XOJA MUHAMMAD ORIF AR REVGARIY
Revgariy Xoja Orif, Mohitobon (12-a. o`rtalari, Shofirkon tumani Revgar qishlog`i —1259) — xojagonnaqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi va nazariyotchilaridan biri. Bahouddin Naqshbandnnj ma`naviy ustozlaridan hisoblanadi. "Qutbul avliyo" (valiylar yo`lboshchisi) unvoni bilan mashhur. Abduxoliq G`ijduvoniydan tasavvuf ta`limotini o`rgangan. Tasavvufning o`zak jihatlari va nazariy masalalari haqida bahs yuritgan "Orifnoma" risolasini yozgan. Unda tasavvufning tavba maqomiga (solikning avvalgi barcha gunohlaridan tavba kilib, kelajakda biror gunoh ishni qilmaslikka azmu qaror berishi) alohida e`tibor karatilgan. R. tavbani "islom dinining tug`i" deb ta`riflagan. Ko`plab shogirdlar tayyorlagan. Ular orasida eng mashhuri Xoja Mahmud Anjir Fataviydir. R. Shofirkon sh.da dafn etilgan. Qabri ustiga maqbara o`rnatilgan. Maqbara va uning atrofidagi masjid mustaqillik yillarida ta`mirlangan. R. qabri ziyoratgoh hisoblanadi.
Xoja MUHAMMAD ORIF AR REVGARIY q s. —Hazrat Xoja Orif Mohitobon nomi bilan x.am mashxur. Xoja Orif Buxoro viloyati, Shofirkon tumanidagi Revgar qishlog`ida tug`ilganlar, yuz yildan ziyod umr ko’rib, 1259 yil vafot qilganlar. Qabrlari Shofirkon markazida obod ziyoratgohga aylantirilgan. 1996 yil Xoja Orif jome’si qurildi.
Naql etilishicha, Xoja Orif o’rta bo’yli, oy yuzli, katta ko’zli, qoshlari kamon, butun vujudlaridan mushku anbar h_idi anqib turadigan zot bo’lgan ekanlar.
Xoja Orif Hazrat Abdulxoliq, G`ijduvoniyning to’rtinchi xalifalari hisoblanadilar. Hazrat Maxdumi A’zam Dah,bediyning (14611542) «Maqomoti Xoja Abdulxoliq G`ijduvoniy» asarlarida naql qilinishicha, Hazrat Xizr a.s. Hazrat Abdulxoliq h.uzurlariga kelardilar. Shu payt Hazratning h_amma shogirdlarini uyqu bosardi. Suhbat tugab, Xizr a.s. ketganlaridan so’ng shogirdlar beixtiyor uyqudan uyg`onardi. Shogirdlar orasida eng yoshi h_isoblangan Xoja Muhammad ar Revgariy Xizr a.s. suhbatlaridan bax.ramand bo’lay deb, ko’zlariga tuz sepdilar va og`riqning qattiqligidan u kishiga uщu g`alaba qilolmadi. Suhbatdan bahramand bo’ldilar. Bu holni ko’rib Xizr a.s. dedilar: «Siz Orif bo’lgaysiz, inshoolloh!» Xoja Xizr a.s. nafaslarining barakotidan butun dunyoga Xoja Orif nomi bilan mashhur bo’ldilar.
Xoja Orif ar Revgariy «Orifnoma» nomli kitobning muallifi xisoblanadi. «Orifnoma» Toshkentdagi «Navro’z» nashriyotida 1994 yil nashr etildi.
«Orifnoma»da yozilganki: Odob nek odamlar ziynatidur!..
Avliyolik alomati uchtadur: birinchnsi — baland darajani egallaganda ^am kamtar bo’lmoq., ikkinchisi — sabru toqati etguncha parh^ezkorlik qilmoq, uchinchisi — to kuchi etguncha insof qilmoq.Ochlik —zoh.idlar, zikr — oriflar taomi. (Xoja Orif ar Revgariy, «Orifnoma», 7bet).«Risolai Sig`noqiy» asarida bayon etilishicha, kunlardan bir kun Xoja Ah.mad Yassaviy taom pishirayotib, muridi Xoja Dug`iyni G`ijduvonga borib, Xoja Abdulxoliq G`ijduvoniydan qatiq, olib kelishni buyuradi. Xoja Dug`iy G`ijduvonga etib bormasdanoq G`ijduvoniyning xalifasi Xoja Orif Revgariy Ahmad Yassaviy huzuriga q,atiq, olib keladi. Bundan xabar topgan Xoja Dug`iy: «Orifning h,oli mendan ustun keldi» — deya Xoja Orifning kamolotini e’tirof etadi. Muhammad Tolibning «Matlab ut tolibin» asarida Xoja Orifning «Tadbirga bog`liq,, taqdirga munkir kishi do’zaxiy, ilohiy taqdirga taslim bo’lgan kishi esa jannatiydir», degan hikmatli so’zlari keltirilgan. (Xoja Abdulxoliq, G`ijduvoniy, «Maqomoti Yusuf Hamadoniy», T., «Yangi asr avlodi», 2003 yil, 4041 betlar).
«Orifnoma»da quyidagi baytlar xattot tomonidan yozilgan: Afsus shud pinxoi Moxshpoboi ba zeri xok, Kplkam siyaxpo’sh, jigar resh, sipa chok. Tarix bahri rexlati o’ juapam az kalam: Kutbi zamon va Orifi billox zeri rakam.
Mazmuni: Afsuski, Mohitobon er ostiga pinh.on bo’ldi. Qalamim qora kiyindi, jigarim tilindi, siynam chok bo’ldi. Uning marhum bo’lgan yili «Qutbi zamon va Orifi billoh zeri raq_am»dan chiqadi.
Ushbu she’rning so’nggi bayti «Qutbi zamon va Orifi billoh zeri raqam»dan h_ijriy 634 yil, melodiy 1234 yil chiqdsti.
Ayrim manbalarda Xoja Orif ar Revgariyning marx_um bo’lgan yillari 1259 yil deb yozilgan.
Ayni shu kunlarda Xoja Orif ar Revgariy majmua’larida obodonchilik ishlari olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |