Buxoro davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi


-MAVZU: YANGI DAVR FANI. FANNING SHAKLLANISH JARAYONI VA UNING ZAMONAVIY TALQINI



Download 2,54 Mb.
bet22/72
Sana02.01.2022
Hajmi2,54 Mb.
#309468
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   72
Bog'liq
majma fan va texnika ok good qqq

11-MAVZU: YANGI DAVR FANI. FANNING SHAKLLANISH JARAYONI VA UNING ZAMONAVIY TALQINI

Reja :

1.G’arbi yevropada kapitalistik tarqqiyot yo’lining boshlanishi

2.Fizikaga oid yangiliklar

3. Tabiatshunoslikka oid fanlar

4. Tibbiyotga oid fan texnika yutuqlari

XVII- asrning yirik mutafakkirlaridan biri fransuz Rene Dekart (1590-1650 yillar) edi. Bilish nazariyasidan Dekart ratsionalizmning asoschisi edi. U bilishda tajriba emas, balki tafakkur akl asosiy rol o’ynaydi deb xisoblar edi. O’zining ‘’ Metod xakida muloxazalar ’’ asarida bilishning deduktiv metodini ishlab chikishga xarakat kiladi. Uningcha, koinot eng avval materiyaning olovsimon xavosimon va tuproksimon elementlarining ko’shilmasidan paydo bo’lgan. Sekin-asta birinchi elementdan quyosh ikkinchisidan xavo va uchinchisidan - Yer va Quyosh sistemasining boshka elementlari vujudga kelgan.

Angliyadagi idealistik okimning namoyandasi Jorj Berkli (1685-1753 yillar) o’zining “Kishi bilimining boshlangichi xakida risola” asarida materialistik fikrlarni rad etishga urinadi. Uningcha, birlamchi-sub’yektdir. Butun narsalar ong xolatidan, turli sezgilarning kombinatsiyasidan iborat.

Masalan, materialist uchun anor moddiy predmet bo’lsa, Berkli anor ma’lum sezgi va tasavvurlarning kombinatsiyasidan iboratdir. Uningcha, shu anorni ma’lum shaxs ko’rib turganligi uchun anor real mavjuddir. Agar u yeki bu jismni kishi ko’rmasa, xis etmasa, bu jism yo’k, deydi.

Berkli sub’yektiv idealistik fikrlarini David Yum (1711-1776) davom ettirdi. U Berkli falsafasiga agnostitsizmni qo’shdi.

Kishi bilimining manbai deb Yum xissiy tajribani, sezgilar yig’indisini tushunar edi. Yumning fikricha, bizning sezgilarimizning tashki manbai bormi, yo’kmi, bu savolga javob berib bo’lmaydi. Chunki kishi o’z sezgilaridan bo’lak narsalarning bor-yo’kligini bila olmaydi.

XVIII asr Fransuz materialistlarning asosiy vakillari: J.O. Lametri, K.A. Gelvedskiy, L.A. Golbax, D. Didro edi. materialistlari materiyani bizdan tashqari mavjud bo’lib, bizning sezgilarimizga ta’sir etadi va sezgi uyg’otadigan narsa deb tushunganlar. Ular nuktai nazaricha, xarakatni materiyadan ajratib mumkin emas.

Bilish masalasida fransuz materialistlari sensualist bo’lgan. Lekin fransuz materialistlari xam dinning xakikiy ildizlarini ocha olmaganlar. Jamiyatga karashda idealistik pozitsiyada turib qoldilar.

Nemis klassik falsafasining asosiy vakillari I. Kant, I.G. Fixte, F.R. Shelling, G.F. Gegel va L. Feyyerbaxlardir. Ular falsafadagi turli okimlarga mansubdirlar.

Falsafiy fikr tarakkiyotiga katta xissa qo’shgan nemis klassik falsafasining vakillari I. Kant, G. Gegel va L. Feyyerbax xisoblanadi. Shuning uchun ularning dunyoqarashiga batafsilroq to’xtalib o’tamiz.

Nemis klassik falsafasining asoschisi I.Kant (1724-1804) o’z zamonasining dolzarb nazariy muammolari bilan shug’ullangan olimdir. Kant dialektika goyalarini kayta tiklagan mutafakkirdir. Kant fakat falsafaga emas, balki umuman fan tarakkiyotiga ulkan xissa kushdi. Kantning Kuyosh sistemasi katta gaz tumanligidan kelib chikkanligi to’g’risidagi gipotezasi xozirgi paytgacha falakiyot fanidagi fundamental ilmiy goyalardan xisoblanadi. Kant o’z zamonidagi tabiyotshunoslikning prinsiplarini fakat koinotning tuzilishiga emas, balki uning tarixiga, ya’ni kelib chikishi va rivojlanishiga tatbik etishga xam urindi. Bu uning «Osmonning umumiy tabiiy tarixi va nazariyasi» kitobida o’zining yakkol ifodasini topdi. Kant o’zining tabiiy-ilmiy karashlari bilan tabiatni metafizik tarzda tushunishga chek kuydi.

Kant fikricha, falsafaning borlik, axlok va din kabi muammolari bilan shugullanishdan avval insonning bilish imkoniyatlari va uning chegaralarini aniklab olish lozim. Shundan kelib chikkan xolda Kant kishini o’rab turgan tashki dunyodagi narsalarni ikkiga buladi. Biri – uz – uzicha mavjud bulgan narsalar dunyosi, ikkinchisi – bizning sezgilarimiz aks ettirgan narsalar, xodisalardir. Kant ta’limoticha, biz dunyoni kanday mavjud bulsa, shundayligicha bila olmaymiz, balki uning ifodalanishini bilamiz xolos. Kishilar «narsa uzida» ning moxiyatini bila olmaydi, ular xodisalarnigina biladi. Kant fikricha, xodisalar dunyosi tartibsiz, u xech kanday konuniyat va zaruriyatga buysunmaydi. Inson bilish jarayonida xodisalar dunyosiga tartib kiritadi, uni ma’lum bir vakt va makon bilan boglab urganadi.

Kantning falsafadagi xizmati shundaki, u dialektik goyalar masalasini kundalang qilib qo’ydi, okilona fikrga dialektika xos ekanligini yaxshi tushundi.

Nemis klassik falsafasining eng yirik vakili G.F.Gegel edi. Gegel ta’limoticha, barcha mavjud narsalarning asosida «mutlok goya»ning (u mutlok rux xam deb ataladi) rivoji yotadi. Dastlabki paytda mutlok goya «sof borlik» sifatida mavjud buladi. Keyinchalik u rivojlanib mazmun jixatdan biridan biri boy bulgan tushunchalarni vujudga keltiradi. Mutlok goya uzining butun mazmunini ifoda etmaguncha rivojlanib boraveradi. Mana shu rivojlanish jarayonida mutlok goya tabiatni keltirib chikaradi va moddiy narsalar tarzida namoyon buladi. Mutlok goyaning tabiat tarzida kurinishidan avval mexanik xodisalar vujudga keladi, keyin kimyoviy birikmalar va nixoyat inson, jamiyat paydo buladi. Shundan keyin mutlok goya uzi uchun begona bulgan moddiy kobikdan chikib yana uzining avvalgi shaklida, ya’ni kishilarning ongi, tafakkuri shaklida yashaydi. Inson ongi rivojlangan sari goya tobora moddiylikdan kutulib boradi. Pirovard natijada mutlok goya uzining oldingi xolatiga kaytadi. Endi u sof borlik xolatida emas, balki uzining butun mazmunini ifoda etgan va anglagan borlik sifatida kurinadi.

Gegel uz falsafiy tizimini sistemasini) yaratib mutlok goya uzining boy mazmunini moddiy olam – tabiat va jamiyat sifatida ifoda etishini kursatar ekan, avvalo dunyo uzluksiz tarakkiyotda ekanligini kayd etadi. Ikkinchidan, mutlok goyaning tarakkiyot jarayonini ochib berar ekan, mana shu jarayon karama - karshi tomonlarning kurashi orkali sodir bulishini, bunda bir tushuncha ikkinchi tushuncha tomonidan inkor etilishini, utilgan boskich yanada yukori darajada takrorlanishini kursatib beradi. Albatta, Gegel xar doim xam uz dialektik tamoyillarini izchil ifoda eta olmadi. Bu ayniksa Gegel dialektikani moddiy olamga kullaganida yakkol kurniadi. Dialektik tafakkur uslubini va uning asosiy konunlarini tadkik etish bilan Gegel falsafiy fikr tarakkiyotiga bebaxo xissa kushdi.

Nemis klassik falsafasining sunggi vakili L.Feyyerbax xisoblanadi (1804-1872) U falsafadagi boshka yunalishga-materialistik yunalishga mansubdir. Feyyerbax Gegelning mutlok goyasiga keskin karshi chikdi. U Gegelning mutlok goyasi inson miyasidan yulib olingan va tabiatdan tashkari kuchga aylantirilgan inson aklidan uzga narsa emasligini kayd etadi. Gegel falsafasi, Feyyerbax fikricha, din bilan uzviy boglikdir. Feyyerbax fikricha, tafakkur insondan tashkarida, unga boglik bulmagan xolda mavjud bulishi mumkin emas, chunki u moddiy narsa-inson miyasi faoliyati bilan boglikdir. Shuning uchun, Feyyerbax, tafakkur, ong, ikkilamchidir. Materiyaning, tabiatning maxsulidir.

Gegeldan farkli ularok, Feyyerbax dunyoning asosiga tabiatni va insonni kuyadi. Feyyerbax ta’limoti antropologik tabiatga ega. Yangi falsafa shu jumladan, tabiatni falsafaning birdan – bir universal va oliy predmetiga aylantiradi, deydi Feyyerbax (Feyyerbax L. Izbr. proizv. V 2-x tomax. M. 1955, T.1, S. 2002)

Antropologik prinsipga sodik bulgan Feyyerbax borlik va tafakkur maslasini xal kilishda inson tabiatning bir kismi bulishi bilan birga, u avvalom bor, ijtimoiy mavjudot, tarixiy tarakkiyotning mevasi ekanligini, insonning onggi ijtimoiy munosabatlar bilan, xayot sharoiti bilan belgilanishini unutib kuydi. Bu Feyyerbaxning eng katta kamchiligi shuki, u Gegel falsafasini tankid kilar ekan, uning dialektikasini kura olmadi. Lekin shunga karamay, Feyyerbax ta’limoti falsafaning keyingi tarakkiyotiga sezilarli darajada ta’sir kursatdi.




Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish