O’zbekistonda iqlimiy sharoit insonning faol xo’jalik faoliyatiga ham bog`liqdir. Inson yaratgan vohalarda havoning harorati, namlik darajasi, shamolning kuchi birmuncha o’zgaradi. Masalan, suv bilan ta’minlangan vohalarda Quyosh energiyasining ancha qismi namni bug`latishga sarf bo’lgani uchun havo harorati yozda sug`orilmaydigan hududlarga nisbatan 1,5-3,00 past, havoning nisbiy namligi 10-15% ortiq bo’ladi, shamollar kuchi va soni kamayadi. Binobarin, suv bilan yaxshi ta’minlangan, o’simliklarga boy vohalarda o’ziga xos voha iqlimi tarkib topadi. Hozir O’zbekistonda sug`oriladigan yerlar 4,3 mln.ga atrofida, demak shuncha maydonda tabiat, shu jumladan iqlim o’zgargan, ayniqsa atmosferaning yer yuzasining meteorologik rejimi chuqur o’zgarishlarga uchragan. Sug`orish natijasida tuproq yuzasining mikroiqlimi ham o’zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |