1.2 Ehtiyojlarni qondirish vositalari va usullari.
Inson fiziologik, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ruhiy ehtiyojlarga ega ekanligini va bu ehtiyojlar yakka ehtiyoj, guruhiy ehtiyoj va umumjamiyat exhtiyojlari ko’rinishida namoyon bo’lishini ko’rib chiqdik. Aytib o’tilgan barcha turdagi ehtiyojlar maqsadga muvofiq ravishda qondiri-lishini talab qiladi. Har bir hamda ayrim iste’molchiga qoniqish baxsh etadigan yoki naf keltiradigan tovarlar va xizmatlar sotib olishni va ishlatishni hohlaydi. Bu tovarlar va xizmatlarning ro’yxati xayron qolarlik darajada xilma xil va ko’pdir: uy-joy, pal’to, tugma, un, konfet, ip, televizor, ketmon, elektr xizmati, o’yinchoq, tufli, dasturxon, kitob, shifonner, chelak, kompakt-disk, atir-upa, radio ta’miri, munchoq, va boshqalar. Kundalik hayotda inson ehtiyojlarini qondirishga kerakli mahsulotlarni ikki turga ajratadilar:
a) hayotiy ehtiyoj buyumlari (oziq-ovqat, uy-joy, kiyim-kechaklar);
b) zebu-ziynat buyumlari (oltin, qimmatbaho buyumlar, shirinliklar, ondatra telpagi, norka shubasi, brilliant).
Hayotda shunday o’zgarishlarning guvohi bo’lib turamiz: Ahmadullo uchun birinchi hayotiy ehtiyoj buyumi bo’lgan narsa (masalan, avtomobil, ondatra telpagi) bo’lsa Rahmatullo uchun zebu-ziynat buyumi bo’lish mumkin. Yoki bir necha yillar oldin aholi uchun zebu-ziynat buyumi bo’lgan narsalar keyinroq birinchi hayotiy ehtiyoj buyumlariga aylanib qolishi mumkin.
Masalan, yaqin yillarda ham televizor, magnitofon, kiryuvgich, soat, gilam kabilar zebu-ziynat buyumi sanalar edi. Hozirgi kunlarga kelib ular birinchi hayotiy ehtiyoj buyumlariga aylanib qoldi.
Moddiy ehtiyojlar insonlardan tashqari xususiy korxonalarga, davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga, jamoat tashkilotlariga ham xosdir. Har bir korxona doimo fan-texnika yangiliklariga, mashina mexanizmlarga, yangi xil xom-ashyo va yoqilg’iga, energiyaga ehtiyoj sezadi.
Insonlarga xos siyosiy, ma’naviy, ruhiy, huquqiy ehtiyojlarning qondirilishi ham moddiylik bilan boliq. Siyosiy ehtiyojni qondirish uchun siyosiy gazetalar, jurnallar, adabiyotlar, majlislarda qatnashish yoki majlislarni o’tkazish uchun muxtasham binolar, zallar, transport vositalari zarur.
Qisqasi, insoniyat jamiyati ehtiyojlarining asosida moddiylik yotadi. Moddiy ehtiyojlar cheksiz. Jamiyat iqtisodiy faoliyatining pirovard maqsadi yoki vazifasi — xuddi shu cheksiz, xilma xil ehtiyojlarni qondirishga intilishdir. Ammo, o’ziga xos muammo shuki, moddiy ehtiyojlar cheksiz, bu ehtiyojlarni qondirishga kerakli iqtisodiy resurslar cheklangandir. Inson ehtiyojlarining umumiy hajmi iqtisodiy resurslar hajmi-ga nisbatan ancha ko’pdir. Shunday ekan, jamiyat hohlagan hajmdagi tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish imkoniyatiga hech qachon erisholmaydi.
Insoniyat jamiyati paydo bo’libdiki, cheksiz moddiy ehtiyojlarni talab darajasida qondirishga harakat qilib keladi. Yuksalib kelayotgan ehtiyojlarni qondirishning birdan-bir vositasi ishlab chiqarish ekanligi ming yillar avval ma’lum bo’lgan. Ming yillardan buyon ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish rivojlanib, takomillashib kelmoqda. Bu jarayon davlatni vujudga kelishi bilan yanada tezlashdi.
Davlatning paydo bo’lishi bilan aholi ehtiyojlarini qondirishning ichki va tashqi manbalari to’g’risida bosh qotirish boshlandi.
Aholi ehtiyojlarini qondirishning ichki manbai—mamlakat hududidagi iqtisodiy resurslarni ishga solishi natijasida yaratiladigan boyliklardir. Bu boyliklar mehnatni tashkil etish va resurslardan samarali foydalanish yo’li bilan yaratiladi. Bunda inson mehnati unumdorligi juda katta rol o’ynaydi. Mehnat kishilari ishlab chiqarishga qanchalik faol, samarali faoliyat ko’rsatsa, shunchalik ko’p moddiy ne’matlar yaratiladi, resurslar tejaladi va ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari oshadi.
Mehnatni tashkil etish va amalga oshirishda ehtiyoj kishilarni mehnatga jalb etishning o’ziga xos undovi, boisi (motivatsiyasi) xizmatini bajaradi. Ehtiyoj bor ekan odamlar ishlashga, moddiy-ma’naviy ne’matlarni yaratishga majburdirlar. Lekin, odamlar yakka holda, faqat o’z ehtiyojini qondirish uchun harakat qilmaydi. Har bir inson jamiyatda, odamlar orasida yashaydi, uning taqdiri butun jamiyat taqdiri bilan bog’langan. Shunday ekan ular ijtimoiy mehnatda qatnashishlari zarur.
Insoniyat jamiyati ijtimoiy mehnatga jalb etishning quyidagi usullaridan foydalanib kelgan: zulm va kaltak yo’li bilan mehnatga jalb etish, iqtisodiy chorasizlik yo’li bilan mehnatga jalb qilish; xulq-atvor hohish yo’li bilan mehnatga jalb etish.
Jamiyat a’zolarini mulkdorlarga va mulksizlarga ajralib qolishi mehnatni tashkil etish va boshqarishni ancha qiyinlashtirdi. Mulksiz kishilarni ishlab chiqarishga o’z hohishlari bilan kirib kelishlari va ishlab chiqarish jarayonida ongli holda, o’zlarida mujassamlangan butun iqtisodiy imkoniyatlarini ishga solib mehnat qilishdan manfaatdorligi keskin kamaydi.
Sanoat ishlab chiqarishini vujudga kelishi, ishlab chiqarishda mashina mexa-nizmlardan keng foydalanish—mehnatga bo’lgan talabni qiskartirdi, minglab million-lab mehnatga yaroqi odamlar ishsiz, shu bilan bir vaqtda tirikchilik vositalarisiz qoldi. Kapitalizm deb ataluvchi tuzumda mulksizlik va uning oqbatida kelib chiqqan ochlik, nochorlik mehnat kishilarini ishlab chiqarishga «iqtisodiy majburlab» olib kirdi. XX asr — fan-texnika inqilobi asri bo’ldi. Bu asr o’n yilliklarida ishlab chiqa-rishni elektrlashtirish, mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish, komp’yuterizatsiya-lashtirish ishlari amalga oshirildi, biotexnologiyadan keng foydalanilmoqda. Har bir ish joyining bahosi beqyos darajada o’sdi. Bu ish joylarida faoliyat ko’rsatayotgan ishchi-hodimlarning yaratuvchilik imkoniyatlari juda kengaydi. Mehnatning aksariyat ko’p hissasi murakkab mehnatga, oliy bilim, yuksak intellektual qobiliyat talab qiladigan aqliy mehnatga, shu bilan birga, katta daromad keltiradigan mehnatga aylana boshladi. Yana bir haqiqat shuki, bu asrda ayrim mamlakatlarning (u kattami, kichikmi, taraqqiy etganmi, kam tarixiy etganmi, bundan qat’iy nazar) iqtisodiy hayoti xalqaro bozorga bog’liq, bo’lib qoldi. Qaysi mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar haridorgir bo’lsa, bu mamlakatning jahon bozoridagi ta’sir doirasi kengayib boradi, u oladigan foyda ko’p bo’ladi, aholi ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlari oshib boradi. Albatta, tovarlar va xizmatlarning sifati va turli-tumanligi va tashabbuskorligiga bog’liq. Har bir ishchi o’z korxonasini o’z oilasidek qadrlashi, uni rivojlanishi va xalqaro obro’-e’tibor qozonishi uchun o’z hissasini qo’shishga intilishi kerak. Bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari asosida borayotgan dunyodagi rivojlangan mamlakatlarda mulksizlarni mulkdorlarga aylanish jarayoni yuz bermoqda. Bu mamla-katlarda mehnatga jalb etishning xulq-atvor va hohish yo’lidan foydalanish boshlandi.
Mamlakat aholisining yuksalib boruvchi ehtiyojlarini qondirishda tashqi manba-lardan foydalanish tarixi ham o’ziga xosdir. Asrlar davomida kuchli davlatlar o’zga mamlakatlar hisobiga boyish maqsadida harakat qilib keldi. Insoniyat qanchadan-qancha mintaqaviy va jahon urushlarining guvoh bo’ldi. Qudratli armiyalar tashkil etib boshqa mamlakatlar hududlarini bosib olib, behisob o’ljalarni qo’lga kiritish, mag’lub mamlakatlar xalqlarini asir olib, ular mehnati hisobiga, Shu mamlakatlardan olinadigan o’lpon va soliqlar hisobiga boyish, o’tmish imperiyalarining asosiy maqsadi bo’lgan.
Hatto ilmiy yo’nalishga ega bo’lgan buyuk geografik kashfiyotlarning asosiy maqsadi o’zga yurtlarni bosib olib, boyliklarini o’marish bo’lgan. Ilmiy izlanishlar olib borish uchun okeanlararo yo’lga chiqqan ulkan kemalarda olimlar bilan birga kuchli armiya va hisobsiz qurol-yarog’lar suzib borgan. Xalq xo’jaligi davrga kelib aholi ehtiyojlarini qondirishning tashqi manbaida tub o’zgarishlar yuz berdi. Aytib o’tganimizdek, mamlakatlar dunyo bozori foydasidan ko’proq hissani egallab olishlari uchun jahon bozorining kattaroq qismini egallab olishlari kerak. Bunga jahon bozoridagi raqobatga bardosh bera oladigan yangi, xaridorgir tayyor tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish, o’zga mamlakatlardan arzon narxda resurslar sotib olish orqali erishiladi. Ehtiyojlarning qondirilishi samarali ishlab chiqarish bilangina cheklanmaydi. Buning uchun iqtisodiyotnint taqsimlash va ayriboshlash kabi jihatlari ham maqsadga muvofiq, amal qilish, hayotiy ne’matlar taqsimlanish va ayriboshlash orqali iste’molchilarga kerakli miqdorda, tarkibda etib borishi talab qilinadi.
Kishilik jamiyati shaxsiy ehtiyojni qondirishning ikki usulidan foydalanib kelmoqda:
1. Ehtiyojni natural iste’mol orqali qondirish;
2. Ehtiyojni tovar iste’moli orqali qondirish.
Birinchi usul yaratilgan mahsulotni ishlab chiqarilgan joyning o’zida, uning egalari tomonidan bevosita iste’mol etilishidir. Dehonchilik mahsuli bo’lgan don, meva, sabzavot, go’sht, sut kabilarni dehqonning o’zini o’z oilasi bilan iste’mol etishi bunga misoldir. Ehtiyojning bunday usul bilan qondirilishi quloq iqtisodiyotga, xususan natural iqtisodiyotga xos bo’lgan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida ehtiyojlar tovarlarni sotib olish orqali qondiriladi. Bu iqtisodiyotda ishlab chiqarish ixtisoslashgan bo’lib, ishlab chiqarilgan mahsulotlar o’zgalar ehtiyojini mo’ljallaydi va shu sababli bozorga chiqdi. Bozorda mahsulotlar sotilib, pulga aylanadi tushgan pulga sotuvchi o’ziga kerakli tovarlar va xizmatlarni sotib oladi va iste’mol qiladi. Bu usul ehtiyojni tovar iste’moli orqali qondirilishini bildiradi.
Ko’rib o’tganimizdek, cheksiz ehtiyojlarni qondirishining asosiy vositasi ishlab chiqarishdir, moddiy ne’matlar ishlab chiqarish uchun mehnat qilinadi. Jamiyat a’zolarining mehnat unumdorligi qanchalik yuqori bo’lsa, shunchalik ko’p moddiy ne’matlar yaratiladi. Moddiy ne’matlarni ko’p bo’lishi — cheksiz ehtiyojlarni to’laroq, qondirishga imkon beradi. Kishi mehnati unumdorligi ko’p jihatdan uning bilimi, kasb-hunari, mehnatga ongli yondashuvi, harakati bilan bog’liq. O’zbekistonda tarmoqli tizimda amalga oshirilayotgan islohotlarning umumiy yo’nalishi — barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan. Barkamol inson ehtiyojlari baland bo’ladi va bu ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari ham yuksakligi bilan ajralib turadi.
Shaxsiy iste'mol - moddiy ne'matlar va xizmatlar aholi tomonidan iste'mol qilinishining turli hodisalari va jarayonlarini tavsiflovchi narsa. Bu milliy daromadning bunday iste'mol uchun ishlatiladigan qismi (shaxs yoki oilaning shaxsiy iste'moliga kiradigan moddiy ne'matlar va xizmatlar). Aholining turli xil tovarlarni iste'mol qilishi faqat shaxsiy iste'mol sohasi bilan chegaralanmaydi. Odamlar o'z ehtiyojlarini turli manbalardan qondiradilar. Eng muhimi, bozor faoliyatining har xil turlaridan olingan daromad. Ehtiyojlarning katta qismini madaniyat, sog'liqni saqlash, ijtimoiy ta'minot, kommunal xizmatlar va boshqalar tashkilotlar qondiradi.
Odamlarni tovarlar, xizmatlar, ijtimoiy imtiyozlar bilan ta'minlash darajasi ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi, ijtimoiy tizim, unda hukmron bo'lgan taqsimot qonunlari bilan belgilanadi. Shuning uchun iste'mol muammosiga munosabat va muammoning mohiyati tarixiy xarakterga ega. Turli xil tarixiy sharoitlarda shaxsiy iste'molning rivojlanishini o'rganish davlatni chuqurroq tushunish va mehnatkashlar tomonidan tovarlar, xizmatlar va turli xil ijtimoiy imtiyozlarning shaxsiy iste'moli rivojlanish istiqbollarini kengroq ko'rib chiqish imkonini beradi.Muvaffaqiyatli savdo uchun, aholi taklifini yanada to'liq va sifatli qondirish uchun, tovar aylanmasi sohasidagi ommaviy jarayonlar va hodisalarni ularning miqdoriy va sifat tomonlarining ajralmas birligida o'rganish katta ahamiyatga ega.
Bozor jamiyatida odamlarning ehtiyojlari - juda keng va ko'p qirrali toifadir. Jamiyat taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi odamlar ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan faoliyatidir. Shaxs ongidan mustaqil va shu bilan birga (hayotning ob'ektiv omili vazifasini bajaruvchi) u bilgan ehtiyojlar, bir tomondan, jamiyatning tarixiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma'naviy rivojlanishi bilan belgilanadi. Zamonaviy jamiyatning "ijtimoiy ehtiyojlari" tushunchasi keng ma'noda uning qatlamlari, guruhlari, oilalari, odamning moddiy va ma'naviy ne'matlarga, ishlab chiqarishning rivojlanishi va kengayishiga bo'lgan ehtiyojlarini o'z ichiga oladi. Shaxsiy ehtiyojlar bu tushunchadan ajralib turadi.
Ishlab chiqarishga bo'lgan ijtimoiy ehtiyoj ayni paytda jamiyatning har bir a'zosi uchun shaxsiy ehtiyojdir. Shaxsiy ehtiyojlarni ishlab chiqarishsiz qondirib bo'lmaydi. Boshqa tomondan, masalan, oilaning oziq -ovqatga bo'lgan shaxsiy ehtiyoji ham ijtimoiy ehtiyojdir, chunki jamiyat oilaning ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishga tayyorligiga befarq emas. Ishlab chiqarish jarayonida umuman jamiyat, uning alohida qatlamlari, guruhlari, odamlari tomonidan moddiy ne'matlar va xizmatlarni iste'mol qilish bilan qondiriladigan ehtiyojlarni ijtimoiy, shaxslar, oilalar tomonidan tovarlarni iste'mol qilish bilan qondirilgan ehtiyojlar deb atash mumkin. shaxsning hayotiyligini va rivojlanishini saqlab qolish - shaxsiy ehtiyojlar. Odamlarning ehtiyojlari - bu iqtisodiy munosabatlarga ham, keng ijtimoiy munosabatlarga ham ta'sir ko'rsatadigan toifadir. Jismoniy, intellektual, ijtimoiy ehtiyojlarni, shu jumladan iqtisodiy va iqtisodiy bo'lmagan va boshqalarni ajrating.
Ehtiyojlarning kelib chiqishi haqidagi savol muhim ahamiyatga ega. Ularning paydo bo'lishi ehtiyojlar qonunining amal qilishi bilan izohlanadi. Odamlar yashash sharoitlarini ta'minlaydigan va rivojlanish imkoniyatlarini yaratadigan turli xil imtiyozlarga ehtiyoj sezgan holda, odamlar o'z ishlab chiqarishlarini tashkil etish uchun mavjud usullardan foydalanadilar. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning keyingi rivojlanishi bir xil ehtiyojlarni yuqori darajada qondiradigan narsalarni yaratishga imkon beradi. Keng ma'noda ehtiyojlar, shubhasiz, aniq narsalarga bo'lgan ehtiyojdan ko'ra mustahkamroqdir. Ularning taraqqiyoti ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi, fan, texnika taraqqiyoti va jamiyat a'zolarining intellektual darajasi bilan bog'liq. Oziq -ovqatga bo'lgan ehtiyoj kabi hech qachon yo'qolmaydigan va yo'qoladigan ehtiyojlar bor, masalan, transport vositasi sifatida otlarga bo'lgan ehtiyoj. Mavjud ehtiyojlarning tarqalishi va yangi ehtiyojlarning paydo bo'lishi murakkab jarayondir. Ishlab chiqarishning bevosita ta'siri ostida yuzaga keladigan ehtiyojlar unga teskari ta'sir ko'rsatadi va oxir -oqibat unga bo'ysundiradi. Bu jarayonda savdoning roli katta. Tovar taklif qilib, ichki va tashqi savdo tashkilotlari iste'molchini ular bilan tanishtiradi, ularga ko'niktiradi. Ta'kidlash joizki, odam mahsulotni (narsani) ishlatish jarayonida uning iste'mol va funktsional xususiyatlari bilan ham tanishadi, shu orqali uning ehtiyojlari doirasini kengaytiradi va ularning darajasini oshiradi.
Faoliyat ehtiyojlarni qondirish.
Inson hayotida ehtiyojlarni qondirishning instinktiv usuli (agar u umuman mavjud bo'lsa) ustun turga qaraganda ko'proq rudimentdir. Inson doimiy faoliyat zanjiriga kiradi, bunda u nafaqat mavjud ehtiyojlarini qondiradi, balki yangisini yaratadi. Aytishimiz mumkinki, odam o'z motivlarining "ishlab chiqaruvchisi" vazifasini bajaradi. Inson o'z oldiga maqsadlar qo'yadi (kerakli kelajak haqida ongli g'oyalar) va ularni hozirgi vaziyatdan kam bo'lmagan holda boshqaradi.
Faoliyatda yangi motivlarni yaratish usullaridan biri bu mexanizmdir maqsadni maqsadga yo'naltirish, A. N. Leontiev tomonidan tasvirlangan. Bunda ilgari boshqa faoliyatning tarkibiy qismi bo'lgan harakat maqsadidan yangi motiv paydo bo'ladi. Keling, ushbu mexanizmning harakatini misol yordamida tushuntirib beraylik. Talaba o'z darsining qiziq sarlavhasi bilan yangi o'qituvchining ma'ruzasiga boradi. U kognitiv motivatsiya bilan bir qatorda yutuqlarga ham intiladi, chunki u kelajakdagi kasbiga kerak bo'lgan hamma narsani eng yaxshi tarzda egallashni xohlaydi. Bizning qahramonimizga xos bo'lgan bu ikkita motiv harakatda - ma'ruzaga borishda o'z ifodasini topgan. Lekin u sinfga kirganida, yangi o'qituvchi juda jozibali yigit ekanini biladi. O'sha kundan boshlab, u birorta ham ma'ruzasini, hatto boshqa fakultetlarda o'qiladigan va uning o'quv dasturiga kirmagan darslarini ham o'tkazib yubormadi; o'qituvchi uni qiziqtirgan shaxs sifatida o'zi uchun rag'batlantiruvchi kuchga ega bo'ladi. Motivning maqsad sari siljishi kuzatildi, ya'ni. birinchi navbatda yuqori darajadagi faoliyat (kasbni o'rganish va o'zlashtirish) doirasida talaba uchun ma'lum bir harakat (kursni tinglash) maqsadi bo'lib xizmat qilgan narsa endi mustaqil motivga aylandi (bu odamni ko'rish). Bu misoldan foydalanib, faoliyat yondashuvining yana bir muhim bo'linishini tushuntirish qulay tashqi va ichki Faoliyat motivlari: ichki motivlar - mazmunan bajarilayotgan faoliyat bilan mos keladigan, tashqi - uning doirasidan tashqariga chiqadigan motivlar. Bizning holatimizda, talabaning ichki motivlari o'qish va yutuqlarning motivi bo'lib qoladi (axir, qiz o'z kasbiga qiziqishni to'xtatmagan va qiziquvchanligini kamaytirmagan), bu uning qilgan ishiga to'g'ri keladi (kollejga boradi va ma'ruzalarga qatnashadi)). Uning tashqi motivi o'qituvchining jozibadorligi edi. Bir qarashda, bu motivning ta'lim faoliyati bilan hech qanday aloqasi yo'q, lekin uni qo'shimcha ravishda rag'batlantiradi va qo'llab –quvvatlaydi. Shaxsning ehtiyojlari (ehtiyoj)-bu shaxsiy faoliyatning manbai deb ataladi, chunki bu uning ehtiyojlari, uni to'g'ri yo'l bilan harakat qilishga majburlaydigan, muayyan tarzda harakatga undovchi sababdir. Shunday qilib, ehtiyoj yoki ehtiyoj - bu shaxsiy holat bo'lib, bunda sub'ektlarning muayyan vaziyat yoki mavjudlik shartlariga bog'liqligi ochiladi.
Shaxsiy faoliyat faqat shaxsni tarbiyalash, uni ijtimoiy madaniyat bilan tanishtirish jarayonida shakllanadigan ehtiyojlarini qondirish jarayonida namoyon bo'ladi. Birlamchi biologik ko'rinishida ehtiyoj - bu biror narsaga bo'lgan ob'ektiv ehtiyojini (xohishini) ifoda etuvchi, organizmning ma'lum bir holatidan boshqa narsa emas. Shunday qilib, individual ehtiyojlar tizimi bevosita shaxsning turmush tarziga, atrof -muhitning o'zaro ta'siri va undan foydalanish ko'lamiga bog'liq. Neyrofiziologiya nuqtai nazaridan, ehtiyoj qandaydir dominant shakllanishini anglatadi, ya'ni. miyaning maxsus hujayralari qo'zg'alishining ko'rinishi, barqarorlik bilan ajralib turadi va kerakli xatti -harakatlarni tartibga soladi.
Ilm - yangi ehtiyojlarning tug'ilishi va shakllanishining omili. U tabiat qonunlari va moddalarning xususiyatlarini kashf etadi, yangi tamoyillar, usullar, jarayonlar ishlab chiqadi, buning asosida yangi materiallar, qurilmalar, mashinalar va yakunda shaxsiy iste'mol buyumlari ishlab chiqariladi. Shunday qilib, fan taraqqiyoti uning rivojlanishining asosi bo'lgan ishlab chiqarish taraqqiyoti bilan chambarchas bog'liq. Masalan, sovuqdan himoyalanish zarurati inson paydo bo'lgan paytdan beri mavjud. Agar ibtidoiy odam sovuqdan teri bilan yashiringan bo'lsa, zamonaviy odam uchun xuddi shu funktsiyani moddiy, iqtisodiy, estetik va boshqa ijtimoiy ishlab chiqarish omillari aniqlagan darajada bajarilgan kiyimlar bajaradi.
Hamma fuqarolar ham o'z ehtiyojlarini qondira olmaydilar, ba'zida hatto eng kichiklari ham. Jamiyat bunday odamlarni har tomonlama qo'llab -quvvatlashga majburdir. Ijtimoiy ishlarni tashkil etishda davlatning ulkan roli bilan bir qatorda, jamoat, diniy tashkilotlar, mintaqaviy organlar va korxonalar ham faol ishtirok etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |