Narx yetakchisiga ergashish strategiyasi. Ushbu strategiyani qo‘llay borib, firma, hatto xarajatlari va uning mahsulotlariga talab o‘zgarganda ham o‘z narxlari o‘zgarishining tashabbuskori bo‘la olmaydi. U raqobatchilari (narx yetakchisi) narxi o‘zgarishini e’tiborga oladi va unga moslashib oladi.
Narxlar urushi. Bu strategiya narxlarni tajovuzkorona ravishda tushirilishiga asoslangan. Narxlar urushi, odatda, mahsulotga talab kamayib, buning oqibatida bozorda ortiqcha takliflar yuzaga kelganda paydo bo‘ladi. Chunki narxlar urushi ishlab chiqaruvchilar oladigan foydani kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |