Liboslarning asosiy turlari va shakli.
Ba’zi bir tadqiqotchilar kiyim uyalish hissiyoti sabab paydo bo’lgan desa, boshqasi o’z tanasi bezash niyati sabab deydi, uchinchi birlari esa inson sovuqdan himoyalanish uchun kiyimga ehtiyoj sezgan deb javob beradi. Darhaqiqat, kiyim qachon paydo bo’lgan degan savol ko’pchilikni qiziqtirsa kerak. Insoniyat unga nima sabab ehtiyoj sezgan? Bu va bu kabi savollarga javob berish uchun qadimshunoslik fani yordamga keladi. Qadimshunoslik (arxeologik) qazilmalar kiyim insoniyat taraqqiyotining eng qadim davlarida (40-25 ming yil ilgari) paydo bo’lganini ko’rsatadi. Poyabzal birmuncha keyingi davlarda paydo bo’lgan bo’lib, libosning boshqa elementlaridan ko’ra birmuncha kam tarqalgan.
Kiyim nafaqat tabiiy ehtiyojni ta’minlovchi bir vosita, shu bilan birga u amaliy san’at namunasi hamdir. U amaliy san’atning barcha namunalari singari go’zallik hamda ma’lum bir maqsadga yo’naltirganlik bilan ajralib turadi. Tanani turli tashqi ta’sirlardan, xususan, issiq va sovuqdan saqlashdek amaliy vazifani bajarish bilan birga, u bezak, chiroy singari estetik funksiyalarga ham ega.
Shu sababli ham jamiyat taraqqiy etib borgan sari, insonlar estetik didi oshib borgan sari kiyimlarning bezagiga, asosiysi takronlanmasligiga e’tibor ortib boraveradi.
Ma’lumki, dastlabki davrlarda inson tabiatning turli ta’sirlari, shuningdek, hayvon va hasharotlarning chaqishidan o’zini himoyalash maqsadida tanasiga tuproq, loy, moy surtib yurgan. Keyinchalik bu surtmalarga o’simlik bo’yoqlari qo’shilib, inson tanasini turli shakl va ranglar bilan bo’yoqlari qo’shilib, inson tanasini turli shakl va ranglar bilan bezash urf bo’lgan.
Galda tanaga tatuirovkalar (teri ostiga turli bo’yoqlarni kiritish) chizish orqali himoya qobig’ining vaqtini uzaytirish odat tusiga kirgan. Har xil qushlar patlari, o’ldirilgan hayvonlar tishlari, suyaklar, sochlar turli ramziy vazifalarni bajarish bilan birga tanani himoyalagan ham.
Vaqt o’tgan sari tanasining qanchalik katta qismi ma’lum bir mavhumlash maqsadida quloq, burun, lab, dahanda sun’iy mahkamlovchi usullar o’ylab topgan va ulardan bezak sifatida foydalana boshlagan.
Aynan mana shu hozir biz tilga olgan tanani bo’yash, tatuirovkalar kiyimning dastlabki shakllari bo’lib, matodan qilingan kiyimlar paydo bo’lgach ham, ular e’tibordan qolmadi. Endi ular libosning ma’lum bir elementi sifatida namoyon bo’lib, unga ko’rk va estetik qiymat berish vazifasini bajargan.
Oradan vaqt o’tib, insoniyat ip yigirish va undan mato to’qishni o’ylab topgan, tanaga tushirilgan. Oradan vaqt o’tib, insoniyat ip yigirish va undan mato to’qishni o’ylab topgan, tanaga tushirilgan tatuirovkalar matolarga ko’chib, undagi bezak vazifasini o’tay boshlagan.
Tarixiy liboslarda bezak nafaqat o’z egasining ijtimoiy kelib chiqishi, ya’ni tabaqasini anglatgan, shuningdek, majoziy ma’no kasb etish bilan birga, kishilarning estetik didini ham ifodalagan. U vaqt o‘tgan sari takomillashib, ularning turlari ko‘payib, shakllari murakkablashib bordi.
Xususan, ularning yechib kiyiladigan, tanaga mahkamlanadigan (bilakuzuklar, uzuklar, ziraklar, matoga mahkamlangan yoxud tushurilgan (kashtalar, bosma rasmlar, bo’rtma bezakli) turlari paydo bo‘ldi.
Oʻzbek milliy kiyimi — Oʻzbek xalqining milliy oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi qadimgi davrlarda yaratilgan va hozirgi kunlarda foydalaniladigan, madaniyati va tarixi bilan uzviy bogʻliq boʻlgan kiyimlar. Har bir mintaqa uchun oʻziga xos farq va xususiyatlar mavjud.
O’zbek milliy libosiga ayollar uchun-zar chopon, doppi va atlas erkaklar uchun-do’ppi, chopon, belbog’ va yaxtak kiradi. O’zbek milliy libosi jahonda o’z o’rniga ega. Masalan dunyoning turli joylaridan kelgan mexmonlar O’zbekistoni milliy libosi va madaniyatiga katta baxo berishyapti. O’zbek milliy libosi va madaniyati o’zgacha jozibadordir. Milliy libosimiz Sovet ittifoqi davrida kasitilgan bo’lsada mustaqillikdan so’ng libosimizga e’tibor kuchaydi va yuksaldi. Hozirda o’zbek tikuvchilari chet mamlakatlarga borib ularga o’zbek libosini o’ziga hos jihatlarini namoyon qilishmoqda.
O’zbekistonga maxmon bo’lib kelgan sayohatchilar vatanimizni tarixiy obidalarini, memorchilik san’atini, milliy urf-odatlarimizni va katta qiziqish bilan e’tibor beradilar. Ular mustaqillik bayramini, navro’zni, hosil bayramini va o’zbekona to’ylarni guvohi bo’ladilar. Estalik sifatida atlas, do’ppi, belbog’, chopon va boshqa memorchilik uslubida yasalgan estalik sovg’alarini olib ketadilar.
Do’ppi
Do’ppi-O’zbekistonda keng tarqalgan yengil bosh kiyim. Do’ppi asosan baxmal, ipak ,zar bilan tikiladi. O’zbekiston Chust,boysun,Shaxrisabz, Toshkent,Samarqad,Buxoro do’ppilari mashxur.Ayniqsa, Chust do’ppilari keng tarqalgan bo’lib, O’zbekistoning deyarli hamma viloyatlarida tayyorlanadi.
Chust do’ppisining tepasi kvadrat shakilda bo’rtib chiqadi,boshqalarning tepasi yarim shar shaklida bo’ladi.do’pi tikuvchi chevar «do’ppido’z», do’ppi tikish kasbi esa «doppido’zlik»deb ataladi.
Atlas
Atlas O’zbekistonda keng tarqalgan ayollar libosidir.bu libos ipakdan tayyorlanadi. O’zbekistonda ipakchilik rivojlanganligi uchun atlas deyarli hamma viloyatlarda kiyiladi.
Atlas qadimiy va milliy liboslardan biridir. Bu libosga har xil shakllar berib bezashadi. Bu esa o’zbek ayollarini yanada jozibali qiladi. O’zbekistonda eng mashxur atlas Marg’ilon shaxrida to’qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |