Aqliy tarbiyaning mazmunida ikkita o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tomon-ta’limiy va tarbiyaviy tomonlar bor. Aqliy tarbiyaning ta’limiy tomoni shug‘ullanuvchilarni maxsus bilimlar bilan qurollantirishni nazarda tutadi. Jismoniy tarbiya jarayonidagi aqliy faoliyatning tarbiyaviy tomoni shug‘ullanuvchilarda qilish qobiliyatini o‘stirish bilan bir qatorda akl- idrokni o‘stirishdan iboratdir.
Aqliy tarbiyaning vazifalari. Jismoniy tarbiya jarayonidagi aqliy faoliyatning mazmuniga muvofiq ravishda aqliy tarbiyaning uchta asosiy vazifasini ko‘rsatish mumkin:
1. Shug‘ullanuvchilarni jismoniy tarbiya soxasidagi maxsus bilimlar bilan boyitib borish.
2. Muhokama yurita bilish malakalarini, o‘rganilayotgan harakat tajribasini taxlil etish, umumlashtirish, tanqidiy jixatdan baholash qobiliyatini tarbiyalash.
3. Harakat faoliyatida ijodiy, aqliy aktivlik ko‘rsatish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda jismoniy qobiliyatlarini mehnat va sport manfaatlariga muvofiq ravishda ratsional ishlatish.
Aqliy tarbiya vositalari. Jismoniy tarbiya soxasidagi maxsus bilimlar jismoniy tarbiya jarayonidagi aqliy tarbiyaning asosiy vositalari deb hisoblanadi. O‘qituvchi bularga tayangan holda shug‘ullanuvchilarning faoliyatini aktivlashtiradi. Jismoniy tarbiya va sportga oid bo‘lgan nazariy bilimlar shug‘ullanuvchilarni jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug‘ullanishni ta’minlabgina qolmay, har bir harakat yoki mashqlarni organizmga ta’sir darajasi hamda ularni qo‘llash va bajarish uslublari haqida tushunchalar beradi. Jismoniy mashqlar va harakatlar shakli mazmuni murakkablashib borishi bilan shug‘ullanuvchilarda aqliy faollik ya’ni tahlil qilish darajalari takomillashadi.
Aqliy tarbiya uslublari. Jismoniy tarbiya jarayonidagi fikrlash jarayoni so‘zlash shaklida bo‘ladi hamda mashg‘ulotda aniqlangan bog‘lanishlarni og‘zaki ifodalash bilan tugallanadi. Jismoniy tarbiya jarayonida shug‘ullanuvchilar fikrlash qobiliyatlarini o‘stirishning eng samarali yo‘li muhokama yuritishdir. Bu bilan o‘quvchilarda tafakkur rivojlanadi va namoyon bo‘ladi. Jismoniy tarbiya jarayonida muxokama yuritish ko‘nikmasi asta-sekinlik bilan ortib boradi. Harakat amallariga o‘rgatishning dastlabki bosqichlarda o‘quvchilardan so‘rash, shuningdek, ularning mustaqil ravishda kuzatishlari va taqqoslashlari orqali ularda muhokama yuritish malakasi xosil qilinadi.
Jismoniy mashqlar va harakatlarga o‘rgatishning dastlabki bosqichlarida o‘quvchilardan so‘rash, ularni kuzatishlari va taqqoslashlari orqali ularda muhokama yuritish malaka va ko‘nikmalari hosil bo‘ladi. Shug‘ullanuvchilarda umumiy rivojlanish ortgani sari, tarbiyada tahlil qilish, umumlashtirish, tanqidiy baxo berish va boshqa uslublar hamda aqliy tarbiya usullarida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |