Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi «umumiy pedagogika»



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/250
Sana30.12.2021
Hajmi2,47 Mb.
#86767
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   250
Bog'liq
umumiy pedagogika

Sintetik  ta’lim,  asosan,  yuqori  sinflarda  qo’llaniladi.  O’qituvchi  yangi  materialni 
bayon qilar ekan, uni tasvirlab berish bilan cheklanib qolmaydi, balki umumiy xulosalar 
chiqaradi, o’quvchi-talabalarga bo’lak-bo’lak holda ma’lum bo’lgan, ularning ongida bir-
biridan  alohida-alohida  turgan  turli  tasavvurlarni  bir  butun  holga  keltirib,  taqrib  qiladi. 
Gerbart sintetik ta’limga katta ahamiyat beradi. Uning fikricha, faqat taqribgina «tarbiya 
talab qilganidek, fikrlarning muntazam tizimini tiklab berishi» mumkin.       
Gerbartning fikricha, tasvir tahlil va tarqib o’quv jarayonida birin-ketin kiritiladigan 
va  birining  o’rnini  ikkinchisi  izchillik  bilan  almashtirib  turadigan,  bir-biridan  ajratib 
qo’yiladigan qandaydir ta’lim metodlar emas. Ta’lim  jarayoni ta’limning shu uch usulida 
birlik bo’lishini ta’minlashi lozim. 
Gerbart  axloqiy  ta’limning  nihoyat  darajada  intellektualizm  ruhi  bilan  sug’orilgan 
tizimini  ishlab  chiqdi.  Uning  pedagogika  tizimida  o’qituvchining  o’qitish  vositasi  bilan 
o’quvchi-talaba ongiga axloqiy tushunchalarni singdirishiga katta ahamiyat beriladi. 
 
Gerbart  axloqiy  tarbiyaning  o’ziga  xos  vositalari  qatorida  quyidagilarni  ko’rsatib 
o’tadi. 
1.  Tarbiyalanuvchini  tiyib  turish  (shaxsni  boshqarish,    uni    itoatkor  bo’lishga  
o’rgatish  –  bu  vositaga  xizmat  qiladi).  Tarbiyalanuvchilar  uchun  xatti-harakat 
chegaralarini belgilab qo’yish kerak. 
2.  Tarbiyalanuvchini  belgilab  olish,  ya’ni  uni  shunday  sharoitga  qo’yish  kerakki, 
bu  sharoitda  u  «quloq  solmaslik  og’ir  kechinmalarga  olib  kelishini»      faqat   
tarbiyachining      ko’rsatmalaridangina  emas,  balki  shu  bilan  birga  o’z  tajribasidan  ham 
tushunib oladigan bo’lsin. 
3.  Xulqning aniq qoidalarini belgilab qo’yish. 
4.  Tarbiyalanuvchining ko’nglida «osoyishtalik va ravshanlik» bo’lishini ta’minlab 
turish,  ya’ni  «tarbiyalanuvchida  haqiqatga  nisbatan  shubha  tug’ilishi»  uchun  asos 
bermaslik. 
5.  Ma’qullash   va sazo berib turish yo’li bilan bolaning ko’nglini «to’lqinlantirib» 
turish.  
6.  Tarbiyalanuvchini      «xabardor»  qilib  turish,  ya’ni  uning  nuqsonlarini  ko’rsatib 
va tuzatib turish. 
Axloqiy  tarbiyada  jazo  choralarini  ham  qo’llash  kerak,  lekin  intizom  o’rnatish 
uchun qo’llaniladigan jazo choralari tarbiyalash maqsadida beriladigan jazo choralaridan 
farq  qilishi  lozim,  tarbiyaviy  jazo  choralari  qasos  g’oyasi  bilan  bog’lanmasdan,  balki 
tarbiyalanuvchiga xayrixohlik bilan qilinayotgan ogohlantirish choralari bo’lishi lozim. 
Tarbiyalanuvchining  ongida  har  bir  narsani  o’zimcha  mustaqil  hal  qila  beraman, 
degan  fikrning  kuchayib  ketishiga  yo’l  qo’yish  juda  xavflidir.  Tarbiyalanuvchining  har 
qanday  odamlar  orasida  (ulfatchilikda)  bo’lishiga  juda  ehtiyotlik  bilan  qarash  kerak, 
«ijtimoiy  turmush  oqimi  tarbiyalanuvchini  o’z  girdobiga  tortmasligi  va  tarbiyaga 
qaraganda  zo’rroq  bo’lib  ketmasligi  lozim».Gerbart  tarbiyachining  obro’sini  nihoyat 
darajada  yuqori  ko’tarishni  talab  qildi,  bu  obro’  tarbiyalanuvchining  nazarida 
ko’pchilikning  fikridan»  hamisha  ustun  bo’ladi  deb  hisobladi,  shuning  uchun  ham 
«tarbiyachi  juda  zo’r  obro’ga  ega  bo’lishi,  tarbiyalanuvchi  bunday  obro’  oldida 
boshqalarning har qanday fikrini nazar-e’tiborga olmaydigan bo’lishi g’oyat zarurdir». 
Gerbart  g’oyalari  Germaniyada,  Rossiyada,  Amerikada,  G’arbiy  Evropaning 
ko’pgina mamlakatlarida keng tarqaldi. Evropa va AQSh da klassik o’rta maktablar ko’p 


194 
 
jihatdan  Gerbart  pedagogikasiga  asoslanib  qurildi.  Gerbartning  bolalarni  boshqarish 
tizimi  keng  yoyildi.  Bu  tizim  bolalar  tashabbusini  bo’g’ishga  va  ularni  kattalarning 
obro’yiga hech so’zsiz bo’ysundirishga qaratilgan tizim edi. 
Gerbart  pedagogikani  ilmiy  fan  darajasiga  ko’tarish  uchun  ko’p  ish  qildi.  U 
pedagogikaning o’ziga xos tushunchalar tizimi borligini ko’rsatdi. 
Shunday  qilib,  Gerbartning  didaktika  masalalarini  ishlab  chiqishi  ham  katta 
ahamiyatga  ega  bo’ldi.  Uning  ko’p  tomonlama  qiziqish  to’g’risida,  ta’limning  tizimli 
bo’lishi,  qiziqish  va  diqqatni  o’stirish  to’g’risida  aytgan  fikrlari  hech  shubhasiz 
qimmatlidir.  

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish