Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti servis sohasi iqtisodiyoti



Download 37,51 Kb.
Sana01.07.2022
Hajmi37,51 Kb.
#723746
Bog'liq
abdullayeva yulduzkichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish (4)




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI


BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI


IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
SERVIS SOHASI IQTISODIYOTI
KAFEDRASI


«IQTISODIYOT» fanidan


K U R S I S h I


Mavzu: Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish - iqtisodiy erkinlikni ta`minlash omili sifatida
Bajardi: __3-1 STA 21 guruhi talabasi _ Abdullayeva Yulduz
_____(imzo)


Kurs ishi himoya qilingan sana “____” __________2022 y.


Baho “_____” ___________
Ilmiy rahbar: __________ ____________________
(imzo) (ismi sharifi)
Komissiya a’zolari: __________ ____________________
(imzo) (ismi sharifi)
__________ ____________________
(imzo) (ismi sharifi)


Buxoro – 2022 yil

KURS IShI UChUN TAQRIZ


IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
SERVIS SOHASI IQTISODIYOTI
KAFEDRASI

Iqtisodiyot ” fani


Guruh..3-1 STA 21guruh ...............................................................


Talaba familiyasi va ismi-sharifi.....Abdullayeva Yulduz Zokirjon qizi.................................................


Kurs ishi mavzusi: Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish - iqtisodiy erkinlikni ta`minlash omili sifatida


Kurs ishining tarkibi..Kirish qismi, 2ta bob va 5ta rejadan iborat..............................................................................................


…………………………………………………………………….
Kurs ishi himoyasida talabaga berilgan savollar ro'yxati:................
..........................................................................................................
..........................................................................................................
…………………………………………………………………….
…………………………………………………………………….

Jadval va grafik materialning miqdori (muhim chizmalarning ko'rsatgichi).......................................................................................


Kurs ishining ijobiy tomonlari.........................................................


..........................................................................................................
Kurs ishining kamchiliklari..............................................................
..........................................................................................................

Kurs ishiga qo'yilgan baho...............................................................


Kurs ishiga rahbarning ismi-sharifi va imzosi...................................


………………………………………………………………………


Kirish .
Mamlakatimiz iqtisodiyotini taraqqiy ettirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik alohida ahamiyat kasb etadi va hozirgi sharoitda uning roli yanada ortib bormoqda. Shu sababdan ham Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish har qanday mamlakat iqtisodiyotining barqaror o’sishini ta’minlovchi asosiy bo’g’in va amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo’nalishi hisoblanadi. Iqtisodiyotda ro’y berayotgan turli ijobiy o’zgarishlar kop jihatdan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi bilan uzviy bog’liqdir. Respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni barqaror rivojlantirish va uni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy ustuvor yo’nalishlaridan biri qilib belgilangan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlab otganlaridek: “...jiddiy va kundalik e’tiborini talab qiladigan yana bir muhim yonalish bor. Bu-xususiy mulk va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va ularning ta’sirchan himoyasini ta’minlashdir”. Jamiyatimizning iqtisodiy negizi bozor iqtisodiyotiga asoslangan. Bozor iqtisodiyotining tayanchi sifatida esa kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi muhim o’rin egallaydi. Ushbu sohani jadal rivojlanishini ta’minlash maqsadida qonunchilik bazasini takomillashtirib borish ob’ektiv zaruriyat hisoblanadi. Chunki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi mamlakat iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o’rinlarini yaratish va aholi daromadini oshirishning muhim omili hisoblanadi. Mamlakatimizda ham barqaror ijtimoiy-iqtisodiy o’sishni ta’minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining o’rni beqiyosdir. Xususan, ularning yalpi ichki mahsulotdagi salmog’i muntazam o’sib, 2018- yil yakunlari boyicha 60,4 foizga, sanoatda esa 37,4foizga oshdi. Ushbu ko’rsatkichlarga erishishda tijorat banklari kreditlash hajmining oxirgi yillarda o’sishi ham muhim omillardan hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo’ljallangan harakatlar strategiyasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik xususida quyidagilar ta’kidlangan: “...kichik biznes va xususiy tadbirkorlik milliy iqtisodiyotni yaratish, jamiyatning ijtimoiy barqarorligini asosi hisoblanuvchi o’rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, raqobat muhitini vujudga keltirish va barqaror iqtisodiy o’sishga erishishda muhim omil bolib hisoblanadi” Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ahamiyatini oshirishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2016 yil 5 oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmoni alohida rol o’ynadi, chunki bu farmonda xususiy mulkni huquqiy himoya qilishni yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va har tomonlama qo`llab-quvvatlashga asosiy e’tibor qaratilgan.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishda 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasining iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish bo’yicha uchinchi ustuvor yo’nalishida iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulkning huquqlarini himoya qilish va uning istiqbolli rolini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini rag’batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulkning huquq va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, barcha turdagi to’sqinliklar va cheklanishlarni bartaraf etish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish yo’lida to’liq erkinlik berish, amaliyotda “Agar xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va kuchli boladi” degan printsipni amalga oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, nazorat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning noqonuniy aralashuvini qat’iy oldini olish, davlat mulkini xususiylashtirish tartib-taomillarni yanada kengaytirish va soddalashtirish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav jamgarmalarida davlat ishtirokini kamaytirish ko’zda tutilgan.

I BOB.KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK.


1.1.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi.

Respublikamizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilinishini ta’minlash, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash va jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar 2016 yil davomida 31766 ta yangi kichik tadbirkorlik sub’ektlarini (dehqon va fermer xo’jaliklaridan tashqari) tashkil etish imkonini berdi. Natijada 2017 yil 1 yanvar holatiga faoliyat ko’rsatayotgan kichik tadbirkorlik subektlarining soni 218170 tani tashkil etib, otgan yilning shu davriga nisbatan 11066 taga ko’paydi.


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratib berilayotganligi natijasida 2016 yil yanvar-dekabr oylarining dastlabki yakunlari bo’yicha ularning ulushi mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida 56,9 foizni (2015 yilning yanvar-dekabr oylarida 56,5 foiz), sanoatda - 45,0 foizni (40,6 foiz), xizmatlar sohasida - 60,5 foizni (57,8 foiz), eksportda - 28,5 foizni (27,0 foiz) va bandlikda - 78,1 foizni (77,9 foiz) tashkil etdi.
2016 yilning yanvar-dekabr oylarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan iqtisodiyotga 19963,2 mlrd.so’mlik investitsiyalar kiritildi. Bu respublika bo’yicha jami kiritilgan investitsiyalar hajmining 40,3 foizini tashkil etadi. Shuningdek, ular tomonidan 20677,7 mlrd.somlik qurilish ishlari bajarildi (jami qurilish ishlari hajmining 70,7 foizi) yoki otgan yilning shu davriga nisbatan 15,6 foizga o’sdi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirishda muhim omildir. Ushbu soha vakillarini har taraflama qoʻllab-quvvatlash maqsadida oxirgi ikki yarim yilda Prezidentning ellikdan ortiq farmon va qarorlari qabul qilindi.

Jumladan, tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, turli ruxsatnomalar olish va boshqa koʻplab xizmatlar tartib-qoidalari soddalashtirildi. Bu borada qulaylik yaratish uchun Davlat xizmatlari agentligi va uning joylardagi markazlari tashkil etildi. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (Biznes-ombudsman) lavozimi joriy qilindi.


Barcha hududlarda tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilib, hal etishga koʻmaklashadigan Bosh vazir qabulxonalari tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasi huzurida Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyati yoʻlga qoʻyilib, unga 200 milliard soʻm va 50 million dollar mablagʻ ajratildi.
Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlarga ajratilayotgan kreditlar hajmi oshdi.
Bunday amaliy choralar oʻz natijasini bermoqda. Kichik biznes mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining qariyb 60 foizini, sanoat mahsulotlari hajmining uchdan birini, qishloq xoʻjaligi mahsulotining 98 foizini, investitsiyalarning yarmini taʼminlamoqda. Koʻpgina viloyatlarda eksportning 70-90 foizi aynan kichik biznesga toʻgʻri keladi.
Joriy yilning 6 oyida tadbirkorlik subyektlari soni 60 mingtaga ortgan.Yigʻilishda ushbu koʻrsatkichlar islohotlarning dastlabki natijalari ekani taʼkidlanib, asosiy eʼtibor hanuzgacha uchrayotgan muammolarni hal etishga qaratildi.oʻrinbosarlari mutlaqo yangicha ishlab, 70 foiz vaqtini hududda tadbirkorlikni rivojlantirishga sarflashi kerakligini taʼkidladi.Har bir viloyat, tuman va shahar hokimlari va ularning birinchi oʻrinbosarlari faoliyatiga yangi tashkil etilgan yoki faoliyati qayta tiklangan kichik korxonalar va ularda yaratilgan ish oʻrinlari sonidan kelib chiqqan holda baho berib, ragʻbatlantirish boʻyicha yangi tizim joriy etish vazifasi qoʻyildi.
Respublikmizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun quyidagi sharoitlar yaratilgan:
1. Kichik biznes subyektlarining ro‘yxatdan o‘tish vaqti 30 daqiqani tashkil etadi.Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun faqat bir dona, yuridik shaxs sifatida kichik korxonani ro‘yxatga olishda esa - ikki dona hujjat talab etiladi.
2. Deyarli barcha tarmoqdagi kichik korxonalar kichik biznesni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishning muhim omili hisoblanadigan yagona soliq to‘lovi stavkasi, realizatsiya qilingan tovarlar va xizmatlar hajmining 5% ni tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda kichik biznes sub'yektlari uchun yagona ijtimoiy to‘lovning amaldagi stavkasi 15% ni tashkil etadi.
3. Yangi tashkil etilgan chet el investitsiyasi ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalarga besh yil davomida ular ro‘yxatdan o‘tgan kunidagi soliq va majburiy to‘lovlar stavkasini qo‘llash huquqi beriladi. 2018-yildan boshlab 1 gektardan ko‘proq yer maydoniga ega bo‘lgan kichik korxonalar yagona er solig‘i to‘lashi belgilab qo‘yildi.
4. Kichik biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash quyidagi yo‘llar orqali amalga oshirilmoqda: banklar tomonidan imtiyozli stavkalar bo‘yicha kreditlar berish; tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining tadbirkorlik faoliyatiga berilgan kredit mablag‘larining 50% miqdoridagi kafillik va tijorat banklari kreditlari bo‘yicha hisoblangan foiz xarajatlarini qoplash.
5. Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga mas'ul institut tomonilan biznes manfaatlari himoyalangan. O‘zbekistonda kichik biznes sub'yektlari faoliyatini rejadan tashqari tekshirish bekor qilindi, shuningdek birinchi marta sodir etilgan moliyaviy-xo‘jalik huquqbuzarlik uchun tadbirkorlik sub'yektlari ma'muriy jarimalarning barcha turlaridan ozod etilgan**.
6. Respublikaning barcha hududlarida tadbirkorlik sub'yektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi “yagona darcha” tamoili ostida faoliyat ko‘rsatadigan markazlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi markazlar tashkil qilingan. Tadbirkorlik faoliyatini endi boshlovchi sub'yektlar uchun o‘zlarining biznes rejalarini tuzish, huquqiy va amaliy ko‘mak berish, shuningdek faoliyatlari uchun zarur ma'lumotlarni olishlari uchun “biznes-inkubatorlar tashkil etilgan.
7. Respublika bo‘yicha tadbirkorlarga biznes yuritish bo‘yicha o‘quv kurslari, xususiylashtirilgan ob'yektlar bazasida loyihalar amalga oshirish, 5 yil muddatga nol stavkada ijara asosida yer maydonlari ajratish orqali yosh tadbirkorlar uchun klasterlar tashkil etildi.
Kichik biznesning mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shadigan hissasini oshirilishini, kichik sanoat zonalarining yaratilishi, investitsion muhit va raqobat muhitini yaxshilanishi, kichik biznes bilan davlat-xususiy sherikchiligi doirasida davlat xaridlari hajmini kengaytirilishi, yirik va kichik korxonalar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlanishi, innovatsiya jarayonlariga tadbirkorlik sub'yektlarini jalb qilish orqali ko‘rishimiz mumkin.
Shuni ham ta'kidlash joizki, yetarli eksport salohiyatiga ega bo‘lgan, biroq ayni paytda yanada rivojlanish uchun yetarli darajada kapitalga ega bo‘lmagan muvaffaqiyatli va istiqbolli kichik korxonalarni moliyaviy qo‘llab quvvatlash katta ahamiyatga ega.
Ushbu chora-tadbirlarlarni samarali kichik biznes sohasida ko‘proq ish o‘rnini yaratishga, jahon bozoriga kirish imkoniyatlarini oshirishga yordam berib, mamkalatni eksport salohiyatini oshirishga va aholi daromadlarini oshishiga imkon yaratadi.

1.2 Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari.


Ishlab chiqarish tadbirkorligini tadbirkorlik faoliyatining asosiy turi desak xato bolmaydi. Zero, bunday tadbirkorlik faoliyati Tadbirkorlik faoliyati turlari xilma-xildir. Faoliyat maqsadi, turi va yo`nalishlariga qarab tadbirkorlik tufayli mahsulot, tovarlar ishlab chiqariladi, xizmat ko’rsatiladi, ma’lum ma’naviy qadriyatlar yuzaga keladi. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga otishning dastlabki yillarida tijorat tadbirkorligi yaxshi rivojlandi. Tadbirkorlik faoliyatining bu turi tovar va xizmatlarni sotib olish va sotish jarayonlarini amalga oshirish bilan ta’riflanadi, chunki bu sohada qisqa
sharoitida rivojlangan mamlakat-larda ogzaki kelishuvlar ishonchli kafolat bolib, kerak bolgan hollarda shartnoma, bitim shaklida rasmiylashtiriladi. Biroq, bizning mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti endi shakllanayotgan davrda ogzaki bitimlarning kafolati past va tavakkalchilik kuchlidir.
Agar ishlab chiqarish korxona samaradorligining 10-12% ini tashkil qilsa, tijorat faoliyati esa bu korsatkichni yana 20-30%ga oshiradi.
Moliyaviy tadbirkorlik tadbirkorlik sohasining alohida olingan turiga kiradi. Uning faoliyat sohasi qiymatlarni alma-shinishi va almashtirilishidan iborat. Moliyaviy faoliyat ish-lab chiqarish, tijorat sohasini ham qamrab olishi mumkin. Shu-ningdek, moliyaviy tadbirkorlik mustaqil bank va sugurta muassasalari shaklida ham faoliyat ko’rsatadi. faoliyatining ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va konsalting turlarini ajratish mumkin.
O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning dastlabki yillarida tijorat tadbirkorligi yaxshi rivojlandi. Tadbirkorlik faoliyatining bu turi tovar va xizmatlarni sotib olish va sotish jarayonlarini amalga oshirish bilan ta’riflanadi, chunki bu sohada qisqa
sharoitida rivojlangan mamlakat-larda og’zaki kelishuvlar ishonchli kafolat bo’lib, kerak bo’lgan hollarda shartnoma, bitim shaklida rasmiylashtiriladi. Biroq, bizning mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti endi shakllanayotgan davrda og’zaki bitimlarning kafolati past va tavakkalchilik kuchlidir.
Keyingi vaqtda O’zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining konsalting (maslahat) turi rivojlanmoqda. Bu tadbirkorlik turi ko’p yo’nalishlardan iborat bo’lib, kelajakda yaxshi rivojlanib ketishiga jahon iqtisodiyoti taraqqiyoti guvohlik beradi.

Tadbirkorlik faoliyati turlari nisbatan mustaqil bolib, bir-birini to’ldirib keladi. Tadbirkorlik faoliyatining barcha turlarini belgi-lab beruvchi ishlab chiqarish tadbirkorligining ustuvorligini tan olish kerak.


Innovastion, ilmiy-texnik faoliyat, tovarlarni bevosita ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va shu sohadagi axborot bilan ishlash faoliyati ishlab chiqarish tadbirkorligiga kiradi. Ishlab chiqarish bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan har bir ishbilarmon tadbirkorlik faoliyatining qaysi turi bilan shug’ullanishini, qanaqa mahsulot ishlab chiqarishini, qanday xizmat ko’rsatishini oldindan belgilab olishi lozim. Shu ish amalga oshgandan keyin tadbirkor marketing bilan shug’ullanadi. Tovarga bolgan talabni bilish maqsadida u tovarning potenstial iste’molchilari, xaridorlari, ulgurji va chakana savdo bilan shug’ullanuvchi tashki-lotlar bilan aloqa qiladi. Muzokaralar ishbilarmon va bolajak xaridorlar ortasida shartnoma tuzilishi bilan yakunlanadi. Tuzilgan shartnoma tadbirkorlikdagi tavakkalchilikning oldini olishga imkon beradi. Shu ishlar amalga oshmasa, tadbirkor faqat ogzaki vadalar asosida ishlab chiqarish faoliyatini boshlaydi. Shakllangan barqaror bozor Venchur biznesi, yani innovastion tadbirkorlik keyingi vaqtda ancha rivojlandi va u tavakkal biznesi turiga kiradi. Biznesning bu turi yangi texnologiyalarning joriy etilishi bilan bogliq. Venchur biznesi yuqori texnologiya sohasida olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar natij-larini tijoratlashtirish bilan boglangan. Bu sohalarda samara olinishi kafolatlanmagan. Yani malum tavakkalchilik mavjud. Yangi va eng yangi texnologiyalarni joriy qilish bilan shugul-lanuvchi ilmiy-texnika firmalarga venchur firmalar deyiladi. Ularning daromadi kafolatlanmagan bolib, faoliyati tavakkal kapital bilan bogliq.

Shuni takidlash kerakki, kichik korxonalar innovastion tadbirkorlikni rivojlantirishda katta rol oynaydi. Venchur biznesi ozining egiluvchanligi bilan innovastion ishbilarmon-likning boshqa shakllariga qaraganda qator ustuvorlikka egadir.


O’zbekiston Respublikasida «Tadbirkorlik to’g`risida» gi qonuninng 5-moddasiga binoan tadbirkorlikning quyidagi shakllari mavjud:


yakka tartibdagi tadbirkorlik.


xususiy tadbirkorlik; – jamoa tadbirkorligi; – aralash tadbirkorlik.

Yakka tartibdagi tadbirkorlik – tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning eng oddiy shakli bo’lib, uni tashkil qilish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 14 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik to’g’risidagi Nizom» bilan belgilanadi. Ushbu nizomga muvofiq yakka tadbirkor o’z faoliyatini yuridik shaxs tashkil qilmay amalga oshirishi mumkin. Yakka tartibdagi tadbirkorlar odatda mayda ishlab chiqarish bilan shug’ullanadilar.


Yakka tartibdagi tadbirkorlik o’z navbatida ikki turga bolinadi: – shaxsiy tadbirkorlik; – birgalikdagi tadbirkorlik.

Shaxsiy tadbirkorlik tushunchasi «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari togrisida»gi qonunning 15-moddasida quyidagicha bayon etiladi: «Shaxsiy tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkorlarning o’zi tomonidan mulk huquqida, shuningdek, mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo’l qo’yadigan o’zga mulkiy huquq tufayli oziga tegishli bolgan mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi».

Ushbu qonunning 16-moddasiga binoan birgalikdagi tadbirkorlikka quyidagilar kiradi:


er-xotinning umumiy mol-mulki negizida amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik;


dehqon xo’jaligining umumiy birgalikdagi mulki negizida amalga oshiriladigan dehqon xo’jaligi;


o’zlariga umumiy ulushi mulk huquqida tegishli bo’lgan umumiy mulk negizida yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshiradigan shirkat xo’jaligi.


Yuridik shaxs tashkil qilmay, o’z faoliyatini amalga oshiradigan tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan jismoniy shaxsga davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi haqidagi guvoxnoma beriladi va u jismoniy shaxslarni ro’yxatdan o’tkazish reestrida qayd qilinadi. Ushbu guvohnoma bankda hisob-kitob varag’i ochish, soliq organlaridan ro’yxatdan o’tish, muhr va boshqa rekvizitlarni tayyorlash uchun asos bo’lib hisoblanadi.


O’zbekistan Respublikasida «Xususiy tadbirkorlik togrisidagi Nizom»da xususiy tadbirkorlik faoliyatiga quyidagicha t’arif berilgan:


Xususiy tadbirkorlik – bu fuqarolar (alohida fuqaro) tomonidan o’zlarining tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik asosida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo’jalik faoliyatidir.


Xususiy tadbirkorlikning yakka tartibda faoliyat ko’rsatayotgan tadbirkorlikdan farqi shundaki, bu erda faoliyat ko’rsatuvchilar o’z faoliyatini yollanma ishchi kuchi yordamida olib boradilar. Ular yuridik shaxs sifatida ish ko’radilar va o’z korxonalarini davlat ro’yxatidan o’tkazishga majburdirlar.


Jamoa tadbirkorligi – bu bir guruh fuqarolarning ozlariga ma’qul bo’lgan mulkchilik shakllarida jamoalarga birlashib, jamoa korxonalarini tashkil qilishlari va shu asosda tadbir-korlik faoliyatini amalga oshirishlaridir.


Jamoa tadbirkorligi faoliyati firmalar faoliyatida o’z ifodasini topadi. Firma – muayyan turdagi mahsulot ishlab chiqarishga va xizmat ko’rsatishga ixtisoslashgan, bozordagi talab va taklifga qarab ish tutadigan, iqtisodiy jihatdan erkin va mustaqil korxonadir.


1.3. Tadbirkorlikning mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o’rni.
Tadbirkorlik jamiyatda ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi mavjud muammolarni hal qilishda va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida katta rol o'ynaydi. U ishlab chiqarish, ish bajarish, xizmat ko'rsatish sohalarida yangi ish o'rinlari yaratib, aholini ish bilan ta'minlash va ishsizlikni kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Rivojlangan mamlakatlarda ham, O'zbekistonda ham har yili yaratilayotgan yangi ish o'rinlarining yarmidan ortig'i kichik va xususiy tadbirkorlikka to'g'ri keladi. Demak, tadbirkorlik aholining ish bilan bandligi, mehnat va iqtisodiy faolligining o'sishi va buning natijasida uning daromadlarining oshishiga katta hissa qo'shadi. Bu jarayonning ikki oqibatini e'tiborga olish lozim: bir tomondan, aholining moddiy va ma'naviy ehtiyojlarining o'sishi, kengayishi bo'lsa, ikkinchi tomon­dan, ularni to'laroq qondirish imkoniyatlarining yaratilishidir. Bu pirovard natijada aholi hayotini yaxshilash, turmush darajasini ko'tarish, farovonligini oshirishni ta'minlaydi. Tadbirkorlikning rivojlanishi bilan uning mazkur sohadagi roli ortib boradi.


Rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqariladigan yalpi ichki mahsulotning qariyb yarmi, ayrim mamlakatlarda esa undan ham ко'prog'i kichik biznesga to'g'ri keladi. O'zbekistonda yaratilayotgan yalpi ichki mahsulotda kichik va o'rta tadbirkorlik subyektlarining hissasi hozirgi kunda 52 foizdan oshdi va u yildan-yilga o'sib bormoqda.


Tadbirkorlik iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida tashkil etilgan, amalga oshirilmoqda va rivojlanib bormoqda. Lekin uning holati va rivojlanishi barcha tarmoqlarda bir xil emas. O'zbekistonda tad­birkorlik subyektlari (yuridik shaxslar) ning 60 foizi qishloq xo'jaligi, 18 foizi savdo va umumiy ovqatlanish, 12 foizi sanoat va qurilish sohalarida tashkil etilgan, xizmat ko'rsatish sohasida ham rivojlanib bormoqda. Yuridik shaxs bo'lmagan yakka tadbirkorlarning asosiy qismi savdo, umumiy ovqatlanish va ayrim xizmatlar ko'rsatish sohsida faoliyat olib bormoqdalar. Tadbirkorlik nafaqat shaxsiy daromad manbayi, balki davlat uchun ham salmoqli daromad manbayi bo'lib xizmat qiladi. Davlat budjeti tushumlarining anchagina qismi tadbirkorlik sektoriga to'g'ri keladi.


Tadbirkorlik - bu yaratuvchanlikdir. Uning bu missiyasi va belgisi paydo bo'layotgan ehtiyojga muvofiq yangi taklif yoki taklifning yangi uyg'unligi (kombinatsiyasi)ni yaratish va u orqali yangi bozor shakllantirishda namoyon bo'ladi.


Tadbirkorlikning o'zi faqat yakka shaxs emas, balki tashkilotlar darajasida ham amalga oshiriladi. U qarorlar qabul qilish va tavakkal­chilik, resurslarni samarali yo'nalishlarga taqsimlash, boshqarish, tash­kil etish va qabul qilingan qarorlarni bajarish kabi, ko'rinishlarda ochiq va yashirin tarzda namoyon bo'ladi. Demak, tadbirkorlik – iqtisodiy tizimning muvozanatlashmagan holati sharoitida talabni qondirishning yangi imkoniyatlarini kashf etishga doir yaratuvchanlik faoliyatidir. Tadbirkorlik jamiyatda ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi mavjud muammolarni hal qilishda va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida katta rol o'ynaydi. U ishlab chiqarish, ish bajarish, xizmat ko'rsatish sohalarida yangi ish o'rinlari yaratib, aholini ish bilan ta'minlash va ishsizlikni kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlangan mamlakatlarda ham, O'zbekistonda ham har yili yaratilayotgan yangi ish o'rinlarining yarmidan ortig'i kichik va xususiy tadbirkorlikka to'g'ri keladi. Demak, tadbirkorlik aholining ish bilan bandligi, mehnat va iqtisodiy faolligining o'sishi va buning natijasida uning daromadlarining oshishiga katta hissa qo'shadi. Bu jarayonning ikki oqibatini e'tiborga olish lozim: bir tomondan, aholining moddiy va ma'naviy ehtiyojlarining o'sishi, kengayishi bo'lsa, ikkinchi tomon­dan, ularni to'laroq qondirish imkoniyatlarining yaratilishidir. Bu pirovard natijada aholi hayotini yaxshilash, turmush darajasini ko'tarish, farovonligini oshirishni ta'minlaydi. Tadbirkorlikning rivojlanishi bilan uning mazkur sohadagi roli ortib boradi.

Tadbirkorlarning ma'lum qismi oyoqqa turib, yanada rivojlanishi oqibatida ular mulkdorlarga aylanadilar. Bu esa jamiyatda yangicha fikrlaydigan, harakat qiladigan yangi avlod-tadbirkorlar, mulkdorlar tabaqasining shakllanishiga olib keladi. Bunday shaxslar davlatning ijtimoiy tayanchi va iqtisodiy taraqqiyot manbayi hisoblanadi.


Tadbirkorlar qishloqlarda, mahallalarda ishlab chiqarish, savdo, umumiy ovqatlanish va boshqa xizmat ko'rsatish korxonalari barpo etib, qishloq infratuzilmasini rivojlantirib. Qishloqlar, mahallalar qiyofasini o'zgartirib yuboradilar. Bundan tashqari, tadbirkorlik ijtimoiy sohada keng kirib bormoqda: xususiy va boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarda bolalar bog'chalari, mehribonlik uylari, nogironlar uchun inventarlar ishlab chiqarish va ularga xizmatlar ko'rsatish, sog'liqni saqlash va sog'lomlashtirish, o'quv va boshqa ijtimoiy soha muassasalari tashkil etish va ularni rivojlantirish, uy-joylar qurish va ularni ta'mirlash, aholini ichimlik suvi va gaz bilan ta'minlash ishlari bilan bevosita shug'ullanib. ijtimoiy muammolarni yechishga katta hissa qo'shadi. Tadbirkorlik subyektlari xayriya ishlarida ham faol qatnashib, ijtimoiy soha muassasalari, nogironlar, kam ta'minlangan oilalar, ijti­moiy himoyaga muhtoj kishilarga yordam ko'rsatishda ham muhim o'rin egallaydi.
Tadbirkorlik subyektlari mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) yaratib, mamlakat ichki bozorini to’ldiradilar. Natijada bozorda taklif miqdor, sifat, assortment jihatidan yaxshilanadi, xaridorlar uchun tanlash va talabni qondirish imkoniyatlari kengayadi. Bu borada tadbir­korlik muvofiqlashtirish vazifasini bajarish, talab bilan taklifni o'zaro muvofiqlashtirish, narxlarni barqarorlashtirish, bozorda muvozanat o'rnatish va uni ushlab turish, mavjud ehtiyojni kengaytirish va to'laroq qondirishga xizmat qiladi. Shuning bilan birga tadbirkorlik bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatning shakllanishi, rivojlanishida va mahsulot sifati va raqobatbardoshligini ko'tarish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini pasaytirish, faoliyat samaradorligini oshirishda muhim rol o'ynaydi.

Mamlakatda importni qisqartirish va eksportni kengaytirishda tadbirkorlik subyektlarining roli ortib bormoqda. Ular bir tomondan, im­port o'rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarib, valutaning tashqariga chiqib ketishini qisqartirish va mamlakat iqtisodiy-moliyaviy mustaqilligini mustahkamlash, ikkinchi tomondan esa, eksportbop mahsulotlar chiqarish, ularni tashqi bozorlarda sotib, mamlakat eksport salohiyatini ko'tarish va valuta tushumlarini oshirishda ham salmoqli o'rin egallaydilar.


Xususiy tadbirkorlik subyektlari, fermer xo'jaliklari davlat buyurtmasini bajarishda ham ishtirok etadilar. Ma'lumki, O'zbekistonda dav­lat buyurtmasi bo'yicha paxta va g'alla yetishtirishda fermer xo'jaliklari yetakchilik qiladilar. Bundan tashqari, kichik va o'rta korxonalar yirik korxonalarning ayrim buyurtmasini ham bajarib, ularni to'ldiradilar. Yirik korxonalar ommaviy mahsulotni katta miqdorda ishlab chiqarishga moslashganliklari tufayli asosiy mahsulotning ayrim detallari, ehtiyot qismlari, boshqa qo'shimcha narsalarni kichik seriyalarda ish­lab chiqarish ular uchun ortiqcha tashvish hisoblanadi. Yirik korxona­lar uchun shunday narsalarni o'zlari ishlab chiqargandan ko'ra, ularni boshqa korxonalardan olgan ma'qul. Shu boisdan ular o'zlarining ishlab chiqarishlari uchun kerakli ayrim narsalarni ishlab chiqarish va yetkazib berishni, asosan, kichik va o'rta korxonalarga topshiradilar. Bu borada O'zbekistonda rivojlangan va qo'llab-quvvatlanayotgan kasanachilik ham muhim rol o'ynaydi. Shuning uchun kichik va o'rta korxonalar yirik korxonalar va umuman, iqtisodiyot tarmoqlarini o'zaro bog'lab, butun iqtisodiyotni yaxlit bir tizim darajasiga ko'tarishda katta ahamiyat kasb etadilar. Kichik, o'rta, xususiy tadbirkorlik subyektlarining ana shu vazifasi e'tiborga olinib, respublikada mahalliylashtirish dasturlarini amalga oshirishda ularga keng o'rin berilgan.

Mavzu: Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish - iqtisodiy erkinlikni ta`minlash omili sifatida.


M U N D A R I J A :
Kirish……………………………………………………………..….…….

I.BOB. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik


1.1Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi.
1.2. Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari.
1.3.Tadbirkorlikning mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o’rni.
II.BOB.Iqtisodiy erkinlikni ta’minlash.
2.1. Iqtisodiy erkinlik nima?
2.2.O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hjolati va rivojlanishi.

Xulosa………..…...……………………......


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………..……………...…….…….……


Tayanch iboralar............................................................................................


Ilovalar…………….........................................................................................



Download 37,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish