11 MAVZU XVI-XIX ASRLARDA MARKAZIY OSIYODA FANNING AHVOLI
Reja :
1.Markaziy osiyoda fanning yuksalishida tushkunlik; tabiiy ijtimoiy fanlarning ahvoli trixnavislik.
2. Madrasa, maktablar, kutubxonalar holati
3.Rossiya istibdodi davrida fan ; Rus tuzem maktablari. Jadidchilik
XIX asrlarda O’rta Osiyoda aniq va tabiiy fanlarning rivoji.Ubaydulloh ibn Muhammad Yusuf, Mahmud ibn Vali,Ahmad Donishlarning ilmiy faoliyati.
IX-XII asrlarda Buyuk Renessansni boshidan kechirgan Markaziy Osiyo xalqlarilm-fan sohasiga misli ko’rilmagan kashfiyotlarni berdi.Birgina al-Xorazmiyning fanga qo’shgan hissasi hali hanuz o’z ahamiyatini yo’qotgan esmas. Sababi butun dunyo foydalanib kelayotgan, algebra fanining asoschisidir.Algoritim tushunchasini kiritub murakkab bo’lgan masalalarni hech bir qiyinchiliksiz yecha olish imkonini berdi.Tib sohasiga amalga oshirilgan ishlarning ahamiyatini ibn Sinoning “Tib qonunlari” degan bebaho asarni yaratishi XVIIasrgacha Yevropada darslik sifatida qo’llab kelishlarning o’zi bir mo’jizadir.Shunday yangiliklarning qatorini ko’p keltirishimiz mumkin.Bunday yutuqlarni Yevropa o’rganinb XVIII-XIX asrlarda misli ko’rilmagan ilmiy kashfiyotlarni yaratganining guvohimiz.Renessans davri yana XIV-XV asrlarda qayta uyg’ondi desak yanglishmagan bo’lamiz.Sabai bu davrda Temuriylarning ilm-fan sohasiga qaratgan e’tibori natijasidir.Birgina Temurizoda Ulug’bekning o’zi boshchiligida fan homiysi bo’lganligi ahamiyatlidir.Astronomiya sohasiga qilgan ishlari asrlar davomida o’zining so’zini aytib kelmoqda.1018ta yulduzning joylashish o’rnini aniqlagani, sal kam hozirgidan farq qiladigan ,o’z davri uchun aniq bo’lgan to’g’ri vaqtni aniqlagani bir mo’jizadir.
XVI-XIX asrlarda Buxoro davlatida Xiv ava Qo’qon xonliklarida ham tabiiy ilm rivojiga aytarli e’tibor berilmagan.Buning sababi –jamiyat hayotini diniy mitaassiblik egallab olganliginida edi. Diniy mutaassiblik tabiiy ilm sohasidagi har qanday kashfiyotga “Olloh irodasiga shak keltirish”deb qaralgan.Natijada , ajdodlari aljabr va meditsinani yaratgan o’zbek xalqining bu davr avlodlari bobolari yaratgan ulkan ilm xazinasiga munosib voris bo’la olmadi.
Biroq , yuqorida aytilgan bu fikrdan XVI-XIX asrning birinchi yarmida O’rta Osiyoda tabiiy ilm mutlaqo rivojlanmagan ekan degan xulosa chiqmasligi lozim. Aksincha, og’ir bir sharoitda ham bu sohada qalam tebratgan olimlar ham bo’lgankim, ularning faoliyati o’sha davr uchun kata jasorat edi. Ana shunday jasoratli olimlardan biri Mutribiy bo’lib u dunyo xaritasini chizgan, samarqandlik Muhammad Husayn as-Samarqandiy tibiiyot va dorilshunoslikka oid “Tabiblik dasturul amali “asarini yozgan.
Bu o’rinda shuni ham ta’kidlash lozimkim, Buxoro xoni Subxonqulixon (1680-1702) ham tibbiyot ilmi ishtiyoqmandi bo’lgan.U Buxoroda maxsus shifoxona qurdirgan. Unda bemorlarni davolash bilan bir qatorda tibbiyot fani o’rganilgan.
Subxonqulixonning o’zi “Lubb ul-lavohiy ul-qamar fil- ixtiyorot” (Baxtli soatni aniqlashda oy manzillarinign mohiyati)degan asar, tibbga doir “Ihyo at-tabibi Subhoniy” (Subhoniy tabobati bo’yicha davolash) degan risola yozgan.
Uyg’onish davri XVI asrda ham davom etdi.Bu davr shayboniylar sulolasi davriga to’g’ri keladi.shayboniy hukmdorlarning ba’zilari ilm-fan homiysi bo’lishgan.Bularga Muhammad Shayboniyxon,Abdulazizxon,va Abdullaxonlar kutubxonalari o’z zamonasining ajoyib kitob xazinalari bo’lgan.BUndan tashqari , Movarounnahrda Mirzo ULug’bek akademiyasi an’analarini davom ettiruvchi fidokor olimlar yetishdi.MasalanSamarqand va Buxoro madrasalarida mudarrislik qilgan mavlono Kamoliddin Ibrohim,Abdullaxonning muallimi Xo0ja Muhammad, yulduzshunos Qiyomiddin Shaydo, iftixor ul-atibbo(tabiblar iftixori) unvonini olishga sazovor bo’lganMuhammad Mazid, Hakim SHahrisabziy, jarroh mavlono Baqo, mavlono Rafe’, 1541-yilda ilmi tibb va dori-darmonlar haqida asar yozgan Muhammad Husayn ibn Shiroq Samarqandiy, ko’z kasalliklarini davolashda nom chiqargan Shohali ibn Sulaymon, Xoja Hakim(vafoti 1585), natijatul- atibbo unvononi olgan Abdulhakim ibni Sultin Mahmud kabilar shular jumlasidandir. Xoja Hasan Nisoriy “Muzakkiri ahbob” asarida
Matematika va astronomiya ilmida shuhrat topgam mavlono Kavkabiyni alohida qayt etadi. Matematika va astronomiya fanlarda qayd etilgankitoblardan Muhammad Amin ibn Ubaydullo Mo’minobodiyning “Hisobi amali shabaka ,(Shabaka jadvali amali hisobi 1550), Bobpokalon muftiy Samarqandiyning “Risola dar imli hisob”, Vasiyat bar chahor qism”, Tursun Zominiyning “Tuhfayi amiir” ,Muhammad Husayn munajjim Buxoriyning “Ma’rifati samti qibla”(qibla tomonni toppish ma’rifati”).
Mahmud ibn Ahmad Forisiyning “risola dar muaddili qamar”( Oy fazolarining tengligi haqida risola;1517), Tojus Sa’idiyning “Hoshiya li sharhi ashkoli ta’sis”(Asoslash shakllari sharhiga izohlar; 1568)Sa’id Muhammad Tohir ibni Abulqosimning “Ajoyib ut-taboqat” (1545-1550) asarlari va boshqalarni ko’rsastish mumkin.
Tibbiyot sohasida Sultonali Samarqandiy 1526- yili “Dastur al-iloj”, “Muqaddimoti dastur al- iloj” (Davolash bo’yicha dastur )asrlarini yozgan.
Ubaydulloh Kahhol ibn Muhammad Yusuf ham o’z davrining yetuk tabibi, tib olimi. Baroqxonning o’rtanch o’g’li Toshkand hokimi Darvishxonnong buyrig’iga binoan 1598-yilda “Shifo ul-ilal” (Kasalliklar shifosi) asarini yozadi. Asar 500 varoqdan ko’p bo’lib ,uzoq vaqtgacha tibb ilmidan asosiy qo’llanma tarzida undan foydalanilgan . Bir necha bitik nusxasi bizgacha yetib kelgan.Uning yana “Umdat ul- kuhliya fil- amrozul –basariya”(Ko’z kasalligiga doir asosiy kitob) asarini ham bo’lgan.
Mahmud Ibn Vali (taxminan 1595, Balx — ?) — tarixchi, geograf olim, sayyoh. Badavlat oilada tugilgan, yoshligida turli fanlardan saboq olgan. Hindiston, hozirgi Shri Lanka va Movarounnaxr boʻylab sayohat qilgan. Ensiklopedik tavsifdagi asosiy asari "Bahr alAsror fi manoqib al-ahyar" ("Oliyjanob insonlar jasorati xususida sirlar dengizi") ("Geografiya") boʻlib, muallif uni yozishda arab geograflari (Ibn al-Faqih, Istaxriy, Ibn Havqal, Abu Dulaf, Ibn Fadlon, al-Gʻarnotiy, Yoqut Hamaviy, Dimishqiy), fors olimlari Zakariyo Qazviniy, Hamdulloh Qazviniy va boshqalar)ning asarlaridan foydalangan. Asarda dengiz, okean, dare, qir, togʻ, buloq, mashhur portlar (bandargoh), shaharlar, mamlakatlar va ular hududidagi tabiiy muhit, hayvonot olami, ajoyibotlar haqida bayon qilinadi.
M. ibn M. bundan tashqari, "Ravo’ix-i toyiba" ("Yoqimli hidlar"), "Muhabbatnoma", "Najmi saqib" ("Yorqin yulduz"), "Risolai bahoriya" ("Ba-hor haqida risola"), "Axloqi husayniy" ("Axloq husnlari") asarlarining muallifi. U 50 ming baytdan iborat katta devon tuzgan.
Mashhur tarixchi va geograf olim, sayyoh Mahmud ibn Vali (u taxminan 1595 yilda Balxda tug‘ilgan) yoshligida turli fanlardan saboq olgan.
Uning otasi Mir Muhammad Vali asli farg‘onalik (kosonlik) bo‘lib, shayboniylardan Pirmuhammadxon I davrida (1546 – 1547 y.) Balxga kelib qolgan edi. Mahmud ibn Valining amakisi Muhammad Poyanda (1602 yili vafot etgan) Samarqand hokimi Boqi Muhammadxon (ashtarxoniylar sulolasidan bo‘lgan birinchi Buxoro xoni; hukmronlik davri: 1601 – 1605) devonida xizmat qilgan, akasi amir Abulboriy esa fiqh, tafsir va tib ilmini yaxshi egallagan olim kishi edi. Mahmud ibn Vali ashtarxoniylardan Nadr Muhammadxon (1606 – 1642 yillarda Balx hokimi; 1642 – 1645 yillarda Buxoro xoni) xizmatiga kirdi va to umrining oxirigacha uning kutubxonasida kitobdor bo‘lib ishladi.
Mahmud ibn Vali Hindiston, hozirgi Shri Lanka va Movarounnahr bo‘ylab sayohat qilgan. Bu sayohatlari asosida u ensiklopedik tavsifdagi asosiy asari yetti jilddan iborat “Bahr al-asror fi manoqib al-ahyar” (“Olijanob insonlar jasorati xususida sirlar dengizi”) asarini 1634 – 1640 yillar orasida yozgan. “Bahr al-asror”ning ayniqsa VI jildi alohida qimmatga ega. Unda XVII – XVIII asrning birinchi yarmida O‘rta Osiyo, Mo‘g‘uliston, Dashti Qipchoq va Shimoliy Afg‘oniston tarixi keng va atroflicha yoritilgan.
Movarounnahrda ham sayohatda bo‘lgan va ma’lum muddat yashagan Mahmud ibn Vali o‘zining asosiy asari – “Bahr al-asror…” (qisqacha “Sirlar dengizi”)da Buxoro vohasidagi shahar va qishloqlar, tuman va rustoqlar to‘g‘risida muhim ma’lumotlar keltiradi.
Mahmud ibn Valining yozishicha, “Buxoro xonligi (Movarounnahr)ning poytaxti bo‘lgan Buxoro shahrining atroflari [tarixiy Buxoro viloyati] bilimdon kishilarning aytishlaricha, avvallari quyidagi o‘nta tumandan iborat bo‘lgan: birinchisi Harqonrud tumani, hozirgi paytda G‘ijduvon (tumani); ikkinchisi Komod, hozirgi paytda Vobkan (Vobkent) tumani; uchinchisi Torob (hozirgi tuman nomi Ohugir), to‘rtinchisi Rudi shahar, uni yana Poyi Rud deb ham atashgan, beshinchisi Komi Abu Muslim, hozirgi paytda Burg‘ozi (nomi) bilan mashhur, oltinchisi Shopurkom, (hozir) Qishloqi kalon deb ham aytishadi, yettinchisi – Samjon, (hozirgi paytda) Romitan nomi bilan yuritiladi, sakkizinchisi Sultonobod, to‘qqizinchisi Xudfar, (hozirgi paytda) Zandane nomi bilan aytiladi, o‘ninchisi Xayrobod”.
Shu narsa diqqatga sazovorki, Mahmud ibn Vali Buxoro viloyati tumanlari orasida beshinchi bo‘lib tilga olgan Komi Abu Muslim tumani u Movarounnahrga sayohat qilgan XVII asr birinchi choragida Burg‘ozi nomi bilan yuritilgan ekan. Oradan ko‘p o‘tmay tumanning nomi Vang‘ozi shaklini oladi. Burg‘ozi (Burgazi) va Vang‘ozi (Vangaze) so‘zlari makrotoponimlar (tuman va shahar nomlari) bo‘lib, ayrim fikrlarga qaraganda, bu tarixiy atamalarning ildizi shu hududda azaldan yashagan sug‘diylarning sug‘d tiliga borib taqaladi.
Ahmad Donish
Ahmad Donish yoki Ahmad Kalla deb nom qozongan Ahmad ibn Mir Nosir ibn Yusuf al-Xanafi as-Siddiqiy al-Buxoriy Buxoro amirligida XIX asrning o‘rtalarida yashab ijod etgan, ilg‘or fikrlari bilan nom qozongan shoir, mutafaxkir, ma’rifatparvardir. U 1827 yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan. Shu yerdagi maktab va madrasalarda bilim olib, o‘z davrining ilg‘or olimi va mutafakkiri darajasiga ko‘tarildi.
Ahmad Donish madrasada olgan bilimlar bilan kifoyalanmay, riyoziyot, falakiyot, adabiyot, musiqa, me’morchilik, tarix va falsafa bilan shug‘ullandi, ayniqsa, sharq shoirlari va mutafakkirlarining asarlarini ko‘p o‘qidi va o‘rgandi. Ibn Sino, Umar Hayyom, Navoiy, Fuzuliy, Bedil asarlari bilan yaqindan tanishib, ularning fikrlaridan o‘z risolalarida keng foydalanishga intildi. Falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, badiiy masalalar bilan birga tabiiy fanlarni, ayniqsa, astronomiya ilmini o‘rganishga katta e’tibor berdi. O‘zining ta’kidlashicha, astronomiya ilmini Mirzo Abdulfattohxon munajjimdan o‘rganadi. Donish yuqori malakali xattot, me’mor ham edi. Shuning uchun XIX asrning 50-yillarida Buxoro amiri Amir Nasrulloh (1827–1860) saroyida xizmat qildi. 1870 yili saroy xizmatidan ketdi.
Ahmad Donish 1857, 1869 va 1874 yillarda uch marta Buxoro elchilari tarkibida Peterburgda bo‘lib, Ovro‘po madaniyati, ilm-fan sohasidagi yutuqlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishi, mutafakkir dunyoqarashida katta burilish yasadi va o‘z taassurotlari ta’sirida Buxoroda mavjud tartiblarni isloh qilish loyihasini olg‘a surdi. Bu esa Amir Muzaffariddin (1860–1885) noroziligiga sababchi bo‘ladi va amir Ahmad Donishni Huzarga qozi etib jo‘natadi. Donish amir o‘limidan so‘ng Buxoroga qaytadi va 1897 yili vafot etadi.
Ahmad Donish falsafa, tarix, falakiyot, riyoziyot, adabiyot, xattotlik masalalariga bag‘ishlangan asarlar yozgan.
O‘zbekiston Resiublikasi FA Beruniy nomli Sharqshunoslik institutining qo‘lyozma fondida Ahmad Donishning 16 ta risolasi va yana bir qancha she’rlari kiritilgan tazkiralar, G‘azzoliy, Jomiy asarlaridan ko‘chirgan qo‘lyozma nusxalari saqlanadi, ularning ko‘pchiligi asl nusxa bo‘lib, muallifning o‘zi tomonidan bitilgandir. Masalan: 1877 yilda yozilgan “Majmuai hikoyati Axmadi Kalla” deb nomlanuvchi qo‘lyozmada muallif turli tarixiy, adabiy, falsafiy masalalar haqida fikr yuritadi. U Ulug‘bek davri, Abdurahmon Jomiy ta’limoti, shialar va sunnalarni murosaga kelishtirish masalalariga bag‘ishlangan risola ham yozgan. Risolada islom tarixi, undagi turli yo‘nalishlarning kelib chiqish sabablari, Rumiy, G‘azzoliy, Jomiy, Bedil kabi donishmandlarning bu masalalarga munosabatlari xususida bahs yuritilgan. Ahmad Donish ijtimoiy ilmlar sohasida Markaziy Osiyoning o‘tmish tarixi, fani, adabiyoti, davlatchiligi, dini kabi masalalariga oid hamda o‘ziga xos mazmunga ega bo‘lgan she’riy asarlar yaratish bilan birga tabiiy ilmlar, xususan astronomiya, kosmologiya muammolari ustida ham mutgasil tadqiqotlar olib borgan va bu sohada qator asarlar yozib qoldirgan. Ahmad Donish o‘zining “Munozir al-Kavokib” (“Yulduzlarni kuzatish”) degan asarida falakiyot ilmiga oid muhim masalani hal qilgan.
Donish “Risolat dar ilmi kurra” (“Globus haqida risola”) ham yozgan bo‘lib, unda globusning vazifasi va uning ilm uchun ahamiyati, undan amaliy foydalanish haqida gap boradi. 12 bobdan iborat bo‘lgan “Iztig‘roji bul va arzi balat” (“Joylarning uzunligi va enini o‘lchash”) asarida Ahmad Donish joylarning o‘rnini o‘lchab chiqarish osmon meridianini soatlarda belgilash masalalari haqida mulohaza yuritadi.
Uning ijtimoiy-siyosiy qarashlari “Navodir ul-vaqoye”, “Risolai muxtasare az tarixi saltanati xonadoni mang‘itiya” kabi asarlarida o‘z aksini topgandir. So‘nggi asar qisqacha “Risola” nomi bilan ham yuritilib, Buxoro xonligidagi Mang‘it sulolalarining hokimiyati tarixiga bag‘ishlangan va Amir Doniyol (1758–1785) hokimligidan Amir Abdulloh (1885–1910) hokimligi davrigacha bo‘lgan tarixni o‘z ichiga oladi. (“Istoriya mangitskoy dinastii” I. A. Najifovaning kirish so‘zi, izohi va tarjimasi. Dushanbe, 1967 yil). Ahmad Donishning eng muhim asari “Navodir ul-vaqoye”dir. Bu asar juda ko‘p ijtimoiy-axloqiy masalalar xususida fikr yuritilgan.
“Navodir ul-vaqoye” kitobi Ahmad Donishning asosiy asari hisoblanib, unda olim o‘zining turli masalalarga munosabatini ifodalagandir. Yuqorida ko‘rsatilgan har ikki asarda Ahmad Donish ijtimoiy taraqqiyotga g‘ov bo‘lib qolgan feodal ijtimoiy-siyosiy tuzum, tartib va munosabatlarni tanqid ostiga oladi. O‘rta asr falsafasida keng tarqalgan tavakkul nazariyasini tanqid etibbunday deb yozadi: “Agar kishi tavakkulga ishonib harakat qilmasa, mehnat qilmasa va qiyinchiliqda, kambag‘allik bilan hayot kechirish yoki mo‘l-ko‘llikda yashash qismatda bor ekan, deb aytsa, unday kishi xato qiladi. Demak, u aqlli emas”. Buxoro xonligani Ovro‘po mamlakatlari, xususan Rusiya bilan takqoslab, Donish o‘z vatanini iqtisodiy va madaniy jihatdan orqada qolganligini ko‘rsatib beradi va bu qoloqlikdan chiqish uchun ijtimoiy-siyosiy tuzumda islohotlar qilish zarurligini uqtiradi.
Donishning fikriga ko‘ra “davlat bir guruh kishilar ehtiyojlarini qondirish uchun emas, xalq manfaatlari uchun, mamlakatni obod qilish uchun xizmat qilmog‘i zarur. Biz dunyoni gullab-yashnatish uchun, dengizlar kezib o‘rganish uchun, yer osti boyliklarini topish uchun, uning hamma qitalari va aholisini bilish uchun tug‘ilganmiz” – deb yozgan edi Donish. Buning uchun hukmdor bilimdon, ma’rifatli, odil va o‘z fuqarolari manfaatlari uchun xizmat qilmog‘i shart. U qanday masalani hal qilmasin, eng avval o‘zini fuqaro o‘rnida, ularni esa o‘z o‘rnida tasavvur qilmog‘i lozim. Bu adolatni ta’minlashga imkon yaratadi. “Mamlakatni idora qilishda, – deydi Donish, – hukmdor muhim davlat muammolarini o‘z atrofidagi maslahatchilar bilan birgaliqda hal qilishi kerak. Maslahatchilar ham donishmand va adolatli kishilar bo‘lishi kerak va ularning fikri bilan hisoblashishi shart, chunki ko‘pchilikning aqli, bir kishining aqlidan ortiqroqdir”.
Ahmad Donish o‘z vatanini qoloqliqdan chiqarish yo‘llarini tinmay izladi. “Kishi o‘z vatanini himoya qilsagina, o‘z xalqi bilan birga bo‘lsagina, – deydi Donish, – u har doim barhayotdir”. U Sharq mutafakkirlari ta’limotini o‘rganish bilan bir qatorda G‘arbda tarqalgan ijtimoiy-siyosiy ta’limotlar bilan ham qiziqadi. Garchi bu ta’limotlarni Donish qabul qilmagan bo‘lsada, uning bularga nisbatan bo‘lgan munosabati mutafakkirni keng ko‘lamdagi tadqiqotchi va ijtimoiy-siyosiy orzulari kengroq ekanligini ko‘rish imkonini beradi.
Ahmad Donishning ijtimoiy g‘oyalari o‘z davri uchun muhim ahamiyatga ega edi. Donish mavjud iqtisodiy-siyosiy tuzumning taraqqiyotiga g‘ov bo‘lib qolganligini ko‘rsatadi va bu g‘oyani olib tashlash yo‘llarini qidiradi.
Ahmad Donish merosining bir qismigina o‘rganilgan bo‘lib, bu sohada rus olimlari va O‘zbekiston, Tojikistonda olib borilgan tadqiqotlarni qayd etib o‘tish lozim. Donish asarlarining asl nusxasi – tojik tilida, rus va o‘zbek tillarida nashr etilgan. Buqomusiy bilim egasining boy ijodiy merosini, tabiiy-ilmiy qarashlarini har tomonlama o‘rganish o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda.
"Ahmad Kalla", "Ahmad Mahdum" nomlari bilan zamonasida shuhrat qozongan va ilmiy-adabiy tafakkurning yangilanishiga sezilarli ta'sir ko‘rsatgan Ahmad Donish XIX asr Buxoroning qomusiy ilm egalaridan edi. U Buxoroda shofirkonlik mudarris oilasida tug‘ildi. Otasi madrasasida o‘qidi. Yoshligida naqqoshlik, rassomlik, hattotlik hunarlarini o‘rgandi.
Tarix va falsafaga ko‘ngil qo‘ydi. Zehni, salohiyati bilan darrov ko‘zga tashlandi. 1857 yilning kuzida Amir Nasrulloning Rusciya imperatori Nikolay II vafotiga ta'ziya bildirish va valiahd Aleksandr II ning taxtga chiqishini qutlash uchun yuborilgan elchi Mullajon Miroxo‘rga kotiblik qiladi. Peterburgda uch oy san'at-madaniyat obidalari bilan tanishadi.
1869 yili yangi shart-sharoit taqozosi bilan Amir Muzaffar Peterburgga yana elchi yubordi. Bu elchilik yarim vassalga aylangan davlatning hokimi mutlaq ko‘nglini olish harakati edi. Uning ham kotibligiga Ahmad Donish tanlandi.
1873 yilning oxirida Ahmad Donish uchinchi marotaba elchilik tarkibida Rucsiyaga yo‘l oldi. 1874 yil yanvar-mart oylarida Peterburgda turib qaytdi. Aleksandr II bilan uchrashdi. So‘ng bularni qog‘ozga tushirdi. Hozirda O‘zFA Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida Ahmad Donishning 16 qo‘lyozma asari saqlanadi. Aksariyati uning o‘z qo‘li bilan yozilgan asl nusxalardir.
Muallifning "Navodirul-vaqoye" asari 15 yil davomida, 1870- 1885 yillar oralig‘ida yozilgan tarixiy, falsafiy, memuar asardir. 23 bobdan tashkil topgan bu asar haligacha to‘la nashr etilgan emas. Uning ayrim boblarigina chop qilingan. Shu jumladan, uning bir qismi 1964 yili o‘zbekchaga ham ag‘darilgan va bosilgan edi. Kitobning ikki bobida Russiya safari taassurotlari berilgan. Chunonchi: VII bobi A.Donishning 1869 yilgi Rucsiya safariga bag‘ishlangan va 1957 yilda chop etilgan.
VIII bob podshoh Aleksandr II ning qizi Mariyaning 1874 yilda bo‘lgan nikoh to‘yiga yuborilgan elchi Abdulqodirbek safari haqida. Qolgan boblari xilma-xil mavzuda. Masalan, ota-ona va farzand munosabatlari (1-bob), mol-dunyo (2-bob), tarix (Z-bob), olim va johil taqdiri (4-bob), vaqt qadri (5-bob), safar qilish foydalari (b-bob), ilm-fan manfaati (9-bob), haqiqiy va majoziy ishq hamda uning odobi (10-bob), nikoh (11-bob), taqdir (12-bob), kasbkor (13-bob), jism va ruh (14-bob), yer tuzilishi va ma'danlar (16-bob), tush ta'biri (19-bob), Bedil baytlari (20-bob), ayrim hadislar talqini (22-bob), inson axloqini belgilash (23-bob) kabi tamaddun (madaniyat) haqidagi risolasi (15-bob) va xilma-xil voqyeiy hikoyalar (18, 21-boblar) ham undan joy olgan. Ularning har biri ham muhim va qiziqarlidir. Masalan, so‘nggi risolada podshohning xalq oldidagi mas'uliyati 10 shart asosida ko‘rsatib beriladi. Shu jihatdan, u bir tomondan Yusuf Xos Hojibning "Qutadg‘u bilig"idagi bek va raiyat munosabatlarini esga tushirsa, ikkinchiyoqdan, Russoning "Ijtimoiy shartnoma"sini yodga soladi.
Yoki tanlagan usulini oling. Muallif kasb-hunar egallash haqida yozar ekan, uni o‘z o‘g‘illariga "vasiyatnoma"ga aylantiradi. Va bu orqali o‘quvchida katta qiziqish va ishtiyoq paydo qiladi. Darhaqiqat, adib boshidan kechgan baxtli-baxtsiz, shirin-achchiq kunlar, hayot, sayohat xotiralari, safarlar davomida do‘stlardan tinglangan hikoyalar va bulardan kelib chiquvchi ibratlar hech kimni befarq qoldirmaydi. Muhimi shundaki, bu ibratlar XIX asr Yevropa tamaddunini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan, ayni paytda, shu davr Sharq ilm-fanining Turkiston sarhadidagi eng buyuk namoyandasi vasiyatlari edi.
Kasb-hunarga, ilm-fanga mehr, halollik, mansab-martaba, mol-dunyo hirsidan uzoq bo‘lish, bani basharga xayrixohlik, har qanday holda ham yaxshilik qilish, islomiy axloq bu vasiyatlarning asosiy mazmunini tashkil etadi. Diqqatga sazovor yana bir narsa shundaki, Ahmad Donish farang donishmandlari, "siyosiy hukamolar"i haqida yozdi. Ularning "ixtilol va inqiloblar tarixini chuqur o‘rganib", barcha haqsizlik va adolatcizlik sababini "davlat ishlarining yolg‘iz podsho qo‘lida bo‘lishi"dan topganliklarini ma'lum qildi.
Ular shu sababli eski "davlat tuzumini o‘zgartirganlar", deb yozdi. Ular "huquqda hammaning tengligi"ga rioya etishlari, darajalar esa, kishilarning "fazl va hunarlarining oz-ko‘pligiga qarab bo‘lishi", "davlatni hammaning o‘rtasida turgan kishi idora qilishi" haqida "qonunlar chiqarganlari"ni uqdirdi. Yevropaning "barcha davlatlarni yengib, butun dunyoga ega bo‘lishlari"da bu asosiy omil bo‘lganini ta'kidlanadi.
Darhakiqat, ushbu vasiyatnoma ta'limiy-axloqigina emas, muhim ijtimoiy-siyosiy mazmunga ham ega edi.
Shuningdek, uning "Majmuai hikoyati Ahmad Kalla" ("Ahmad Kalla hikoyatlari to‘plami") (1877), "Isloh miyoni shia va sunn" ("Shia va sunniyni yarashtirish haqidagi nasihat") kabi risolalari, "Daftari taqvim" ("Kundaliklar")i ham muhim ahamiyatga ega.
Ahmad Donish umrining oxirlarida "Tarix risolasi" kitobini yozdi.Bir tomondan, Amir Temur, Husayn Boyqaro, Abdullaxon, Subhonqulixon, Shohmurod, ikkinchi tarafdan, Amir Muzaffar saltanati misolida har bir davlatning taraqqiy va tanazzuli sabablarini tahlil qildi. Birinchi guruhni mujaddidlar (din va davlatni poklovchilar) deb hisobladi.
Bu asarlar sodda va jonli tili, ifoda uslubi bilan o‘tmishdoshlarinikidan ajralib turadi. Sinchkov ilmiy mulohaza, tanqidiy va tahliliy tafakkur ularga alohida ruh bag‘ishlaydi. Tasvir va ifodadagi dramatizmga moyillik, suhbat dialogdan unumli foydalanish muallif fikrlarining o‘quvchi
Turkiston xalklarining boy ijtimoiy – falsafiy, diniy – axlokiy, madaniy tarakkiyotida XIX asrning ikkinchi yarmi, XX asr birinchi choragidagi davr uzining nixoyatda sermazmun va inkilobiy suronliligi, goyaviy – nazariy va mafkuraviy xarakat shakllarining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bu xolat ijtimoiy tarakkiyotning uziga xos yunalishi edi. Ayni chogda Turkiston xalklari Chor Rossiyasining mustamlaka zulmidan kutulish, milliy davlatchiligini kurish, uz milliy-iktisodiy, siyosiy va madaniy tarakkiyotiga yul ochishga kat’iy kirishgandilar. Bu jarayonlarning yetakchi kuchi – milliy savdo va sanoat burjuaziyasi xisoblanib, u juda katta kiyinchiliklar bilan bulsada, xalkimizning tub iktisodiy – siyosiy va ma’naviy manfaatlarini ximoya kiladigan nazariy asos – jadidlar ma’rifatchiligini shakllantirib, uni xar tomonlama kullab - kuvvatlamokda edi.
XX asr boshlarida jadidchilik xarakati Turkistonda, Buxoro va Xivada yana keng kulamda rivojlandi. Jadidchilik xarakati asosan kuyidagi boskichlardan utdi:
I. 1885-1895 yillarda Gaspirali Ismoilbey «Tarjumon» gazetining tarkalishi munosabati bilan Kukonda yangi jadid usulidagi maktablar tuzish xarakatlari boshlanib, ular asta-sekin rus-tuzem maktablari bilan rakobatlasha boshladi.
II. Gaspirali Ismoilbeyning Turkistonga tashrifi. Buxoro amiri bilan uchrashishi va jadid usulidagi maktablar tashkil etishi okibatida 1893 – 95 yillardan 1901-05 yillar ichida usuli jadid maktablarini tashkil etish ommaviy tus oldi deb aytish mumkin. Eng mashxur jadid maktablaridan Buxoroda «Juraboy ochgan maktab», Samarkandda Abdulkodir Shakuriy, Saidrasul Aziziy, Abduvoxid Munzim, Mulla Kilich, Toshkentda Munavvar kori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Kukonda Xamza, Namaganda Isxokxon Ibrat, Sufizoda va boshka jadid ma’rifatchilari ochgan maktablarni kursatish mumkin.
Bu davrda jadid ma’rifatchiligi, maktabdorligining bosh yunalishi asosan yangi usulda tezkor ta’lim-tarbiya berish, savod chikarish, xalkni ma’rifatli kilish, ziyo tarkatish yuli bilan xurofotlar, koloklik va urta asrchilik bilan kurashishdan iborat buldi.
III. 1905 yildan 1914 yilgacha bulgan davrda jadidchilik endi maktabdorlikdan kengrok gazetchilik-matbaani yulga kuyish, ilm – fan, madaniyat, adabiyotni milliylashtirish doirasiga chikib oldi. Fukarolarning milliy manfaatlarini Chor Rossiyasi konunchiligi chegarasida bulsa-da ta’minlanishi zarurligi, saylov tizimida faol ishtirok etish, savdo – sotik, tijorat, umuman ishlab chikarishda milliy manfaatlarni ximoya kilish yetakchi davlatga aylana boshladi. Jadid matbuoti, adabiyoti va teatru-san’ati ana shu yunalishda juda faollashdi, katta ijtimoiy – siyosiy ta’sir kuchiga ega buldi. Ayni mana shu davrda keyinchalik siyosiy partiyalar, uyushmalarga aylanib ketgan kambagal bolalarga yordam xayriya jamiyatlari, ularni ilgor mamlakatlarga borib ukishiga yordam bera oladigan turli jamgarmalar, yashirin tugaraklar tuzila boshladi.
IU boskichda jadidlarning xarakatlari siyosiy xarakat, partiya tuzish, milliy matbuotni yanada jangovor kilish bilan xarakterlanadi. Endi asosiy shior yoki goya – «Turkiston Muxtoriyati» talabi ilgari surildi. Muxtoriyatga erishish yullari kuyidagicha bulishi mumkin edi: a) Rossiyadan tula ajralib chikish; b) Rossiya davlatidagi konstitutsiyaviy federatsiya tarkibida «Milliy-xududiy Muxtoriyat»ga ega bulish; v) Rossiyaning unitar federatsiyasi tarkibida fakat milliy ma’naviy – muxtoriyatga ega bulish, ya’ni islom, shariati talablari, an’analari, urf – odatlari va marosimlarini rioyat kilinishi talabi bilan cheklanish.
Bu davr 1914 – 1918 yillar uz ichiga olib, «Shuroi islomiya», «Shuroi ulamo», «Mirvaj-ul-islom», «Miftox – ul – islom», «Miftox-ul-maorif», «Ravnak-ul-islom», «Ittifok-ul-muslimin, «Turon», «Izchilar tudasi», «Temur tudasi», «Erk sotsialistik partiyasi», «Jadid tarakkiyparvar partiyasi», «Birlik» uyushmasi, «Chigatoy gurungi» kabi firka, jamiyat va uyushmalar tuzilgan. Fakat Toshkent shaxrining uzida 200 dan ortikrok shunday tashkilotlar mavjud edi. Shu jixatdan mana shu davrni jadidchilik xarakati va mafkurasining eng yukori tarakkiyot boskichi, deb aytish mumkin. Bu davr «Turkiston Muxtoriyatini» tugatish, jadidlarni katagon kilish, TASSR e’lon kilinishi bilan yakunlanadi.
U boskich 1918 yil fevralidan 1924 yilgacha, ya’ni Turkiston bulinib, parchalanib tashlanguncha bulgan davrni uz ichiga oladi. Bu davr jadidlar bolsheviklarning zuravonligiga karamay, bir tomondan Shuro xukumati va kommunistlar firkasi buginlariga kirib olish, ikkinchidan esa «Chigatoy gurungi» uyushmasini tuzish orkali butun ta’lim-tarbiya, maorif va madaniyat ishlarini uz kullariga olishga intilishi bilan xarakteralanadi. Bolsheviklar jadidchilik mafkurasi goya va kadriyatlari uchun kurashuvchilarni jismonan yuk kilish yuliga utgach, milliy-ozodlik kurashining yorkin saxifalarini tashkil etgan, tarixda «bosmachilik», deb nomlangan kurolli milliy ozodlik kurashi boshlandi. Uz-uzidan tushunarliki, usha yillarda kuchlar nisbati mutlako teng emas edi.
UI boskich 1924 yildan keyin «milliy jumxuriyatlar» doirasida bulib, bu davrda jadidchilik goyalari xali ulmagan, ular maktab-maorif va matbaachilik va jurnalistikada ancha-muncha faol bulsalarda, lekin ularni zimdan ta’kib kilish boshlangan edi. Anikrogi, bu davrda jadidlar faoliyatining nixoyasi kurinib kolgan edi. Shunga karamay, jadidlar yashirin tarzda bulsada «Chigatoy gurungi» akidalari, usul va vositalaridan kelib chikib, milliy ongni ustirish soxasida, ayniksa uzbek tili va adabiyoti soxasida, alifbo masalalarida katta faollik kursatdilar. Xuddi usha davr jadidlari orasidan Abdulla Kodiriy, Oybek, Gafur Gulom, Abdulla Kaxxor, Usmon Nosir, Amin Umariy, Ziyo Said, Yetim Bobojon, Mannon Uygur va boshka siymolar yetishib chikdi. Bu davr 1931-yilda Ibroxim Lakay Kurboshining shaxid ketishidan keyin uz nixoyasiga yetdi.
UII boskich 1931 yildan 1937-38 yillargacha bulgan davrni, okovalari bilan xisoblaganda 50 yillar urtalaridagi ta’kib va surgunlar davrlarini uz ichiga oladi. Bu davrda Munavvar Koridan boshlab, Fayzulla Xujayev, Akmal Ikromov, Usmon Nosir va boshka sanoksiz millat fidoyilari katagon kurbonlari buldilar.
Turkistondagi millatparvarlar F.Xujayev, Turor Riskulov, Akmal Ikromov, S.Xojanovlar xam milliy mustakillik bilan boglik bulgan ilgor goyalarni urtaga kuydilar. Ularning merosi, ijtimoiy – siyosiy faoliyati Turkistonda yuksalayotgan Milliy Uygonish jarayoni bilan bevosita boglikdir.
T.Riskulov va uning xammaslaklari maxalliy turkiy xalklarning tili Davlat tili makomini olishi lozimligi xakidagi taklifni xam ilgari surganlar va buni Turkiston Konstitutsiyasiga kiritganlar.
Xulosa kilib aytganda, XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkiston Ijtimoiy – falsafiy fikri kuyidagi yunalishda bulgan: a) mavxum ma’rifatchilik, kuzatuvchanlik, karaxtlik va maddoxlikdan uygonib, faollasha boshladi, xayotga alokador mazmun, moxiyat va yunalish kasb etdi; b) Turkiston ijtimoiy – falsafiy fikri uz milliy davlatchiligimizni tiklash, til, din, an’anaviy birligimizni saklab kolish, tilimizni yuksak ilm-fan, falsafa va nafis san’at tiliga aylantirish, zamonaviy va demokratik tarakkiyot yuliga tushib olishga intildi; v) ta’lim – tarbiyada yangi yullarni izlash, yangi usul maktablarini joriy etish orkali xalkning savodxonliligi darajasini kutarish, milliy ongni uygotishga kumaklashish zarurligi tushunildi; g) mazkur goya, maksad va ustuvor vazifalarning nazariy jixatini kursatib bera oladigan yetuk Turkiston milliy mustakillik mafkurasi yuksak falsafiy darajada asoslab berildi va u xalk ongini birlashtiruvchi, irodasini tarbiyalovchi safarbar kuchga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |