192
narsa, degan savolga javob beradi va kuzatishga intilish tug’diradi; mushohadaviy
qiziqish – bu qiziqish, nega bu shunday, degan savolga javob beradi va fikr yuritishga
yo’llaydi; estetik qiziqish – bu hodisalarga badiiy baho berishni ta’minlaydi. Ikkinchi,
guruh qiziqishlar qatoriga: yoqtiruvchi qiziqish – bu qiziqish o’z oila a’zolariga juda
yaqin tanish-bilishlariga qaratilgan qiziqish; ijtimoiy qiziqish – odamlarning kengroq
doirasini, jamiyatni, o’z xalqini va butun insoniyatni bilishga qaratilgan qizisishdir.
Gerbart «xudoning visoliga etish»ga qaratilgan diniy qiziqishni ham shu guruhga
kiritadi. Uning fikricha, odamzod o’z tarixining boshlang’ich davrida bolalarga va
o’spirinlarga xos narsalarga va faoliyat turlariga qiziqqan. Shu sababli deydi u, –
o’quvchi-talabalarga qadimiy xalqlar tarixi va adabiyoti doirasidan olingan va tobora
murakkablashib boradigan gumanitar bilimlar berish kerak.
Gerbart qadimiy tillarga va matematikaga ham juda yuksak baho berdi, shu bilan
birga, u matematikani asosan tafakkurni o’stirish vositasi deb, «ruh uchun kuchli
gimnastika» deb hisoblaydi.
Gerbart ta’lim bosqichlari nazariyasini ishlab chiqdi, bu nazariya hamma
mamlakatlarning pedagoglari orasida keng tarqaldi. U ta’limni shaxsning psixik faoliyati
qonunlariga muvofiqlashtirishga urinib ko’rdi, bu qonunlarni appertseptiv jarayon
faoliyatining mexanizmi deb tushundi.
Gerbartning fikricha, ta’lim jarayoni, albatta, o’rganilayotgan materialga chuqur
kirish (chuqurlashish) va ta’lim oluvchining o’ziga chuqur berilishi (anglashi) orqali
o’tadi. O’z navbatida bu – chuqurlashish va anglash, ko’ngil osoyishta bo’lgan holatda,
yoki ko’ngil harakatda bo’lgan holatda amalga oshirilishi mumkin.
Ta’limning to’rt bosqichi mana shundan kelib chiqadi, bu bosqichlarga Gerbart: 1)
ravshanlik, 2) assotsiatsiya, 3) tizim, 4) metod deb nom berdi.
Birinchi bosqich ravshanlik bo’lib, u osoyishtalik holatidagi chuqurlashishdir.
O’rganilayotgan material shu material bilan bog’liq bo’lgan narsalarning hammasidan
ajratib olinadi va chuqur ravishda ko’zdan kechiriladi.
Ikkinchi bosqich assotsiatsiya bosqichi bo’lib, bu harakat holatidagi
chuqurlashishdir. Bunda yangi material ta’lim oluvchida mavjud bo’lgan narslarda,
kitoblar o’qiganda hosil qilingan, turmushdan va shu kabilardan olingan tasavvurlar
bilan bog’lanadi.
Uchinchi bosqich tizim bosqichi bo’lib, bu osoyishta holatdagi anglashdir. Bunda
o’quvchi-talabalar o’qituvchi rahbarligida esa tasavvurlar bilan bog’langan yangi
bilimlar asosida xulosalar, ta’riflar, qonunlar qidiradilar.
To’rtinchi bosqich metod bosqichi bo’lib, bu harakat holatidagi anglashdir, olingan
bilimlar bunda yangi faktlar, xodisalar va voqealarga tatbiq qilinadi. Uning fikricha, bu
bosqichlar ta’limning borishidagi izchillikni belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: