Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi «umumiy pedagogika»



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/250
Sana30.12.2021
Hajmi2,47 Mb.
#86767
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   250
Bog'liq
umumiy pedagogika

lifat  qilsangiz,  bir  o’qni  nechuk  sindirursalar,  sizni  ham  shundoq  sindururlar”,— 
teb yaxshi nasihatlarqildi”. 
Ikkinchi bir o’rinda Chingizxon tilidan ishlatilgan  “biliksiz bosh, keraksiz tosh” 
maqolida  tuman  hokimi  dono,  xalqqa  g’amxo’r,  murabbiy  bo’lmasa  ne  kerak  bunday 
noqobil  hokim  va  xalqqa,  va  lashkarga  bosh  bo’la  oladi,  ayni  choqda  esa  toshga 


90 
 
o’xshatib  suvga  otilishi  mumkin,  degan  g’oya  o’z  ifodasini  topgan:  “Tuman  aqosi 
va xazora va sa’da da’va har yilning avvalinda va  oxirinda meni ko’rub, biliklarimni 
eshitsunlar va andin  so’ng,  ul  kishilar  lashkarg’a  bosh  bo’la  bilyrlar  va  har  qachon 
mundoq  qilmasalar  alar  xalqqa  bosh  bo’lmoqqa  yaramas  tururlar.  Andoq  kishilar 
bir  toshga  o’xsharkim,  ani  bir  suvning  o’rtasiga  tashlagaylar.  U  botib  ketib  hech 
ko’rinmag’ay...”  Shuningdek,  xalq  hayotini  yaxshilash  uchun  zulm  va  zo’rlikni,  har 
qanday  yomonlik  va  yomonlarni  yo’qotish,  yaxshilikning  g’alabasi  uchun  axloqiy 
tarbiyani  kuchaytirish  zarurligini  ta’kidlaydi:  “Har  kishi  o’z  o’yini  yaxshi  saqlasa, 
mamlakatimizni  ham  saqlar”.  Taqi  aytur  erdi  kim,  har  kishi  o’n  kishini  tartib  birlan 
yasasa,  ulug’  lashkarni  ham  yasar  va  taqi  xar  kim  yomonlikdin  o’zining  ichini  pok 
qilsa,  mulkdin  o’g’rini  ham  pok  qilur.  Taqi  har  kishi  ulug’lar  qatig’a  borsa,  andin 
so’z  so’ramay  so’zlamasun.  Agar  so’z  suramay  so’zlasa,  uning  so’zini  eshitsalar 
ne xub, agar eshitmasalar, sovuq temurga cho’kich urg’ondek bo’lur”. 
Abulg’oziy  “Shajarai  turk”da  “bugungi  ishni  tonglag’a  solgan  kishining  hech 
ishi  bitmas”,  “it  semirsa  egasini  qopar”,  “O’ksuk  o’z  kindigini  o’zi  kesar  tegan”  kabi 
xalq  maqoli  va  hikmatli  so’zlarni  qo’llab  axloq  va  aql  hakiqat  mezoni,  adolat  va 
yaxshilikni  barqaror  etuvchi  omil  bo’lgani  uchun axloqiy kamolatga intilishni har bir 
odam uchun zaruriy fazilat deb uqtiradi. 
Xulosa  kilib  aytganda,  Abulg’oziyning  “Shajarai  turk”  asaridagi  jamiyat 
tarixiga  oid  mulohazalari  ma’rifiy-axloqiy  qarashlari  bilan  chatishib  ketgan. 
Tariximiz  va  ta’lim-tarbiya  an’analarimizning  ko’p  sahifalari  ochilmay  qolgan  shu 
kunda  “Shajarai  turk”  barcha  ilm  ahli  uchun  muhim  tarixiy  va  pedagogik  manba 
bo’lib  xizmat  qiladi.  “Shajarai  turk”ning  ilmiy-tarixiy  qimmati  haqida  A.G.Vamberi: 
“Abulg’oziyning  ko’pchilik  ishlari  Zahiriddin  Boburni  xotiraga  tushiradi,  jahon 
uning “Shajarai turk”i uchun minnatdordir” deb yozgan edi. 
Abulg’oziyning  “Shajarai  turk”  asari  mashhur  rus  yozuvchisi  Vladimir 
Galaktinovich  Korolenko,  buyuk  rus  yozuvchisi  A.M.  Gorkiyda  ham  katta  taassurot 
qoldirgan  edi.  M.  Gorkiy  1895  yil  7  avgustida  Korolenkoga  yozgan  xatida: 
“Bahodirxonning  kitobidan  boshqa  mo’g’ullar  tarixiga  oid  yana  biror  manbani  menga 
tavsiya  qilsangiz-chi,  juda  qiziq  ekan,  bu  mo’g’ullar”—  deb  “Shajarai  turk”  asarini 
tavsiya qilganligi uchun ustoziga minnatdorchilik bildirgan. 
Xorazm  tarixini  o’rgangan  tarixnavis-adabiyotshunos  olimlar  X.A.Vamberi, 
V.V.Bartold,  P.N.Poltoa,  A.N.Samoylovich,  A.M.Gorkiy,  A.N.Kononov, 
A.I.Abrasheev,  N.  Veselovskiy,  A.Yakubovskiy,  Yu.Yusupov,  S.I.Ivanov,  P.P.Ivanov, 
V.Zohidov, A.V.Abdullaev, N.M.Mallaev, Ya.G’ulomov, H.Munirov, X.Hudoynazarov, 
A.Sotliqov,  S.Hasanov,  O.Masharipov  va  boshqalar  ham  Abulg’oziyning  “Shajarai 
turk”  asari  yuksak  ma’rifiy-ilmiy  manba  sifatida  muhimahamiyatga  ega  ekanligini 
ta’kidlaydilar. 
Shuningdek, Abulg’oziy Bahodirxonning “Shajarai turk” asari XVIII-XIX asrlarda 
jahon  ilm  ahlining  diqqat  markazida  bo’lib,  1726,  1732,  1770  yillarda  ne mis, 
frantsuz, ingliz, lotin, tatar va boshqa tillarga tarjima qilinib, qayta-qayta nashr etildi. 
1825  yili  bu  asar  S.G.Sablukovskiy  tomonidan  rus  tiliga  tarjima  qilindi.  Nihoyat, 
qariyb  330  yildan  so’ng,  ya’ni  1992  yilda  “Shajarai  turk”  asarini  o’z  ona  tilimizda 
o’qishga muyassar bo’ldik. 
Samarqand 
davlat 
universiteti 
frantsuz 
filologiyasi 
kafedrasi  professori 
Muhammadjon Xolbekov asarning frantsuz tiliga tarjima etilishi bilan bog’liq qiziqarli 
ma’lumotlarni  keltiradi:  1871  —1874  yillari  sharqshunos  baron  Demezon  “Shajarai 
turk” ni  ikki  jild  holida  Sankt-Peterburgda  nashr  qildirdi.  Nashrning  birinchi  jildida 


91 
 
asarning  rus  lug’atshunosi  V.I.Dal  Orenburgdan  keltirilgan  qo’lyozmasining 
asliyati,  ikkinchi  jildida  shu  matn  asosida  amalga  oshirilgan  baron  Demezonning 
frantsuz  tiliga  tarjimasi  o’rin  olgan.  Baron  Demezonning  ushbu  nashri  “Shajarai 
turk”ning  eng  mukammal  qo’lyozma  nusxasi  va  tarjimasi  hisoblanadi.  1969  yilda 
Demezon  matnini  ilmiy  o’rgangan  professor  S.N.Ivanov  “Shajarai  turk”  matnining 
grammatikasi” ocherkini yaratdi. 
Shu  tariqa,  XVII  asr  turkiy  tildagi  adabiyotning  nodir  namunalaridan  biri 
bo’lgan  “Shajarai  turk”ning  har  ikkala  farangcha  tarjimasi  Ovrupoda  ham  shuhrat 
qozonishiga sabab bo’ldi, desak xato qilmaymiz”. 
 Xorazmlik 
mashhur 
tarixchi 
Muhammad 
Yusuf 
Bayoniy 
“Shajarai 
Xorazmshohiy”  asarida  yozishicha,  Abulg’oziy  o’z  davrining  bilimdon  tarixchisi  va 
qobiliyatli shoiri bo’lishdan tashqari, u tabobat ilmi bilan ham shug’ullangan. Abulg’oziy 
janglar va savashlarda orttirgan  jarohatlarini Abu Ali ibn Sino, Abdurahmon va  Yusuf 
tabiblarning  tabobatga  doir  asarlari,  maslahatlariga  ko’ra  o’zi  muolaja  kilib,  124 
kasallikka  doir  “Manof’e-ul-inson”  (“Kishilarning  sihat-salomatliklari  yo’lida”) 
risolasini  yozgan.  Abulg’oziy  bu  risolaning  yaratilishi  xususida  shunday  deydi: 
“Kitoblarni  nazarga  keltirib  erdik  maqsadi  goho  topilur  erdi  va  goho  topilmas  erdi, 
ulkin  topilur  erdi,  hozir  mashaqqat  birla  o’rtaga  kelur.  Shul  sababdin,  illatga  iloj 
qilmoq  uchun,  mu’tabar  kitoblardin  hoxlab  jam  qilib,  ondin  so’ng  illatlarni  bayon 
qildim”. 
Haqiqatan ham, Abulg’oziy aytganidek, bu davrda tibbiyotga doir qator arabcha 
va  fors  tilidagi  asarlar  mavjud  bo’lsa-da,  ammo  ularni  topish,  sof  turkiy  tilda  o’qib 
bahramand bo’lish, ayniqsa, mehnatkash omma uchun amalga oshirib bo’lmaydigan bir 
orzu  edi,  xolos.  Shuning  uchun  ham  Abulg’oziy  bu  sohada  qalam  tebratib,  risolasini 
xalqqa tushunarli sodda va jonli tilda yozganligi katta ahamiyatga molikdir. 
“Ma’nofe’-ul-inson”  risolasi  to’rt  qismdan  iborat  bo’lib,  birinchi  qismda  oddiy 
dorilar,  ikkinchi  qismda  esa  murakkab  dorilar,  ularni  tayyorlash  va  ishlatish  yo’llari, 
uchinchi  qismda  dardlarning  kelib  chiqishiga  sabab  bo’luvchi  omillar,  kasalliklarni 
davolash  tartiblari  haqida,  to’rtinchi  qismda  esa  o’zidan  oldin  o’tgan  tabiblarning  va 
ayni  vaqtda  o’zining  bemorlarni  davolash  sohasidagi  fikr-mulohazalarini  sodda  tilda 
bayon  qiladi.  Qo’llanmaning  ahamiyati  shundaki,  muallif  xalq  tabobatida  qo’llanilgan 
700  dan  ziyod  dori-darmonlar  tadqiqi  53  bobni  tashkil  etadi.  Har  bir  bob  alohida 
xastaliklarga va ularni davolash usullariga bag’ishlangan. Chunonchi bosh, ko’z, quloq, 
tish  og’rig’i,  sariq  kasal  va  boshqa  dardlar  muolajasi  haqida  qimmatli  maslahatlar 
berilgan.
49
 
Xullas, 
Abulg’oziy 
Bahodirxon 
butun 
umrini 
feodal 
tarqoqlikni 
tugatish,markaziy  davlat  hokimiyatini  mustahkamlash,  millatlararo  nizo  chiqishiga 
sabab  bo’ladigan  barcha  g’ovlarni  bartaraf  qilish,  xalq  farovonligini  ta’minlash, 
mo’g’ullar  vayrongarchiligi  oqibatida  400  yil  mobaynida  xarobaga  aylanib  qolgan 
o’lkani  tiklash  uchun  o’zini  ezgulikka  bag’ishlagan,  ilm-fanni  yangi  taraqqiyot 
pog’onasiga  ko’tarib,  XVII  asrda  Xorazmda  madaniy  hayotning  taraqqiy  etishiga 
o’z  hissasini  qo’shgan  buyuk  davlat  arbobi  va  iste’dodli  olimdir.  U  qoldirgan  bebaho 
tarixiy asarlar o’zining ma’rifiy-tarbiyaviy ahamiyatini yo’qotmagan. 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish