SHaxs uchun: Asosiy ehtiyojlar: Oziq – ovqat, kiyim – kechak va uy-joyga;
dam olish va sog’liqqa. Sotsial ehtiyojlar: Ijodiy mehnatga, oila va muhabbatga,
bilim va axborotga , toat – ibodatga, jasoratga , zaruriyatni davom ettirishga, tartib
va barqarorlikka , bo’sh vaqt va dam olishga, O’zlikni anglashga. Rag’bat va
talablar: Moddiy , sotsial, estetik
Jamiyat uchun: Asosiy ehtiyojlar: Mehnatga, xavfsizlikka, Qo’shimcha
mahsulotga, boshqarishga, sotsial ehtiyojlar, barqarorlikka, ishonchga , mustaqil
taraqqiyotga. Rag’bat va talablar: Zamonaviy ishlab chiqarishga , Ma’naviy –
ma’rifiy taraqqiyotga , Rahm – shafqatga.
Masalan, xavfsizlikka, ya’ni tinchlik tartib, himoyaga bo’lgan ehtiyoj ham
birlamchi bosqichdagi ehtiyojning yangi darajasidagi zaruriyatdir. Biron ijtimoiy
guruhdan bo’lmish, boshqa kishilar bilan aloqaga kirishish ehtiyoji ierarxiyaning
uchinchi bo’g’iniga kiradi birlamchi ehtiyojlar qondirilgach, boshqa zaruriyatlar
kishilarni yuqori darajadagi ehtiyojlarga qarab harakat qilishga majbur qiladi.
Xo’sh, bu ehtiyojlarni qondirish uchun rahbar qanday usul va yondashuvlarni
qo’llashi kerak.
Fredrix Gertsbergning motivatsiya nazariyasi bisiy tozalanish deb yuritilib,
uning asosida qoniqish keltiruvchi mehnat ruhiy sog’lom bo’lishga ham hamkorlik
ko’rsatadi degan fikr yotadi.
Birinchi guruh omillar “gigienik omillar” deb ataladi. Agar ish joyi iflos
bo’lsa, qorong’u, ko’rimsiz bo’lsa, bu mehnatga intilishni susaytiradi. Aksincha,
ish joyi toza, ergonometrik nuqtasi nazardan benuqson bo’lsa, mehnatga aniq
yo’naltirilgan motivlar paydo bo’ladi. Bu yerda pul masalasi ham muhimdir.
Ammo pulga intilish insonni butunlay egallab olsa, u ko’payishga moyillik
tug’dirib, uni boshqalarga nisbatan buyukligini isbotlashga olib keladi. Natijada
kishilardan va jamoadan ajrab qoladi. Gertsberg nazariyasi Maslou nazariyasiga
zid emas, balans uni to’ldiradi.
Kutish nazariyasi amerikalik ruhshunos V.Vrum tomonidan 1964 yilda ishlab
chiqilgan. Uning mohiyati shundaki, motivatsiya nafaqat ehtiyojni qondirishga,
shuningdek maqsadga erishish uchun tanlangan hohishga ham bog’liq. Kutish
nazariyasida 3 ta muhim omilning o’zaro munosabati asosiy o’rinni tutadi.
Kutilgan narsa qanchalik qoniqishga olib kelsa, shunchalik motivatsiya kuchli
bo’ladi. Bu degan so’z – ehtiyoj tushunchasidan tashqari rahbar murakkab, qiyin
17
ishga, astoydil ishlangan yaxshi ham to’lanadigan va rag’batlantiradigan
vaziyatlarni yaratishi kerak. Kutish nazariyasining mohiyati ham shuni taqozo
etadi. Adolatlilik nazariyasiga binoan kishilar o’zlari erishgan rag’bat darajasini
shu tizimda band bo’lgan boshqa kishilar erishgan rag’bat darajasi bilan qiyosiy
taqqoslaydi: Dj.Adams fikricha, harajat tarkibida nafaqat xodimning mazkur ishni
bajarishga sarflangan mehnati shu bilan birga uning shu korxonada ishlagan ish
staji, malaka darajasi, yoshi, sotsial mavqei kabilar ham inobatga olingan.
Agar barcha baholashlar va taqqoslashlar natijada adolatsizlikka yo’l
qo’yilganligi ma’ulm bo’lsa, u holda motivatsiya omillari ijobiy tomonga ishlaydi.
O’zgalarga qanday yondashilgan bo’lsa, unga ham xuddi shunday yondashilsa, bu
holda xodim kuchiga kuch qo’shlib, mehnat qiladi va aksincha, ya’ni agar xodim
bu yerda adolatsizlikka yo’l qo’yilganini sezsa, rag’batlantirishda tengsizlik
bo’lgan bo’lsa, u holda korxonada asabbuzarlik holati vujudga kelib, ixtiloflarning
sodir bo’lishiga sabab bo’ladi. Adolat tarozi buzilgan bo’ladi. Kimki qo’lidan
keladiganidan ortiqchasiga intilsa, u adolatdan mahrumdir. Toki kishilar
mehnatiga, qobiliyatiga, bilim – zakovatiga yarasha taqdirlanmas ekanlar, ular
unumdorlikni, intensivlikni oshirishga harakat qilmaydilar. Korxonada hamjihatlik
muhiti qaror topmaydi. Muvafaqqiyatga intiluvchi rahbar ana shu regulyator va
omillarga asoslanib, o’z ishonchi bilan boshqalarga yetakchi bo’lib, ular orqali
xizmat ko’rsatadigan mijozlarni g’alabaga ishontiradi.
Motivatsiya – bu faqat mukofotlarni tarqatish emas. O’z xizmat vazifalarini
bajara olmagan yoki mehnat intizomini buzgan xodimlarni adolatli jazolash ham
ularni o’z faoliyatlarini yaxshilashga undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |