Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni


Tog` oldi rayonlar va tog`lar relyefi



Download 1,51 Mb.
bet34/144
Sana12.01.2022
Hajmi1,51 Mb.
#336771
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   144
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fan (1)

Tog` oldi rayonlar va tog`lar relyefi.


O`zbekiston tog`lari Tyanshan va Oloy tog` sistemalarining tarmoqlaridir. Toshkent viloyati hududida shimoli-sharqdan janubi-g`arbga tomon bir-biroviga parallel cho`zilgan Chotqol, Qurama, Pskom va Ugom tog`lari Tyanshan tog` sistemasiga, respublikaning sharqiy va janubiy qismidagi Turkiston, Zarafshon va Hisor tog`lari esa Oloy tog` sistemasiga kiradi.

Tyanshan tog` sistemasining g`arbiy qismida geograafik kenglik bo`ylab cho`zilgan eng oxirgi tizma Talas Olatovidir. Talas Olatovi g`oyat keng va murakkab tog` tizmasi bo`lib, bir qancha tarmoqlarga bo`linib ketadi. Bu tarmoqlar o`z navbatida yana bir necha mustaqil tizmalar va baland platolardan iborat. Bular Qorjantog`, Ugom, Pskom, Sandalash, Chotqol, Qurama tog` tizmalaridir, Mo’g`iltog` va Ohangaron platosi Talas Olatovining oxirgi tarmoqlaridir. Talas Olatovi va uning bu yuqorida aytilgan tarmoqlari G`arbiy Tyanshan deb yuritiladi.

Respublikamizdagi Qorjantog`, Ugom, Pskom, Chotqol, Qurama, Farg`ona, Turkiston, Morguzar, Nurota, Hisor, Zarafshon va Qizil-qumdagi past tog`lar Tyanshan va Oloy tog` sistemasining tarmoqlaridir. Tog` tizimlari orasida Farg`ona, Mirzacho`l, Chirchiq, Ohangaron, Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo kabi botiqlar vujudga kelgan.

Talas Olatovining g`arbidagi eng chekka tarmog`i Ugom tizmasi bo`lib, bu tizma Pskom va Ugom daryolari hamda Aris daryosi bilan Pskom orasidagi suv ayirg’ichdir. Ugom tizmasi janubi - g`arbdan shimoli- sharqqa qarab Pskom daryosi quyilish joyidan Oqsuv daryosi boshlanish joyidagi Manas tog` tugunigacha cho`zilib boradi. Ugom tog`larining o`rtacha balandligi 3000-3500m, eng baland yeri shimoli-sharqidagi Sayram cho`qqisi 4229 m. bo`lib Qozog`iston hududidadir. Tizmaning eng baland qismlari shimoli - sharqidadir. Onao`lgan daryosining boshlanish joyida kichik-kichik muzlik va qor uyumlari bor. Pskom va Ugom daryolarini tarmoqlari shu muzlik va qorlardan boshlanadi.

Ugom tizmasining bir necha tarmog`i bor, g`arbiy yon bag`irning o`rta qismidan ajralib chiqqan Qorjantog` tizmasi uning eng katta tarmog`idir. Qorjantog` tizmasi bo`ylab O`zbekiston bilan Qozog`iston chegarasi o`tgan Ugom, Bodom va Kalas daryolari orasidagi suvayirg`ichdir. Qorjantog` yemirilib pasaygan tog` bo`lib, o`rtacha balandligi 2000 m. Janubidagi eng baland Mingbuloq cho`qqisi 2834 m. ga yetadi. G`arbiy yon bag`rida 600-800 m. baladliklardagi platolar Sirdaryoga qarab pasayib boradi. O`zbekistonga qarashli bo`lgan Sharqiy yon bag`ri kambar bo`lib, Ugom vodiysi ustidan tik ko`tarilib turadi. Ugom tizmasining ikkinchi tarmog`i uning shimoli-sharqidan ya'ni Onao`lgan daryosining boshlanish joyidan ajralib chiqqan Tuproqbel tog`idir. Bu tog` janubi-sharqqa tomon cho`zilib Ugom tizmasini Pskom tizmasi bilan qo`shib turadi.

Talas Olatovining ikkinchi yanada balandroq tarmog`i Ugom tizmasiga parallel holda turgan Pskom tizmasidir. Bu tizma Pskom va Chotqol daryolari havzasini bir-birovidan ajratib turadi. Pskom tizmasini faqat g`arbiy yonbag`ri O`zbekistonga qaraydi. Bu yonbag`ir kambar ko`pincha qoyali bo`lib Pskom vodiysi ustida tik ko`tarilib turadi. Talas Olatovining eng katta tarmog`i-Chotqol tizmasidir. Chotqol tizmasi Sirdaryoning o`ng irmoqlari bo`lgan Chirchiq havzasi bilan Ohangaron, Kosonsoy, G`ovasoy, Chodoqsoy kabi daryolarning havzalari orasida suvayirg`ichdir. Bu tizmasining janubi-g`arbi qisqa va past qismi hamda undan ajralib chiqqan kichik tarmoqlarigina O`zbekiston hududiga kirib kelgan.

Chotqol tog` tizmasi Chapchama tog` uzelidan g`arbga birmuncha past tizmalarga va tekis baland platolarga aylanib, tekisliklar orqali Chirchiq vodiysiga tushib boradi. Bu yerda katta Chimyon (3277 m.) va Qizilnura (3533 m.) tog`lari, Maydontol (2000 m.), Palatxon (2744 m) va Ohangaron platolari bor.

Chotqol tizmasining tarmoqlari orasidagi baland tekis yerlardan biri, Qizilnura massivi bilan Qurama tog`lari orasida asosan otqindi jinslardan tuzilgan Ohangaron platosi joylashgan. Uning o`rtacha balandligi 2000 m. Tog`ga tutashgan sharqiy qismi balandlashib 3000 m. ga yetadi, g`arbda esa 300-400 m. tekislikka aylanadi. Platoning o`rta qismidan Ohangaron daryosi oqadi. Ohangaron va G`ovasoyning bosh qismida daralar ko`p.

Chotqol tizmasidagi Chapchama tog` uzelidan janubi-g`arb tomonga uzunligi taxminan 170km. keladigan Qurama tizmasi ajralib chiqqan. Bu tizma Farg`ona vodiysi tomon oqib tushadigan daryolar bilan Ohangaron daryosi havzasi orasidagi suvayirg`ich O`zbekiston va Tojikiston orasidagi chegara ham shu tizma bo`ylab o`tgan. Qurama tizmasining o`rtacha balandligi 2000m, eng baland nuqtasi 3745 m.

Qurama tizmasining janubi-g`arbidan qoyali Mo’g`iltog` massivi ajralib chiqqan, bu massivning uzunligi taxminan 35 km. bo`lib Sirdaryoga borib taqaladi. Sirdaryoning Bekobod ostonalari Mug`iltog` massivining qattiq jinslaridan paydo bo`lgan. Hozir bu yerda Farxod GESi qurilgan. Mug`iltog`ning o`rtacha balandligi 1500-1800 m. eng baland nuqtasi 2100m. Mug`iltog` qirrasidan O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi chegara o`tadi. G`arbiy Tyanshandagi bu tizmalarning yadrolari granit, siyenit va profirlardan tuzilgan. Bu jinslar paleozoy erasi ohaktosh, qumtosh va slanes kabi cho`kindi jinslari orasiga kirib kontakt zona hosil qilib, polimetal rudalar, volfram, molibden, mishyak, oltingugurt, flyuorit va boshqalar paydo bo`lgan. Tizma Alp burmalanishida qayta ko`tarilib parchalanib ketdi. Natijada bo`lak-bo`lak tog` massivlari, platolar va botiqlarni hosil qildi. Botiqlardan biri Xo`jakent bilan Burchmulla orasida Chorbog` botig`idir. To`rt tomonini tog`lar bilan o`ralgan Chorbog` tekisligi Chotqol, Pskom, Ko`ksuv, Chimyonsoy va boshqa daryolarning oqiziqlaridan hosil bo`lgan tor Chorbog` darasida to`gon qurilib, GES qurilgan. Chorbog` botig`ida 2 mlrd. m3 suv to`planadigan suv ombor vujudga kelgan.

Tog`lar orasidagi katta vodiylardan Ugom, Pskom, Ko`ksuv, Chotqol, Chimyonsoy vodiylarni ko`rsatish mumkin.

Turkiston, Zarafshon va Hisor tizmalarining faqat g`arbiy tarmoqlari O`zbekistondadir. Eng shimolda sharqdan g`arbga qarab Turkiston tizmasi cho`zilgan. Bu tizmani g`arbiy past qismi O`zbekistonga qaraydi. Bu tizma Farg`ona vodiysini janubi - g`arbiy tomondan o`rab turadi. Uning vodiyga qaragan shimoliy yon bag`ri keng.

Turkiston tizmasi paleozoy qumtoshlaridan, slaneslardan, ohaktosh va boshqa jinslardan tuzilgan. Turkiston tizmasi O`ratepa meridianidan g`arbga tomon pasayib borib, Samarqandga 30-40 km qolganda baland platolarga aylanib ketadi.

Turkiston tizmasidan shim. g`arbga qarab Morguzar, g`arbga qarab Chumqor tog`lari ajralib chiqqan. Morguzar tog`lari Guralash dovonidan (2500m) Sangzor daryosi darasigacha cho`zilib boradi. Daraning chap tomonidan Nurota tog`lari davom etadi. Bu ikkala tog` orasida Sangzor darasi Temurlang yoki Ilono`tdi darvozasi deb ataladi.

Morguzar tog`ining eng baland sharqida bo`lib 2622 m. Morguzar tog`idan janubda unga parallel holat kenglik yo`nalishida Chumqor tog`lari ham Turkiston tizmasining jan. g`arbiy tarmog`idir.

Chumqor tog`lari Sangzor bilan Zarafshon daryosi orasidagi suv ayirg’ich. Bu tog` orqali Tojikiston bilan O`zbekiston orasidagi chegara o`tgan.

Morguzar bilan Turkiston-Chumqor tog`lari orasidagi botiqda Sangzor vodiysi hosil bo`lgan. Nurota tog`i Sangzor vodiysidan Nurota qishlog`iga qadar cho`zilib boradi. Nurota tog`lari Oqtog` va Qoratog` kabi bir necha tizmalarga bo`linadi. Nurota tizmasining o`rtacha balandligi 1000-1500 m uning markazida eng baland xayot (Zargar) cho`qqisi – 2169m. Bu tog` paleozoy ohaktoshlari, qum toshlari va slaneslardan, shuningdek metamorfik jinslardan tuzilgan Oqtog` o`zini marmari bilan mashxur. Qizilqum ichki qismidagi Quljuqtog`, Tomditog`, Bo`kantog`, Yetimtog`, Oltintog`, Ovminzatog` Sulton Uvays tog`lari bo`lib, bu tog`li o`lka qadimda yaxlit tog` sistemasi, hozir esa parchalanib ketgan va yemirilgan.

Turkistonni janubida paleozoy ohaktoshlari kristalli slanes va qisman granitdan tuzilgan Zarafshon tizmasi bor. Bu tizmani O`zbekistonga karashli past qismi Zarafshon va Qashqadaryo xovzasini bir-birovidan ajratib turadi. Tizma Panjakent shahri meridianidan o`tgandan so`ng O`zbekistonga kirib keladi.

Tizmaning TaxtaQorachagacha bo`lgan qismi Chaqilkalon tog`lari, g`arbdagi davomi Qoratepa tog`lari deyiladi. Bu tog` g`arbda Jom Qishlog`i yonida tekislikka qo`shilib ketadi. Bu yerda Zarafshon va Qashqadaryo botiqlarini bir biroviga qo`shib turgan Jom yo`lagi (botig`i) bor. Bu yo`lakdan Eski Ang`or kanali o`tgan (Zarafshon suvini Qashqadaryog`a).

Turkiston va Zarafshon tizmalari orasidagi botiqda Zarafshon vodiysi hosil bo`lgan. Buning Panjakent yaqinidagi balandligi 800-900 m. bo`lsa, Buxoro vohasida 200-250 m.

1964 yilda 24 aprelda Samarqanddan 140 km masofada Zarafshon vodiysining tog`li qismida, Ayniy Qishlog`i yaqinida to`xtovsiz yoqqan yomg`ir va jala natijasida Zarafshon tizmasining shimoliy yonbag`ridagi So`xta (ko`ygan) tog`ining

baxaybat bir qismi kulab tushdi. Gil, chagirtosh, harsangtoshdan iborat. Bu tog` suralmasi daryo o`zanida ulkan tabiiy to`gon hosil qildi.

Balandligi 240m., eni 500-1000m, daryo o`zani bo`ylab uzunligi 820m. ga borgan bu to`gon Zarafshon daryosini butunlay bo`gib qo`ydi. To`gon oldida har kun 6 mln. m3 suv to`plana bordi. Bu ko`lda 12 kunda 80 mln. m3 suv to`plandi va suv sathi to`gon yonida 60 m. ga ko`tarildi. Daryo yoqasida 1 km. o`zan qazilib suvlar oqizila boshlandi.

Zarafshon vodiysini janubidagi Zirabuloq va Ziyovuddin tog`lari balandligi 400-600m.

Oloy tog` sistemasining O`zbekistondagi eng oxirgi tarmog`i – Hisor tizmasidir. Hisor tizmasi O`zbekistondagi eng baland tog`dir. O`zbekiston alpinistlari 1961 yil may oyida bu tizmadagi 4643 m Hazrati Sulton cho`qqisini topdilar. Cho`qqidagi qor va muzliklardan To`palondaryo boshlanadi.

Hisor tizmasi Qashqadaryo vodiysining shimoli-sharqidan Surxon-Sherobod vodiylarini shimoli tomonidan o`rab turadi. Hisor tizmasidan g`arb va janubi-g`arbga tomon bir necha tizmalar tarqalgan. Masalan Hazrati Sulton, Yakkabog`, Guzor va Boysun tog`lari, Ko`hitang tog`i, Surxontog`, Bobotog` va boshqa tog`lar.

Shimol va shimoli-g`arbdagi katta tarmoqlardan biri Hazrati Sulton tog` massividir. Bu massivning balandligi 4000m bo`lib Qashqadaryoni irmog`i Oqsuv daryosi bilan Surxondaryoning bosh qismidagi To`palandaryo havzalarini bir-birovidan ajratib turadi.

Qoyali Yakkabog` tizmasi esa (3500-3700m) g`arbiy chekka qismda joylashgan tog` ustida doimiy qor yotadi. Zarafshon tizmasining janubiy tarmoqlari bilan Hisor tizmasining g`arbiy tarmoqlari orasidagi botiqda Kitob-Shahrisabz vodiysi joylashgan. Bu vodiy Qashqadaryoning bosh qismida bo`lib daryo oqiziklaridan paydo bo`lgan.

Yakkabog` tizmasidan sharqda unga parallel holatda cho`zilgan. Boysuntog` yana ham balanddir (4424m. ) bu tog`ni ba'zi joylari qor bilan qoplangan Boysun tog`ining janubi- g`arbiy davomi bo`lgan Ko`hitang tog`i Amudaryo bo`yigacha yetib borib qoyali tik qirg`oqlarni hosil qiladi. Tog`ining o`rtacha balandligi 2100m., shimolidagi eng baland nuqtasi 3137m. Ko`hitangning janubiy qismida karst relyef shakllarida ko`p. Ko`hitang sharqida 400-600m. balandlikgacha bo`lgan adir va platolar bor. Bular asta-sekin Sherobod hamda Surxondaryo vodiylariga tushib boradi. Tojikiston chegarasida meridian bo`ylab Amudaryogacha cho`zilib yotgan Bobotog` bo`lib, uni shimoliy qismi 2286 m. balandlikda, janubga tomon pasayib boradi. Bobotog` Surxondaryo va Kofirnixon vodiylarini bir-birovidan ajratib turadi.

Boysun bilan Bobotog` orasidagi tektonik botiqda Surxon-Sherobod vodiysi hosil bo`lgan. Vodiyning ayrim joylarida qirlar (Uchqizil, Havodog`) uchraydi.

Bu vodiy, shimoliy, shimoli - g`arb tomoni tog`lar bilan to`silgan O`zbekitonning eng iliq va sernam vodiysidir.

MA’RUZA №4




Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish