TETANIK QISQARISHLAR Mushakka yuqori chastotali ritmik ta’sirlar bilan ta’sir qilingan paytda mushakning kuchli va uzoq muddatli qisqarishi sodir bo’ladi. Qisqarishning bunday turg’un holati tetanus deyiladi. U tishli (qisqarish chastotasi 20-40 Gs bo’lganda) va yaxlit silliq (50 Gs va undan ortiq chastotada) bo’lishi mumkin. Tetanik qisqarishlar (taranglik) amplitudasi, bir xil kuchga ega ta’sirlarda yakka qisqarishlar amplitudasidan 2-4 marta yuqoridir. Yakka qisqarishlarning superpozistiyasi va tetanus paytidagi taranglikning ortishi qisman mioplazmada Ca2 ionlarining yig’ilishi bilan tushuntiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |