Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi «umumiy pedagogika»


boshina  va  barcha  yurt  xalqining  boshina  ko’rguliklar  keltirur»



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/250
Sana30.12.2021
Hajmi2,47 Mb.
#86767
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   250
Bog'liq
umumiy pedagogika

boshina  va  barcha  yurt  xalqining  boshina  ko’rguliklar  keltirur»,  deb  hayotiy 
dalil  sifatida  keltirishi  bejiz  emas.  Chunki  akalari  Habash  va  Elbars  sultonlar  o’z 
otasi  ArabMuhammadning  ko’zini  o’yib  olish  bilan  qanoatlanmay,  uning  o’g’li  va 
nabiralarini Asfandiyorxonning ikki o’g’li bilan qatl qiladilar. 
Xullas,  Abulg’oziyxon  Xiva  xonlari  orasida  o’ta  tadbirkorligi,  tashkilotchiligi 
va  bilimdonligi  bilan  ajralib  turadi.  Birinchidan,  uning  hayoti  Xiva  xonligini 
markazlashtirish,  mamlakat  iqtisodi  va  madaniyatini  rivojlantirish,  chegarala rni 
kengaytirish  va  mustahkamlash,  turkmanlarni  Xiva  xonligiga  bo’ysundirish  uchun 
olib  borilgan  shiddatli  kurashlar  bilan  o’tdi.  Uning  siyosiy  hayot  yo’li  sermazmun 
sarguzashtlar  bilan  to’la.  Xonlikning  barcha  yuqori  lavozimlari  yana  o’zbek 
hukmdorlari qo’liga o’tkazildi. U ma’muriy islohotlar o’tkazib, xonlikning markaziy 
boshqaruv  tizimini  butunlay  boshqatdan  tashkil  etib,  o’zbek  zodagonlaridan  360 
kishini xonlik tizimini turli lavozimlariga tayinladi.  
Shu bilan Abulg’oziyxon o’zbeklarni va erli aholining nufuzli kishilarini davlat 
boshqaruv  ishlariga  jalb  etib,  mamlakatda  ma’lum  darajada  barqarorlikni  vujudga 
keltirdi.  Abulg’oziyxonning  ichki  siyosat  sohasida  o’tkazgan  eng  muhim 
tadbirlaridan  yana  biri  doim  ko’chib  yuruvchi  o’zbek  qabilalarini  4  guruhga 
birlashtirib  butun  Xorazm  vohasi  bo’ylab,  ya’ni  Darg’on  otadan  to  Orol 
dengizigacha  keng  maydonda  sug’orish  tarmoqlari  sohillariga  o’troqlashtirish 
siyosati bo’ldi. 
Ikkinchidan,  Abulg’oziyxon  turkiy  qavmlar  va  fors-tojik,  mo’g’ul  tillarini 
mukammal  egallagan,  o’zining  «Shajarai  turk»  va  «Shajarai  tarokima»  nomli 
asarlari  bilan  jahonga  mashhur  bo’lgan  olimdir.  Uning  bu  asarlarida  ilgari  surilgan 
kuchli  markazlashgan  davlat  tuzish,  mustahkamlash,  xonliklar  va  bekliklar 
o’rtasidagi  o’zaro  urushlarga  barham  berish,  davlat  va  fuqarolar  manfaatlarini 
himoya  qilish,  davlatni  adolatli  qonunlar  asosida  tadbirkorlik  bilan  boshqarish,  el -
yurt  tinchligi,  xalqlar  do’stligi,  ilm-ma’rifat  egallash,  fan  va  madaniyatni 


86 
 
rivojlantirish  singari  ijtimoiy-siyosiy  va  huquqiy  qarashlari  o’zbek  xalqining 
siyosiy-huquqiy fikrlar tarixiga qo’shilgan katta hissadir.
48
 
Abulg’oziy  “Shajarai  tarokima”  (“Turkmanlar  tarixi”)  asarida  turkiy 
qabilalarning,  xususan,  turkman  xalqining  kelib  chiqishi  haqida  qimmatli  ma’lumotlar 
beradi.  Asarda  barcha  turkiy  xalqlarning  afsonaviy  podshosi  O’g’uzxon  va  uning 
avlodi, tarixi, shuningdek,  turkman  urug’lari  (solur,  boyandur,  taka,  yovmut, tevachi, 
hizr eli, sariqAli eli, yozir, ersori va boshqalarning) kelib chiqishi qisqa tarzda bayon 
etilgan. Bu asarda turkman  xalqi yaratgan  ko’pgina  rivoyat  va  hikoyatlar,  xususan, 
afsonaviy o’g’uz-turkman, Dada Ko’rqut  haqidagi ertak va afsonalar, she’rlar o’rin 
olgan. 
“Shajarai  tarokima”  1893  yilda  A.  G.  Tumanskiy  tomonidan  ruschaga  tarjima 
kilinadi.  Keyinroq  esa  bu  asarning  to’liq  tarjimasi  A.N.Kononov  tomonidan  amalga 
oshiriladi.  Asar  tili,  uslubi  fonetiq  morfologik,  sintaktik  jihatdan  chuqur  tahlil  etilib, 
izohlar  ham  beriladi.  Akademik  A.N.Kononov  shunday  deydi:  “Shajarai  tarokima” 
asari  faqatgina  tarixiy  manba  bo’lib  qolmasdan,  balki  adabiy  yodgorlik  sifatida  ham 
ahamiyatli bo’lgan, chunki unda xalq afsonalari, xalq etimologiyasi, etnomi, maqol va 
matallari, masallari mohirona tasvirlangan”. 
Abulg’oziy  haqiqatan  ham  o’zining  bu  asarini  omma  tushunib  etadigan  sodda  va 
ommabop  uslubda  yozishga  alohida  e’tibor  bergan.  Muallifning  o’zi  bu  haqda 
shunday yozadi: “Barcha bilingkim, bizdan burun turkiy tarix ayqonlar arabiy lug’atlarni 
qo’shib  tururlar  va  forsiyni  ham  qo’shib  tururlar  va  turkiyni  ham  sajh  qilib  tururlar. 
O’zlarining hunarlari va ustozliklarini xalqqa ma’lum qilmoq uchun. Viz munlarning hech 
qaysisini  qilmadiq,  aning  uchunkim  bu  kitobni  o’quvchi  va  tinglaguvchi  albatta  turk 
bo’lg’usi  turur:  bas,  turklarga  turkona  aytmoq  kerakki,  to  ularning  barchasi  fahm 
qilg’aylar”. 
Abulg’oziyning  fikrlari,  uning  “turkona  aytmoqqa”  harakat  qilishi  tarixiy  — 
memuar asari “Shajarai turk”da ham o’z ifodasini topgan. “Shajarai turk”ni... “Turkiy 
bilan aytdum. Turkiyni hamandok aytubmankim, besh yoshli o’g’lon tushunur”, deydi. 
Qizig’ishundaki,  Abulg’oziy  “Shajarai  turk”  asarida  o’z  ota-bobolarining 
shajarasini, hukmdorlarning silsilasini tarixiy voqealar va ko’pincha, afsona va rivoyatlar 
orqali  qiziqarli  va  ixcham  yoritadi.  Tabiat  manzaralarini,  jang  lavhalarini,  qilich  tovushi, 
otning dukurlashi va kishilarning hayqirishini jonli lavhalarda  tasvirlab,  u  ora-orada  o’z 
sartuzashtlarini  ham  qistirtirib  o’tadi.  Bu  xususiyatlar  “Shajarai  turk”ni  esdaliklar 
yo’sinidagi 
tarixiy-badiiy 
me’muar 
asarlarga, 
jumladan, 
“Boburnoma”ga 
yaqinlashtiradi. 
Shu  bilan  birga,  Abulg’oziy  kishilarning  hulq-atvorini 
tasvirlaganda  “To’raning  davlatli  bo’lurining  nishonasi  ul  tururkim,  navkarga 
mehribon  bo’lur  va  badavlatning  nishonasi  qarindoshiga  mehribon  bo’lur”,  “ul 
vaqtda ajalkelib, yaqosindin tutub otasining qatig’a olib ketdi” (jonlantirish),“yulduzda 
bo’lub  qaravullar”  (o’xshatish),  “ul  xalqni  ko’rub  dimog’idin  dudlar  chiqib  buyurdi” 
(mubolag’a),  “xonning  toshday  qattiq  ko’ngli  mumday  yumshoq  bo’ldi”,  “Otangning 
ichi qozonning tubidin ham qoraroq turur”, “Qorulug’ tushdi, bora-bora otlari arriq bo’ldi”, 
“Turkman miltiq otmasiday, erga kelib tushdi”, “o’zbekning ola yilqili, oltin o’choqli va el 
bo’lur ermish degani bu turur” (sifatdoshlar), “har oyog’im o’n botmon bo’ldi”, “ul erda 
ko’p  dyaraxtlar  paydo  bo’ldiki,  o’q  ursa  o’tmas  edi”,  “ariqning  kengligi  otqon 
                                                
48
Ф.Расулова, Т.Дўстжонов, С.Ҳасанов. Хоразм Маъмун Академиясининг олис-яқин юлдузлари. «Иқтисод-
молия» нашриёти, Т.: 2005, 136-144-бетлар 


87 
 
o’qo’tmasday  bo’ldi”  kabi  hikmatli  so’zlar  va  iboralarni  ishlatadiki,  bularning 
barchasi asarning badiiy va ma’rifiy-ilmiy qimmatini oshiradi. 
“Shajarai  turk”dagi  etnografik  ma’lumotlar,  ya’ni  turk-mo’g’ul  qabilalari, 
qabila  nomlarining  ma’nosi  haqidagi,  o’zbeklar,  turkman  urug’lari  va  boshqalar 
haqidagi ma’lumotlar bugungi talaba uchun boy bilim xazinasidir. 
Olim  kitobda  Dashti  Qipchoqda  O’zbekxonning  xonlik  davridan  so’ng 
“barcha  Jo’ji  elini  o’zbek  eli  tedilar”  degan  fikrga  kelgan.  O’zbeklar  kimlar  va 
ular  qachon  paydo  bo’lgan  degan  savol  atrofida  tarixchilar  o rasida  ancha 
vaqtlargacha  munozaralar  mavjud  edi.  Bu  savollarga  aniq  va  haqiqatga  yaqin 
javobni  “Shajarai  turk”  asariga  asoslanib  taniqli  olim  B.  Ahmedov  “Ko’chmanchi 
o’zbeklar davlati” kitobida bergan. 
“Shajarai  turk”  asarining  fazilatlari  g’oyat  ko’p.  Uning  hatto  jug’rofiy 
ma’lumotlarga ham boyligi fikrimizning bir isbotidir. “Shajarai turk”da etnografik va 
jug’rofiy  ma’lumotlargina  emas,  balki  ismlarning  ma’nolarigacha  berilgan  bo’lib, 
unda O’g’uzxonning yigirma to’rt nevaralari ismlarining ma’nolari zikr etilgan. 
Biz  Abulg’oziy  Baxodirxoniing  “Shajarai  turk”  tarixiy-badiiy  memuar 
asarining  ilmiy  qimmati  to’g’risida  mulohaza  yuritar  ekanmiz,  yana  bir  xususiyati, 
ya’ni ilmiy-pedagogik ahamiyati to’g’risida ham to’xtalib o’tishni lozim topdik. Olim 
bu  asarida  odob-axloqqa  oid  ma’rifiy-didaktik  g’oyalarni  ham  ilgari  suradi. 
Abulg’oziy  jamiyatdagi  kishilarni  ikki  guruhga  ajratadi.  Bir  tomonda  yaxshi, 
odobli, kamtar, ilmni sevuvchi, xalq  uchun  xizmat  qiluvchi  kishilar,  ikkinchi  yoqda 
esa  xudbin,  axloqiy  buzuq,  boylikka  hirs  qo’ygan,  “o’z  boshina  va  barcha  yurt 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish