30
Xulosa
Xulosa qilib aytganda narx qandaydir tovar yoki xizmat uchun taklif etilayotgan, so‘ralayotgan yoki to‘langan pul summasi. Sotuv narxi, u ochiq e’lon qilingan yoki sir saqlanganligidan qat’iy nazar, sodir bo‘lgan fakt hisoblanadi. Aniq xaridorlar va sotuvchilarning moliyaviy imkoniyatlari, motivlari yoki alohida manfaatlaridan kelib chiqib, tovar yoki xizmatga to‘langan narx tovar yoki xizmatning qiymatiga mos kelmasligi mumkin. Shunga qaramay, narx odatda ushbu tovarlar yoki xizmatlarga mazkur xaridor va/yoki sotuvchi tomonidan muayyan vaziyatlarda o‘rnatiladigan nisbiy qiymat indikatoridir.
Qiymat — bu sotib olish mumkin bo‘lgan tovarlar yoki xizmatlar xaridorlari va sotuvchilari kelishib olishlari ehtimoli yuqori bo‘lgan narxga tegishli iqtisodiy tushuncha. Qiymat bu fakt emas, balki aniq vaqtda aniq tovarlar va xizmatlarning tanlangan qiymat talqiniga muvofiq ehtimol qilinadigan va hisoblab chiqiladigan kattalik. Qiymatning iqtisodiy tushunchasi baholash sanasida ushbu tovarlar egasi bo‘lgan yoki ushbu xizmatlarning foydalanuvchilari oladigan foydaga bozorning qarashini aks ettiradi.
Qiymat baholarini tushunish va qo‘llash uchun qiymatning turi va talqinini aniq ko‘rsatish, shuningdek ularning baholash bo‘yicha topshiriqqa muvofiqligini ta’minlash zarur. Qiymat talqinining o‘zgarishi turli mulk obyektlari uchun qayd qilib qo‘yiladigan qiymat miqdoriga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Qiymat tushunchasi qandaydir bitim bilan bog‘liq pul summasini nazarda tutadi. Shunga qaramay, baholanayotgan mulkning sotilishi, uning baholash sanasida bozor qiymati ta’rifida mujassam shartlarga amal qilgan holda sotilishi mumkin bo‘lgan narxini belgilash uchun zaruriy shart bo‘lmaydi. . Narx oʻzida faqat naflilik yoki ijtimoiy mehnat sarflarining birini emas, balki har ikkalasining bir vaqtda puldagi koʻrinishini ifoda etadi. Demak, narx – real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir. 8. Narxning darajasiga taʼsir etuvchi omillarni bilish muhim ahamiyatga egadir. Bulardan asosiylari qiymat yoki ishlab chiqarish sarflari; tovarning naflilik darajasi; mazkur tovarga talab va taklif nisbati; raqobat holati; davlatning iqtisodiy siyosati, pulning qadrqimmati va h.k. hisoblanadi.Bu omillar ichida tovar qiymati va nafliligi uning narxini belgilovchi asos boʻlib xizmat qiladi. Narx quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: muvozanatlikni taʼminlash vazifasi; qiymat va naflilikni hisobga olish vazifasi; tartibga solish vazifasi; raqobat vositasi vazifasi; ijtimoiy himoya vazifasi. .
31
Narxning juda koʻp turlari mavjud boʻlsada, ularning barchasi bir-biri bilan oʻzaro bogʻlangan, chunki ularda jamiyatdagi iqtisodiy resurslarning ishlatilish samarasi oʻz ifodasini topadi. Maʼmuriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga oʻtayotgan barcha mamlakatlarda davlatning narx sohasidagi siyosati koʻp jihatdan narxlarni erkinlashtirish, milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga yaqinlashtirishga qaratiladi. . Oʻzbekistonda iqtisodiyotni isloh qilishning oʻziga xos tamoyillari, mamlakatdagi vaziyat va aholining turmush darajasi hisobga olinib, narxlarni asta-sekinlik bilan va bosqichma-bosqich erkinlashtirish yoʻli tanlab olindi. Respublikada narxlarni bosqichma-bosqich erkinlashtirish aholini ishonchli iqtisodiy va ijtimoiy himoyalash tadbirlari bilan birga olib borildi.
32
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. – Т.: «Ўзбекистон», 2016. 56-бет.
2. Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидacи бўлиши кepак. – Т.: «Ўзбекистон», 2017. 104-бет.
3. Мирзиёев Ш.М. Билимли авлод – буюк келажакнинг, тадбиркор халқ – фаровон ҳаётнинг,дўстона ҳамкорлик эса тараққиётнинг кафолатидир (Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 26 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи, 2018 йил 7 декабрь).– «Халқ сўзи» газетаси, 2018 йил 8 декабрь, № 253 (7211).
4 .Тўлаганов Ш. «Бахт индекси»: энг бахтли мамлакатлар саралари ичида Ўзбекистон бор. http://uza.uz/oz/society/bakht-indeksi-eng-bakhtlimamlakatlar-saralari-ichida-zbekis-15-03-2018
5.Иқтисодиётни янада ривожлантириш ва иқтисодий сиёсат самарадорлигини оширишнинг қўшимча чора-тадбирлари тўғрисида. Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони 08.01.2019 йилдаги ПФ-5614-сон, Кучга кириш санаси 09.01.2019. Манба: Қонун ҳужжатлари
6 Валюта сиёсатини либераллаштириш бўйича биринчи навбатдаги чоратадбирлар тўғрисида. Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони. № ПФ-5177 02.09.2017.
7 Экспортга кўмаклашиш ва уни рағбатлантиришни кучайтириш чоратадбирлари тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори
Do'stlaringiz bilan baham: |