Buxoro davlat universiteti ish yuritish fanidan mustaqil ish



Download 55,31 Kb.
bet2/5
Sana29.10.2022
Hajmi55,31 Kb.
#858143
1   2   3   4   5
Bog'liq
giza

Shkaf-qayd qiluvchilar 
Papkalar va risola (broshyura) qilingan hujjatlarni mahsus seksiyalangan shkaflarda yoki shkaf-qayd qiluvchilarning dumaloq tokchalarida saqlash qulaydir. shkaf-qayd qiluvchi bitadan etgitagacha umumiy o`q atrofida mustaqil aylana oladiga tokchalarga egadir. Papkalar joylashish tartibini ko`rsatish uchun tokchadagi papkalarga rangli qog`ozlar parchasi, ular bir xil og`ma chiziq tashkil etadigan qilib yelimlanadi. Biror papkani yo`qligi y oki ularni joylashish tartibining o`zgarishi bir xil chiziqni buzadi va bu bilan tezda payqaladi.
Shkaf-qayd qiluvchilarning afzalligi: yaxshi ko1zga tashlanishi, qidirish tezkorligi, foydalanish yengilligi, yuqori sig`imliligi va ofisdagi maydonni tejashdan iborat.
STANDART MA`LUMOT KARTOCHKALARINI SAQLASH VA QIDIRISH VOSITALARI
Bir xil hajmli ma`lumot kartochkalarini saqlash uchun turli xil ko`rinishdagi kartotekalar ishlatiladi.
Kartoteka bu katta sondagi kartalarni (blanklar, standart shaklli hujjatlar va shunga o`xshash) o`z ichiga oyagan qurilma bo`lib, ular umumiy ma`no bo`yicha birlashtirilib, alfavit tartibida joylashtiriladi.
Turli xil kartotekalarning ko`p sonli konstruksiyalari ishlab chiqilgan va qo`llanilmoqda: tekis, vertikal, aylanuvchan va boshqalar. Kartotekada kartalar tartib nomeri, alfaviti, mavzusi bo`yicha, ba`zi holda esa ixtiyoriy tartibda joylashtiriladi. To`plamda kartalar topilishini yengillashtirish uchun ajratgichlar (indikatorlar) qo`llanilib, ularda qismlarning sinflashgirilgan belgilari yaqqol ko`rinib turadi.
Tekis kartotekalar
Ularda kartochkalar bunday joylashtiriladi: keyingi turgan kartaning biror cheti oldingi turganlari ostidan 7 -10 mm chiqib turadi, shunda har bir kartaning identifikatori ko`rinib turadi. Tekis kartotekalarni ko`pincha zinapoyali, ya`ni ko`zga tashlanadigan deb ham yuritiladi.
Kartochkaning chiqib turgan cheti eng muhim ma`lumot yoki uning parametrlarini identifikatsiya qiluvchi qiymatini yozish, grafik belgilarni yoki rangli indikatorlarni qo`yish uchun ishlatiladi. Kartochkaning yopiq qismi shu obyekt to`grisida yanada to`liq ma`lumot olish uchun ishlatiladi. Kartochkalarning bunday joylashishi va ularda ma`lumotlarning tabaqalashtirilganligi tufayli tekis kartochkalar yaxshi ko`zga tashlanadi va talab qilinayotgan ma`lumotlarni tez va aniq topilishi ta`minlanadi.
Vertikal kartotekalar
Vertikal kartotekalar yashiklar (lotoklar) ko`rinishida bo`lib, kartalar ularga vertikal joylashgan bo`ladi. Kartochkalar yashikda erkin joylashishi yoki qatorda ochilgan teshiklar orqali o`tuvchi gorizontal o`q bilan mahkamlanishi mumkin. Vertikal kartochkalar juda ham keng tarqalgan: ulardan hujjatlarni hisobga olish  kartochkalari sifatida buxgalteriyada, kadrlar bo`limida, arxivlarda, kutubxonalarda va boshqalarda ishlatiladi.
Vertikal kartochkalarning afzalligi: oddiyligi, arzonligi, katta sig`imliligida; kamchiligi kartalar qidirishning nisbatan qiyinligida. Tavsiflanuvchi obyektlar yoki parametrlari bo`yicha farqlanuvchi kartalar guruhini qidirishni yengillashtirish uchun ular bir-biridan ajratgichlar bilan bo`linadi. Guruhlar ichiga kartochkalar oldindan o`rnatilgan tartibda alfavit, sana va shunga o`xshashlar bo`yicha joylashtiriladi.


Aylanuvchi kartotekalar
Aylanuvchi kartotekalar bu vertikal yoki gorizontal o`qlar atrofida aylanuvchi barabanlar bo`lib, ularning seksiyalariga kartalar yoki xujjatlar solingan papkalar joylashtiriladi. Ularning afzalligi shartli doimiy va kam o`zgaradigan axborotlarni saqlashidadir. Vertikal o`qli kartotekalar ofislarning ma`lumot uchun xizmatlarida, gorizontal o`qli kartotekalar esa xodimlarning ish joylarida ishlatishga mo`ljallangan.
Aylanadigan kartotekalarning boshqa ko`rinishi ham bo`lib ularda sterjenga ma`lumotli kartalar mahkam o`rnatilgan bo`ladi, bu tipdagi kartotekalardan odatda kutubxona kataloglarida ommaviy foydalanishda ishlatiladi. Ikkala ko`rinishdagi aylanuvchi kartotekalar ba`zida avtomatlashtirilgan qidirish mexanizmlari bilan jihozlanadi.
Avtomatlashtirilgan kartotekalar jumlasiga elevatorli va rotorli kartotekalar kiradi.

Elevatorli kartotekalar


Elevatorli kartoteka operatorning ish joyiga rolikli zanjirga osilgan kartali yoki boshqa hujjatli tarnovlarni (yashiklarni) avtomatlashtirilgan uzatishni tashkil qiladigan qurilmadir. Tarnovlarni uzatish boshqarish pultidan teriladigan ish joyi adresiga (kodiga, identifikatoriga) mos ravishda amalga oshiriladi. Elevatorli kartochkalar sig`imi katta - 500, mingtacha kartochkaga xizmat kilishga mo`ljallangan. 
Rotorli kartotekalar
R otorli kartotekalar hujjatlar uchta tarnovli aylanma tokcha seksiyalarga egadir. Ular aylanadigan barabanli kartotekalarni eslatadi, lekin avtomatik boshqarish pultida terilgan adres bo`yicha foydalanuvchiga kerakli tarnov olib kelinadi. Rotorli kartotekalarning sig`imi kartochkalarning shakli bilan aniqlanadi va 10-75 ming donani tashkil etadi.
Perfokartali kartotekalar
Chetlari perforasiyali kartalardagi kartotekalar yengil mexanizatsiyalashgan qidirish imkonini beradi. CHetlari perforatsiyali karta qalin qog`ozdan yasalgan to`g`ri to`rtburchak ko`rinishiga ega bo`lib, hamma chetlari bo`ylab bir xil teshiklar o`yib chiqilgan: Har bir pozitsiyada bir yoki bir nechta (ko`pincha ikkita) teshik. Qidirish kodini o`rnatishda kartaga mos teshiklarni perfokarta chetidan ajratib turuvchi kashakni qirqish amalga oshirilib, natijada ochik tirqish ( yoriq) hosil bo`ladi. Perfokartaning teshiklardan xalos bo`lgan markaziy ma`lumot maydoniga hamma kerakli hujjatlar nusxalash yoki qo`lda yozish usuli bilan kiritiladi. Kerak ma`lumotli kartani topish to`g`rilangan kartalar dastasiga qidirilayotgan kodga mos keluvchi teshikka o`qni sanchib olish va dastani silkitish bilan amalga oshiriladi. Silkitishda kerakli perfokartalar dastadan tushib qoladi. Bu jarayon yordamida 6-7 ming kartaga ega bo`lgan to`plamdan 5-6 belgi bo`yicha bizni qiziqtirgan kartalarni yengilgina tanlab olish mumkin. Perfokartaning ma`lumot maydoniga tez-tez hujjatlarning mikrofotokopiyasi kiritiladi. Bu keng tarqalgan va samarali mikrofilmlashtirilgan hujjatlarni saqlash tizimlarida qulay ma`lumot qidiruv ishlarini yengilgina yaratish imkonini beradi.
HUJJATLARNI MIKROFILMLASHTIRISH
Mikrofilmlashtirish bu fotografik usul bilan maxsus tashuvchida hujjatlar asl nusxalarning kichraytirilgan, (ba`zida yuz martagacha) mikrofotokopiyalarini olishdir.
M ikrofilmlashtirishning asosiy vazifasi: saqlash uchun kerakli maydonni bir necha o`n marta qisqartirib, hujjatlarning sig`imli omborini yaratish: Hujjatlar qidirish jarayonini yengillashtirish; hujjatlarning nusxasini olish va ko`paytirishni oddiy va tezkor jarayonini ta`minlashdan iborat. Amaliyotda ishlatilayotgan hamma hujjatlarni saqlash tizimlari ichida mikrofilmlarda axborotlarni saqlash tizimi eng katta sig`imga va eng arzon narxga egadir. Kerakli hujjatni qidirish va undan fotonusxa olishning o`rtacha vaqti 10-20 minut bo`lgan bir nechta o`n millionlab hujjatlarga ega bo`lgan mikrofilmli axborot-qidiruv tizimlari mavjud. Mikrofotonusxalash, nusxa olish, ko`z bilan ko`rib chiqish, mikrofotonusxalarni avtomatlashtirilgan qidirish va saqlash qurilmalarining ko`p turlarlari ishlab chiqarilmokda.
Mikrofilmlarni ko`rinishi va texnologik xususiyatlari bo`yicha quyidagicha bo`lish mumkin:
rulonli mikrofilmlar;
kesmali mikrofilmlar;
shaffof formatli mikrofishalar (diamikrokartalar);
shaffof bo`lmagan formatli mikrokartalar, aperturli kartalar va boshqalar.
Rulonli mikrofilmlar oddiyligi va tayyorlash tezligi bo`yicha mikrofilmlarning qolgan hamma ko`rinishlaridan yuqori turadi. Axborot plyonkada ketma-ket butun uzunligi bo`yicha betma-bet joylashadi. Kengligi 16 va 35 mm bo`lgan rulondagi bunday plyonka jurnal belgilari, xisobotlar, kitoblar, dissertaсiyalar, chizmalar, rasmlar va shunga oxshashlarning mikrofilmlarini saqlash, qidirish va nusxasini olish uchun ishlatiladi. Rulonli mikrofilmlar kompyuterdan qiymatlarni chiqarish tizimlarida va axborot-qidiruv tizimlarida ishlatiladi.
Rulonli mikrofilmlashtirishning kamchiliklari:
bir rolikda joylashgan ko`p sonli hujjatlar ichidan kerakli hujjatni qidirishning qiyinligi;
uzun plyonka bilan ishlashning noqulayligi;
rulonli tashuvchining ko`rib chiqilgandagi emirilishi.
Mikrofilmlardan sig`imi bo`yicha katta bo`lmagan kartotekalarda ish hujjati sifatida foydalanilganda ularni alohida kadrlar sifatida saqlanishi maqsadga muvofiqdir.
Kesmali mikrofilmlar mikrofilmlarning alohida kesmalari shaffof konvertlarga joylashtirilib, ulardan kartotekalar shakllantiriladi. Bunday mikrofilmlar uzluksiz reproduсirlash uchun yaroqsizdir, lekin ular rulonliga nisbatan ko`rib chiqish uchun qulaydir. Mikrofilm ma`lumotlar jamg`armasida saqlanishi qulay hisoblanadi, ulardan bosib chikarilgan alohida kadrlar esa ish materiali bo`lib xizmat qiladi.
Mikrokartalar bu anik formatli tekis kartochkalardir. Kartochkaning asosi shaffof (tekis kesilgan fotoplyonka) yoki noshaffof (fotoqog`oz) bo`lishi mumkin.
Shaffof asosdagi mikrokartalarni diamikrokartalar yoki mikrofishalar deb ataladi; ulardan keng tarkalganlari: 35x70, 75x125, 105x148 mm. O`lchamlaridir.
Karta o`lchamlari va kichraytirish darajasiga karab unga bir necha o`nlab kadrlarni joylashtirish mumkin. Masalan, 105x48 mm o`lchamli kartaga kitobning 100 tagacha va undan ko`p betlarini joylashtirish, 4-5 ta shunday mikrokartaga kattagina kitobni sig`dirish mumkin. Mikrofishalar maxsus apparatlar yoki maxsus lupalar yordamida o`qiladi.
Mikrokartalarning afzalligi kerakli kadrni qidirish osonligi va pochta orqali jo`natish qulayligida.
Kamchiligi tayyorlashning qiyinligida. Mikrofilmlashtirilgan hujjatlarni yaratish va ular bilan ishlash uchun maxsus texnika ishlatiladi:
rasmga oluvchi mikrofilmlovchi apparatlar;
tasvirni chikarish va qotirish uchun asbobuskunalar;
qidirish, ko`rib chiqish va nusxa olish uchun apparatlar;
mikrofilmlarni saklash uchun jihozlar;
Rasmga oluvchi apparatura ishlash prinsipi bo`yicha ikki guruhga bo`linadi:
kadrli (statik) rasmga olish;
tirqishli (dinamik) rasmga olish;
Kadrli rasmga oluvchi apparatlar (UDM-2, Dokumator DA, Rust3, Pentakta A-100 va boshqalar) uchun shu  narsa xoski, asl nusha suratga olish vaqtida qo`zg`almas holatda turadi. Bunday apparatlar ham varaqli, ham risolalangan asl nusxalarni mikrofilmlashtirishni amalga oshiradi; turli kenglikdagi (16, 35 va 70 mm) ham perforirlangan, qam perforirlanmagan Mikrat tipidagi pozitiv va negativ plyonkalarga lastaki, yarim avtomatik va avtomatik rejimlarda rasmga olish imkonini beradi.
Tirqishli rasmga olish apparatlarida (Reprograf130, Reprograf900 va boshqalar) asl nusxa uzluksiz harakatlanadi va u bilan bir vaqtda siljuvchi fotoplyonkaga ensiz tirqish orqali eksponirlanadi. Bunday apparatlarning afzalligi shundaki, rasmga olish jarayoni to`liq avtomatlashtirilgan, yuqori samaradorlikka ega, uzunligi bo`yicha cheklanmagan asl nusxalarni mikrofilmlashtirish imkonini beradi.
Rulonli mikrofilmlarda ma`lumot kidirishni engillashtirish uchun turli xil mexanizaсiyalashgan axborot-qidiruv tizimlari ishlatiladi, masalan: POISK OK tipidagi.
POISK OK tizimida mikrofilmlashtirish UDM2 qurilmasida 35 mm li plyonka orkali amalga oshirilib, kodlash uchun maxsus moslama bilan jihozlangan. So`roqlanayotgan material kodi mikrofilm kadrlari orasiga kiritilgan bo`ladi. qidiruv vakgida mashinaga kerakli kadr kodi kiritiladi va u avtomatik ravishda kerakli kadrni ekranga chiqaradi.
Taxminan shunday imkoniyatlar Gelati o`quv-qidiruv-nusxa olish apparatida ham bor. 
Mikrofilmlarni dastaki qidirish va ko`rib chiqish uchun kadrlarni kattalashtirilgan tasvirini ekranga chikaradigan o`quv-ko`rib chiquvchi apparatlar (Mikrofot, Luch cho`ntak apparati) qo`llaniladi, ularning ba`zilari tasvir nusxasini olish imkonini berali (Elektrofilm apparati va boshkalar).
Mikrofishalarni qidirish va ko`rib chiqish uchun Iveriya izlovchi mashinasi yaratilgan. Pentakta mikrofilmli kompleksi 105x 148 mm formatli mikrofishalarni rasmga olish, qayta ishlash, qidirish, o`qish, nusxa olish va saqlash qurilmalarini o`z ichiga opadi.
Mikrofilmlashtirishning istiqbolli yunalishlaridan hujjatlarni golograflashtirish hujjatning golografik nusxasini (gologramma) maxsus plastinkaga yoki plyonkaga lazer nuri orkali rasmga olish usulidir. Bitta 101x126 mm o`lchamli gologrammaga 1000 tadan ko`p 1-2 mm diametrli mikrogologrammani joylashtirish mumkin, bu matnning bir necha ming betiga mos keladi.



Download 55,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish