Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi


Anorganik kimyo kursini o’qitishda didaktik o’yinli texnologiyalardan foydalanish



Download 0,5 Mb.
bet12/16
Sana01.01.2022
Hajmi0,5 Mb.
#281573
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Коллежларда кимё фанининг самарадорлиги

2.3. Anorganik kimyo kursini o’qitishda didaktik o’yinli texnologiyalardan foydalanish

Kimyo o’qitishda o’yin texnologiyalardan foydalanish masalalari ko’plab kimyogar-metodist olimlarning ishlarida o’z aksini topgan [42-51].

Quyida biz kasb-hunar kollejlar talabalarini o’qitish maqsadida ishlab chiqilgan o’yinli dars senariysini havola qilamiz.

“Azot va uning birikmalari” mavzusi bo’yicha ishbilarmonlik o’yini.

Darsning shiori , “O’z san’ati bilan mashq qiladigan kimyogarlar kerak”

Maqsad: Kimyo fani bilan bilimli mutaxassislar, haqiqiy o’z ishining ustalari shug’ullansa “Kimyo fani” insonlarga foyda keltiradigan zarur fan ekanligini aniqlash.

Vazifalari: Ta’limiy: Azot va uning birikmalarini mavzusi bo’yicha bilmlarni o’zlashtirish va mustahkamlash. Azotning biogen element sifatidagi ahamiyatini hamda uning birikmalarining xalq xo’jaligida va turmishdagi ahamiyatini ko’rsatib berish, uni ishlab chiqarish bilan bog’liq muommalar bilan tanishish.

Tarbiyaviy: Kimyo faniga qiziqish uyg’otish, mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy va ekologik rivojlanishiga majburiyat hisini uyg’otish.

O’zaro baho berish,jamoada o’z o’rnini topish,kommunikativ ko’nikmalarini singdirish, inson turmishida hamda faoliyatida ilmiy dunyoqarashni shakillantirish.

Talabalarni rivojlantirish uchun yo’naltirilgan maqsadlar: ega bo’lgan bilimlarni amaliyotda qo’llashni rivojlantirish, fantaziya fikirlashini rivojlantirish, intelektini rivojlantirishga yordam berish.

O’quv faoliyatini amalga oshirish shakli: yakka bo’lib ishlashni guruh bo’lib ishlash bilan uyg’unlashtirish.

Texnologiya: an’anaviy,o’yinli, shaxsga yo’naltirilgan va muammoli o’rganish elementlari.

Jihozlanishi:

• Qura tashlash uchun kasblar yozilgan rangli konvertlar (tarqatma).

• Shunday ranglardagi topshiriqli tarqatmalar.

• Stollarni bezash uchun kasblar yozilgan jadvallar.

• Komandalar soni bo’yicha o’yin qoidalari yozilgan qog’ozlar.

• O’yinchilar va komandalar, Proektor, ekran, nomoyish qilish stolida kerakli reaktivlar va tajriba uchun jihohlar.

• O’yinda ishtirok qilish uchun 5-6 o’quvchidan iborat bo’lgan 5 komanda ishtirok qiladi. Dars 80 minutga mo’ljallangan.

Darsning borishi.

O’qtuvchi: Bugungi bizning darsimiz biroz boshqacha bo’lib o’tadi. Men uni shaharda osilgan plakatdagi yozuv bilan boshlamoqchiman.

Unda maskali odam tasvirlangan bo’lib “yo’qolsin kimyo” degan yozuv bor edi. Menga juda achinarli bo’ldi, chunki ko’pkina odamlar butun umrini bag’ishlagan bu fansiz yerda hayot bo’lmasligi mumkin edi. Men bugun sizlarga shunday odam bo’lishimizni his qilishimizni tavsiya qilmoqchiman, ya’ni o’z ishining ustasi bo’lib va kimyo insoniyatga zarar keltirayotganligi sababini aniqlashni. Ehtimol fan umuman zarar keltirmas. Keling buni aniqlaymiz. Men sizlarga kelgusidagi kasbingiz yozilgan tarqatmalarni olib qur’ada ishtirok qilishingizni taklif qilaman. Har bir firmaga nom qo’ying va uning bosh direktorini saylang.

Tashkiliy qism (10 minut)

Qur’a tashlanib, har bir komandalar firmalar kasbiy yo’llanmalari qa’bul qilinadi.

Firma 1. Kimyoviy preparatlar ishlab chiqarish.

Firma 2. Aholiga tibbiy yordam ko’rsatish.

Firma 3. Atrof muhitni muhofaza qilish.

Firma 4. Qishloq xo’jaligi faoliyatini tashkil qilish.

Firma 5. Professional darajadagi ekspertiza va har xil kasbdagi mutaxasislar faoliyati.

Komandalar stol atrofida o’z joylariga o’tirib oladilar. Stol ustida o’yin qoidalari va topshiriqlar yozilgan konvert, o’yinchilarni baholash qoidalari bo’ladi.

Ekspertlar stolida – taymer, kompyuter, proektor,o’yinni baholash qog’ozlari (elektron variantda va yozma shaklda) bo’ladi.

Qatnashuvchilar o’yin qoidasi bilan tanishib chiqib, o’yinga tayyorgarlik ko’rishda firmalarga nom qo’yishadi, majburiyatlarni taqsimlab berishadi.

O’yinning har bir bosqichi taymer signali bo’yicha boshlanadi. O’yinni “Ekspertlar ” guruhlari bosh direktorlari boshqarib boradi.

O’yin qoidasi.

1- Etap. Kaspiy tayyorgarlik imtihoni (10 minut).

Firmalar o’yinchilar soniga qarab tarqatmalar (kartochkalar) olishadi. Yakka hamda guruh bo’lib ham ishlash mumkin. Ishtirokchilar tarqatmalarni to’ldirib ekspertizaga topshirishadi. Ekspertlar javoblarni baholashadi. Natijalar ekranda ko’rsatiladi. Javoblar yozilgan kartochkalar unda ko’rsatilgan buyurtmachilarga beriladi.

2- Etap. Buyurtmachi va bajaruvchi.

Har bir firma kartochkada ko’rsatilgan savol bo’yicha boshqa firma buyurtmasiga xizmat ko’rsatishi kerak bo’ladi. Bu etapda birinchi etapdagi javoblar qo’llanishi mumkin. Buyurtma bajarishi uchun 10 minut ajratiladi.

3-Etap. Ijrochilar ishi taqtimoti: (har bir firmaga 7 minut vaqt beriladi). Firmalar o’zlari bajargan buyurtmalarni yozma va og’zaki bayon qilib ekspert va buyurtmachilarga topshiradilar. O’zlari taqdimotlarini eksperiment asosida asoslab berishlari ham mumkin. (Demonstratsion stolda kerakli narsalar bor). Ekspertlar va buyurtmachilar firmalar ishini baholashadi.

4-Etap. Xizmatga haq olish. Buyurtmachilar ekspertlarga bajarilgan buyurtma sifati haqida yozma ma’lumot berishadi. Ekspertlar ushbu bahoni umumiy ballar soniga qo’shib o’zlariniki bilan taqqoslashadi. Ekspertlar o’zlarining tekshirish natijalari bo’yicha ballarini oshirish yoki kamaytirish huquqiga egadirlar.

Yakun qilinadi. Natijalar ekranda ko’rsatiladi. Komanda ishtirokchilari ballarni o’zaro taqsimlashadi. Jadvallarni to’ldirib jadvalni to’ldirib o’qituvchiga topshirishadi. Ekspertlar ishini baholashni o’qituvchi o’tkazadi. Baholar jurnalga qo’yiladi.

O’yinning borishi.

1-Etap. Kaspiy tayyorgarlik imtihoni.

Komplekt №1. Kimyoviy preparatlar ishlab chiqarish.

1. Azotni qanday arzon usul bilan olish mumkin? Qanday xom - ashyo qo’llaniladi, ishlab chiqarishda azotning qanday xossalarini qo’llaymiz?

Javob: Azotning eng arzon olinishi – suyuq havoni bug’latish yo’li bilan olinadi. Suyuq azot (- 196 0C) da bug’lanadi. Boshqa gazlar suyuq holda qoladi.

2. Tasodifan azotli idishga quyidagi moddalar tushsa: a) kislorod b) litiy bug’lari

v) vodorod. Qanday kenglikda azot hajmi kamayadi? Javobni izohlang?

Javob: litiy bug’lari to’lgan idishdagi azotning hajmi kamayadi. Chunki azot litiy bilan xona temperaturasida reaksiyaga kirishadi.

N2 + 6Li → 2Li3 N

3. Ammiakli sisternaning teshilganligini (chatnaganligini) qanday sezish mumkin?

Javob: Ammiak o’tkir hidli gaz. Sisternaning qayerdan dars ketganligini aniqlash uchun, uning ustidan ho’l lakmus qog’ozini yopishtirish kerak. Chunki dars ketgan joyida lakmus qog’oz ko’karib ketadi.

4. Ammiakni kislorod aralashmasidan suv orqali o’tkazib tozalash mumkinmi?

Javob: Ha, mumkin. Ammiak suvda yaxshi eriydi. 1 hajm suvda 700 hajm ammiak eriydi. Kislorod ammiakga qaraganda kamroq eriydi. Eritmadan ammiakni biroz qizdirib olish mumkin.

NH3 + H2O ↔ NH3 ∙ H2O ↔ NH4+ +OH-

5. Nega yorug’likda saqlangan nitrat kislotasi sariq rangga o’tadi?

Javob: Yorug’likda HNO3 qo’ng’ir rangli NO2 hosil qilib parchalanadi va bu gaz nitrat kislotani sariq rangga bo’yaydi.

4HNO3 → 4 NO2 + O2 + 2H2O

6. Qishloq xo’jalik xizmatidan sizning talabingiz. U faqat firmadan javob xati olgandan keyin bajariladi.

Komplekt № 2. Aholiga tibbiy yordam ko’rsatish.

1. Ammiakning 10% li eritmasining tibbiyotdagi nomini ayting?

Javob: Ammiakning 10% li eritmasi noshatir spirt deyiladi.

2. Ammiakning inson organizmiga fiziologik ta’siri qanday?

Javov: Ammiak oz miqdorda tomirni kengaytiruvchi vosita hisoblanadi.Masalan: Noshatir spirt bug’larini hidlagan insonning bosh miya tomirlari kengayadi. Natijada kislorod oqimi o’zgarib inson xushiga keladi. Lekin ko’p miqdorda ammiak ko’zning jarohatlanishi, nafas yo’lining yallig’lanishi, o’pka shishi va hatto o’limga ham olib keladi.

3. Noshatir spirtt va KOH ishqorining etiketkalari yopishtirilmagan. Ularni bir – biridan qanday ajratish mumkin?

Javob: Hididan ajratish mumkin. Noshatir spirti ammiak hosil qilib parchalanadi.

NH3 ∙ H2O → NH3 + H2O

Bu gaz o’tkir hidli. Ammoniy kationi uchun sifat reaksiyasini o’tkazish mumkin. Buning uchun analiz qilinayotgan moddaga oz miqdorda ishqorning suvli eritmasini qo’shamiz. Aralashmani qizdiramiz va ho’l lakmus qog’ozi bilan tekshiramiz. Agarda aralashmada NH4+ kationi bo’lsa lakmus ko’karadi.

NH4+ + OH- →NH3 + H2O

4. Noshatir bu nima? Uni laboratoriya sharoitada qanday olish mumkin?

Javob: Nashatir – bu ammoniy xloridi (NH4 Cl).

Noshatirni olish usullari:



  1. NH3 + HCl → NH4 Cl

  2. NH3 ∙ H2O + HCl → NH4Cl + H2O

  3. CuCl2 + 2 NH3 ∙ H2O → Cu(OH)2 + 2NH4Cl

5. Anestezirlovchi vosita sifatida tibbiyotda qaysi azot oksidini ishlatish mumkin?

Javob: Bunday vosita sifatida N2O azot (I) oksid qo’llaniladi. Bu rangsiz gaz o’zgacha hidli va narkotik ta’siriga ega.

6. Kimyoviy preparatlar ishlab chiqarish uchun sizning firmaga buyurtmangiz. Firmadan javob olgandan keyin bajariladi.

Komplekt №3. Atrof muhitni muhofaza qilish.

1.Yoqilg’i yonganda havoga azot (II) oksidi ajralib chiqadi. Ushbu oksid zaharli emasmi? Nega bu gazning borligi odam uchun zararli? Havoda unga nima bo’ladi? Javobni reaksiya tenglamasini yozish bilan isbotlang!

Javob: Azot(II) oksidi kislorod bilan havoda oksidlanib NO2 hosil qiladi. NO2 – qo’ng’ir gaz, juda zaharlidir. 2 NO + O2 → 2 NO2

2. Qaysi azot oksidini qo’ng’ir gaz deb ataladi? Uni nima bilan neytrallash mumkin? Javobni reaksiya tenglamasini yozish bilan isbotlang!

Javob: NO2 – qo’ng’ir gaz. U suvda va ishqorlarning suvli eritmasida juda yaxshi eriydi.

2NO2 + 2NaOH  NaNO3 + NaNO2 + H2O yoki

2NO2 + H2O HNO3 + HNO2

3.Ammiak havoni zararlamasligi uchun ishlab chiqarish joylarida uni yoqishadi yoki oksidlantiriladi. Qaysi usul ekologik jihatdan foydali. Javobni reaksiya tenglamasini yozish bilan to’ldiring?

Javob: Ekologik jihatdan ammiakni yoqish foydalidir, chunki ammiakni yoqqanda havoni zararlamaydigan toza azot gazi hosil bo’ladi.

4NH3 + 5O2  N2 + 6H2O

4.Konsentrlangan nitrat kislotali idishga mis simi tushsa, bu holat atrof muhitga qanday ta’sir qiladi?

Javob: Misni konsentrlangan HNO3 bilan ta’sir qildirsak NO2 (zaharli gaz) ajralib chiqadi.

Cu + 4HNO3 (kons)  Cu (NO3)2 + 2NO2 + 2H2O

5. Yerda ammiakli silitraning ko’pligini qanday isbotlash mumkin?

Javob: Tuproqni olib ma’lum miqdorda suv bilan aralashtiramiz va aralashmani filtrlab unga nisbatan nitrat ioniga xos sifat reaksiyasini o’tkazamiz. Agarda nitrat ioni eritmada ko’p bo’lsa quyidagi reaksiya sodir bo’ladi.

Cu + 2NaNO3 + 2H2SO4(kons)  CuSO4 +Na2SO4 +2NO2 +2H2O

Bu yerda NO2 gazining hosil bo’lishi va eritmaning ko’k(havo rang) rangga bo’yalishi nitrat ioni mavjudligining alomatlari hisoblanadi.

6.Shifokorlarga buyurtmangiz. Firmadan javob xati olgandan keyin u bajariladi. Komplekt № 4. Qishloq xo’jaligi.

1.Agarda selitrali omborga o’t ketsa nima bo’ladi?

Javob: Yuqori haroratda selitra portlovchi modda bo’lgani sababli u termik parchalanadi va natijada yondiruvchi gaz ya’ni kislorod hosil bo’ladi.

2NaNO3  2NaNO2 + O2

2.Natriyli va ammiakli silitralarni bir - biridan qanday farqlash mumkin? Eng oddiy usulini ko’rsating?

Javob: Ularni bir-biridan farqlash uchun ularga Ca(OH)2 eritmasini qo’shish, qizdirish va hidlash kerak. Agarda ammiakning tuzi mavjud bo’lsa amiak hidi chiqadi.

2NH4 NO3 + Ca(OH)2  Ca(NO3)2 + 2NH3 + 2H2O

3.Ammiakning suvdagi eritmasini qanday maqsadlarda qo’llash mumkin? Uni qishloq xo’jaligida qanday nomlashadi? Tarkibi qanday?

Javob: Tibbiyotda ammiakning 10 % li eritmasi(noshatir spirt) qo’llanadi. Qishloq xo’jaligida esa o’g’it sifatida qo’llaniladi. (ammiakli suv)

4.Azotning tabiatda aylanib yurishiga sababchi bo’ladigan qaysi o’simliklarni bilasiz?

Javob: Azotning tabiatda aylanib yurishiga asosan dukkakli o’simliklar sababchi.Ular azotni erkin o’zlashtirib olib uni o’simlik oqsillariga aylantiradi. Tuproqda dinitrofikator bakteriyalar bor bo’lib ular erkin azotni o’zlashtiradi.

5.Tuproqqa azot qanday tushadi? Hamma usullarini ayting?

Javob: Azot quyidagi hollarda tuproqqa tushadi:

a) Momoqaldiroq vaqtida azotning yonib azot oksidiga , nitrat kislatasiga va natijada kislotali yomg’irga aylanadi;

b) Havo azotining tuproq bakteriyalari yordamida qayta ishlanishi davomida oqsil moddalarga aylanishi;

c) Odam va hayvonlar organizmidan tuproqqa tushadigan mahsulot;

g) oqsil moddalarning chirishidan hosil bo’lgan ammiak, nitrat kislotasi va nitritlar hisobiga.

6.Ekologik jihatdan sizning buyurtmangiz. Berilgan firmaga javoblar qog’ozlar qabul qilingandan keyin bajariladi.

2- Etap. Buyurtmachi va ijrochi.

1.“Firma” Fermer firmasi fermer xo’jaliklari faoliyatiga yordam ko’rsatishga maqsad qilib EKO firmasiga buyurtma yo’llaydi. (atrof muhitni muhofaza qilish)

2.Mineral o’g’itlar ishlab chiqaradigan zavod yaqinida fermer xo’jaligi territoriyasi joylashgan ushbu zavodning havoga, tuproqqa ichimlik suviga azot birikmalarining tushishidan kelib chiqadigan qiyinchiliklar haqida biz bilmoqchimiz. Azot oksidlarining, azot kislotasi va uning tuzlarining atrof muhitga ta’sir qilishi bo’yicha ko’rsatma berishingizni so’raymiz.Aholiga tibbiy yordam ko’rsatish bilan shug’ullanuvchi. “EKO” firmasi “paratsels” firmasiga buyurtma yo’llaydi.

“O’simliklar dunyosi” firmasi ammiak ishlab chiqaruvchi zavod yaqinida joylashgan. Yaqinda zavod qurilmalarini tozalash ishlari olib borilganda havoga ko’p miqdorda ammiak chiqarilgan. Hozirda nohush holatlar yo’q lekin bo’lishi mumkin. Ammiak va ammiakli selitra bilan zaharlanganda qanday birinchi yordam ko’rsatish mumkin? Shunga o’xshash holatlarda aholi o’zini qanday tutishi kerak?

3.Firma. Paratsels firmasi kimyoviy pereparatlar ishlab chiqaruvchi ,,Azot” firmasiga buyurtma yo’llaydi.

Kosmetik salonlarning biri bizga suyuq azot ishlab chiqarishni buyurtma qildi. Siz bizga suyuq azotni qanday to’g’ri saqlash haqida ko’rsatma bera olasizmi? U bilan ishlash davomida qanday xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish kerak?

4.Firma. “Azot” firmasi qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Fermer” firmasiga buyurtma yo’llaydi.

Bizning mijozlarimizdan biri yuqori miqdorda natriy selitrasi hamda suyuq azot ishlab chiqarishni buyurtma qildi. Shuncha miqdorda o’g’itlar nima uchun kerakligini biz bilishni xohlardik.Qishloq xo’jaligi uchun suyuq azot nima uchun kerak?, ushbu buyurtmani biz tomonda bajarish uchun nima zarur? Ularga mumkin bo’lgan boshqa taklifni kiritish zarurdir.

3-Etap. Ijrochilar ishlari taqdimoti.

1.“Azot” firmasi savol: suyuq azotni qanday saqlash va u bilan qanday munosabatda bo’lish kerak. Inson hayoti uchun u xavflimi? Suyuq azot bilan ishlaganda qanday xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish kerak?

Javob: Suyuq azot – rangsiz suyuqlik, hidsiz 101,3kPa bosimda 77,350 Kda qaynaydi. Suyuq azotni kriogen idishli yoki maxsus avto sisternalarida tashiydilar. U tevarak atrofga xavfli ta’sir o’tkazmaydi. Azot ko’ngil aynitmaydi, 19 % miqdordagi kislorod bilan nafas olganda hayot uchun xavfli bo’lishi mumkin. Suyuq azot tanaga tushganda tanani muzlatadi va jarohatlaydi. Shuning uchun azot bilan ishlaganda o’ta ehtiyot bo’lish kerak. (Suyuq azot yordamida atirgulning muzlagani namoyish qilinadi)

2. “Fermer” firmasi. Savol: Yuqori miqdorda azot o’g’itlari nima uchun kerak? Natriyli selitrani nima bilan almashirish mumkin? Nima uchun qishloq xo’jaligida suyuq azot ishlatiladi?

Javob: Suyuq azot hozirgi kreogent texnikasida muzlatgich sifatida keng qo’llaniladi. Qishloq xo’jaligida suyuq azotni urug’larni saqlashda, oziq – ovqat mahsulotlarini muzlatib uzoq vaqt saqlash va tashishda ishlatiladi. Natriyli selitraga kelsak: ko’pchilik o’simlik organizmlari atmosferadagi azotni o’zlashtira olmaydi. Ular ionlar ko’rinishidagi azotni tuproqdan yutib olishadi. Azotning bir qismi, o’simlik va hayvonlar qoldig’i bilan tuproqqa qaytadi. Bular hammasi organik o’g’itlar lekin inson hosilni yig’ib, ko’p miqdordagi azotni olib ketadi. Buni nafaqat organik o’g’itlar, balki mineral o’g’itlar yordamida ham yopish mumkin. Shuning uchun selitra kerak bo’ladi. Ammiakli selitraning foydasi katta,chunki o’zida yuqori foiz azotni saqlaydi. Undan tashqari ammiakli suv ham ishlatish mumkin. Tuproqni azot bilan boyitish uchun maydonlarga dukkakli o’simliklar (noxat, soya) ekishni tavsiya qilish mumkin. Ular atmosferadagi azotni ionlarga aylantirish xususiyatiga ega.

3. “EKO” firmasi. Savol: Azotli birikmalar, shu bilan birga azot oksidlarining, azot kislotasi va tuzlarining tevarak atrof muhitiga ta’siri qanday?

Javob: Azot oksidlari atmosferani iflos qiluvchi asosiy antropogen hisoblanadi. Ular jiddiy muammolar keltirib chiqaruvchi yomg’ir kislotalarini keltirib chiqarish xususiyatiga ega. Ular bulutlar bilan aralashib yer yuziga yomg’ir yog’ishi bilan tushadi. Kislotali yomg’irlar dengiz, ko’l, daryo va suv havzalarini iflos qilib u yerdagi yashovchilar sonini kamaytiradi. Kislotalli yomg’ir o’simliklarga ham salbiy ta’sirini ko’rsatadi. Ulardagi yaproq xlorofilini yo’q qiladi. Bundan tashqari azot oksidi yer yuziga chang bilan tushub o’simliklar yaprog’ida, tuproqda yig’ilib kuchli kislotalar hosil qilishi mumkin. Tuproqda gidroliz natijasida hosil bo’lgan ammiakli selitraning bo’lishi sho’r tuproqning hosil bo’lishiga olib keladi, bu esa o’simliklar uchun zararli.

(O’simliklar yaproqlarida ammoniy nitrat va azotning harakati namoyish qilinadi)

4. “Paratsels” firmasi. Savol: Ammiyak yoki ammiakli selitra bilan zaharlanganda qanday birinchi yordam choralari qo’llash mumkin? Ammiak tashlangan tumanda qolgan aholi o’zini qanday tutishi mumkin?

Javob: Ammiak kislotalar bilan faol ta’sir qiladi. Axir uni “uchuvchi...” deb atashadi. Undan tashqari ammiak suvda yaxshi eriydi.1 hajm suvda 700 hajm ammiak eriydi. Ammiakning ushbu xususiyatini ammiak bilan zaharlanganda 1- yordam ko’rsatish vaqtida qo’llash mumkin. U bilan zaharlanish xavfi haqida ogohlantirish zarur.

Ammiak bilan zaharlangan odamni ammiak tashlangan manbadan uzoqroq bo’lgan toza havoga olib chiqib, uning ko’zlarini suv bilan yuvib, suv yuttirish kerak. Sanoat korxonalari uchun ammiakning havodagi ruxsat qilingan yuqori konsentratsiyasi 0,02 g/l tashkil etadi. Ammiak tashlangan hududga tushub qolgan inson tez germetik yopiq joyni topib yuzlarini suv yoki limon kislotasi yoki kuchsiz bor kislotasi bilan namlangan mato bilan berkitishi kerak bo’ladi. Agar ular bo’lmasa, limon soki yoki mevalar ham tog’ri keladi. Ammiakni tezda neytrallash kerak.

NH3 + H+  NH4+

(ammiak eritmasini kislota bilan neytrallash ta’siri “olovsiz ta’siri” namoyish qilinadi)

4- Etap. Xizmatga haq to’lash. Yakun yasash. Ballar hisobi.Baholar qo’yish.

O’qtuvchi: Ballar, bugungi muammoni yechishda ijodiy yondashib o’tkazilgan tadbirdan shuni xulosa qilish, qaror qabul qilish mumkin. Siz o’zlaringizni haqiqiy professionaldek his qildingiz. Kimyo fani insonga haqiqatdan ham kerak ekanligini, uni zarar olib kelishini ham o’z javoblaringiz ko’rsatib berdi. Nima sababdan kimyo insoniyatga zarar olib keladi?

O’quvchi: Kimyo zararli fan emas, kimyoviy vositalar bilan yetarli darajada tanish bo’lmagan, odamning o’ziga zarar keltiradi. Bunday odamlar tabiat uchun xavflidirlar. Men, plakatdagi “yo’qolsin kimyo” yozuvi o’rniga “kimyoviy bilimsizliklar yo’qolsin” degan yozuvni osib qo’yishni taklif qilardim.

O’qituvchi: Ha, inson ko’p narsaga qodir u yangi kimyoviy texnologiyadan yangi vositalar yaratishi mumkin. O’z foydasi uchun tabiiy resurslardanyangi vositalar olishi, ya’ni materiallar yaratishi va qo’llashi mumkin. Lekin bir narsani esdan chiqarmaslik kerak, ya’ni tabiat bilan insoniyat o’rtasidagi o’zaro munosabatda inson aqli muhim ro’l o’ynaydi. Faqatgina bilimli odamgina fanni insonga zarar qilmasdan boshqarishi mumkin. Men bugungi dars uchun sizlarga o’z minnatdorchiligimni bildiraman. Bejiz ushbu maqol aytilmagan: “Bilimsizlik uyat emas, o’qimaslik uyat”

Ushbu maqol sizning hayotiy shiyoringizga aylansin. Dars tamom xayr!



XULOSA

1. Ilmiy va metodik adabiyotlardagi turli xildagi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o’rganib chiqish orqali,ular ichida didaktik o’yinli,muammoli va modulli asosda o’qitishlar eng samarali,ta’limiy nuqtai nazardan foydalanishga qulay degan xulosaga keldik.

2. Kasb-hunar kollejlarlar umumiy kimyo kursinining “Elektrolitik dissotsi-lanish” mavzulari bo’yicha muammoli o’qitishga asoslangan dars ishlanmalari talabalarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga iyordam beradi.

3. Kasb-hunar kollejlarlarda organik kimyo kursini o’qitishda maxsus ishlab chiqilgan modul dasturlari,talabalarning mustaqil o’quv-bilish faolligini kuchaytirishga imkoniyat yaratadi.

4. Organik kimyo kursining “Aromatik uglevodorodlar” mavzusi bo’yicha ishlab chiqilgan modul dasturi talabalarning o’quv-bilish faoliyatini tashkil qilishni o’z ichiga oladi va ularning individual faoliyatlarini o’quv moduli davomida boshqarib borishga imkon beradi.

5. Noorganik kimyo kursining “Azot va uning birikmalari” mavzusi bo’yicha ishlab chiqilgan ishbilarmonlik o’yini talabalarning jamoada o’z o’rnini topishiga, kimyo faniga qiziqishini oshirishga va ekologik madaniyatini shakllantitishga katta hissa qo’shadi.

6. Taklif qilinayotgan ushbu metodik tavsiyalar asosida Buxoro tibbiyot kolleji “Hamshiralik ishi” yo`nalishi 1.1. guruhida sinov darslari sifatida o`tildi va dars o`tilganligi haqida dalolatnoma tuzildi. Dalolatnoma ilova qilinadi.


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish