Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni


O’zbekistonning geografik o’rni va Quyosh radiastiyasi



Download 1,51 Mb.
bet36/144
Sana12.01.2022
Hajmi1,51 Mb.
#336771
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   144
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fan (1)

O’zbekistonning geografik o’rni va Quyosh radiastiyasi. O’zbekiston Evrosiyo materigining markazida, okeanlardan uzoqda (Tinch okeandan 5500 km, Atlantikadan-4000 km, Shimoliy Muz okeanidan 2500 km, Hind okeanidan 2000 km), berk havzada, shimoliy kengliklar 370111-450331 va 560001-730101 sharqiy uzunliklar orasida joylashgan. Uning bunday geografik o’rni Quyoshdan ko’proq radiastiya kelishini ta’minlaydi.

Quyosh nurining er yuzasiga ko’p yoki kam kelishi va uning taqsimlanishi eng avvalo nurning qanday burchak ostida tushishiga va kunning uzun-qisqaligiga bog`liq. Bular esa o’z navbatida joyning geografik kengligiga va yil fasllariga bog`liq ravishda o’zgaradi. O’zbekistonning chekka shimolida 22 iyunda peshinda Quyosh nuri er yuziga 680, Toshkentda 720 , mamlakatning janubida-Termizda esa 760li burchak ostida tushadi. Qishda esa bu burchaklar shimolida 210, janubida esa 290ga teng bo’ladi. Yozda O’zbekistonda kunduz kunning uzunligi 15 soatdan ko’proq davom etsa, qishda 9 soatdan kam emas. Binobarin, O’zbekistonda Quyosh baland ko’tarilganligi, kunning uzunligi, bulutlik kunlarning kamligidan Quyosh uzoq vaqt nur sochib turadi. 350 shimoliy kenglikda yil davomida Quyosh nur sochib turishi mumkin bo’lgan vaqt 4447 soatni tashkil qilsa, 400 shimoliy kenglikda 4455 soatga teng. Biroq O’zbekistonning relefi va bulutlilik darajasi bu ko’rsatkichlarga ma’lum darajada o’zgartirishlar kiritadi va Quyosh nur sochib turadigan soatlar miqdori Quyosh ufqdan yuqorida turgan soatlar miqdoriga nisbatan kamroq bo’ladi. Shuning uchun O’zbekistonning tekislik qismi olishi mumkin bo’lgan Quyosh energiyasining 65-70%ini oladi. Shu sababli Quyosh nur sochib turadigan vaqt Termizda 3095, Toshkentda 2870, respublikamiz shimolida esa 2000 soatni tashkil etadi.

Tog`larda Quyosh nur sochib turadigan vaqt ufqning ochiqligi, yonbag`irlarning holati (ekspozistiyasiga) va bulutlikka qarab tekislikdagiga nisbatan biroz kamayadi. Masalan, Angren platosida 2124 metr mutlaq balandlikda u 2692 soatni tashkil etadi.

Taqqoslash shuni ko’rsatadiki, shimoliy yarimsharda mo’’tadil mintaqadagi o’lkalar ichida O’zbekistonning tekislik qismi Quyoshning nur sochib turadigan vaqt eng ko’p bo’lgan hudud hisoblanadi. Bu jihatdan AQShning janubi-g`arbida joylashgan Yuta, Kaliforniya, Nyu-Meksika shtatlari mamlakatimizga tenglasha oladi. Binobarin, O’zbekiston hududi Er yuzida shu kenglikdagi eng serquyosh o’lka. Bu esa hududimiz iqlimining o’ziga xos xususiyatlaridan biridir.

O’zbekistonda Quyoshning ufqdan baland ko’tarilganligi va oftobli kunlar ko’p bo’lganligi sababli bu er Quyosh radiastiyasini, ya’ni undan er yuzasiga tushadigan issiqlikni ko’p oladi. Yalpi Quyosh radiastiyasidan olayotgan issiqlik miqdori Taxiatoshda 147,1, Tomdida 153,1, Toshkentda 139,4, Qizilchada 160,8, Farg`onada 144,7, Samarqandda 143,9 va Termizda 159,8 kkalsm2 ga teng. Tabiiyki, yozda qishdagiga nisbatan hududimiz 4-5 marta ko’proq issiqlik oladi. Qishda esa Quyosh radiastiyasi susaygani uchun O’zbekiston hududiga kirib kelgan har bir havo massasi havo haroratini va umuman ob-havoni tez o’zgartira oladi.

O’zbekiston uchun xos xususiyat-bu uning hududida yillik radiastiya balansining uncha katta emasligidir. U Tomdida 43,0, Farg`onada 47,8, Toshkentda 53,1, Termizda 67,1 kkalsm2 ni tashkil etadi. Tog`larda esa balandlikka bog`liq ravishda qishning uzoq davom etishi va qor albedosining kattaligi (60-80%) sababli radiastiya balansi kamayib boradi. Masalan, Qizilchada 2075 m mutlaq balandlikda u 32,5 kkalsm2ga teng, qish oylarida O’zbekistonning shimolida u ayrim yillari manfiy ko’rsatgichga ega.

Quyoshdan kelayotgan issiqlik hudud iqlimining tarkib topishida muhim omil bo’lishi bilan birga, respublikaning tabiiy boyliklaridan biri hisoblanadi va O’zbekistonda qimmatli issiqsevar o’simliklarni etishtirishga imkon beradi. Quyosh radiastiyasidan sanoatda, maishiy xizmatda, tibbiyotda ham keng foydalaniladi.


Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish