Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi «umumiy pedagogika»


qo’llashning  iqtisodiy  va  ijtimoiy  qonuniyatlarini  o’rgangan



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/250
Sana30.12.2021
Hajmi2,47 Mb.
#86767
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   250
Bog'liq
umumiy pedagogika

qo’llashning  iqtisodiy  va  ijtimoiy  qonuniyatlarini  o’rgangan.  Ko’p  vaqt  o’tmasdan 
innovatikaning o’rganish sohasi kengayib, u falsafa, psixologiya, sotsiologiya, boshqarish 
nazariyasi, iqtisod va madaniyatshunoslik (kulturologiya) fanlari o’rtasidagi oraliq fanga, 
70-yillarga kelib yangiliklar kiritish haqidagi fan (nauka o novovvedeniyax) murakkab, 
ko’p  tarmoqli  sohaga  aylanadi.  50-yillarda  innovatsion  pedagogik  jarayonlar  G’arb 
olimlarining  maxsus  izlanish  predmetiga  aylansa,  80-yillarda  rus  olimlarning  tadqiqot 
ob’ekti bo’ldi. 
Yangilanishlarni  pedagogika  faniga  nisbatan  qo’llaganda  ta’lim-tarbiya  jarayonini 
amalga  oshirish  va  uning  natijalarini  yaxshilashga  qaratilgan  pedagogik  tizim  ichida 
o’zgarishlar kiritish tushuniladi. 
Rossiyada  pedagogik  innovatsiyalarning  paydo  bo’lishi  maktablarni  tez 
rivojlantirish  ehtiyoji  bilan  ularni  o’qituvchilar  tomonidan  amalga  oshirishdagi 
qiyinchiliklar, qarama-qarashliklardan kelib chiqqan. 
Mustaqil  O’zbekiston  sharoitida  esa,  innovatsiyalarni  o’rganish,  uni  ta’lim 
jarayoniga  tatbiq  etish  ta’lim  tizimini  isloh  qilish  masalalari  bilan  bog’liq  ravishda 
tayyor  axborotlarni  berishga  asoslangan  an’anaviy  o’qitish  turidan,  o’quvchi-
talabalarning  o’zlarini  izlanishga,  ma’lumotlarni  o’zlari  izlab  topishga  o’rgatadigan 
ta’lim  tizimiga  o’tish  yo’lidagi  harakatlar  bilan  asoslanadi.  Shunga  ko’ra  yangi 
bilimlarga  ehtiyoj,  yangilik,  innovatsion  jarayonlar  kabi  tushunchalar  mohiyatini 
anglashga ehtiyoj kuchaymoqda. 
Yangilik kiritish” (Innovatsiya) tushunchasi yangiliklarda ham, ushbu yangilikni 
amaliyotga tatbiq etish jarayoni sifatida ham tushuniladi. 
Innovatsion pedagogika” termini va unga xos bo’lgan tadqiqotlar G’arbiy Evropa 
va  AQShda  XX  asrning  60-yillarida  paydo  bo’ldi.  Innovatsion  faoliyat  F.N.Gonbolin, 
S.M.Godnin,  V.I.Zagvyazinskiy,  V.A.Kan-Kalik,  N.V.Kuzmina,  V.A.Slastenin  va 
boshqalarning  ishlarida  tadqiq  etilgan.  Bu  tadqiqotlar  innovatsion  faoliyat  amaliyoti  va 
ilg’or pedagogik tajribalarni keng yoyish nuqtai nazaridan yoritilgan. 
V.A.Lazerev, 
A.I.Prigojin, 
V.A.Slastenin, 
O.G.Xomeriki, 
M.M.Potashnik, 
J.Yo’ldoshev,  N.Azizxo’jaeva,  K.Zaripov,  Sh.Qurbonov,  E.Seyt  –  Xalilov  va  boshqa 
olimlar amaliyotda ta’lim rivojlanishini,  unga oldin mavjud bo’lmagan komponentlarni 
kiritish,  yoki  ularni  takomillashgan  turlariga  almashtirishni    pedagogik  yangilanish 
tarzida  tushunadi.  Ular  yangilanishni  yangilik  tarzda  tushunish  lozim  deydi. 
Yangilanishni  nisbiy  tushuncha  tarzida  ifodalab,  o’zgarishlarni  quyidagi  sifatlar  bilan 
xarakterlanishini  ifodalaydi:  o’zgarish  predmeti,  ya’ni  ta’lim  tizimida  qayta 


167 
 
o’zgartiriladigan  predmet;  o’zgarishlar  teranligi  (yangilik  kiritish  natijasidagi  o’zgarish 
darajasi);  o’zgarishlar  masshatabi;  yangilanish  manbalari  (hajmi);  ishlab  chiqilganlik 
darajasi. 
Ba’zi mualliflar pedagogik yangilanishlarni ilg’or tajribaning xususiy shakli tarzida 
qaraydi.  Ularni  radikal  yangiliklar  bilan  tenglashtirib,  quyidagilar  bilan  bog’lab 
tushuntiradi;  dolzarb  muammoning  yangi  echimi,  ulardan  foydalanish  yangi  sifat 
o’zgarishlariga  olib  keladi,  ularni  qo’llash  tizimdagi  boshqa  komponentlarni  ham  sifat 
jihatidan  o’zgartiradi.  Bunda  yangilanishlar  tizimining  bir  sifatli  holatdan  ikkinchi 
holatga o’tishi tarzida tushuniladi. 
Yangilik  muayyan  ta’lim  tizimi  ichida  mavjud  bo’lib,  yangilanish  asosida  yuzaga 
keladi.  Shu  tarzda  yangilanishni  yangilik  yaratish,  qo’llash  va  o’zlashtirish  hisobiga 
ta’lim rivojlanishi jarayoni sifatida tushunish mumkin. 
Yangilanish  ta’lim  jarayonining  qaysi  bo’lagida  o’zgartirish  kiritishni  aniqlashdan 
boshlanadi. 
Pedagogik  yangilanish  predmeti-yangilanish  jarayoni  samaradaorligi  va  ularni 
aniqlovchi omillar orasidagi bog’liqlik, shuningdek, o’zgarishlar samaradorligini oshirish 
maqsadida shu omillarga ta’sir etish usullaridan iborat. 
Innovatsion jarayonlar quyidagi bosqichlarga ajraladi: 
1.  Yangi  g’oyalarning  tug’ilishi  va  yangilanish  kontseptsiyasining  paydo  bo’lish 
bosqichi.  Bu  shartli  ravishda  fundamental  va  amaliy  izlanishlar  natijasi  tarzida  yangilik 
yaratish deyiladi. 
2. Yaratish bosqichi. Muayyan ob’ektda amalga oshirilgan yangilik – moddiy yoki 
ma’naviy narsa – namuna. 
3.  Yangilik  kiritish  bosqichi.  Yaratilgan  yangilik  amaliyotga  tatbiq  etiladi,  qayta 
ishlanadi. Bu bosqich kiritilgan yangilikdan yuqori samaraga erishish bilan yakunlanadi. 
So’ng  yangilikning  mustaqil  harakatlanishi  boshlanadi.  Yangiliklar  qo’llanilish 
jarayonida yanada boshqa bosqichlarga ajraladi. 
4.  Yangiliklarning  hayotga  tatbiq  etish  bosqichi.  Yangiliklarni  boshqa  sohalarga 
ham keng qo’llashda namoyon bo’ladi. 
5. Muayyan sohada yangilikning turg’un xizmat qilish bosqichi. 
Yangilikni  qo’llash  davomida  yangilik  o’zining  yangilik  xususiyatini  yo’qotib 
boradi.  Mazkur  bosqich  yangilik  o’rniga  undan  ham  samarali  yangiliklarni  tatbiq  etish 
bilan  yakunlanadi.  Bir  yangilik  o’rnini  undan  ham  samaraliroq  bo’lgan  boshqasi 
egallaydi. 
6.  Yangiliklarni  boshqa  yangilik  bilan  almashtirish  maqsadida  yangiliklar 
masshtabini qisqartirish bosqichi. 
Ta’lim sohasida innovatsion jarayonlar ikki turga bo’linadi: 
1. 
Stixiyali ravishda amalga oshadigan innovatsiyalar.   
Innovatsion jarayonni amalga oshirish shartlari, vosita va  yo’llari tuzilishini to’liq 
anglamagan  yoki  uni  tug’dirgan  ehtiyojga  bog’lanmagan  holda  amalga  oshiriladi.  Bu 
tarzdagi  innovatsiyalar  ko’pincha  ilmiy  asoslar  bilan  bog’liq  bo’lmay,  empirik  asosda 
vaziyat  talablaridan  kelib  chiqqan  holda  amalga  oshiriladi.  Bunday  innovatsiyalarga 
novator o’qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar  faoliyatlarini misol keltirish mumkin. 
  2.  Ta’lim  tizimidagi  innovatsiyalar  ongli,  maqsadga  yo’naltirilgan,  ilmiy  ishlab 
chiqilgan fanlararo faoliyat natijasi hisoblanadi. 
  Ta’lim soxasidagi innovatsiya ta’lim-tarbiya maqsadi, mazmuni, usul va shakllari, 
pedagogik jarayonni tashkil etishda yangiliklar kiritishni nazarda tutadi. 


168 
 
  Innovatsion  jarayon  bir  necha  bosqich  va  vositalar  yig’ini  yordamida  ilmiy 
yangilik yoki g’oya, ijtimoiy yangilikka, shu qatorda ta’lim yangiligiga aylanadi. Bunda 
yangilik  kiritish  innovatsiya  natijasi  sifatida  qaraladi,  innovatsion  jarayon  esa,  umumiy 
tarzda  quyidagi  uch  bosqich  rivojlanishi  tarzda  tushuniladi:  g’oyalarni  berish  (ilmiy 
yangilik ochish), g’oyalarni amaliy jihatdan ishlab chiqish va uni amaliyotga tatbiq etish. 
  Innovatsiyalarni quyidagicha tasniflash mumkin: 
  1.  Funktsional  imkoniyatlariga  qarab,  barcha  pedagogik  innovatsiyalar:  
yangiliklar  samarali  ta’lim  jarayonini  ta’minlaydigan  shartlar  (ta’limning  yangi 
mazmuni,  innovatsion  ta’lim  muhitlari,  ijtimoiy-madaniy  sharoitlar);yangilik  – 
pedagogik  vosita,  texnologik  ta’lim  loyihalari  va  hakazo;  tashkiliy  boshqaruvga  oid 
yangiliklar (ta’limning sifatli xizmat qilishini ta’minlaydigan echimlar). 
  2.  Innovatsiyalarni  amalga  oshirish  va  tatbiq  etish  sohasiga  qarab:  ta’lim 
mazmunida;  o’qitish  texnologiyalari,  ta’lim  tizimining  tarbiyaviy  sohasida;  pedagogik 
jarayon qatnashchilari o’zaro ta’siri tizimida, pedagogik vositalar tizimida. 
Tizimli  innovatsiyalar  –  bu  muayyan  muammo  doirasidan  kelib  chiqadigan,  aniq 
maqsad,  vazifalariga  ega  innovatsiyalardir.  Bular  o’qituvchi  va  o’quvchi-talabalar 
qiziqishlari asosida tuzilib, uzviylik xarakteriga ega bo’ladi. Bunday innovatsiyalar puxta 
tayyorlanib, ekspertlardan o’tadi va zarur vositalar bilan  ta’minlanadi (kadrlar, moddiy, 
ilmiy-metodik ta’minot). 
Xullas,  O’zbekiston  sharoitida  pedagogik  innovatsiyalar  asosan  pedagogik  tizimni 
takomillashtirish,  shu  asosda  ta’lim-tarbiya  jarayonini  samarali  tashkil  etishga 
yo’naltirilgan  pedagogik  texnologiyalarni  ishlab  chiqish  va  ta’lim  jarayoniga  tatbiq 
etishga qaratilgan.
108
 
 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish