Buxoro Davlat Universiteti
REFERAT
Mavzu:_____________________________________________________________
Bajardi______________________
Tekshirdi____________________
Mavzu:
Reja:
Kirish
1. Maktabgacha ta’lim tizimiga zamonaviy yondashuv
2.MAKTABGACHA TA‟LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR VA SOHAGA OID
ME‟YORIY HUJJATLARNING IJROSI
3.MAKTABGACHA TA‟LIMNING ISTIQBOLI VA MUAMMOLAR
Хulosa
Kirish
Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma’naviy hayot darajasining yuksalishi ta’lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan belgilanadi.
Shu bois, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, intellektual salohiyatli, jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, aniq fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish va iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida belgilangan bo‘lib, pirovardida bugungi davr talabiga javob bera oladigan ta’lim tizimni yaratish ko‘zda tutildi.
Sohadagi islohotlar natijasida maktabgacha ta’lim tizimida boshqaruv mexanizmi tubdan takomillashtirildi, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimi isloh qilindi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimi qayta ko‘rib chiqildi, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish choralari kuchaytirildi, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali tizimi joriy etildi.
Maktabgacha ta’lim. Uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblangan ushbu soha har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin, tahlillar shuni ko‘rsatdiki, oxirgi yillarda turli omillar ta’sirida maktabgacha ta’lim tizimida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash borasida rivojlanish o‘rniga, orqaga ketish holatlari, yil davomida maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olish ko‘rsatkichlari o‘sishi tendensiyasi kuzatilmadi. Aksincha, so‘nggi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari soni 45 foizdan ziyodroq kamayib, bugungi kunda respublika bo‘yicha bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi 30 foizni tashkil etdi. Bunga mavjud maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy talablarga javob bermasligi, tizimda variativ dasturlar, bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha muqobil shakllarning ishlab chiqilmaganligi, rivojlangan mamlakatlarning tajribasi yetarli darajada o‘rganilmaganligi, faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati oliy ma’lumotli emasligi, ta’lim sifati monitoringi yuritilmaganligi kabi omillar sabab bo‘ldi.
Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: “Maqsadimiz kelgusi 3-4 yilda mamlakatimizdagi bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga to‘liq qamrab olishdan iborat va biz bunga albatta erishamiz”, - deb ta’kidlagan edi.
Darhaqiqat, o‘tgan qisqa vaqt mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmon va qarorlari, shuningdek,
“Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Dasturi hamda respublikada maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» asosida misli ko‘rilmagan ishlar amalga oshirildi.
Barcha sohalar qatori tizimda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, farmon va qarorlarda belgilangan vazifalarning ijrosi boshqa sohalar qatori Davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborida bo‘layotganligini guvohi bo‘lmoqdamiz. Qabul qilinayotgan farmon va qarorlarning hayotga tatbiq etilishi natijasida yil yakuni bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarning qamrovi 10 foizga oshishi, 2018 yilda esa maktabgacha ta’lim muassasalarini saqlash harajatlari joriy yilga nisbatan 32 foizga o‘sishi kutilmoqda.
Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilinib, istiqboldagi vazifalar belgilab berildi.
Jumladan, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, maktabgacha ta’lim muassasalariga pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish mexanizmini takomillashtirishdan iborat dolzarb vazifalar qo‘yildi.
Ayniqsa, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati uchun yetarli sharoit yaratilmaganligi bois, binolar qarovsiz holga kelib, bo‘shab yotganligi, ulardan samarali foydalanilmayotganligi tanqid qilinib, 2018 yilning birinchi yarmida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yettita yo‘nalishdagi strategik vazifalar belgilab berildi.
Ular doirasida 2018 yil davlat budjetidan 427 bog‘chada qurilish-ta’mirlash ishlarini bajarish uchun 771 milliard so‘m mablag‘ ajratish, jumladan, 14 tasini yangidan qurish, 256 tasini rekonstruksiya qilish va 157 tasini kapital ta’mirlash rejalashtirilayotganligi, davlat-xususiy sherikchilik asosida yangi turdagi maktabgacha ta’lim muassasalarining tashkil etilishi, 2018 yil 1 yanvardan boshlab, 5 yil davomida xususiy bog‘chalar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun sarflanadigan mablag‘ning yarmi davlat budjeti hisobidan qoplanishi, bog‘chalarda bolalarni sog‘lom ovqatlantirish va ularga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifatini ta’minlash maqsadida 2018 yildan boshlab har bir maktabgacha ta’lim muassasasiga 10-15 nafar fermerni sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib berish uchun biriktirilishi, bolalar bog‘chalariga tayyor sifatli issiq ovqat yetkazib beradigan davlat korxonasi tashkil etilib, “Ketring” xizmatini yo‘lga qo‘yish mexanizmining ishlab chiqilishi, maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti faoliyatining takomillashtirilishi, maktabgacha ta’lim uchun kadrlar tayyorlaydigan institutlarning qabul kvotalarini real ehtiyojdan kelib chiqib belgilash hamda maktabgacha ta’lim pedagoglariga qo‘yiladigan talablarning qayta ko‘rib chiqilishi tom ma’noda sohani dunyo standartlari darajasiga olib chiqilishiga xizmat qilishi shubhasiz.
Istiqbolda belgilanayotgan bunday ulkan vazifalarning amalga oshirilishi sohaning me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirishni talab etadi. Shu bois, ilg‘or xorijiy tajriba asosida “Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqishdan iborat o‘ta dolzarb vazifa yuklatildi.
E’tirof etish kerakki, mazkur qonun loyihasining ishlab chiqilishi o‘z navbatida ta’lim sohasiga oid milliy qonunchiligimizning yanada takomillashuviga, sohaga oid barcha munosabatlarning huquqiy asoslari mustahkamlashga xizmat qiladi.
Shunday ekan, tizim oldiga qo‘yilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash biz Qonunchilik palatasi deputatlardan ham faollikni va mas’uliyatni talab etadi.
2.
Ma‘lumki, me‘yoriy-huquqiy hujjat deb me‘yoriy hujjatlar to`g‘risidagi Qonunga
muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat ko`rsatmalari sifatida huquqiy normalarni
belgilashga, o`zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatga aytiladi. O`zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O`zbekiston Respublikasinin Prezidenti, O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralar, mahalliy davlat
hokimiyati organlari me‘yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo`lgan organlar yoki
mansabdor shaxslar hisoblanadi.
Har bir soha singari maktabgacha ta‘lim sohasida ham qator me‘yoriy-huquqiy hujjatlar
qabul qilingan va davr ehtiyojiga qarab, o‘zgarib-yangilanib turiladi. Respublikada ta‘lim-tarbiya
tizimini tubdan isloh qilish ishlari jadal sur‘atlar bilan olib borilmoqda. Bu borada qabul qilingan
huquqiy-me‘yoriy hujjatlar mohiyatini chuqur anglab yetish bilan bog`liq faoliyat turlari
muvofiqlashtirildi. Uzluksiz ta‘limning barcha bosqichlari qatorida maktabgacha ta‘limining milliy
modelini aks ettiruvchi maktabgacha ta‘lim Konsepsiyasi ishlab chiqildi.
Maktabgacha ta‘lim Konsepsiyasi - bu maktabgacha ta‘lim tizimini rivojlanishi va uning
ta‘lim tizimidagi ustuvorligini ta‘minlovchi Konseptual Nizomdir. Maktabgacha ta‘lim
Konsepsiyasi – maktabgacha ta‘limning xalqaro andozalarga mos zamonaviy yangilanish
tamoyillari va modellarini yorituvchi huquqiy-me‘yoriy hujjatdir. Maktabgacha ta‘lim Konsepsiyasi
– maktabgacha ta‘limni 2008-2020 yillarga mo`ljallangan takomillashuv strategiyasini belgilab
beruvchi nazariy asosdir. Maktabgacha ta‘lim Konsepsiyasining huquqiy-nazariy asosini
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ―Ta‘lim to`g`risida‖gi Qonun, ―Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi‖ va ta‘lim sohasi bo`yicha qabul qilingan me‘yoriy hujjatlarda ilgari surilgan ilg`or ilmiy
g`oyalar tashkil etadi.
Bolalar haqida gapirganda albatta, 2017 yil 7 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda O`zbekiston
Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan bildirilgan quyidagi fikrlarni ta‘kidlash
maqsadga muvofiq bo`ladi: Ayni paytda farzandlarimiz tarbiyasida eng asosiy bo`g‘in hisoblangan
maktabgacha ta‘lim tizimining zamon talablariga mos kelmasligi ham sir emas. Ushbu sohaga bir
paytlar e‘tiborimizni susaytirib yuborganimiz oqibatida ko`pgina muammolar yig‘ilib qolganini
ochiq aytish lozim. Bog‘cha tarbiyasini ko`rgan bolaning ongi, dunyoqarashi qanday yuqori
bo`lishini bugun kimgadir isbotlab o`tirishning, o`ylaymanki, hech qanday hojati yo`q.
Bu holatlarning barchasini hisobga olib, Maktabgacha ta‘lim vazirligi tashkil etildi. Mazkur
vazirlik zimmasiga ma‘muriy islohotlar doirasida belgilangan ustuvor yo`nalishlardan kelib chiqib,
bir qator muhim vazifalar yuklandi. Bu borada qabul qilingan dasturga muvofiq yaqin 3-4 yil
mobaynida yurtimizdagi barcha hududlarda, bu katta shaharlar bo`ladimi yoki olis qishloq va
ovullar bo`ladimi, minglab yangi bog‘chalarni qurishimiz zarur. Ularni zamonaviy talablar asosida
jihozlab, malakali tarbiyachi va mutaxassislar, yangi metodika bilan ta‘minlashimiz kerak.
Mamlakatimizda yosh avlodni sog‘lom, bilimli va zukko qilib tarbiyalash maqsadida
maktabgacha ta‘lim tizimini tubdan takomillashtirishga katta e‘tibor qaratilayapti. Xususan, 2017 yil
30 sentyabrdagi «Maktabgacha ta‘lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to`g‘risida»gi farmoni hamda «O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligi faoliyatini
tashkil etish to`g‘risida»gi qaroriga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi.
Ayni kunda yangi vazirlik maktabgacha ta‘lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va
amalga oshirish, maktabgacha ta‘lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va
moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta‘minlash, bolalar
qamrovini keskin oshirish, ta‘lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta‘lim dasturlari va
texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni intellektual, ma‘naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish
hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash borasida tizimli ishlarni amalga
oshirishga kirishdi.
Hozir har bir hudud bo`yicha 7 yoshgacha bo`lgan bolalarni xatlovdan o`tkazib, ularni
yoshiga qarab guruhlarga ajratish, 5-6 yoshli bolalarni MTMdagi qisqa muddatli guruhlarga jalb etish, tarbiyachilarning bilim salohiyatini tahlil qilish va o`rta maxsus ma‘lumotli tarbiyachilarni
oliy o`quv yurtlari qoshidagi sirtqi bo`limlarda o`qishga jalb etish, tarbiyachilar malakasini
oshirishga katta ahamiyat berilmoqda. Aytish joizki, maktabgacha ta‘lim muassasalarida malakali
tibbiy xizmatni tashkil etish, sanitariya me‘yorlari va gigiena qoidalariga to`la javob beradigan
sog‘lom ovqatlanish tartibini yo`lga qo`yish tizimdagi eng asosiy vazifalardan biridir.
Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta‘limiga o`tishi ko`pincha uning hayoti, axloqi,
qiziqish va munosabatlarida jiddiy tub o`zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun maktabgacha
yoshdagi bolani maktabgacha ta‘lim muassasasida yoki uydayoq maktab ta‘limiga tayyorlash,
bolaning yosh xususiyatiga doir bilim, ko`nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo`ladi.
Bunday tanishtiruv moslashuv davrining jiddiy qiyinchiliklaridan xolos bo`lishga yordam beradi.
Bolaning maktabga tayyorgarligi undagi idrok, kuzatish, xotira, tafakkurning rivojlanishi, vaqt va
fazoviy tushunchalar olami, ijtimoiy hodisalar haqidagi tasavvurlarning shakllanishi bilan
belgilanadi.
Yuqoridagi bola rivojlanishiga qo‘yilgan talablar Davlat talablarida aks etgan. O‘zbekiston
Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligining 2018 yil 18-iyundagi 1-mh sonli buyrug‘iga
asosan ―O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga
qo‘yilgan davlat talabalari‖ ishlab chiqilib, ushbu Davlat talablarida bolaning quyidagi rivojlanish
sohalari belgilangan:
- Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;
- Ijtimoiy – hissiy rivojlanish;
- Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;
- Bilish jarayonini rivojlanishi;
- Ijodiy rivojlanish.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi
"Maktabgacha ta‘lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to`g‘risida"gi 528-sonli qarori
asosida ―Davlat maktabgacha ta‘lim muassasasi to‘g‘risida Nizom‖, ―Nodavlat maktabgacha
ta‘lim muassasasi to‘g‘risida Nizom‖, ―Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan
bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta‘lim muassasasi to‘g‘risida Nizom‖,
―Maktabgacha ta‘lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil
etish tartibi to‘g‘risida Nizom‖lar qabul qilindi.
Unga ko`ra, MTM maqsadlari quyidagilardan iborat:
- bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;
- bolalarni ta‘lim va tarbiya orqali maktabga sifatli tayyorlash;
- bolalarni maktabgacha ta‘limga jalb qilish.
Davlat maktabgacha ta‘lim muassasasiga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo`lgan bolalar qabul
qilinadi (avval bu ko`rsatkich 2-6 yoshni tashkil qilgan, alohida holatlarda 7 yoshgacha qatnashga
ruhsat berilgan).
O`zbekistonda maktabgacha ta`lim davlat tilida hamda qoraqalpoq, rus, tojik, qirg‘iz, qozoq
va turkman tillarida olib boriladi.
Shuningdek, Maktabgacha ta`lim vazirligi tomonidan "Ilk qadam" Davlat o`quv dasturi 2018
yil 7 iyul 4-sonli Hayat Qarori bilan tasdiqlandi. 2018 yilning sentabr oyidan ushbu Davlat dasturi
Respublikamizdagi barcha maktabgacha ta`lim muassasalariga tatbiq qilindi. Davlat dastur
talablarini o`zida jamlagan hujjatlar paketi barcha mintaqalardagi Bu dasturda barcha narsaning
asosi ijtimoiy yondashuvdir, ya`ni diqqat markazida - bola va uning manfaatlari. Pedagog ota-ona,
pedagogik tarkib, bolaning o`zi va albatta, jamiyat hamda davlat kabi ijtimoiy hamkorlar bilan bir
ijtimoiy muhitni tashkil qiladi. Dastur asosida bilim olish jarayonini o`yinlar orqali rivojlantirish
yotadi. Bolalarda ilm olish, ijod, ijtimoiy yo`nalish kabi tushunchalar rivojlanadi, sog'lom hayot
tarzi tarbiyalanadi va ular ijtimoiy muhitda o`zlarini qanday tutish kerakligini tushuna boshlashadi.
Xulosa o`rnida aytishimiz kerakki, bugun maktabgacha ta‘lim sohasi davlat e‘tiboridagi
birinchi masalalar qatorida desak mubolag‘a bo`lmaydi. Chunki, bu soha bo`yicha kunda
OAVlarda, matbuotlarda, internetlarda yangilik o`qimay yoki eshimasdan qolmaymiz. Bizning
asosiy vazifamiz maktabgacha ta‘lim sohasidagi chiqarilgan me‘yoriy-huquqiy hujjatlarning
ijrosini ta‘minlash hamda bu sohadagi islohotlarda yetakchilik qilishimiz zarurdir.
3.
Yurtimizda prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning ta‘lim sohasiga
ko`rsatayotgan e‘tibori juda ham katta. Jumladan, maktabgacha ta‘lim sohasini tubdan
takomillashtirish va rivojlantirish bo`yicha har bir viloyat va tumanlarda maktabgacha
ta‘lim muassasaari faoliyati yanada rivojlanmoqda. Shu yaqin kunlarda O`zbekiston
Respublikasi maktabgacha ta‘lim vazirligi va uning tizimidagi muassasalar moddiy texnika
bazasini mustahkamlash, Nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasalari faoliyatini qo`llab
quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi yana bir necha qarorlarni imzoladi.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 7-fevralda qabul qilingan
―O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida‖gi
Farmonida 2017–2021 yillarda mamlakatimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirishga doir belgilab
berilgan beshta yo‘nalishdagi ustuvor vazifalarning to‘rtinchisi ijtimoiy sohani rivojlantirishga
qaratilganligi hammamizga ma‘lum. Bu yo‘nalishda aholi farovonligini ta‘minlash, bandlik,
salomatlikni muhofaza qilish, uy-joy masalalari qatoridan ta‘lim-tarbiya tizimini taraqqiy ettirish
masalasi ham ustuvor vazifalar etib belgilangan.
Ta`lim sohasining birinchi pog‘onasi hisoblanmish maktabgacha ta`lim sohasida ham
katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, ta`lim muassasasalari faoliyatini
me‘yorlashtiruvchi ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», ―Ta`lim to‘g‘risida‖gi qonunning
shuningdek, «O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta`lim to‘g‘risida Nizom‖,
―Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta`lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablari‖, ―Ilk
qadam‖ Davlat dasturi kabi muhim hujjatlarining qabul qilinishi tarixiy voqea bo‘ldi. Sohaga
e`tibor kuchaydi, dasturlarda ijobiy o`zgarishlar boshlandi. Lekin ma`lum bo`lishicha, yillar
davomida bu tizim rivojlanishi ortda qolgan. Bolalarni ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy,
matematik, fizio-psixologik, jismoniy va ijodiy rivojlantirish bo`yicha ta`lim dasturlari joriy
etilmadi. Natijada bog`chalar ―ota-ona ishda bo`lgan vaqtda bolaga qarab turadigan muassasa‖ga
aylanib qolgan.
Bugungi bog`cha yoshidagi bolalarning ziyrakligi, axborot texnologiyalarini o`zlashtirib
olayotgani maktabgacha ta`lim muassasalarida o`quv-tarbiya dasturlarini ilg`or xorijiy
tajribalar asosida takomillashtirishni talab etmoqda.
Mamlakatimiz rahbari qaroriga ko`ra 2017-2021 yillarga mo`jallangan keng ko`lamli
kompleks tadbirlardan iborat dastur zamirida ham bolalarni maktabga tayyorlash sifatini
tubdan yaxshilash, ta`lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni tadbiq etish,
bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitni
yaratish maqsadi mujassamdir. Dasturga binoan, 2 ming 200 ta maktabgacha ta`lim
muassasasining moddiy - texnika bazasini mustahkamlash, qishloq joylarda maktabgacha ta`lim
muassasalarini yangidan qurish, zarur inventar, jihozlar, o`quv metodik, qollanma va
multimediali vositalar bilan ta`minlash rejalashtirilgan. 2018-yil Dalat byudjetidan 427
bog`chada qurilish-ta`mirlash ishlarini bajarish uchun 771 milliard so`m mablag` ajratish ( jumladan, 14 tasini yangidan qurish, 256 tasini rekonstruksiya qilish va 157 tasini capital
ta`mirlash) bo`yicha topshiriq berildi.2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev rahbarligida 2017-
yil 19-dekabr kuni o‘tkazilgan majlisda belgilangan vazifa topshiriqlardan kelib chiqib, Haftaning
Juma kuni "Maktabgacha ta‘lim tizimini rivojlantirish kuni"deb belgilangan holda, shu kuni
tuman va shahar maktabgacha ta‘lim bo‘limlarining hisobotlarini eshitib borish yo‘lga qo`yildi.
Bu esa soha xodimlarini ishga mas‘uliyat bilan yondashishlariga yana bir turtki bo‘ldi.
O`zbekiston Respublikasi maktabgacha ta‘lim vazirligi ―Maktabgacha ta‘lim
metodikasi‖ jurnalini ta‘sis etdi. O`zbekiston Respublikasi xalq ta‘limi vazirligi bilan
birgalikda ta‘lim milliy tillarda olib boriladigan maktabgacha ta‘lim muassasalarining
o`quv-tarbiya jarayonlarida ingliz va rus tillarini, ta‘lim rus tilida olib boriladigan
maktabgacha ta‘lim muassasalarining o`quv-tarbiya jarayonida ingliz va o`zbek tillarini
o`rganishni joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlanishini rejalashtirdi.
―O`zstandart‖ agentligi, Sog`liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan
birgalikda maktabgacha ta‘lim muassasalarida o`quv –tarbiya jarayonini tashkil etish va
zarur shart-sharoitlarni yaratish uchun ta‘limga qo`yiladigan davlat talablari asosida
o`yinlar, o`yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan maktabgacha ta‘lim
muassasalarini jihozlash me‘yorlarini ishlab chiqib, tasdiqlanishini savdo-sanoat palatasi bilan
birgalikda bolalar o`yinlari va o`yinchoqlari bo`yicha davlat buyurtmasini milliy ishlab
chiqaruvchilar orasida taqsimlash bo`yicha 2018-2023-yillarga mo`ljallangan kompleks
chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
OTMlarida ham Maktabgacha ta‘lim yo‘nalishi kvotlari o‘sdi, abituriyentlarning sitrqi,
maxsus sirtqi bo‘limlarda o‘qish imkoniyati ochildi. Bo‘lajak kadrlarning malakali bo‘lishlariga
e‘tibor kuchaytirilgan.
Maktabgacha ta‘lim tizimiga berilayotgan bunday e‘tibor, har bir viloyat va tumanlarda,
chekka qishloqlarda davlat va nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasalarining qurilayotgani
va bolalar qamrab olinayotgani bugunning dolzarb masalasiga aylangan. Demak,
Respublikamizdagi Oliy o‘quv muassasalari kabi maktabgacha ta`lim muassasalarida ham
moddiy - texnika bazasini rivojlantirish va undan ta`lim – tarbiya samaradorligini oshirishda
foydalanish imkoniyatlari mavjud. Hali ta`lim-tarbiya sifatini oshirish, ta`lim muassasalarining
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash imkoniyatlarini talab etmoqda. Mavjud
imkoniyatlardan foydalanish pedagoglarning bilim va mahorat darajasiga bog‘liqdir. Albatta,
uzkuksiz ta`lim tizimida bu vazifalarni bajarish hammadan ma`suliyat talab etmoqda.
XXI asr boshlarida kechayotgan global ijtimoiy-iqtisodiy va geosiyosiy jarayonlar,
dunyoning g`oyaviy-mafkuraviy qiyofasini o`zgartirib, yangicha tafakkur va dunyoqarashni
shakllantirishni taqozo etmoqda. Bugungi kunda ta‘lim-tarbiya tizimining bosh maqsadi ham
bevosita ijtimoiy-gumanitar fanlarni puxta biladigan, jahon maydonida o`z bilimi orqali
raqobatlasha oladigan, o`zining fuqarolik pozitsiyasiga ega bo`lgan, Vatani hamda millatiga
nisbatan mehr-muhabbat tuyg`ularini maktabgacha ta‘lim tarbiyachilarida shakllantirishga
yo`naltirilgan.
Maktabgacha ta‘lim tizimi uzluksiz ta‘limning birlamchi, eng asosiy bo`g`inidir.
Mutaxassislarning ilmiy xulosalariga ko`ra, inson o`z umri davomida oladigan barcha
axborot va ma‘lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo`lgan davrda oladi. Shu bois bolalarning
sog`lom va bilimli, yetuk kadrlar bo`lib voyaga yetishida bog`cha tarbiyasi juda - muhim o`rin
tutadi.
Davlatimiz tomonidan bu tizimga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Shu masalaga doir bir
necha yig`ilishlar o`tkazilib, tarixiy qarorlar qabul qilinmoqda. Jumladan, O`zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev rahbarligida 2017 yil 16 avgust kuni bo`lib o`tgan
yig`ilishda maktabgacha ta‘lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur
muassasalarga bolalarni to`la qamrab olish bo`yicha muhim vazifalar qo`yilgan edi. Bu
boradagi tahlillar natijasida qisqa vaqtda uchta yirik hujjat — O`zbekiston Respublikasi
Prezidentining 9 sentyabrdagi ―Maktabgacha ta‘lim tizimini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to`g`risida‖gi PQ-3261-sonli Qarori, 30 sentyabrdagi ―Maktabgacha ta‘lim tizimi
boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida‖gi PF-5198-sonli farmoni
hamda ―O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligi faoliyatini tashkil etish
to`g`risida‖gi PQ-3305-sonli qarori bayon etilgan.
Shu o`rinda maktabgacha ta‘lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarni intellektual,
jismoniy, axloqiy jihatdan tarbiyalash, umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish, bolalarni
maktabga sifatli tayyorlash maqsadida turli to`garaklar, ma‘naviyat va ekologiya xonalari, kichik
muzey, kutubxonalar tashkil etish borasidagi an‘analarni izchil davom ettirish maqsadga
muvofiq. Chunki kitobga, san‘atga, ilmga, umuman, kelajakda muayyan kasbni egallashga
bo`lgan qiziqish bolalarda ayni shu davrda shakllanadi.
Muxtasar aytganda, maktabgacha ta‘lim uzluksiz ta‘limning boshlang`ich qismi
hisoblanadi. U bolaning sog`lom va rivojlangan shaxs bo`lib shakllanishini ta‘minlab,
o`qishga bo`lgan ishtiyoqini uyg`otadi, tizimli o`qitishga tayyorlab boradi. Shunday ekan, bu
tizim faoliyatini yanada kuchaytirish, maktabgacha ta‘lim muassasalarida har tomonlama qulay
shart-sharoitlar yaratish, ularga maktabgacha yoshdagi bolalarni keng jalb etish
farzandlarimizning barkamol va yetuk shaxs bo`lib shakllanishida muhim o`rin tutadi.
Maktabgacha ta‘lim uyg`un rivojlangan shaxsni tarbiyalash, bolani butun kelajagini
belgilab beradigan bilim va qadriyatlarni yosh avlod qalbiga singdirishda juda muhim
ahamiyatga ega bo`lgan muassasadir. Shu bois mamlakatimizda maktabgacha ta‘limni
rivojlantirish va samarali faoliyat ko`rsatishiga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul
qilinib, kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ammo hali sohada yechimini
kutayotgan qator kamchiliklar bor. Jumladan, joylardagi maktabgacha ta‘lim muassasalarida
moddiy-texnik bazaning nochorligi, malakali kadrlar yetishmasligi, sifatli oziq-ovqat
ta‘minotining pastligi kabilar bolalarni maktabgacha ta‘lim bilan to`liq qamrab olishni
ta‘minlashga imkon bermayapti.
Aytish kerakki, bu o`ta muhim va dolzarb vazifalarni tez va sifatli bajarish O`zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning doimiy e‘tiborida bo`lmoqda. 2017 yil 9
sentyabr kuni qabul qilingan ―Maktabgacha ta‘lim tizimini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to`g`risida‖gi PQ-3261-sonli qarori ushbu fikrimizning amaliy ifodasidir.
Qarorda maktabgacha ta‘limni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish,
tarbiya va o`quv jarayonini takomillashtirish, MTMlar infratuzilmasi va moddiy-texnik
ta‘minotini yaxshilash bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.
Unga ko`ra, maktabgacha ta‘lim tizimini tanqidiy o`rganish va faoliyatini yanada
takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo`yicha komissiya tashkil etildi. Ushbu
komissiya maktabgacha ta‘lim sohasidagi qonunchilikni undagi bo`shliqlarni, korrupsiya va
boshqa huquqbuzarliklarni yuzaga keltiruvchi normalarni aniqlash nuqtai nazaridan tahlil
qilish, sohada davlat siyosatini amalga oshirishga, shu jumladan, zarur infratuzilmani
yaratishga, xodimlarning mehnatini moddiy rag`batlantirishga, pedagog kadrlarni sifatli
tayyorlash va malakasini oshirishga, xususiy sektorni rivojlantirishga to`sqinlik qiluvchi
tizimli muammolarni aniqlash hamda kompleks o`rganish kabi bir qator dolzarb vazifalarni
bajarishi nazarda tutilgan. Ayniqsa, ilg`or xorijiy tajribani hisobga olgan holda sifatli
maktabgacha ta‘limni tashkil etishga davlat talablarini qayta ko`rib chiqish, bolalarni qabul
qilishning amaldagi tartibini, vakolatli davlat organlari faoliyatiga zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi holatini tanqidiy o`rganish ham bevosita
komissiya zimmasiga yuklandi.
2018 yil 1 yanvardan boshlab, Toshkent, Nukus shaharlarida, viloyatlar markazlarida
eksperiment tariqasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida yangi maktabgacha ta‘lim muassasalari
tashkil etilishi ham sohada o`ziga xos yangilik, deyish mumkin. Buning uchun investorlarga
yer uchastkalari, bo`sh turgan binolar foydalanish uchun ajaratiladi. Ularga soliq imtiyozlari va
imtiyozli kreditlar beriladi.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasida maktabgacha ta‘lim tizimini yanada
takomillashtirish bo`yicha ―Yo`l xaritasi‖ tasdiqlanib, shu asosda aniq chora-tadbirlar
belgilandi. Maktabgacha ta‘lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash,
kadrlar salohiyatini oshirish, xorij tajribasidan foydalanib, milliy tizimni yanada rivojlantirishga
doir amaliy ishlarni bajarish ko`zda tutilgan.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ―Bolalarni davlat maktabgacha ta‘lim
muassasalariga qabul qilish va navbatga qo`yish bo`yicha elektron dastur‖ni joriy etish
bo`yicha topshiriq berildi. Shuningdek, davlat maktabgacha ta‘lim muassasalarining axborotkommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan ta‘minlanganlik va internet tarmog`iga
ulanganlik holati tanqidiy o`rganilib, ularni bosqichma-bosqich zamonaviy kompyuter texnikasi
bilan ta‘minlash va internet tarmog`iga ulash bo`yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi.
Bir so`z bilan aytganda, Prezidentimizning ―Maktabgacha ta‘lim tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida‖gi qarori maktabgacha ta‘lim tizimini sifat
jihatdan yangi bosqichga ko`tarish, yosh avlodning barkamol va yetuk shaxs bo`lib
ulg`ayishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa o`rnida shuni aytish zarurki, maktabgacha sohasida faoliyat olib borayotgan
pedagoglar, ushbu sohaga xizmat qiladigan barcha tashkilotlar bo`layotgan o`zgarishlarga ongli
ravishda fidoiyligi, mehnati bilan o`z hissasini qo`shmog`i, maktabgacha ta‘lim yo`nalishida tahsil
olayotgan talabalar, bo`lajak pedagog-tarbiyachilar bilimli, malakali kadrlar bo`lib yetishishi
zarurdir.
Unga ko`ra, maktabgacha ta‘lim tizimini tanqidiy o`rganish va faoliyatini yanada
takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo`yicha komissiya tashkil etildi. Ushbu
komissiya maktabgacha ta‘lim sohasidagi qonunchilikni undagi bo`shliqlarni, korrupsiya va
boshqa huquqbuzarliklarni yuzaga keltiruvchi normalarni aniqlash nuqtai nazaridan tahlil
qilish, sohada davlat siyosatini amalga oshirishga, shu jumladan, zarur infratuzilmani
yaratishga, xodimlarning mehnatini moddiy rag`batlantirishga, pedagog kadrlarni sifatli
tayyorlash va malakasini oshirishga, xususiy sektorni rivojlantirishga to`sqinlik qiluvchi
tizimli muammolarni aniqlash hamda kompleks o`rganish kabi bir qator dolzarb vazifalarni
bajarishi nazarda tutilgan. Ayniqsa, ilg`or xorijiy tajribani hisobga olgan holda sifatli
maktabgacha ta‘limni tashkil etishga davlat talablarini qayta ko`rib chiqish, bolalarni qabul
qilishning amaldagi tartibini, vakolatli davlat organlari faoliyatiga zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi holatini tanqidiy o`rganish ham bevosita
komissiya zimmasiga yuklandi.
2018 yil 1 yanvardan boshlab, Toshkent, Nukus shaharlarida, viloyatlar markazlarida
eksperiment tariqasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida yangi maktabgacha ta‘lim muassasalari
tashkil etilishi ham sohada o`ziga xos yangilik, deyish mumkin. Buning uchun investorlarga
yer uchastkalari, bo`sh turgan binolar foydalanish uchun ajaratiladi. Ularga soliq imtiyozlari va
imtiyozli kreditlar beriladi.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasida maktabgacha ta‘lim tizimini yanada
takomillashtirish bo`yicha ―Yo`l xaritasi‖ tasdiqlanib, shu asosda aniq chora-tadbirlar
belgilandi. Maktabgacha ta‘lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash,
kadrlar salohiyatini oshirish, xorij tajribasidan foydalanib, milliy tizimni yanada rivojlantirishga
doir amaliy ishlarni bajarish ko`zda tutilgan.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ―Bolalarni davlat maktabgacha ta‘lim
muassasalariga qabul qilish va navbatga qo`yish bo`yicha elektron dastur‖ni joriy etish
bo`yicha topshiriq berildi. Shuningdek, davlat maktabgacha ta‘lim muassasalarining axborotkommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan ta‘minlanganlik va internet tarmog`iga
ulanganlik holati tanqidiy o`rganilib, ularni bosqichma-bosqich zamonaviy kompyuter texnikasi
bilan ta‘minlash va internet tarmog`iga ulash bo`yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi.
Bir so`z bilan aytganda, Prezidentimizning ―Maktabgacha ta‘lim tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida‖gi qarori maktabgacha ta‘lim tizimini sifat
jihatdan yangi bosqichga ko`tarish, yosh avlodning barkamol va yetuk shaxs bo`lib
ulg`ayishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa o`rnida shuni aytish zarurki, maktabgacha sohasida faoliyat olib borayotgan
pedagoglar, ushbu sohaga xizmat qiladigan barcha tashkilotlar bo`layotgan o`zgarishlarga ongli
ravishda fidoiyligi, mehnati bilan o`z hissasini qo`shmog`i, maktabgacha ta‘lim yo`nalishida tahsil
olayotgan talabalar, bo`lajak pedagog-tarbiyachilar bilimli, malakali kadrlar bo`lib yetishishi
zarurdir.
Xolisona baholay olishlik, samimiy va bag‘rikenglik;
Chiqaradigan qarorlari odilona bo`lishi va shu orqali xodimlarni joy-joyiga qo‘ya olishi;
O`z imkoniyatlari va xodimlarning imkoniyatlaridan to‘la foydalanish;
Muloqotda aniq va lo`nda so`lay olishi;
jamoa tashkil etish va unda uyg‘un muhitni ushlab tura olish qobiliyatiga7
ham ega
bo`lishlari lozim.
Yuqorida aytib o‘tilganidek rahbar mustaqil fikrga ega bo`lishi, topqir va tashabbuskor
bolishligi talab etiladi. Chunki, ayrim hollarda xodimlar xato qilsa ham, rahbar aniq, ibratli fikrlar
aytib, to`g`ri yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsata olishi, har bir aytilgan fikr, qilingan ishga mustaqil baho bera
olishi, zarur hollarda yaxshi bajarilgan ishlarni taqdirlashi mustaqil rahbar qiyofasini belgilovchi
muhim psixologik xususiyatdir.
Rahbarning yana bir sifati o‘z-o‘ziga nisbatan talabchan bo‘lishi, o‘z-o‘zini baholash
va shu asosda boshqalarga nisbatan ham munosabatini tashkil etishi lozim. Boshliq sifatida
madaniyatli bo`lishi va buni muomalasida, boshqalar bilan bo‘ladigan kundalik muloqotlarda
ko`rinishi lozim. Rahbarning muomala madaniyati:o`z o`rnida, joyida, aniq, tiniq, qisqa, lo`nda,
samimiy so`zlashi va shu bilan birga suhbatdoshni tinglay olish qobiliyatidan iborat bo`lishi
kerak. Ko`p hollarda rahbar bilan xodimlar o‘rtasida kelib chiqadigan shaxsiy ziddiyatlar tinglay
olmaslik yoki tushuna olmaslikdan kelib chiqadi. Boshqalarning o`rniga o`zini qo`yish, uning hiskechinmalarini tushunish, empatiya (hamdardlik) hissi, so`zlashuvlarda sabr-toqatlilik muloqot
madaniyatining muhim tomoni ekanligi ma`lumdir.
Boshqarish psixologik mahoratni talab etadi.Buning uchun biz rahbar sifatida psixologik
bilimlardan xabardor bo`lishimiz, shaxs psixologiyasi, jamoa psixologiyasi, guruh psixologiyasi,
va shu bilan birga har jamoa a`zosining individual psixologik jihatlari qobiliyat, xarakter,
temperament tiplarini yaxshi bilish zarur.Boshqalar bilan muomala munosabatda, ularni
boshqarishda individual psixologik xususiyatlarni hisobga olish ham o`rinli deb o`ylayman.
Chunki har bir inson turli xil dunyoqarash, o`ziga xos xarakter xususiyat va shu bilan birga
temperament tipiga ega bo`ladi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib xulosa qiladigan bo`lsak, biz boshqaruvchi rahbar
sifatida ana shu bilimlarga ega bo`lsak jamoada ma`naviy muhitni sog`lom shakllantirishga, ish
unumdorligini, samaradorligini oshirishga va shu bilan birga bizga ishonch bildirib saylagan
insonlarni ishonchini oqlab, Vatanimizni yanada ravnaq topishiga o`z hissamizni qo`shgan bo`lar
edik.
Do'stlaringiz bilan baham: |