angliyaning Rossiyaga qarshi harakatlari samarasiz bo’ldi.Gollandiya va Avstriya inglizlarning egoistik harakatlaridan norozi bo’lsa, Avstriya esa Fransiya bilan imzolangan tinchlik shartnomasining shartlaridan qoniqmadi.Shu sabab ham Avstriya , bir vaqtning o’zida qolgan ittifoqchilar bilan ham, tinchlik sulhini imzolashni istamadi.Fransiya va Avstriya o’rtasida 1714-yilga kelib yarashuv sulhi imzolandi. Endi Buyuk ittifoqning a’zolaridan Rossiyaga nisbatan ijobiy munosabat kutish qiyin edi.Fransiya uzoq muddatli , qashqatqich zarbalardan so’ng “Shimoliy urush” masalasida Angliyani qo’llab-quvvatlashga majbur edi.

Natijada,Fransiya, Avstriya,Gollandiya ham inglizlarga yordam qo’lini cho’zmadi. 1714-yilga kelib,yolg’izlikda Rossiyaga qarshi chiqishni istamagan Angliya unga qarshi harbiy harakatalarni olib borishdan ham , rus hukumati bilan olib boriladigan savdo aloqalaridan ham voz kechdi.36


Download 85,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish