2.2. Yetti pir ziyoratgohi
1. Hazrat ABDULXOLIQ G`IJDUVONIY quddisa sirrihu — Xojai Jahon, Xoja Abdulxoliq nomi bilan butun dunyoga mashhur. Xoja Abdulxoliq. 1103 yil G`ijduvonda tug`ilib, 1179 (ayrim manbalarda 1220) yil marhum bo’lganlar. Qabrlari G`ijduvon shahrida.
Bu zoti sharif avliyolar sultoni, qutbi zamon, olimi Rabboniy, buyuk tarbiyachi bo’lib, xojagon tariqatining asoschisi hisoblanadilar.
Hazrat Abdulxoliq Xizr alayhissalom, Yusuf Hamadoniy, Imom Sadriddin, Niyoz Xorazmiy (Boboyi Laklaqagi)lardan ta’lim olgan.
Abdulxoliqning otalari Imom Abduljamil asli rumlik (ya’ni turkiyalik) bo’lib, Imom Molik (713795) avlodidan, Abdulxoliqning onalari esa podshoh. qizi bo’lganlar.
Hazrat Abdulxoliq «Risolai sahobiya», «Maqsad as solikin», «Maslakal orifin», «Maqomoti Yusuf Hamadoniy», «Tariqat odobi» nomli asarlar, shuningdek, ruboiy va qit’alar yozgan. Abdulxoliq. G`ijduvoniy haqlarida Xoja Orif ar Revgariy, Jomiy, Navoiy, Ali Safiy, Nosiriddin To’ra, Maxdumi A’zam, Muh_ammad Boqdr va boshqa alloma, avliyolar o’z kitoblarida ma’lumot berganlar.
A.Navoiy yozadilar: «Alarning (ya’ni Abdulxoliqning) ravishi tariqatda h.ujjatdur. Barcha foruq, (haqni botildan ajratuvchilar)ningmaq,bulidurlar. (A.Navoiy, «Mukammal asarlar to’gshami», 17 tom. T. — 2001 yil, 253bet). Hazrat Xojai Jah_onga Olloh_ shunday ulug` bir darajani berdiki, «h_ar vaqt namozda Ka’baga borar erdilar» (O’sha kitob, 254bet).
Hazratning juda ko’p murid, muh_ib, shogirdlari bo’lgan, eng etuklari: Xoja Ah_mad Siddiq, Xoja Avliyoi Kabir, Xoja Sulaymon Karmaniy, Xoja Orif ar Revgariylardur.
Xoja Abdulxoliqning ruhlari Bah_ouddin Naqshbandni tarbiya qilgan. Hazrat Abdulxolik. «Tariqat odobi» kitoblarida yozadilar: «Ey farzand! Ilm bilan birga odobni h_am o’rgan. Zero, odobsiz odam Olloh. lutfidan mah.rumdir. Xalq bilan aslo nizojanjal etma. Yaxshi xulq, nek odob ila umrguzaronlik ayla. Sunnati saniyani mahkam tut, salafi solihin, taqvoli imomlar yo’llariga ergash. Bid’at ahlidan yiroq bo’l, zero, har qanday bid’at gunohdir».
Hazratning ruboiylarining ham tarbiyaviy ah_amiyati kattadir:
Shuxrat ila shum nafsingni shod etma, O’zii mardum orasinda ko’p yod epgma. Kamtarlik et! Sen nom chiqaray deb, Zipxorki diningpi barbod etma.
Umring o’tadur — kom ozorlik bex, Qo’ldan keladur — nakukorlik beh. Har peki jdiig, tupi o’rgaysep, Ekkil sara urug — xushyorlik beh.
Gar senga birovdan shikoyat bordur, Stardi diling undan bagoyat bordur. Yomoiligi o’zi yomonga jazo, Intiqom olmoщa na xojat bordur.
***
Til sukut et, ey jon gapir, Bekomu bezbop gapir. Ul Yorki boshka yor erur, Begapu bedaxon gapir.
* * *
Ayblarni yopguvchi sattor bo’lgaysen, Kalblarni topguvchi gamxor bo’lgaysen. Allox rizoligin topay desang, ey dust! El birla adabda xushyor bo’lgaysen.
2003 yil Hazrat Xojai Jahonning 900 yillik yubileylari xalqaro miqyosda nishonlandi. Hazrat majmualarida XXI asr obidasi qad ko’tardi. Yurtboshimizning tashabbuslari bilan Xojai Jahon ziyoratgohida yangi jome’ masjid, go’zal maqbara, katta bog` bunyod qilindi. Maqbara ro’paro’sidagi Ulug`bek madrasasi, Minora ta’mirlanib, asl holiga keltirildi. Hazrat Abdulxoliq asarlari nashr qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |