7
dunyosigacha kirib borib, uni xarakatga keltiruvchi, maqsad sari
yetaklovchi ruhiy – aqliy kuchga aylanadi.
G‘oyaning eng muhim xususiyati – insonni va jamiyatni maqsad
sari etaklaydigan, ularni harakatga keltiradigan,
safarbar etadigan
kuch ekanidadir.
Har qanday g‘oya ijtimoiy harakterga ega.
Muayyan g‘oyalar
odatda alohida olingan shaxs ongida shakllanadi. Ma’lum bir
muddatdan keyin esa jamiyatning turli qatlamlariga tarqaladi, turli
elatlar va millatlar orasida yoyiladi.
Mafkura
esa muayyan ijtimoiy guruh, ijtimoiy qatlam, millat,
davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsad-muddaolari,
manfaatlari, orzu intilishlari hamda
ularni amalga oshirish
tamoyillarini o‘zida mujassam etadigan
g‘oyalar tizimidir.
Mafkura tushunchasini ta’riflashda falsafiy adabiyotlar va
lug‘atlarda bir qancha fikrlar beriladi. Mafkura tushunchasiga turli
davrlarda faylasuf olimlar tomonidan berilgan ta’riflar shakl va
mazmun jihatidan har xil. Mafkuraga jamiyatdagi muayyan siyosiy,
huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar,
fikrlar va
g‘oyalar majmuidir, - deb ta’rif beriladi.
Har qanday nazariya yoki ta’limot bir tizimga solingan g‘oyalar
majmuidan iborat bo‘ladi. Shu sababli dunyoqarashning negizini va
muayyan ishonch e’tiqodning asosini ham g‘oyalar tashkil etadi.
Xalqimizning eng oliy maqsadlarini, ularning orzu-istaklarini aks
ettirishda, ularga erishish yo‘lida jamiyat a’zolarini birlashtiradigan,
ularni kuch-g‘ayratlarini ana shu maqsadlarini safarbar etishda milliy
g‘oyaning va milliy mafkuraning o‘rni benihoya kattadir. Zero, milliy
g‘oya deganda, ajdodlardan avlodlarga o‘tib, asrlar davomida e’zozlab
kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning
qalbida chuqur ildiz otib, uning ma’naviy
ehtiyoji va hayot talabiga
aylanib ketgan, ta’bir joiz bo‘lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu –
intilish va umid – maqsadlarini o‘zimizga tasavvur qiladigan bo‘lsak,
o‘ylaymanki, bunday keng ma’noli tushunchaning mazmun –
mohiyatini ifoda qilgan bo‘lamiz
1
.
Mafkuraning hayotiyligi odamlarning, millatning, jamiyatning
milliy manfaatini, orzu-intilishlarini qay darajada aks ettira oladigan
bosh va asosiy g‘oyalar, bu g‘oyalar ularning turmush tarzi,
1
Karimov I.A. “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”. Т.: “Ma`naviyat” , 2008yil. – 71-bet.
8
dunyoqarashi, tabiatiga qanchalik mos bo‘lishi bilan belgilanadi.
Hayot
sinovlariga bardosh beradigan, odamlarning ezgu maqsad-
muddaolarini ifodalaydigan, ularga ma’naviy-ruhiy quvvat beradigan
mafkurani ko‘pchilik qabul qiladi. Faqat shunday holdagina u kuchli
ruhiy qudratga ega bo‘ladi. Shu sababli ham mafkura barcha davrlarda
jamiyatni yuksak va bunyodkor maqsadlar yo‘lida birlashtirib, jamiyat
ahli o‘rtasida sog‘lom munosabatlarni shakllantirgan, hamda ezgu
orzular, maqsad-muddaolariga erishishda ma’naviy-ruhiy kuch-qudrat
beradigan omil vazifasini bajarib kelgan. Shuning uchun ham g‘oya
va
mafkura barcha insonlar, xalqlar, jamiyat va davlat oldida turgan
muhim vazifalarni amalga oshirishda yordam beradigan, turli sohada
faoliyat yuritadigan jamiyat ahlini birlashtirib, ularni umumiy maqsad
sari safarbar etadigan buyuk kuchdir.
Milliy g‘oyasiz va yuksak ma’naviyatsiz odamlar, jamiyat va
davlat yo‘lini yo‘qotadi. Milliy g‘oya jamiyatni yuksaltirish va
ma’naviy yetuklikka erishish yo‘lidagi, jamiyat a’zolarini oliy
maqsadlar sari yetaklab boruvchi bayroq misolidir. Milliy g‘oya
xalqni, millatni birlashtiradi. Jamiyatning har bir a’zosini ma’naviy
kamolotga erishishini ta’minlab beradi. Milliy g‘oya ma’naviy hayotni
yuksaltirish yo‘lidagi olijanob vazifalarni bajarish bilan birga
jamiyatning har bir a’zosida ertangi farovon
hayotimizga ishonchni
shakllantirib beradi. Yuksak ma’naviyatni shakllantirish yo‘lida,
mamlakatimiz kuch-qudratini oshirish yo‘lida xizmat qiladigan milliy
g‘oya haqida gapirib Islom Karimov shunday deydilar: “… u
Vatanimizning shonli o‘tmishi va buyuk kelajagini uzviy bog‘lab
turishga, o‘zimizni ulug‘ ajdodlarimiz boqiy merosining munosib
vorislari deb his qilish, shu bilan birga, jahon va zamonning
umumbashariy yutuqlariga erishmoqqa yo‘l ochib beradigan va shu
maqsadlarga muttasil da’vat qiladigan g‘oya bo‘lishi kerak”
1
.
Milliy g‘oya ma’naviy hayotni yuksaltirishga xizmat qiladigan
fazilatlarni shakllantirib berish bilan
birga turli ijtimoiy guruhlar,
tabaqalar
o‘rtasidagi hamkorlikni, millatlararo totuvlikni va
umumtaraqqiyot yo‘lidagi jipslashuvni ta’minlab beradi. Milliy g‘oya
O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha xalqlarning tilidan,
e’tiqodidan, jinsidan qat’iy nazar barcha O‘zbekistonliklarning
1
Karimov.I.A.“Biz kelajagimizni o`z qo`limiz bilan quramiz”. 7-tom, Т., “O`zbekiston”
nashriyoti, 1999 yil.
9
manfaatlarini ifodalay bilishi kerak. Milliy g‘oya har bir shaxsning
o‘zligini erkin namoyon etishga, ma’naviy kamolotga erishish yo‘lida
shart-sharoit bo‘lib xizmat qilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: