Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti «tuproqshunoslik va geografiya»


Sabzavotni farshlash. Mahsulotni bankalarga qadoqlash



Download 1,15 Mb.
bet36/38
Sana07.04.2022
Hajmi1,15 Mb.
#533986
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
“Kishlok xujalik maxsulotlarini konservalash usullarini ukitish uslubiyoti”

Sabzavotni farshlash. Mahsulotni bankalarga qadoqlash. Bulg‘or qalampiri, tomat va baqlajonlar qadoqlashdan ilgari zich qilib farshga to‘ldiriladi. Do‘lma ishlab chiqishda farsh oqbosh karam barglariga o‘raladi.
Bulg‘or qalampiri va tomatlar farsh qadoqlash mashinalari yordamida farshga to‘ldiriladi. Bu mashinalarning ishchi organi porshenli yoki shnekli bo‘ladi. Farsh aralashtirgichdan rotatsion-kurakli nasos yordamida farsh soluvchi mashinaga uzatiladi. Unda bir necha solish tarmog‘i mavjud.
Har bir ishchi ikkitadan solish tarmog‘iga xizmat ko‘rsatadi. Tomat yoki bulg‘or qalampiri farsh berish teshigiga zich bosib turiladi.
Sabzavot gazak konservalari laklangan temir yoki shisha bankalarga qadoqlanadi. Metall korroziyasi tufayli laklanmagan oq temir bankalarga qadoqlash mumkin emas. Kabachok qo‘shilgan konservalar yuqori darajada korroziyalash xususiyatiga ega.
Konserva bankalari qalay bilan qoplangan list shaklidagi tunukadan tayyorlanadi.
Temir kimyoviy elementlar kuchlanishlari qatorida qalaydan yuqori turganligi uchun korroziya boshlangan vaqtda anod vazifasini bajarib, mahsulotga o‘tadi, vodorodni siqib chiqaradi. Keyin esa qalay quchlanib, vodorodni o‘ziga xos bo‘lgan potensialda emas, balki yuqoriroq potensialda siqib chiqarish xususiyatini oladi.
Korroziya jareni ketgan sari, eritmadan ajralgan vodorod katodda yig‘iladi va himoya plenkasi hosil qiladi. Natijada element qutblanishi vujudga keladi va korroziya o‘z-o‘zidan to‘xtaydi. Agar bankada kislorod bo‘lsa u holda kislorod vodorod bilan birikadi va korroziya davom etadi. Bu hol, ayniqsa, sabzavot gazak konservalariga o‘xshash kam nordon mahsulotlarda ro‘y beradi.
Konservadan havoni chiqarish uchun bankadagi mahsulot ustiga issiq sous quyiladi.
Bankalarga dastlab farshlangan sabzavot, qovurilgan halqasimon kesilgan sabzavot va farsh qatlam qilib taxlanadi yoki faqat halqa shaklida kesilgan sabzavot solinadi.
Bankaga joylashtirilgan sabzavot ustiga issiq tomat sousi quyiladi. Tarkibiy qismlarning to‘g‘ri nisbatini ta’minlash uchun sous quyish ikki bosqichga ajratiladi. Sous birinchi bor sabzavot solgunga qadar, banka ostida 10 mm balandlikda quyiladi, ikkinchi bor quyish sabzavot solingandan so‘ng amalga oshiriladi. Bankaga solingan sous miqdori avtomatik dozator yordamida rostlanadi.
Sousning miqdori sabzavot gazak konservasi turiga qarab 20% dan 43% gacha bo‘ladi.
Kesilgan sabzavot aralashmasi bankalarga shnek dozatorli avtomatik to‘ldirgich yordamida qadoqlanadi.
Ikra bankalarga issiq holda avtomatik ishlovchi hajm bo‘yicha to‘ldirgichlar yordamida qadoqlanadi. Ikra mikroorganizmlar ko‘payishi uchun juda qulay muhit bo‘lib, tez buziladi. SHuning uchun uni uzluksiz, qadoqlashdan ilgari sovutmasdan ishlab chiqarish lozim.

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish