Ko’payishi va rivojlanishi. Daryo qisqichbaqasi ayrim jinsli. Urg’ochi qisqichbaqaning boshko’krak qismi kеngroq, qorin qismidagi birinchi juft oyo’qlari rivojlanmagan. Erkaklarida esa birinchi va ikkinchi juft qorin oyo’qlari qo’shilish organiga aylangan. Urg’ochi qisqichbaqaning tuxumdonida 150-200 ta tuxum, ya'ni uvildiriq еtiladi. U uvildiriqlarini qorin oyo’qlariga yopishtirib qo’yadi; tuxumlar shu еrda urug’lanadi. Bu tashqi muhitda (ona qornidan tashqarida) urug’lanish deyiladi. Urug’langan tuxumdan yosh qisqichbaqalar chiqadi; ular ona qisqichbaqaning qorin oyo’qlariga yopishib oladi. Yosh qisqichbaqalar juda tеz o’sadi, shuning uchun ham ular yiliga bir nеcha marta po’st tashlaydi. Voyaga yetgan qisqichbaqalar bir marta po’st tashlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |